IMLO QOIDALARI
5000 so'm

=== Taqdimot: IMLO QOIDALARI.pptx ===
=== Slayd 1 ===
IMLO QOIDALARI
=== Slayd 2 ===
Yangi (lotin) o‘zbek yozuvining imlo qoidalari 1995-yilning 24-avgustida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 339-sonli qarori bilan tasdiqlangan. U quyidagi 7 bo‘limni o‘z ichiga oladi:
=== Slayd 3 ===
Asos va qo‘shimchalar imlosi
i unlisi bilan tugagan ko‘pchilik fe’lga -v, -q qo‘shimchasi qo‘shilganda bu unli u aytiladi va shunday yoziladi: o‘qi – o‘quvchi, sovi – sovuq kabi.
Lekin: og‘ri – og‘riq, qavi – qaviq kabi.
a unlisi bilan tugagan fe’lga -v, -q, -qi qo‘shimchasi qo‘shilganda a unlisi o aytiladi va shunday yoziladi: sayla – saylov, bo‘ya – bo‘yoq; o‘yna – o‘ynoqi kabi;
01
02
=== Slayd 4 ===
k, q undoshi bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli so‘zga, shuningdek, bek, yo‘q kabi ayrim bir bo‘g‘inli so‘zga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda k undoshi g undoshiga, q undoshi g‘ undoshiga aylanadi va shunday yoziladi: tilak – tilaging, bek – begi; tayoq – tayog‘i, yo‘q – yo‘g‘i kabi.
Lekin ko‘p bo‘g‘inli o‘zlashma so‘zga, bir bo‘g‘inli ko‘pchilik so‘zga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda k, q tovushi aslicha aytiladi va yoziladi: ishtirok – ishtiroki, ocherk – ocherki, erk – erki, huquq – huquqim, ravnaq – ravnaqi, yuq – yuqi kabi.
03
=== Slayd 5 ===
Quyidagi qo‘shimcha qo‘shilishi bilan so‘zning tarkibida tovush tushadi yoki ortadi:
a) qorin, burun, shahar kabi ba’zi so‘zga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda, qayir, ayir kabi fe’lga nisbat shaklini yasovchi -il qo‘shimchasi qo‘shilganda, ikki, yetti so‘zlariga -ov, -ala qo‘shimchasi qo‘shilganda ikkinchi bo‘g‘indagi unli aytilmaydi va yozilmaydi: qorni, burning, shahri; qayril, ulg‘ay, sarg‘ay, ikki – ikkov kabi;
b) u, bu, shu, o‘sha olmoshiga -da, -dan, -day, -dagi, -da, -gacha, -cha qo‘shimchasi qo‘shilganda n tovushi qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi: unda, bunday, shunda, o‘shancha kabi;
u, bu olmoshlarga egalik qo‘shimchalari quyidagicha qo‘shiladi: buningiz, o‘shanisi kabi;
04
=== Slayd 6 ===
o, o‘, u, e unlisi bilan tugaydigan so‘zga egalik qo‘shimchasi quyidagicha qo‘shiladi:
1) ko‘pchilik so‘zga egalik qo‘shimchasi -m, -ng, -si; -miz, -ngiz, -si (yoki -lari) shaklida tovush orttirmay qo‘shiladi: bobom, bobong, bobosi; orzum, orzung, orzusi; orzumiz, orzungiz, orzusi kabi;
2) parvo, obro‘, mavqe, mavzu, avzo so‘zlariga I, II shaxs egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda bir y tovushi qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi: parvoyim, parvoying; parvoyimiz, parvoyingiz; obro‘yim, obro‘ying; obro‘yimiz, obro‘yingiz kabi;
05
=== Slayd 7 ===
3) II shaxs egalik qo‘shimchasi parvo, avzo, obro‘, mavqe so‘ziga -yi shaklida, xudo, mavzu so‘ziga esa -si shaklida qo‘shiladi: avzoyi, mavzusi kabi (dohiy kabi y undoshi bilan tugagan so‘zga ham III shaxsda -si qo‘shiladi: dohiysi kabi.
d) men, sen olmoshiga -ni, -ning, -niki qo‘shimchasi qo‘shilganda qo‘shimchadagi n tovushi aytilmaydi va yozilmaydi: meni, mening, meniki; seni, sening, seniki kabi;
=== Slayd 8 ===
Quyidagi qo‘shimchaning bosh tovushi ikki yoki uch xil aytiladi va shunday yoziladi:
a) taqlid so‘zdan fe’l yasovchi -illa (chirilla, taqilla) qo‘shimchasi so‘z tarkibida v yoki u tovushi bo‘lganda -ulla aytiladi va shunday yoziladi: shovulla, lovulla, gurulla kabi;
b) nisbat shaklini yasovchi -dir qo‘shimchasi jarangli undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli so‘zga (kel so‘zidan boshqa), shuningdek, z undoshi bilan tugagan orttirma nisbat yasovchisidan keyin qo‘shiladi: quvdir, egdir, kuldir, yondir; o‘tkazdir, tomizdir kabi.
Qolgan barcha holda bu qo‘shimcha -tir aytiladi va shunday yoziladi: tiktir, kestir, uyaltir, chaqirtir kabi;
06
=== Slayd 9 ===
Qo‘shib yozish
1. Tarkibida xona, noma, poya, bop, xush, ham, baxsh, kam, umum, aro, rang, mijoz, sifat, talab kabi so‘zlardan biri qatnashgan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar: ishxona, qabulxona, ma’lumotnoma, tabriknoma, sholipoya, g‘o‘zapoya, ommabop, xushxabar, hamdo‘st, hamsuhbat, orombaxsh, kamgap, umumxalq, sovuqmijoz, devsifat, izzattalab kabi.
=== Slayd 10 ===
Qo‘shib yozish
1. Ikkinchi qismi –ar (inkor shakli -mas) qo‘shimchasi bilan tugaydigan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar: otboqar, o‘rinbosar, molboqar, beshiktervatar, tezoqar, ertapishar, tinchliksevar, ishyoqmas, qushqo‘nmas kabi.
2. O‘xshatish, qiyoslash asosida yuzaga keluvchi qo‘shma otlar va qo‘shma sifatlar: karnaygul, qo‘ziqorin, otquloq, oybolta, bodomqovoq, devchechak kabi.
=== Slayd 11 ===
3. Narsani biror belgisi asosida bildiruvchi qo‘shma otlar: olaqarg‘a, qizilishton, achchiqtosh, mingoyoq kabi.
4. Narsani joyga nisbatan bildiruvchi qo‘shma otlar: tog‘olcha, cho‘lyalpiz, suvilon, qashqargul kabi.
5. Biror maqsad, ish uchun mo‘ljallangan narsani bildiruvchi qo‘shma otlar: kirsovun, qiymataxta, tokqaychi, ko‘zoynak kabi.
=== Slayd 12 ===
6. Qaratqich + qaralmish tipidagi birikmaning so‘zga aylanishi bilan yuzaga keluvchi qo‘shma otlar: mingboshi, shaftoliqoqi, olmaqoqi, qovunqoqi kabi.
7. Ikkinchi qismi turdosh otlardan yoki obod so‘zi bo‘lgan joy nomlari: Sirdaryo, Kattaqo‘rg‘on, To‘rtko‘l, Yakkabog‘, Yangiobod, Xalqobod, Fayziobod kabi.
Ammo ikkinchi qismi atoqli otlardan bo‘lgan joy nomlari ajratib yoziladi: O‘rta Osiyo, Yuqori Chirchiq, Qo‘yi Chirchiq, Ko‘hna Urganch kabi.
=== Slayd 13 ===
8. Takror taqlid so‘zga qo‘shimcha qo‘shish bilan yasalgan ot va fe’l: pirpirak (pir-pir+ak), hayhayla (hay-hay+la), gijgijla (gij-gij+la).
9. Marosim, afsona kabini bildiruvchi qo‘shma ot: kiryuvdi, kelintushdi, qoryog‘di kabi.
10. Rus tilidan aynan o‘zlashgan yoki kalka usulida hosil qilingan qo‘shma so‘zlar: kinoteatr, fotoapparat, elektroapparat, elektrotexnika, teleko‘rsatuv, yarimavtomat, suvosti, bayramoldi kabi.
11. Qisqartma otlar qo‘shib yoziladi: O‘zMU (O‘zbekiston Milliy Universiteti), O‘zXDP (O‘zbekiston Xalq Demokratik Partiyasi) kabi.
=== Slayd 14 ===
Chiziqcha bilan yozish
1. Juft va takror so‘zlar chiziqcha bilan yoziladi: mehr-oqibat, katta-kichik, bordi-keldi, chopa-chopa, ayrim-ayrim, borib-borib kabi.
Juft so‘z qismlari orasida –u (-yu) bog‘lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qo‘yiladi va juft so‘z qismlari ajratib yoziladi: katta-yu kichik, tun-u kun, el-u yurt kabi.
-juft so‘zdan qo‘shimcha yordamida yasalgan so‘z ham chiziqcha bilan yoziladi: baxt-saodatli, xayr-xo‘shlashmoq kabi;
Kuchaytirilgan belgi shakllari chiziqcha bilan yoziladi: qop-qora, yam-yashil, yap-yapaloq, ko‘m-ko‘k, dum-dumaloq, kuppa-kunduzi, yop-yorug‘ kabi.
So‘zning –ma, -ba yordamida birlashgan qismlari: uyma-uy, rang-barang,dam-badam, ko‘chama-ko‘cha.
=== Slayd 15 ===
Rus tilidan aynan o‘zlashgan yoki kal’ka usulida o‘zlashgan so‘zlar asliga muvofiq chiziqcha bilan yoziladi: injener–konstruktor, gramm-molekula, kilovat-soat, changlagich-purkagich, vitse-prezident kabi.
Ayrim yuklamalar: -chi, -ku, -u/yu, -da,-a/ya kabi. Sen-a? sen-ku! Sen-a?
Tartib son arab raqami bilan yozilsa, -(i)nchi qo‘shimchasi o‘rniga chiziqcha (-) qo‘yiladi: 7- sinf, 5-”A” sinfi, 3-, 7-, 8- sinf o‘quvchilari, 60- yillar, 1991-yilning 1-sentabri kabi.
Tartib sonni ko‘rsatuvchi rim raqamidan keyin chiziqcha yozilmaydi: XX asr, X sinf kabi.
=== Slayd 16 ===
Ajratib yozish
1. Qo‘shma fe’lning qismlari ajratib yoziladi: imzo chekmoq, ta’sir etmoq, vafo qilmoq, sotib olmoq, olib kelmoq, olib chiqmoq kabi.
2. Ko‘makchi fe’l va to‘liqsiz fe’l mustaqil fe’ldan ajratib yoziladi: aytib ber, olib ko‘r, ko‘ra qol, ketgan edi, ketgan ekan kabi.
Lekin mustaqil fe’l bilan yordamchi fe’l orasida tovush o‘zgarishi bo‘lsa, bunday qism qo‘shib yoziladi: aytaver (ayta ber), boroladi (bora oladi), bilarkan (bilar ekan) kabi.
=== Slayd 17 ===
3. Ko‘makchi oldingi so‘zdan: shu bilan, soat sayin, borgan sari, bu qadar, kun bo‘yi kabi.
Lekin bilan ko‘makchisining -la shakli, uchun ko‘makchisining -chun shakli chiziqcha bilan yoziladi: sen-la, sen-chun kabi.
4. Belgining ortiq yoki kamligini bildiruvchi och, to‘q, tim, liq, jiqqa, lang kabi so‘zlar bilan kelgan sifat turkumiga oid so‘zlar ajratib yoziladi: och qizil, to‘q qizil, tim qora, liq to‘la, jiqqa ho‘l, lang ochiq kabi.
5. Har, hech, hamma, ba’zi, bir, qay, u, bu, shu, o‘sha so‘zlari yonida kelgan so‘zdan ajratib yoziladi: har zamon, hech kim, hamma vaqt, ba’zi bir, bir qancha, bir yo‘la, qay kuni, u yerga, bu yoqdan, shu yerdan, o‘sha yoqqa kabi.
=== Slayd 18 ===
Lekin birpas, birato‘la, birvarakayiga, biroz, birmuncha, buyon (beri) so‘zlari qo‘shib yoziladi.
Qay so‘zi yer, yoq, yon so‘zlari bilan kelganda bir y tushib qolishi natijasida bu so‘zlar qo‘shib yoziladi:
Qiyoslang: qay yerda – qayerda, qay yoqqa – qayoqqa, qay yondan – qayondan kabi.
Qaybir, qayvaqt so‘zlari ham qo‘shib yoziladi.
=== Slayd 19 ===
4. Murakkab sonlarning qismlari ajratib yoziladi: yigirma besh, bir yuz ellik ikki kabi.
5. Tojikcha izofali birikmalar ajratib yoziladi: tarjimayi hol, nuqtayi nazar, oynayi jahon, dardi bedavo kabi. Shuningdek, yangi imlo qoidalarida izofa undosh bilan tugagan so‘zlarga i shaklida, unli bilan tugagan so‘zlarga yi shaklida qo‘shilishi belgilab qo‘yildi.
Qiyoslang: dardi bedavo, nuqtayi nazar, tarjimayi hol, oynayi jahon, piri badavlat kabi.
=== Slayd 20 ===
Ko‘chirish qoidasi
Ko‘p bo‘g‘inli so‘zning oldingi satrga sig‘may qolgan qismi keyingi satrga bo‘g‘inlab ko‘chiriladi: to‘q-son, si-fatli, sifat-li, pax-takor, paxta-kor kabi.
Tutuq belgisi oldingi bo‘g‘inda qoldiriladi: va’-da, ma’-rifat, mash’-al, in’-om kabi.
=== Slayd 21 ===
So‘zning bosh yoki oxirgi bo‘g‘ini bir harfdan iborat bo‘lsa, ular quyidagicha ko‘chiriladi:
1) so‘z boshidagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yolg‘iz o‘zi oldingi satrda qoldirilmaydi: a-badiy emas, aba-diy, e-shikdan emas, eshik-dan kabi;
2) so‘z oxiridagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yolg‘iz o‘zi keyingi satrga ko‘chirilmaydi: mudofa-a emas, mudo-faa, matba-a emas, mat-baa kabi.
=== Slayd 22 ===
Ko‘chirish qoidasi
O‘zlashma so‘zning bo‘g‘inlari chegarasida kelgan ikki yoki undan ortiq undosh quyidagicha ko‘chiriladi:
1) ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko‘chiriladi: dia-gramma, mono-grafiya kabi;
2) uch undosh kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga ko‘chiriladi: silin-drik, kon-gress kabi.
Bosh harfdan yoki bo‘g‘inga teng qism va bosh harfdan iborat qisqartma, shuningdek, ko‘p xonali raqam satrdan satrga bo‘lib ko‘chirilmaydi: BMT, O‘zMU, 16, 245, 1994, XIX kabi.
Harfdan iborat shartli belgi o‘zi tegishli raqamdan ajratib ko‘chirilmaydi: 5-”A” sinf, V “B” guruhi, 110 gr, 15 ga, 105 m, 25 sm, 90 mm kabi.
=== Slayd 23 ===
Atoqli ot tarkibiga kiradigan raqam nomi ajratilgan holda keyingi satrga ko‘chirilmaydi: “Navro‘z–92” (festival), “O‘qituvchi–91” (ko‘rik-tanlov), “Andijon–9”, “Termiz–16” (g‘o‘za navi), “Boing–767” (samolyot), “Foton–774” (televizor) kabi.
A.J.Jabborov, A.D.Abduvaliyev kabilarda ismning va ota ismining birinchi harfiga teng qisqartmalar familiyadan ajratib ko‘chirilmaydi. Shuningdek, v.b. (va boshqalar), sh.k. (shu kabilar) singari harfiy oldingi so‘zdan ajratib ko‘chirilmaydi.
=== Slayd 24 ===
Kishining ismi, ota ismi, familiyasi, taxallusi, ramziy atoqli oti bosh harf bilan boshlanadi: Dilbar, O‘rinova, Muhabbat Majidovna, Azamat Shuhrat o‘g‘li, Hamza Hakimzoda, Muhammadsharif So‘fizoda, Mannon Otaboy, Navoiy, Furqat; Yelpig‘ichxon, Salomjon Alikov kabi.
Bosh harflar imlosi
=== Slayd 25 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.