Imkoniyati cheklangan bolalar turlari va ularni inklyuziv ta’limga jalb etish.
4000 so'm

Slayd 1
Imkoniyati cheklangan bolalar turlari va ularni inklyuziv ta’limga jalb etish
Slayd 2
Reja:
1
Inklyuziv ta’limni joriy qilish davr talabi sifatida.
2
Inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilishga bo‘lgan ehtiyojlar.
3
Inklyuziv ta’limning afzallik jihatlari.
Slayd 3
Tayanch iboralar:
Alohida ehtiyojli bolalar
maxsus ta’lim
afzallik jihatlari
katalizator
Slayd 4
Inklyuziv ta’limni joriy qilish davr talabi sifatida
01
Slayd 5
Har bir shaxsda mehr olish, e’tiborda bo‘lish, himoyalanish, shaxsiylik faoliyatini ruhlantirish kabi ehtiyojlar mavjud. Nogiron odamlar ham bundan mustasno emas, lekin bundan tashqari ularning alohida shaxsiy ehtiyojlari ham mavjud. Xatti-harakatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari va boshqa jihatlariga asoslangan holda nogironliklari o’xshash bo‘lgan taqdirda ham ular bir-biridan farq qiladi. Masalan: ikkita nogironligi bir xil bo‘lgan bolalarning biri ijobiy, ruhlantiruvchi muhitda yashash mumkin, ikkinchisi esa salbiy, ko‘ngilni qoldiruvchi muhitda yashashi mumkin. Shu sababli ularning ikkalasi nogiron bo‘lsa-da, bu ularga bir xil yordam ko‘rsatilishi kerak degani emas. Ularning ehtiyojlari yakkama-yakka holda qondirilishi lozim. Ushbu muammoni muhimligi amaliyotda tan olingan. Har bir bola shaxs sifatida mukammaldir va har bir bola hayotga moslashish va rivojlanish uchun yordamga muhtojdir.
Slayd 6
Ba’zi bir bolalar boshqalardan ko‘ra ko‘proq yordamga muhtojdir. Boshqalari esa hayotning ma’lum bir paytida yoki butun hayotlari davomida maxsus yordamga muhtojdirlar. Masalan, maktabda ta’lim olayotgan chog‘larida. Bu kabi maxsus qo‘shimcha yordam “Maxsus ta’limga borib taqaladi”. Hozirgi kungacha umumiy ta’lim maktab tizimi vakillarining “Bular bizning bolalarimiz emas. Ular maxsus ta’limga qarashli” degan gaplarini juda ko‘p eshitganmiz. Umumta’lim maktablarida nuqson turiga ko‘ra sharoit yaratilsa, ko‘pchilik maxsus ta’limga muhtoj bolalarning ehtiyojlarini oddiy maktabning o‘zida ham maxsus dastur, darsliklar va yordamchi texnik vositalarni qo‘llash asosida amalga oshirish mumkin.
Slayd 7
Jamiyat o‘z a’zolariga javobgarlikni o‘z bo‘yniga olmas ekan, maxsus yordamga muhtoj bolalarning asosiy muammolarini hal etishga, ijtimoiy integratsiyaga erishish qiyin. Imkoniyati cheklangan bolalarining ta’lim-tarbiyasida teng huquqlilik muammosini hal etish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir, chunki juda ko‘plab bolalar turli sabablarga ko‘ra ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Inklyuziv ta’limga jalb qilishning tashkiliy, ilmiy-uslubiy choralarini ko‘rib chiqish, ya’ni mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirishga oid tadbirlarni ishlab chiqish lozim. Alohida yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim muassasalariga jalb qilishning ikki asosiy omili bor.
Slayd 8
Birinchidan, maxsus ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar ham sog‘lom bolalar bilan birgalikda o‘zaro faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. Inklyuziv ta’lim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa, maxsus ehtiyojli bolalar ijtimoiy tomondan himoyalanadilar, sog‘lom bolalar esa ijtimoiy adolat va tenglikning tan olinishi buyukligini, nogiron bolalarga nisbatan yanada mehribon va e’tibor bilan munosabatda bo‘lishni his etadilar.Ikkinchidan, nogiron bolalar ham sog‘lom tengdoshlari bilan yonma-yon o‘qish, tarbiyalanish huquqiga ega ekanligi amalda o‘z isbotini topadi.Bu ishlarning muvaffaqiyati har bir davlatning qonunlarida aks etishi zarur. Chunki qonunlar, ularni kerakli moddiy va ma’naviy resurslar bilan ta’minlanishini amalga oshirishni kafolatlaydi.
Slayd 9
Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarga ta’lim berishda ota-onalar, mahalla, pedagoglar, mutaxassislar hamkorligida faoliyat ko‘rsatish talab qilinadi va majburiy hisoblanadi. Alohida ehtiyojli bolalar ham sog‘lom tengdoshlari bilan birgalikda o‘z qobiliyati darajasida faoliyat ko‘rsatishi, ta’lim olishi, kasbga o‘rganishi va o‘z qobiliyatini rivojlantirishi mumkin. Inklyuziv ta’lim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa, maxsus yordamga muhtoj bolalar ijtimoiy tomondan himoyalanadilar, ijtimoiy hayotda teng huquqli ekanliklarini, o‘z tengdoshlari bilan birga bilim olishlari mumkinligini his etadilar.
Slayd 10
Alohida ehtiyojli bolalar uchun tashkil etilgan segregatsiya – maxsus, yopiq turdagi muassasalarda bolalardagi mavjud nuqsonlar ancha-muncha yuqori darajada korreksiyalansa-da, ammo bolalarning maktab jamoasi bilangina chegaralangan tor doiraga tushib qolishlari natijasida ijtimoiy jamiyatga moslashishi, kelajakda sog‘lom bolalar qatori faoliyat yuritishlarida juda katta qiyinchiliklarga duch keladilar. Bundan tashqari maxsus ehtiyojli bolalarni barcha qatori keng jamoatchilik davrasidan ajralgan holda yashashlari ham demokratiya nuqtayi nazariga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki maxsus ehtiyojli bolalar ham barcha qatori haq-huquqlarga ega.
Slayd 11
Inklyuziv ta’lim masalasi XX asrning 90-yillaridan boshlab barcha ma’muriy diqqat markazida bo‘lib qoldi. Janubiy Afrika va Janubiy-Sharqiy Osiyodagi integratsiyalashgan ta’lim dasturlari asosida yakuniy ish hujjatlari o‘rganilib chiqildi.
Slayd 12
Inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilishga bo‘lgan ehtiyojlar
Inklyuziv ta’limga bo‘lgan ehtiyoj uning jamiyatga va maxsus ehtiyojli bolalar uchun quyidagi foydali jihatlari mavjud:
inklyuziv ta’lim maxsus ehtiyojli bolalarga doimo o‘z oilasi, mahallasi va qarindosh-urug‘lari davrasida bo‘lishi;
inklyuziv ta’lim barcha uchun, ta’lim sifatini yaxshilashga olib keladigan katalizator bo‘lib xizmat qilishi mumkin;
bolalarning turar joylaridan uzoqda bo‘lgani oilasi, jamiyat hayotida ishtirok etish huquqiga to‘sqinlik qiladi;
uyidan, oilasidan, ota-ona mehridan uzoqda bo‘lgan bola diydasi qattiq bo‘ladi, chunki oila tarbiyaning bosh markazidir.
Slayd 13
Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalariga qabul qilinishi yanada faolroq va ko‘proq o‘quvchilarni qamraydigan yangi o‘qitish uslublarini ishlab chiqishga undaydi. Buning nafi esa barcha bolalarga tegadi.
Jamiyatda nogironlarga nisbatan yanglish fikr va munosabat mavjud. Ular haqidagi ma’lumotlarning kamligi va yoshligidan maxsus muassasalarda yopiq tarzda ta’lim-tarbiya berilishi bunga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday munosabatni yo‘qotish yoki, kamaytirish ancha mushkul ishdir. Lekin tajribadan shu narsa ma’lumki, kattalarga nisbatan bolalar farqli va o‘xshashlik jihatlarni tezroq anglar ekanlar. Agarda maxsus ehtiyojli bolalar me’yorida rivojlanishdagi bolalar bilan birgalikda ta’lim-tarbiya olsalar, bu barcha bolalarni nogironlarga nisbatan o‘zlari singari bola ekanliklarini anglab, kamsitmasliklarini ta’minlagan bo‘lar edi.
Slayd 14
Maxsus yordamga muhtoj bo‘lgan bolalar ta’lim-tarbiyasi ularni o‘qish va yozishga o‘rgatish muammolarini ijtimoiy hayotga moslashtirishga ko‘mak berish, bu ishlarni samarali amalga oshirish, maxsus soha xodimlari hamda nogiron bolalar ota-onalariga amaliy yordam berish kabi mas’uliyatli ishlar jumlasiga kiradi.
Slayd 15
Maxsus yordamga muhtoj bolalar asosiy muammolarini ular o‘zlari yashab turgan muhitdan, oiladan uzoqda ta’lim tarbiya berish bilan hal qilib bo‘lmaydi. Jamiyat o‘z a’zolariga javobgarlikni o‘z bo‘yniga olmas ekan, cheklab qo‘yilgan huquq va imkoniyatlar qaytarib berilmas ekan ijtimoiy integratsiyaga erishish qiyin.
Slayd 16
Maxsus ehtiyojli bolalarni ta’lim tarbiyasida teng huquqlilik muammosini hal etish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Bugungi kunda ham juda ko‘plab bolalar turli xildagi sabablarga ko‘ra ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Inklyuziv ta’limga jalb qilishning tashkiliy, ilmiy-uslubiy choralarini ko‘rib chiqish ya’ni mutaxassislarini tayyorlash, malakasini oshirishga oid tadbirlarni ishlab chiqish lozim. Alohida yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim muassasalariga jalb qilishning ikki asosiy omili bor: 1-dan alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar ham sog‘lom bolalar bilan birgalikda o‘zaro faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. Inklyuziv ta’lim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa, sog‘lom bolalar esa ijtimoiy adolat va tenglikning tan olinishi buyukligini nogiron bolalarga nisbatan yanada mehribon va e’tibor bilan munosabatda bo‘lishni his etadilar. 2-dan nogiron bolalar ham sog‘lom tengdoshlari bilan yonma-yon o‘qish, tarbiyalanish huquqiga ega ekanligi.
Slayd 17
Bu ishlarni muvaffaqiyati har bir davlatning qonunlarida aks etilishi zarur. Chunki, qonunlar, ularni kerakli moddiy va ma’naviy resurslar bilan ta’minlanishini amalga oshirishni kafolatlaydi. Imkoniyati cheklangan bolalar – o‘quvchilarga ta’lim berishda, ota-onalar, mahallalar pedagoglar, mutaxassislar hamkorligida faoliyat ko‘rsatishlarini talab qilinadi va majburiy shart hisoblanadi.
Slayd 18
Alohida ehtiyojli bolalar ham sog‘lom tengdoshlari bilan birgalikda o‘z qobiliyat darajasida faoliyat ko‘rsatish, ta’lim olishi, kasb-hunar o‘rganishi va rivojlanishi mumkin. Inklyuziv ta’lim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa maxsus yordamga muhtoj bolalar ijtimoiy tomondan himoyalandilar, ijtimoiy hayotda teng huquqliligini, o‘z tengdoshlari bilan birga bilim olishlari mumkinligini his etadilar. Alohida ehtiyojli bolalar uchun tashkil etilgan segregatsiya-maxsus, yopiq turdagi muassasalarda bolalardagi mavjud nuqsonlar ancha-muncha yuqori darajada korreksiyalansa-da, ammo bolalarning maktab jamoasidagi tor doiraga tushib qolishlari natijasida ijtimoiy jamiyatga moslashishi, kelajakda normal rivojlanishdagi bolalar qatori faoliyat yuritishlarida juda katta qiyinchiliklarga duch keladilar.
Slayd 19
Maxsus maktablar mana shu jihatlari bilan juda katta kamchiliklarga ega. Bundan tashqari maxsus ehtiyojli bolalarni barcha qatori keng jamoatchilik davrasidan ajratgan holda yashashlari ham demokratiya nuqtayi nazariga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki maxsus ehtiyojli bolalar ham barcha qatori haq-huquqlarga ega. Shuning uchun ham yilda bir marta Tailandda juda muhim konferensiya o‘tkaziladi. Bu konferensiya “Ta’lim hamma uchun” maqsadini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, unga 155 ta davlat vakillari va 150 dan ortiq nodavlat tashkilotlari qo‘shildilar. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, taxminan 10-15% bolalar maxsus ta’limga muhtoj ekanligi aniqlandi.
Slayd 20
Tailandda o‘tkazilgan konferensiya asosida “Ta’lim hamma uchun” shiorini qo‘llab-quvvatlash va amaliyotga tatbiq qilishni tahlil etish maqsadida yilda bir marta YUNESKO tashkiloti va Ispaniya davlati bilan hamkorlikda Sallamanka-Ispaniya umumjahon konferensiyasi o‘tkazildi. Ushbu konferensiya ishtirokchilarining maqsadi va vazifasi butun dunyodagi imkoniyati cheklangan bolalarning umumta’lim muassasalarida ta’lim olishlari uchun qulayliklar yaratish, maktabda o‘qitish vazifasini amalga oshirish uchun maktab islohotlarini o‘tkazish zarurligi to‘g‘risida fikr-mulohazalar yuritishga qaratilgan edi.
Slayd 21
Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalariga jalb etishga bo‘lgan ehtiyoj bu shunda namoyon bo‘ladiki, ta’lim tizimidan butunlay chetda qolib ketayotgan maxsus ehtiyojli bolalarni ta’limga jalb etish, maxsus muassasalarga borishga yashash joyi juda uzoqda bo‘lganligi yoki moddiy mablag‘ning yetishmasligi yoki ota-onalarning o‘z farzandini maxsus muassasaga borishini xohlamasligi oqibatida qiynalayotgan ota-onalarga ko‘mak berish, maxsus ehtiyojli bolalarni ijtimoiy jamiyatga erta va to‘laqonli moslashtirish, teng huquqlilik masalasini hal etish, kamsitishlarni oldini olishdadir. Inklyuziv ta’lim masalasi 90-yillarning diqqat markazida bo‘lib qoldi. Janubiy Afrika va Janubiy Sharqiy Osiyodagi integratsiyalashgan ta’lim dasturlari asosida yakuniy ish hujjatlari o‘rganilib chiqildi.
Slayd 22
3. Inklyuziv ta’limning afzallik jihatlari
Slayd 23
Inklyuziv ta’limga bo‘lgan ehtiyoj uning jamiyatga va maxsus ehtiyojli bolalar uchun quyidagi nafli jihatlari mavjudligidan kelib chiqadi: Inklyuziv ta’lim maxsus ehtiyojli bolalarga doimo o‘z oilasi mahallasi va qarindosh-urug‘lari davrasida bo‘lishga imkon beradi. Bolalarni oilasidan, uyidan uzoqda bo‘lgan internatlarga joylashtirish ularning uyi, oilasi hamjamiyat hayotiga ishtirok etish huquqiga to‘sqinlik qiladi. Uyidan, oilasidan, ota-ona mehridan uzoqda bo‘lgan bola diydasi qattiq bo‘lib o‘sadi. Chunki oila tarbiyaning bosh markazidir. Inklyuziv ta’lim barcha uchun ta’lim sifatini yaxshilaydi. Inklyuziv ta’lim ta’lim sifatini yaxshilashga olib keladigan katalizator bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalariga qabul qilinishi o‘quvchilarni yanada bolaga qaratilgan faolroq va ko‘proq o‘quvchilarni qamraydigan yangi o‘qitish uslublarini ishlab chiqishga undaydi.
Slayd 24
Inklyuziv ta’lim kamsitishlarni oldini olishga yordam beradi.Jamiyatda nogironlarga nisbatan yanglish fikr va munosabat juda yuqoridadir. Ular haqida ma’lumotlarning kamligi va ularni yoshligidan maxsus muassasalarda yopiq tarzda ta’lim tarbiya berilishi bunga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday munosabatni yo‘qotish yoki kamaytirish ancha mushkul ishdir. Lekin tajribadan shu narsa ma’lumki, kattalarga nisbatan bolalar farqli va o‘xshashlik jihatlarni tezroq anglar ekanlar. Agarda maxsus ehtiyojli bolalar normal rivojlanishdagi bolalar bilan birgalikda ta’lim tarbiya olsalar, bu barcha bolalarni nogironlarga nisbatan o‘zlari singari bola ekanliklarni anglab, kamsitmasliklarini ta’minlagan bo‘lar edi.
Slayd 25
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 26
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.