Hujjatlardagi zaruriy qismlar va ularni rasmiylashtirish

4000 so'm


Hujjatlardagi zaruriy qismlar va ularni rasmiylashtirish

 

 

Slayd 1

Hujjatlardagi Zaruriy Qismlar (Rekvizitlar) Va Ularni Rasmiylashtirish

Slayd 2

Reja:
Tashkiliy-farmoyish hujjatlari
Nusxaning tasdiqlanishi haqidagi qayd
Tashkilotning manzil ma’lumotlari

Slayd 3

Tashkiliy-farmoyish Hujjatlari Zaruriy Qismlarining To‘liq Ro‘yxati Quyidagicha: 1. O‘Zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi. 2. Tashkilot Yoki Korxonaning Ramziy Belgisi (Emblemasi). 3. Mukofot Tasviri. 4. Vazirlik Yoki Yuqori Idoraning Nomi. 5. Muassasa, Tashkilot Yoki Korxonaning Nomi. 6. Tarkibiy Tarmoqning Nomi. 7. Aloqa Muassasasining Shartli Raqami (Indeksi), Tashkilot Yoki Korxona Manzili, Telefon Raqami, Faks Raqami, Elektron Pochta Manzili, Rasmiy Vebsayti, Bankdagi Hisob Raqami. 8. Matn Sarlavhasi. 9. Sana. 10. Shartli Raqam.

Slayd 4

Keladigan hujjatlaming sanasi va shartli raqamiga havola. 12. Tuzilgan yoki nashr qilingan joyi. 13. Hujjatni oluvchi (adresat). 14. Tasdiqlash ustxati. 15. Munosabat belgisi (rezolyutsiya). 16. Hujjat turining nomi. 17. Nazorat haqida qayd. 18. Matn. 19. Ilova mavjudligi haqidagi qayd. 20. Imzo yoki elektron raqamli imzo. 21. Kelishuv ustxati. 22. Rozilik belgisi (viza). 23. Muhr. 24. Nusxaning tasdiqlanishi haqidagi qayd. 25. Ijrochining familiyasi va telefon raqami. 26. Hujjatning bajarilganligi va uni hujjatlar yig‘majildiga yo‘naltirilganligi haqidagi qayd. 27. Kompyuterga ko‘chirilganligi haqidagi qayd. 28. Hujjat kelib tushganligi haqida qayd

Slayd 5

(1) – (3). » 0 ‘Zr gerbi», «Mukofot tasviri» tijorat tashkilotlari tuzilmasidagi hujjatlarga qo‘yilmaydi. (4) -(5) . «Vazirlik yoki yuqori idoraning nomi», «Muassasa, tashkilot yoki korxonaning nomi» huquqiy hujjatlar: tashkilot ustavi yoki nizomidagi nomiga aynan muvofiq keladigan tarzda yoziladi. (6). «Tarkibiy tarmoqning nomi», odatda, faqat ichki hujjatlarda (arizalar, bildirishnoma, tushuntirish xatlari, ta’tillar grafiklari va sh.k.da) ko‘rsatiladi. (7). «Tashkilotning manzil ma’lumotlari»dan faqat yozishmalarda foydalaniladi, ichki hujjatlarda umuman qo‘yilmaydi (8). «Matn sarlavhasi». Aksariyat hujjatlar uchun uning mazmunini aks ettiruvchi qisqa va aniq sarlavha bo‘lishi kerak. (9). «Sana». Imzo chekilish sanasi, tasdiqlash sanasi, rozilik sanasi, shuningdek, matn ichidagi sanalar so‘z bilan ifodalangan sana usulida rasmiylashtiriladi. (10). «Shartli raqam» («Indeks») qaydlov raqami bo‘lib, har bir kelayotgan yoki chiqayotgan hujjat rasmiy indekslash tizimiga muvofiq ro‘yxatga olinganda qo‘yiladi.

Slayd 6

(11). «Keladigan hujjatlaming sanasi va shartli raqamiga havola». Bu rekvizit faqat yuborilayotgan javob xatlarida boiadi; «sana» va «shartli raqam»dan pastga qo‘yiladi. (12). «Tuzilgan yoki nashr qilingan joyi». Bu zaruriy qism pochta manzili qo‘yilgan xatdan tashqari har bir hujjatda boiadi; «sana» va «shartli raqam»dan pastga joylashtiriladi. (13). «Hujjatni oluvchi» zaruriy qismi hujjatning o‘ng burchagi yuqorisiga qo‘yiladi. (14). «Tasdiqlash ustxati». Ushbu zaruriy qism «Tasdiqlayman» so‘zidan, hujjatni tasdiqlayotgan shaxs lavozimining nomi, shaxsiy imzosi, imzosining yoyilmasi va sanadan iborat bo‘ladi. (15). «Munosabat belgisi» xizmat hujjatlari ustiga mansabdor shaxslar tomonidan muayyan fikr bildirib yoziladigan qaydlardir. (16). «Hujjat turining nomi» (buyruq, dalolatnoma, ma’lumotnoma va b.) xatlardan tashqari barcha xizmat hujjatlarida ko‘rsatiladi, blanka rekvizitlaridan so‘ng katta harflar bilan yoziladi va matn sarlavhasi bilan bir ibora sifatida o‘qiladi

Slayd 7

(17). «Nazorat haqida qayd» faqat ijrosi nazorat ostiga olingan hujjatlarga qo‘yiladi. (18). «Matn». Hujjat matni mazmuni imkoni boricha lo‘nda, qisqa iboralar bilan, zarur hollarda, jadval shaklida, qiyin bo‘lmagan gap tuzilishida bayon etiladi. (19). «Ilova mavjudligi haqidagi qayd». Agar hujjatda matnda ko‘rsatilgan ilova boisa, u holda ilovalar borligi to‘g‘risidagi belgi quyidagi shakl bo‘yicha rasmiylashtiriladi: Ilova 10 varaqda, 2 nusxada. (20). «Imzo» rekviziti tarkibiga hujjatni imzolayotgan shaxsning amaldagi lavozimi nomi, uning shaxsiy imzosi va imzoning yoyilmasi (ismi, otaismi bosh harflari va familiyasi) kiradi. (21). «Kelishuv ustxati». Kelishish hujjat loyihasini dastlabki ko‘rib chiqish va baholash usulidir. (22). «Rozilik belgisi (viza)» hujjatning ichki kelishuvini ifodalaydi. (23). «Muhr» Muhr gerbli (davlat gerbi tasviri tushirilgan) va oddiy bo‘ladi. Tijorat tuzilmalarida oddiy yumaloq muhrdan foydalaniladi. (24). «Nusxaning tasdiqlanishi haqidagi qayd». Hujjatning ikkinchi yoki keyingi boshqa nusxalarini tasdiqlash belgisidir

Slayd 8

(25). «Ijrochining familiyasi va telefon raqami». Har bir hujjatda ijrochisi (tuzuvchisi)ning familiyasi va uning xizmat telefoni raqami hujjat oxirgi varag‘ining old tomoniga yoki joy bo‘lmaganda, orqa tomonning pastki chap burchagiga qo‘yiladi (26). «H ujjatning bajarilganligi va uni hujjatlar yig‘majildiga yo‘naltirilganligi haqidagi qayd». (27). «Axborot kompyuterda ko‘chiriIganligi haqidagi qayd». Ma’lumotlaming kompyuterga o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi belgi «Axborot kompyuterga ko‘chirildi» yozuvi, ma’lumotlami kompyuterga o‘tkazish uchun mas’ul shaxs imzosi va ko‘chirish sanasidan iboratdir (28). «Hujjat kelib tushganligi haqidagi qayd». Bunday rekvizit kelgan hujjatlarga maxsus qaydlov shtampi (to‘rtburchak muhr) orqali yoki qo‘l bilan yozib qayd etiladi.

Slayd 9

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 10

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Hujjatlardagi zaruriy qismlar va ularni rasmiylashtirish” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar