G’arb mutafakkirlari merosidan boshlang’ich ta’limda foydalanish

4000 so'm


G'arb mutafakkirlari merosidan boshlang'ich ta'limda foydalanish

 

 

Slayd 1

Boshlang‘ich ta’lim-tarbiya jarayonida G’arb mutafakkirlari merosidan foydalanish

Slayd 2

Reja:
Qadimgi Yunoniston va Rim davlatlarida maktab va tarbiya.
Iogann Genrix Pestalotsiyning didaktika va boshlang’ich ta’lim metodikasiga qo’shgan hissasi
Adolf Distervegning rivojlantiruvchi nazariyasi
Yan Amos Komenskiyning pedagogik nazariyasi.
L.N.Tolstoyning pedagogik qarashlari
K.D.Ushinskiy pedagogika fani va tarbiya ahamiyati to’g’risida

Slayd 3

Qadimgi Yunoniston (Gretsiya)da quldorlarning bolalarini maktabga yetaklab boradigan kishilar pedagog deb atalgan.
Ilk maktablar Misr, Bobil, Xitoy va Hindistonda, O’rta Osiyoda, Yevropada esa Yunoniston va Rim davlatlarida paydo bo’ldi.

Slayd 4

Qadimgi Yunoniston va Rim davlatlarida maktab va tarbiya
Yunoniston uncha katta bo’lmagan bir qancha quldorlik davlatlaridan tashkil topgan. Uning mashxur shaharlari Lakoniya (bosh shahri sparta) va Attika (bosh shahri Afina)dir. Bularning har qaysisida tarbiyaning alohida tizimlari vujudga kelib, Sparta usulidagi tarbiya va Afina usulidagi tarbiya deb ataladigan bo’ldi.

Slayd 5

Spartaliklarning bolalari 7 yoshgacha uyda yashar, keyin «agella» deb ataluvchi davlat muassasasida 18 yoshga yetguncha tarbiyalanar edi. Ular «pedonom» rahbarligida jismoniy sog’lom bo’lish uchun turli mashqlar bilan chiniqtirilar, sovuqqa, ochlikka va chanqoqlikka chidashga, og’riqqa bardosh berishga o’rgatilar edi. Ta’limning asosiy qismini harbiy gimnastika mashqlari egallar edi.
Spartada tarbiya ishlari davlat ixtiyorida bo’lib, uning asosiy maqsadi spartaliklarning bolalarini baquvvat, jismoniy sog’lom, bardoshli, chiniqqan jangchilar qilib tarbiyalash va bo’lajak quldorlarni yetkazishdan iborat edi.

Slayd 6

Qadimgi yunon tarixchisi, faylasuf olim Plutarx Sparta maktablaridagi ta’lim-tarbiya haqida gapirib, shunday deydi:
«O’qish va yozishga kelganda bolalarga faqat ularning eng zaruri o’rgatilar edi, tarbiyaning qolgan qismi esa bitta maqsad: hech so’zsiz itoat qildirishni, chidamli bo’lishni va yengish ilmini o’rgatishni ko’zda tutar edi».

Slayd 7

Spartada ta’lim-tarbiyaning yana bir muhim vazifasi yoshlarni qullarga nisbatan shafqatsiz, ularni mensimaydigan qilib tarbiyalashdan iborat edi.
Yoshlarga axloqiy tarbiya berishda davlat rahbarlari maxsus suhbatlar o’tkazib, shu yo’l bilan ularga axloqiy va siyosiy tarbiya berar edilar. Shuningdek, bolalarni savol-javob jarayonida aniq, qisqa va lo’nda qilib javob berishga o’rgatib borilgan.

Slayd 8

Spartada 18—20 yoshga yetganda yigitlar «Efeblar» o’spirinlar guruhida harbiy xizmatni o’taganlar.
Spartada qizlar tarbiyasiga ham alohida e’tibor berilgan. Ularni harbiy va jismoniy tarbiya malakalari bilan qurollantirib borilgan. Chunki erkaklar jangga ketganlarida ular shaharni qo’riqlab, qullarni itoat saqlashini ta’minlar, ular hatto jangda ham qatnashar edilar.

Slayd 9

Afinada eng ko’rkam va barkamol inson deb ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan yetuk kishini o’zlarining «ideali» deb hisoblar edilar.
Afinada esa hayot, tartib, intizom, maktab tizimi va undagi ta’lim-tarbiya spartanikidan butunlay farq qilar edi. Qullar xususiy mulk hisoblanar edi. Afinada eramizdan ilgarigi V—IV asrlarda madaniyat barq urib o’sdi. Fan, me’morchilik va haykaltaroshlik taraqqiy qildi.

Slayd 10

Afinada bolalar 7 yoshga yetguncha uyda tarbiyalanar, o’g’il bolalar 7 yoshdan boshlab maktabga qatnar, qizlar esa oilada ona ko’magida uy-ro’zg’or ishlariga o’rgatilar edi. Afinada xotin-qizlarning hayoti uy doirasidan chiqmas, asosan ichkarida o’tar edi. Afinada bolalar dastlab 7 yoshdan 13—14 yoshgacha «grammatist» (savod o’rgatish ma’nosida), «kifarist» (grekcha musiqa o’qituvchisi ma’nosida) maktablarda tahsil olganlar. Bu maktablar xususiy bo’lib, o’qish pullik edi. Shuning uchun fuqarolarning bolalari bu maktablarda ta’lim ololmas edilar. Bu maktablarda «didaskol» deb atalgan o’qituvchilar mashg’ulot olib borar edilar.

Slayd 11

Grammatist maktabida o’qish, yozish va hisoblash o’rgatilar edi. O’qishda harflarni hijjalab o’qitish usuli, so’ng qo’shib o’qish usulidan foydalanganlar. Yozuvni o’rgatishda mum surilgan yaltiroq taxtachalardan foydalanganlar. Ular ingichka cho’p yordamida yozganlar. Sonlar barmoqlar, sopol toshlar, sanoq taxtasi yordami bilan hisoblaganlar. Kifarist maktabida o’g’il bolalarga adabiy bilim va estetik tarbiya berilar, muzika, ashula, deklomasiyalar o’rgatilar edi.

Slayd 12

O’g’il bolalar 13—14 yoshga yetganlaridan keyin palestra («kurash maktabi») deb atalgan o’quv yurtiga o’tar edilar. Bu o’quv yurtida ular ikki—uch yil davomida jismoniy mashqlar bilan shug’ullanar edilar. Yoshlarning badavlatroq oiladan bo’lgan qismi palestrani tugatgach gimnasiyga (jismoniy, ijtimoiy tarbiya) kirar edi. Ularga falsafa, siyosat, adabiyot fanlari o’rgatilgan. Bu maktabni tugatgan yoshlar davlatni boshqarishda qatnashishlari mumkin edi.
Afinada ham 18 dan 20 yoshgacha bo’lgan yoshlar Efeblar qatoriga o’tib, harbiy xizmatga tayyorlanar va o’zlarini siyosiy bilimlarini oshirishni davom ettirar edilar.

Slayd 13

Qadimgi Yunonistonning mashxur faylasuflari
Suqrot (m.a. 469—399 Yillar)
Platon (m.a. 424—347 Yillar)
Aristotel (m.a. 384—322 Yillar)
Demokrit (m.a. 460—370 Yillar)

Slayd 14

1746-1827
Iogann Genrix Pestalotsiyning didaktika va boshlang’ich ta’lim metodikasiga qo’shgan hissasi
1774 yilda «Neygof»da «Kambag’allar muassasasi»ni ochib, yetim va boqimsiz bolalardan 50 ga yaqin kishini shu muassasaga to’pladi.
Pestalotsi Neygofda o’tkazgan tajribaning pedagogika uchun ahamiyati katta bo’ldi. Pestalotsi tajribani davom ettirish uchun mablag’ bo’lmaganligi sababli oradan ko’p vaqt o’tmay yetimxonani yopishga majbur bo’ldi.

Slayd 15

XIX asrning boshlaridayoq Pestalotsining quyidagi kitoblari bosilib chiqdi:
«Gertruda o’z bolalarini qanday qilib o’qitadi»,
«Onalar kitobi yoki onalar uchun o’z bolalariga kuzatish va gapirishni qanday o’rgatish haqida qo’llanma»,
«Kuzatish alifbesi yoki o’lchash haqida ko’rsatmali qo’llanma»,
«Sonto’g’risida ko’rsatmali ta’lim».

Slayd 16

Pestalotsining fikricha, «Bola tug’ilgan soat — unga ta’lim berishning birinchi soatidir». Shu sababli chinakam pedagogika onani to’g’ri tarbiyalash metodlari bilan qurollantirishi kerak. Pedagogika san’ati esa Shu metodikani har bir ona, jumladan, oddiy dehqon ayol ham egallab oladigan qilib soddalashtirib berishi lozim. Oilada tabiatga muvofiq qilib boshlangan tarbiya maktabda ham davom ettirilishi lozim.

Slayd 17

Pestalotsining elementar ta’lim nazariyasi
Jismoniy tarbiya
mehnat tarbiyasini
axloqiy va estetik tarbiya
aqliy tarbiya va o’qitish

Slayd 18

Petalotsi boshlang’ich ta’limning xususiy metodikasi asosini yaratib berdi:
ona tili o’qitishning asosiy vazifasi bolaning nutqini o’stirish va uning so’z boyligini orttirish;
savod o’rgatishda tovush metodini birinchi o’ringa qo’ydi;
ona tili o’qitishni ko’rsatmali prinsip asosida olib borish va bollarga tabiiyot, geografiya va tarixga doir elementar ma’lumotlar berib, shu tariqa bolalarning so’z boyligini orttirish;
yozuv o’rgatishni narsalarni o’lchash va suratni chizish bilan shuningdek, nutqni o’stirish bilan bog’lab olib borishni;
o’lchashni o’rgatmoq uchun dastlab to’g’ri chiziq chizishni, so’ngra burchak, kvadrat chizishni va bu kvadratni bo’laklarga (yarimta, chorakta qilib va hokazo) bo’lishni o’rgatishni;
tarbiyachi bolalarga turli geometrik jismlarni ko’rsatish va ularning nomlarini aytib berishini taklif qildi.

Slayd 19

Adolf Distervegning rivojlantiruvchi nazariyasi
1790-1866
Disterveg pedagogik, adabiy va metodik sohalarda samarali ish olib bordi. «Nemis o’qituvchilarini o’qitish uchun qo’llanma» degan kitobni nashr qildirdi (1835), bu kitobda ta’limning umumiy vazifalarini va prinsiplari to’g’risidagi qarashlarini bayon qilib berdi. Matematika, nemis tili, geografiya, matematik geografiya, astronomiyaga doir yigirmadan ortiq darslik va qo’llanmalar nashr qildi.

Slayd 20

Distervegning ilmiy-pedagogik faoliyati
1862 yilda «Elementar geometriya»si rus tilida Rossiyada nashr etildi;
1827-1866 y.y. «Tarbiya va ta’lim uchun reyn varaqalari» jurnal chiqar.
Boshlang’ich maktablarning o’qituvchilarini tayyorlash ishini tubdan yaxshilash uchun kurashdi.
Disterveg hayot chog’idayoq «nemis muallimlarining muallimi» degan faxrli unvonga sazovor bo’ldi.

Slayd 21

“Tarbiyaning oliy maqsadi, bu – haqiqatga, go’zallikka va yaxshilikka xizmat qilishga qaratilgan tashabbuskorlikdir»
Disterveg.

Slayd 22

Distervigning o’qituvchiga nisbatan qo’yadigan talablari.
Bolalarning tashabbuskorligini o’stirish, ularni bilimlar bilan qurollantirish o’qituvchi rahbarlik roliga bog’liq;
o’qitishda muvaffaqiyat puxta ishlangan o’quv rejasi va yaxshi darslikning bo’lishi bilan birga, o’qituvchiga bog’liq;
yaxshi o’qituvchi o’z fanini mukammal egallagan, o’z kasbini va bolalarni sevishi kerak;
dars chog’ida hamma bolalar tetik bo’lib turishi, o’qituvchi g’ayrat bilan dars berib, o’quvchilarning aqliy kuchini uyg’otishi, irodasini mustahkamlashi, xarakterini tarkib toptirishi;
o’quvchilar o’zlarining ilgarilab borayotganliklarini hamisha sezib turishlari lozim;
Yaxshi o’qituvchi o’zining tarbiya prinsiplarini qat’iyat bilan og’ishmay o’tkazib boradi;

Slayd 23

O’qituvchi muttasil o’z ustida ishlasa, u o’quvchilarni bilimlarni egallashda matonatli bo’lishga o’rgatadi va ularni o’z yo’llarida uchraydigan qiyinchiliklarni yenga oladigan qilib tarbiyalaydi;
o’qituvchining mustahkam xarakteri va o’tkir iroda kuchi ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega;
o’qituvchi qattiqo’l va talabchan bo’lish bilan birga, adolatli bo’lishi ham kerak, faqat shundagina u o’z o’quvchilari orasida obro’ qozonishi mumkin;
yomon o’qituvchi haqiqatni aytib berib qo’ya qoladi, yaxshi o’qituvchi esa haqiqatni topishiga o’rgatadi;
o’qituvchilar birinchi navbatda o’zlari o’qitayotgan fanga taalluqli asarlarni o’qishi, shuningdek, tarix, adabiyot, pedagogika, psixologiya va metodikani bilishi kerak
o’qituvchilarni amaliy pedagoglik mahorati va malakalari bilan qurollantirish lozim.

Slayd 24

Yan Amos Komenskiyning pedagogik nazariyasi
Yan Amos Komenskiy maktab ta’limini tashkil etish va sinf dars tizimiga asos soldi.
Komenskiy hamma maktablar uchun umumiy bo‘lgan bir tizim bo‘lishi, bolalarning qaysi toifaga mansubligidan ota-onalarining kimligidan qat’iy nazar ona tilidagi maktablar hamma bolalar uchun umumiy va majburiydir, deb ta’kidlaydi.
Komenskiy boshlang‘ich umumiy ta’lim g‘oyasini ilgari surdi. U kambag‘allarning bolalaridagi iste’dod bilim olmasligi tufayli halok bo‘ladi deb g‘azablanardi.
1592-1670

Slayd 25

Komenskiy fikricha, tarbiyaning uch bosqichi va uch vazifasi mavjud:
O‘zini va tevarak atrofidagi olamni bilish (aqliy tarbiya)
O‘z-o‘zini boshqarish (axloqiy tarbiya)
Xudoni tanishga intilish (diniy tarbiya)

Slayd 26

Komenskiy yaratgan ta’lim tamoyillari
Ko‘rsatmalilik;
Onglilik;
Tizimlilik;
Izchillik;
Didaktik.

Slayd 27

Komenskiyning bola yosh davrlari tasnifi
Go‘daklik davri (tug‘ilgandan 6 yoshgacha bo‘lgan davr)
bolalik davri (6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan davr)
o‘smirlik davri (12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan davr)
yetuklik (balog‘at) davri (18 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan davr)

Slayd 28

Bularning har qaysisi uchun alohida o‘qitish bosqichlarini belgilab beradi
6 Yoshgacha bo‘lgan bolalar onalar maktabida tarbiyalanishi kerak. U bolaning maktab davrigacha oilada tarbiyalanishini onalar maktabi deb ataydi
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun joylarda 6 yillik ona tilida maktablar bo‘lishi kerak
12-18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun har bir shaharda latincha maktab yoki gimnaziya bo‘lishi kerak
18-24 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun har bir davlatda yoki viloyatda akademiyalar bo‘lishi kerak deb ko‘rsatadi

Slayd 29

1828-1910
Lev Nikolaevich Tolstoy o’zining pedagogik faoliyatini pedagogika sohasida nodir asarlar yaratish bilan birga 1859 yilda yasnaya polyanada o’z hisobiga dehqonlarning bolalari uchun maktab ochdi va taklif etilgan o’qituvchilar bilan birgalikda unda mashg’ulotlar olib bordi. Shuningdek, u to’la guberniyasida maorif ishlarini qayta tashkil etishda jonbozlik ko’rsatdi. Bu davrda uning tashabbusi bilan 20 dan ortiq maktab ochildi.

Slayd 30

«Urush va tinchlik» romani (1869 y.);
«Азбука» («Alifbe») (1872 y.);
qayta ishlangan «Новая азбука» («Yangi alifbe») (1875 y.)
To’rtta «Книга для чтения» («O’qish kitobi») (1875 y.)

Slayd 31

1824-1870
Tarbiya predmeti bo’lgan odam to’g’risida chuqur ilmiy bilimlar bilan qurollangan keng ma’lumoti bor Ushinskiy pedagogika nazariya­sini ishlab chiqishga kirishdi.
Ushinskiy pedagogika nazariyasi anatomiya, fizmiologiya, psixolo­giya, falsafa, tarix va boshqa fanlar qonunlarida foylanishga asoslan­gan bo’lish deb lozim deb ko’rsatdi.

Slayd 32

Ta’lim;
o’qituvchining shaxsan namuna bo’lishi;
e’tiqod;
o’quvchilarga mohirlik bilan munosabatda bo’lish;
ogohlantirish choralari;
rag’batlantirish va jazolash.

Slayd 33

Ushinskiy 1964 yilda yozgan «Rus tilini dastlabki o’qitish» nomli maqolasida qimmatli uslubiy ko’rsatmalar beradi va o’qitishning 3 ta vazifasi bor deb ko’rsatadi:
bolaning nutqini o’stirish;
bolalarni rus tilining imkoniyatlaridan ongli ravishda foydalanishga o’rgatish;
tilning grammatikasini o’zlashtirish.

Slayd 34

G’arb mutafakkirlari
Pedagogik qarashlari

Asarlari
Axloqiy tarbiya haqida
Aqliy tarbiya haqida
Pedagogik faoliyati
Iogann Genrix Pestalotsiy

Yan Amos Komenskiy

Lev Nikolaevich Tolstoy

Konstantin Dmitrievich Ushinskiy

“Konseptual jadval» Go

Slayd 35

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 36

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“G’arb mutafakkirlari merosidan boshlang’ich ta’limda foydalanish” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

ten + fourteen =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar