Hujayraning mitotik va hayot sikli
4000 so'm

Slayd 1
Hujayraning mitotik va hayot sikli.
Slayd 2
Reja:
Hujayraningqayta tiklanishi.
Hujayraningmitotik va hayotiy sikli.
Interfazava mitoz bosqichlarining davom etishi.
Mitozning biologik ahamiyati.
Slayd 3
Barcha tirik mavjudot o’zlariga xos bo’lgan hayotni yashaganlaridan so’ng o’limga mahkumdirlar. O’lgan organizmlar o’rniga yangi organizmlar vujudga keladi. Har bir jonzotga o’ziga o’xshagan organizmni yaratish, zurriyot qoldirish xusuiyati xosdir. Shu tufayligina mavjudotlar olami saqlanib qoladi. Organizmlarning ko’payishi evolutsion tarzda takomillashib boruvchi jarayondir.
Slayd 4
Jonzotlar turli usulda ko’payadi, ularning barchasini jinssiz va jinsiy ko’payish xiliga bo’lish mumkin. Bir hujayrali organizmlar atrof muhitdan oziq moddalarni shimib undan tana tuzilishida, moddalarning almashinuvida ,osishda foydalanadi.
Slayd 5
Hujayra ma’lum kattalikka yetgandan keyin u bo’linadi . Hujayraning ajoyib sifatlaridan biri uning o’zidan ko’payishidir. Bu jarayon hujayra avlodlarining tugamasligini taminlaydi.Hujayra bo’linishining bir necha turlari bor;mitoz,meyoz va poliploidiya.
Slayd 6
Yuzaga kelgan yosh ikkita hujayra kichik bo’linadi,u ham o’sa boshlaydi. Bir hujayrali organizmlarda hujayra bo’linganidan keyin bu butun organizmni o’sishi kattalashuviga olib keladi.
Slayd 7
Barcha hollarda bo’linish natijasida yuzaga kelgan hujayralar o’zaro va ona hujayrasidagi kabi tuzilish hamda turli vazifalarni bajaradi.Eukariot tuzilishli hujayralarni bo’linishi bir biriini davomi hisoblanadigan ikkita bosqich: mitoz va sitokinez jarayonlaridan iborat.bo’linishdan keyingi (postmitotik), yani sintezdan oldingi(prisintetik)-birinchi o’sish (S) Dnk sintezi ro’y beradigan davr.
Slayd 8
Interfaza yakunida odatda hujayrada mitotik bo’linish (M) ro’y beradi. Hujayraning bo’linishga tayyorlanishi (interfaza ) va bo’linishi (mitoz) uning mitotik sikli hisoblanadi. Mitotik bo’linish 19-asrning oxirlarida Flemming (1882), o’simlik hujayralarida esa Strasburger(1882) tomonidan tariflangan. Postsintetik (premitotik ) –S davrda Rnk va bo’linish jarayonini taminlovchi oqsillar sintezlanadi (ayniqsa bo’linish dukini hosil qiluvchi oqsillarning sintezlanishi diqqatga sazovordir.) Bu davrning davom etishi a’zo va to’qima xillariga , organizm turlariga bog’liq bo’lib, 5-6 soat davom etadi. Hujayra autosintetik interfazasining yakunlanishi bilan ko’pgina hujayralar bo’lina boshlaydi. Somatic hujayra mitoz yo’LI bilan bo’linib ko’payadi.
Slayd 9
Bo’linish uchun hujayra interfazada tayyorlanadi. S davrda Dnk molekulasi 2 karra ortadi, bir juft sentrioladan G davrga kelib ikki juft sentriola hosil bo’ladi va hujayra har xil ichki tuzilmalar va energiya jamg’armasiga ega bo’ladi. Mitoz hayvon hujayralarida 1-2 soat davom etadi. Mitoz bo’linish qonuniyatlari barcha hujayralar uchun umumiy. Mitoz jarayonining o’zida 4 ta faza farq qilinadi.
Slayd 10
Mitoz bu bitta yadro’dan ikkita morfologiyasi va irsiyati jihatidan o’zaro ekkvivalent bo’lgan yadro’larning yuzaga kelish jarayoni hisoblanadi.Sitokinez hujayraning sitoplazmasidagi barcha qisimlarni bo’linib yangi hujayralarni hosil qilishidir.Hujayra davrasi. Har bir tirik hujayrada o’zining faoliyati mobaynida.
Slayd 11
Bir qator navbat bilan ro’y beradigan jarayon va hodisalarni o’taydi . Hujayraning davrasini qancha muddat davom etishini hujayraning turi, tashqi muhitining omillari ,masalan harorat yoki oziq moddalar bilan taminlanishiga ham bog’liq. Hujayra davrasini odatda interfaza va to’rt bosqichdan tashkil topadigan mitozga bo’lib o’rganiladi. Hujayra bo’linishi o’simlik va hayvonlar hujayrasiga xos xususiyatdir.
Slayd 12
Boshqacha qilib aytganda hujayralarning bo’linishi tirik organizmlarning tobora rivojlanishini , uzoq muddat yashashini taminlaydi. Hujayralarning bo’linish jarayoni oodatda organizmning embrionalik davridan boshlanib , to umrining oxirigacha davom etadi.
Embrional davrida hujayralarning bo’linishidan yangi muayyan hoosil bo’ladi, ayrim hujayralarning ko’payishi natijasida turli to’qimalar tiklanadi. Malumki hujayralarning o’ziga xos yashash muddati bor.
Slayd 13
Ontogenez davrida hujayralar nobud bo’lib, uularning o’rnini yangi-ko’payish jarayonida hosil bo’lgan yosh hujayralar egallaydi. Hozirgi vaqtda hujayralar ko’payishining uch xili aniqlangan: 1) Mitoz(mitiois-ip yoki noto’g’ri bo’linish , yoxud kariokinez) ;2) Amitoz(a-inkor etish, mitiois-ip yoki to’g’ri bo’linish )
Meyoz (meiosis-kamayish).
Interfaza hujayraning ikkimarotaba bo’linishi oralig’idagi davr hisoblanadi. Interfazani G1,Sva G2 bilan belgilanadigan uch davrga bo’lish mumkin . G1 davri (ing. Dar-oraliq) mitozdan keyin hisoblanadi.
Slayd 14
Slayd 15
Budavrda sitoplazma undagi organ barcha organellalar ham kattalashadi. Bundan tashqari hozirgi zamon nazaryasiga bu G1 davrda S davrini kuchaytiradigan yoki uni ro’y bermaydigan va shu tufayli shu hujayra voyaga yetib hujayrada bo’linish sodir bo’ladimi yoki yo’qmi ana shuni belgilaydigan boshqaradigan modda hosil bo’ladi deb hisoblanadi. S davr (ing. Synthesis-hosil qilish) G1 davrdan keyin keladi va bu vaqtda irsiy material yani DNKni qo’shaloqlanishi ro’y beradi. G2 davri S davrdan keyin boshlanib, mitozda ishtirok etadigan, uni ammalga oshiradigan hosilalar yuzaga keladi, masalan bu vaqtda bo’linish urchuqlari hosil bo’ladi. Ayrim hujayralarda biz yuqorida qayd etgan bir biridan aniq farqlanib turadigan davrlar yaqqol namoyon bo’lishi kuzatilmaydi.
Slayd 16
Bundaylarga bir hujayrali organizmlar va faol darajada o’sish ro’y beradigan meristemda sodir bo’ladi.
Bir qator maxsuslashgan hujayralar voyaga yetganlaridan keyin endi ular bo’linib ko’paymaydilar. Uchinchi shunday bir guruh hujayralar guruhi ham borki masalan jarohatlangan to’qima maxsus sharoit sodir bo’lgandagina ko’payadi, xolos. Mitoz yoki yadroni bo’linishi-bu uzluksiz jarayon hisoblanib profaza, metafaza , anafaza va telofazadan iborat. Mitoz natijasida interfazaada yuzaga kelgan irsiy material ikkita yangi hujayrada teppa teng taqsimlanadi. Mitoz bo’linishining profaza davri boshlanishida oldin unga tayyorgarlik ro’y beradi.
Slayd 17
.Uning dastlabki belgilaridan plazmatik membrana ostida mikronaychalardan halqasimon belbog’ yuzaga keladi. Bu belbog’ hujayraning o’rta sathida yadroni, bo’lg’usi mitotik urchuqni o’rab turadi. U profazadan oldin yuzaga kelganligi tufayli profazagacha belbog’ deyiladi. Bu belbog’ miotik urchuq hosil bo’lganidan keyin telofazani oxirida hujayraning o’rta sathidan chekkasiga yo’nalgan va profaza oldidan hosil bo’ladigan belbog’ joylashgan joyda ona hujayra to’siq bilan qo’shiladigan hujayra plastinkasi paydo bo’lishidan ilgari yo’qoladi. A’zo va organizm holatining normal ishlashiga qaratilgan ushbu hujayradagi biosintetik jarayonlar shu hujayraning taxassuslashgan faoliyatining natijasi bo’lib qoladi.
Slayd 18
Bu jarayon hujayraning butun faoliyati davomida ro’y beradi.shularning hammasi G dan chiqqan interfazadagi hujayrada kechadi. Hujayradagi biosintetik jarayonlar a’zo yoki organizm uchun zarur moddalar ishlab chiqarishga qaratilgan bo’ladi. Shuning uchun ham buni geterosintetik interfaza deb ham ataladi. Bunday hujayralarning hayot sikli odatda u hujayraning fiziologik o’limi bilan yakunlanadi. Ayrim hollarda masalan bir a’zo jarohatlansa shu interfaza holatidagi ayrim hajayralar qaytadan G holatiga, so’ng S davriga o’tishi va nihoyat jarohatlanish oqibatida yo’qotilgan hujayra sonini tiklash uchun qayta mitozga uchrashi mumkin. Demak, bunday hujayralarda hayotiy sikl mitoz bo’linish bilan yakunlanadi.
Slayd 19
Profazada xromasomalarning kondensasia bo’lishi va mitotik apparatning shakllanishi kuzatiladi.Xromasomalar kattalashadi va yo’g’onlashadi. Xromasomalarning kattalashishi va yo’g’onlashishi bilan birga xromatidolar ,sentromerlar deb ataluvchi ma’lum bulmalari bilan birlashadi. Profaza oxirida xromasomalar bo’linayotgan yadroni ekvatorial yuzasida joylashib, bo’linish dukchasini hosil qila boshlaydi. Yorug’likdan foydalanib ishlatiladigan mikroskoplar orqali bo’linishga kirishayotgan hujayralarni ko’rganda profazani boshlanishida xromasomalar yadroga tashlab qo’yilgan uzun iplar ko’rinishida bo’ladi.Keyin ip yo’g’onlashganligi tufayli kattalashadi, ma’lum tartibda joylasha boshlaydi. Bu vaqtda endi xromasomalar bitta emas ikkita o’zaro chalkashgan xromatidlar deb ataladigan iplar dan iborat bo’ladi.
Slayd 20
Profazani oxirrog’ida har bir xromasomaning bir juft kalta juftlashgan xromatidlar sentromera qismi bilan o’zaro tutashadi. Har bir juft xromasomadagi sentromera joylashgan joyiga ko’ra xromasomani turli uzunlikdagi qismlarga bo’ladi.
Bu davrda interfazada unchalik ko’z ilg’amas genetic mahsulot-xromatindan oddiy yorug’lik mikroskopida ham yaqqol ko’rinuvchi xromasomalar shakllana boshlaydi.
Slayd 21
Interfazaning 3 davrida ikkilangan Dnk molekulasi nuklegistonlar bilan birgalikda 2ta xromatin ipni hosil qiladi. Ular spirallashadi va buraladi- xromatin iplari yo’g’onlashadi, qiqaradi. Shunday qilib shakllanayotgan har bir xromasoma 2 ta xromatin ipidan iborat bo’lib, ular bir biri bilan sentromera orqali qo’shiladi. Profaza boshlanishida xromasomalar yadroda bir tekis tarqalgan bo’ladi.So’ng xromasomalar yadro qobig’i bo’ylab joylashib oladi. Xromasomaning spirallashishi kuchayib, uning kattalashishi ro’y beradi.hujayrada profaza boshlanishi bilan ikki juft sentriolaning har bir jufti hujayraning ikki qarama qarshi qutbiga yo’naladi. Har bir juft sentrioladan yangi mikronaychalar hosil bo’lib bir-biriga qarab yo’naladi.
Ayrim mikronaychalar o’zaro qo’shilib ketsada boshqalqri esa bir-biriga yaqinlashadi, lekin qo’shilmaydi. Mana shu ikki qutb sentrioladan yo’nalgan mikronaychalar urchuq iplarini hosil qiladi. Profaza boshlanishida yadro qobig’I saqlangan bo’ladi.
Slayd 22
Slayd 23
Shuning uchun ham urchuq iplari yadrodan tashqarida bo’ladi. Profaza davomida yadro qobig’I parchalanib ketadi, yadrocha yo’qoladi.endi sentriolalar va ularni tutashtirib turuvchi urchuq iplari sitoplazma o’rtsiga siljiydi. Sitoplazmada erkin joylashgan xromosomalar hosil bo’lishi davomida ular urchuq ipiga o’ralashib qoladi. Urchuq ipining to’la shakllanib borishi bilan santriolaning har bir jufti bir-biridan uzoqlashib boradi, hujayra anchagina cho’ziladi.
Metofazada butunlay shakllangan xromasomalar elvatorial yuzada joylashadi. Xromosomalarni dukka qarab harakat qilishi xromosoma setromerlari mitotik appartini iplarga birlashishi bilan tugaydi. Xuddi shu fazada har bir xromosoma bir xil ikki nusxadagi xromatiddan tashkil topganligi ko’riladi.
Slayd 24
Turli a’zo va to’qimalarning hujayra xillarining miqdori har bir xil hujayra xillarining o’ziga oid bo’lgan a’zo birlamchi massasini saqlashga asoslangsn murakkab mexanizm orqali boshqariladi. Agar qandaydir sababga ko’ra biror a’zo qismining kamayishi ro’y bersa, unda qolgan qismining hujayralarida bo’linish jadallashadi. Bu bo’linishni boshqarib turuvchi omil shu hujayra ishlab chiqaradigan modda – keylonlar hisoblanadi. Keylonlar har bir a’zo yoki to’qima uchun maxsus bo’lsada, mavjudot turlari uchun umumiy bo’ladi. Keylon hujayrani bo’linishini susaytiruvchi moddadir. Yuqorida aytilgandek biror a’zo hujayrasi sonining kamayishi u ishlab beruvchi keylon miqdorining ham kamayishuga sabab bo’ladi.
Slayd 25
Natijada bu kamayish hujayraning osoyishta bo’linmay turishini ta’minlay olmaydi. Endi u bo’linishga , hujayra o’z miqdorini ko’paytirishga, nihoyat, keylonning ham konsentratsiyasini oshirishga harakat qiladi.hujayra miqdorining orttib borishi bilan bo’linish ham susayib boradi va a’zo ham tiklanib oladi. Hujayra bo’linishiga ta’sir etuvchi omillarni mexanizmini o’rganish shu jarayonni susaytira (kuchaytira ) olish imkonini yaratadi.
Slayd 26
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 27
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Buyuk geografik kashfiyotlar davri mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 34 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.