Hozirgi adabiy jarayon va adabiy tanqid
8000 so'm

Slayd 1
Hozirgi adabiy jarayon va adabiy tanqid
Slayd 2
Hozirgi adabiy jarayon haqida.
Adabiy tanqidning badiiy adabiyot rivojiga ta’siri.
Hozirgi adabiy jarayonda adabiy tanqidning o’rni.
REJA:
Slayd 3
Hozirgi adabiy jarayon va undagi har bir asar biz hozirgacha o’zlashtirib olgan nazariy qoidalar qay darajada aks etganiga qarab emas, Olloh ato etgan umrigacha yashaydi. Har bir asarga yondashganda, uni ijodkor iste’dodi tabiatiga qaqrab o’rganish, asar betakrorligini o’sha adibga Olloh bergan buyuk ne’mat – iste’dod hosilasi deb qarash kerak. Qolaversa, bunday o’lmas asarlaning umrzoqligi kitobxonlarimizning did – farosatlariga ham bog’liq. Ozod Sharafitdinovning “Ijodini anglash baxti”, Qozoqboy Yo’ldoshevning “Yoniq so’z”, Ulug’bek Hamdamning “Yangilanish ehtiyoji”, A.Rasulovning “Badiiylik– bezavol yayangilik” kabi asarlari, Umarali Normatov, Ibrohom G’oyafurov, Nazar Eshonqul, Xurshid Do’stmuhammad, Bahrom Ro’zimuhammad va boshqalarning adabiy-tanqidiy maqolalari orqali bugungi kunda yaratilayotgan asarlar, adabiy jarayonning harakat yo’nalishi, yechimini kutayotgan muammolari, masalalari bilan tanishish mumkin. Yuqorida nomlari keltirilgan va keltirilmagan bir qancha muallifning betakror fitrati va ularning badiiy asarlarni tushunishga intilishlari, ijodiy qiyofani anglashlari adabiyotimizningulkan yutug’idir.
Slayd 4
Slayd 5
— adabiy faoliyat turi, badiiy asarni, shuningdek, bu asarda aks ettirilgan hayot hodisalarini taqlil va talqin etish. Tanqid ko’pincha adabiyotshunoslikning bir qismi sifatida ta’riflanib keladi. Lekin Tanqid adabiy faoliyatning mustaqil sohasi bo’lib, adabiyotshunoslikdan farqli o’laroq, asosan zamonaviy adabiy hayotda sodir bo’layotgan jarayonlarni kuzatadi, bu jarayondagi yetakchi tamoyillarni aniqlaydi, gazeta va jurnali sahifalarida e’lon qilingan adabiy asarlarga munosabat bildirib, ularni odatda shu davrning g’oyaviy va estetik talablari asosida tahlil etadi. Tanqid adabiy meros namunalarining teatr, kino, musiqa va tasviriy san’atdagi yangi talqini masalalari bilan ham qiziqib, o’z e’tiborini ko’pincha shu asarlarning hozirgi zamon uchun ahamiyatli tomonlariga qaratadi. Tanqidning asosiy vazifasi yozuvchi yoki adabiy asarni faqat tanqid qilish emas, balki adabiy asar yoki hodisaga Haqqoniy baho berish, undagi yutuq va kamchiliklarni xolislik bilan yoritishdir. Tanqid badiiy ijod bilan qariyb bir vaqtda paydo bo’lgan. Yozuvchilar yangi yozgan asarlarini turli davralarda, yig’in va saroylarda o’qib berishgan, davra qatnashchilari esa shu asarlarning yutuq va kamchiliklarini qayd etib, ayni paytda ham o’quvchi (kitobxon), ham tanqidchi vazifasini bajarib kelishgan. Bu Tanqid tarixining “og’zaki davri”dir. Tanqidning yozma adabiyotdagi ilk namunalarining paydo bo’lishi esa tazkirachilik maktabining shakllanishi bilan bevosita bog’liq. Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkirat ushshuaro” (1487) asari eng qad. tazkiralardan biri bo’lib, unda 9-15-asrlarda O’rta Osiyo, Afg’oniston va Eronda yashagan mashhur shoirlar haqida ma’lumot bilan birga ular ijodidan namunalar ham berilgan. Tazkirachilikning mumtoz namunalaridan biri — Navoiyning “Majolis unnafois” (1491) asarida esa 15-asrda Xurosonda yashagan jami 450 dan ortiq shoir, yozuvchi va olimlarning bilim darajasi, dunyoqarashi, xulqatvori va b. to’g’risida ma’lumot berilgan. Shuningdek, Nisoriy, Vozeh, Fazliy, Tabibiy va boshqalarning tazkiralarida muayyan yozuvchilar va ularning asarlari yuzasidan berilgan ma’lumotlar o’zbek adabiyotida Tanqidning paydo bo’lishidagi muhim omillardan bo’lgan. Tanqid uzoq vakt mobaynida “amaliy” axamiyat kasb etib, yozuvchini maqtash, ko’kka ko’tarish yoki, aksincha, qoralash, nuqsonlarini fosh etish, uning asarini esa umumiy baholash va kitobxonga tavsiya etish bilangina kifoyalanib keldi.
TANQID, ADABIY TANQID, TANQIDCHILIK
Slayd 6
Slayd 7
Badiiy asar mazmuni obyektiv va subyektiv ibtidolardan tarkib topadi deyilganda, nimani nazarda tutiladi? Buni konkret asar misolida tushuntirib berishga harakat qiling.
“Tema” so‘zining ikki xil ma’noda ishlatilishini aytib, biz har ikki ma’noni ikkita so‘z bilan atadik. Bu xil qarashga sizning munosabatingiz qanday? Bu qarashni boshqa darslik va qo‘llanmalardagi izoh bilan qiyoslang. Ulardan qay birini to‘g‘riroq deb bilsangiz, shunisini asoslab, rivojlantirishga harakat qiling.
Badiiy asar mazmunining aktual va tub estetik qatlami deganda, nimani tushunamiz? Buni biron bir asar misolida tushuntirib bering.
Badiiy asar mazmuniga ijodkor dunyoqarashining ta’sir etmasligi mumkinmi? Masalan, ijodkor voqealami mutlaqo xolis tasvirlayotgan, ularga munosabatini ifodalamayotgan bo‘lsa, mazmunda subyektiv ibtido bo‘ladimi?
Badiiy asar mazmunining eng muhim xususiyatlari qaysilar? Ulami qanday tushunasiz? Bu xususiyatlar qanday izohlanadi?
Savol va topshiriqlar:
Slayd 8
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 9
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
USLUBIYAT VA USLUBSHUNOSLIK mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
MUMTOZ ADABIYOTNI SHARHLAB O‘RGANISH. BOBUR ASARLARI MISOLIDA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
SO‘ZLARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATIGA KO‘RA TURLARI. LEKSIK SINONIMIYA. LEKSIK OMONIMIYA. LEKSIK ANTONIMIYA. GIPONIMIYA, GRADUONIMIYA, PARTONIMIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
MATN HAQIDA MA’LUMOT mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 27 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
QUL UBAYDIY G‘AZALLARINI IFODALI O‘QISH VA SHARHLASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 19 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
KIRISH. ISTIQLOL DAVRI O‘ZBEK ADABIYOTINING MAQSAD VA VAZIFALARI. ISTIQLOL DAVRI ADABIYOTIDA HIKOYA JANRI TARAQQIYOTI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
ALISHER NAVOIY MEROSI VA UNING O‘RGANILISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
ROMANTIZM ADABIYOTI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
NUTQ USLUBLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
LISON UT TAYR – FALSAFIY MAJOZIY DOSTON mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
LITERARY ANALYSIS ANDLITERARY ANALYSIS STUDYING AND ANALYZING WORKS OF LITERATURE FROM DIFFERENT TIME PERIODS, GENRES, AND CULTURES mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
ABDULLA AVLONIY (1878 1934) mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti











Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.