- Savatga boshqa "AMERICANISMS IN MODERN ENGLISH" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
=== Taqdimot 1 ===
GLOBALLASHUV JARAYONIDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH VAZIFALARI
=== Taqdimot 2 ===
01
REJA:
Globallashuv tushunchasi, mafkuraviy jarayonlarni globallashtiruvchi va universallashtiruvchi omillar
02
Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi, geopolitik maqsadlar va mafkuraviy siyosat
03
Mafkuraviy poligon tushunchasi, uning namoyon bo‘lish xususiyatlari
04
Mafkuraviy immunitetni shakllantirish va profilaktika olib borish chora-tadbirlari
=== Taqdimot 3 ===
“Globallashuv” tushunchasi fransuzcha global -umumiy va lotincha globus – shar so‘zlaridan olingan bo‘lib, birinchidan, Yer yuziga oid, butun yer sharini qamrab oluvchi, ikkinchidan esa umumbashariy, keng miqyosdagi, jahonshumul, jahon ahamiyatiga molik, degan ma’nolarni anglatadi.
Jahon iqtisodiyotining sarmoya, ishchi kuchi va kashfiyotlar oqimining kengayishi, shuningdek, mamlakatlarning jahon miqyosidagi iqtisodiy muammolarni hal qilishga qaratilgan birgalikdagi harakatlari tufayli davom etayotgan integratsiyasi;
Tashkilotlarning xalqaro miqyosda kengayishga va xalqaro maydonda tobora kattaroq o‘rin egallashga qaratilgan strategiyasi;
Tashkilotlarning xalqaro miqyosda kengayishga va xalqaro maydonda tobora kattaroq o‘rin egallashga qaratilgan strategiyasi;
=== Taqdimot 4 ===
Inson kapitali, moliyaviy va intellektual kapitalning dunyoning eng katta iqtisodiy nuqtalariga intilishi;
Savdo, investitsiya, moliya-iqtisod, madaniyat va boshqa iqtisodiy-ijtimoiy soxalarda hukumatlar, tashkilotlar va xalqlarning o‘z mamlakatlari chegaralaridan chiqib, hamkorlikka intilishi;
Bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir. “I.A.Karimov”;
Iqtisodiy faoliyat uchun mamlakatning jug‘rofiy joylashishi omili ahamiyatining o‘zgarib borish jarayoni.
=== Taqdimot 5 ===
Globallashuvning asosiy belgilari quyidagilar:
A) Xalqaro savdoning kengayishi va erkinlashishi;
B) Xalqaro kapital aylanmasi va uning yo‘lidagi to‘siqlarning bartaraf etilishi;
V) Elektron kommunikatsiya inqilobi natijasida moliyaviy munosabatlarda sodir bo‘lgan chuqur o‘zgarishlar;
G) Yirik kampaniyalar faoliyatining kengayishi, xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlarning tashkil topishi va boshqalar.
=== Taqdimot 6 ===
Inson hayotining barcha jabhalari bo‘yicha xalqlar va mamlakatlarning bir-birlariga bog‘liqligi va o‘zaro aloqadorligining o‘sib borishi;
Globallashuv jarayonlariga xos bo‘lgan ba’zi bir xususiyatlar:
1
Bozorlarning planetar miqyosda kengayishi natijasida umumjahon moliya-iqtisodiy makonining paydo bo‘lishi,
2
=== Taqdimot 7 ===
Axborot sohasida yangi kompyuter va media texnologiyalar, global televideniya, internetning keng ko‘lamda ishlatilishi asosida butun jahon
Globallashuv jarayonlariga xos bo‘lgan ba’zi bir xususiyatlar:
3
Obyektiv mazmundagi demokratiya va turli xil g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlardan subyektiv maqsadlarda foydalanishning kuchayishi va boshqalar
4
=== Taqdimot 8 ===
Globallashuv jarayonlarining milliy g‘oyamizga o‘tkazayotgan ta’sirlarini quyidagilarda ko‘rish mumkin:
Iqtisodiyotning globallashuvi mamlakatlarning moliyaviy-iqtisodiy imkoniyatlarini yuksaltirishda qator afzalliklarga ega hisoblanadi iqtisodiy o‘sish, taraqqiyot – jamiyatning tanasi bo‘lsa, ma’naviyat-ma’rifat va siyosiy ong yetukligi uning ruhi, aqli va jonidir.
Axborot-kommunikatsiya sohasining globallashuvi natijasida dunyo hamjamiyati yer sharining ixtiyoriy nuqtasidan axborot qabul qilish va uzatish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
=== Taqdimot 9 ===
Globallashuv jarayonlarining milliy g‘oyamizga o‘tkazayotgan ta’sirlarini quyidagilarda ko‘rish mumkin:
Siyosiy-mafkuraviy sohalarning globallashuvi, ayniqsa, milliy ma’naviyatga katta ta’sir o‘tkazadi: hozirgi zamondagi eng katta xavf – insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir.
Madaniyatning globallashuv jarayonini. Bu sohalarda ham bozor munosabatlarining, xususan, san’at industriyasi, shou-biznesning shakllanishi iste’molchi talabiga ko‘ra mahsulotni taklif qilinishi bilan xarakterlanadi
=== Taqdimot 10 ===
Mafkuraviy jarayonlarni globallashtiruvchi va universallashtiruvchi omillar:
Iqtisodiy munosabat va aloqalarning kuchayishi
Ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning kengayishi
Texnik va texnologik imkoniyatlarning o‘sishi
Fundamental ilmiy kashfiyotlar va fan yutuqlaring ko‘payishi
Ma’naviy munosabatlar va madaniy aloqalar ko‘lamining ortishi
Axborot va aloqa komunikatsiyalarning taraqqiyoti
=== Taqdimot 11 ===
2. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi. G‘oyaviy- mafkuraviy jarayonlarning yo‘nalishlari va xususiyatlari
“Dunyo” arabchadan o‘zbek tiliga kirib kelgan so‘z bo‘lib “jahon, olam” degan ma’nolarni anglatadi. Umuman olganda dunyo so‘zi eng ko‘p ma’nolarni anglatuvchi so‘zlar jumlasiga kiradi, shunga ko‘ra..
=== Taqdimot 12 ===
butun borliq; koinot, olam;ijtimoiy hayot yoki turmushda yuz bergan (mavjud bo‘lgan) holatga nisbatan, unga qarama-qarshi bo‘lgan boshqa bir holat;
yer yuzi va undagi barcha odamlar, insoniyat;
kishining ma’naviy, ruhiy olami, hayoti;
ma’lum bir ijtimoiy tuzumga, o‘ziga xos madaniy va ijtimoiy-tarixiy xususiyatlarga ega bo‘lgan omillar bilan birlashgan kishilik jamiyati va u mavjud bo‘lgan davr, degan ma’nolarni ifodalaydi.
“Manzara”
“Manzara” so‘zi ham arabchadan o‘zbek tiliga kirib kelgan bo‘lib, “ko‘rinish, panorama; kuzatish maskani” degan ma’noni bildirsa-da, dunyodagi narsa, voqea, jarayonlarning “ko‘zga tashlanib turadigan yoki tasavvur etiladigan ko‘rinish, tasvir”ini ifodalash uchun ishlatiladi.
=== Taqdimot 13 ===
Bularga: tinchlik, barqarorlik va taraqqiyot; millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik; inson erkinligi va shaxs kamoloti; umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi kabilarni yaratishga qaratilgan mafkuraviy jarayonlarni kiritish mumkin.
Bularga: urush, qurollanish, terrorizm va ekstremizm; irqchilik, millatchilik, diniy aqidaparastlik; totalitarizm, mustabidlik; egoizm, mahalliychilik kabi razilona xatti-harakatlardan iborat bo‘lgan mafkuraviy jarayonlarni kiritish mumkin.
Dunyoning mafkuraviy manzarasida sodir bo‘layotgan g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning yo‘nalishlari va xususiyatlari
Reaksion yo‘nalishdagi mafkuraviy jarayonlar
Progressiv yo‘nalishdagi mafkuraviy jarayonlar
=== Taqdimot 14 ===
Geopolitik maqsadlar va mafkuraviy siyosat
Geopolitika (yun. geo – yer, politika – davlatni boshqarish san’ati) deb biron bir mamlakatning tashqi siyosatda geografik o‘rni, hududiy joylashishi, kommunikatsion imkoniyatlarini hisobga olib yuritiladigan faoliyatidir.
Tarixda geopolitika jamiyat taraqqiyotida geografik sharoitlarning o‘rnini yuqori darajada mutlaqlashtiruvchi qarash tarzida namoyon bo‘ldi. “Hayotiy makonning torlik qilayotgani”, “tabiiy sarhadlarni kengaytirish zarurati” singari da’volar geopolitikani bosqinchilikni asoslovchi siyosiy konsepsiya, deb baholanishiga olib keldi.Geopolitika atamasini fanga shvetsiyalik siyosatshunos olim Rudolf Chellen (1864-1922) kiritgan.
=== Taqdimot 15 ===
Mafkuraviy siyosat va uning turlari
=== Taqdimot 16 ===
Bu muayyan g‘oyaviy qarashlar tizimini odamlar ongiga singdirish, zararli ma’naviy – mafkuraviy ta’sirlar, turli ko‘rinishdagi tazyiqlarning oldini olishga qaratilgan uslub va vositalar hamda ularni ishlab chiqish, tartibga solish.
Mamlakat, xalqning o‘z oldiga qo‘ygan strategik maqsadlaridan kelib chiqib, taraqqiyotni yangi bir bosqichga ko‘tarilishi uchun fuqarolarni safarbar qilish vazifasini o‘taydi.
Ichki mafkuraviy siyosat
O‘z xalqi va mamlakatining xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash, mustaqil taraqqiyotning xalqaro munosabatlar bilan bog‘liq jihatlarini ta’minlash hamda begona mafkuralarning ta’siridan himoya qilishga qaratilgan bo‘ladi.
Tashqi mafkuraviy siyosat
Mafkuraviy siyosat
=== Taqdimot 17 ===
“Poligon” so‘zi yunoncha “polu-ko‘p” gonia-burchak ya’ni ko‘p burchak so‘zidan olingan bo‘lib, 1) matematika ilmida ko‘p burchak; tekislikdagi siniq chiziq; 2) harbiy sohada quruqlik yoki dengizning maxsus inshootlar, qurilmalar bilan jihozlangan va har xil qurollar va jangovar texnikani sinab ko‘rish, shuningdek, harbiy mashqlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan qismi; 3) ko‘chma ijtimoiy ma’noda esa muayyan ish-harakat, faoliyat bilan shug‘ullanish maydoni, sohasini anglatish uchun ishlatiladi.
Mafkuraviy poligon tushunchasi, uning namoyon bo‘lish xususiyatlari
=== Taqdimot 18 ===
“Immunitet” so‘zi lotincha “immunitas – qutulish, xalos, xoli bo‘lish” degan so‘zlardan olingan bo‘lib, tibbiyot ilmida “organizmning o‘zidan irsiy jihatdan yot xususiyatlari bilan farq qiladigan, uning butunligiga va biologik o‘ziga xosligiga zarar yetkazadigan mikroorganizmlar (kasallik qo‘zg‘atuvchilar), zaharli moddalar va boshqalardan himoyalanish reaksiyasi”.
Mafkuraviy immunitet va uni shakllantirish omillari
=== Taqdimot 19 ===
Birinchisi. Filogenetik immunitet – anatomik va fiziologik belgilar bilan ta’minlanib, nasldan-naslga o‘tadigan alohida himoya omillariga ega. Bu omillar patogen agentlar bilan birinchi bo‘lib aloqa qiladi.
Ikkinchisi. Tug‘ma immunitet (turga xos, tabiiy) – bir ,biologik turning ma’lum bir patogen agentga nisbatan chidamliligi bo‘lib, nasldan naslga o‘tadi.
Uchinchisi. Orttirilgan immunitet – hayot davomida organizm immun sistemasining yot antigenlar bilan ta’sirlashuvi hisobiga yuzaga keladigan himoya bo‘lib, nasldan-naslga o‘tmaydi. Mafkuraviy immunitet ma’naviy, ma’rifiy, siyosiy, iqtisodiy bilimlarni oddiygina qabul qilib olishni emas, balki ularni ongli ravishda tushunib yetish.
=== Taqdimot 20 ===
Mafkuraviy immunitetning xususiyatlari
1. Odamdagi tabiiy immunitet tug‘ma bo‘lsa, uning mafkuraviy immuniteti tug‘ma emas, balki hayoti davomida uning ongiga ta’sir etuvchi vositalar orqali shakllantirib boriladigan immunitetdir.
2. Mafkuraviy immunitet doimiy va abadiy emas, balki o‘zgaruvchan, ya’ni har bir avlod uchun o‘ziga xos bo‘lgan immunitetlar tizimi mavjud bo‘lib, u davrlar o‘zgarishi bilan o‘zgarib turgan va shunday bo‘laveradi.
3. Mafkuraviy immunitet tizimi shakllangandagina shaxs, elat, millat, xalqning mafkuraviy daxlsizligi ta’minlanib boriladi. Boshqacha qilib aytganda, shakllangan mafkuraviy immunitet xalqning mafkuraviy daxlsizligini ta’minlovchi vosita hisoblanadi.
=== Taqdimot 21 ===
Mafkuraviy immunitet tizimining asosiy elementlari quyidagilardan iborat:
1. Jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi obyektiv ilmiy bilimlar. Ilmiy bilimlarsiz mafkuraviy immunitetni shakllantirib bo‘lmaydi, bo‘lganda ham u mo‘rt bo‘lib, o‘zining qarshilik qilish xususiyatini tezlikda yo‘qotadi.
2. Xalqning real hayotini va uning kelajagini o‘zida aks ettiruvchi qadriyatlar – moddiy va ma’naviy qadriyatlar tizimi. Bu tizimsiz mafkuraviy immunitet o‘zining milliy negizidan ayriladi, aniqrog‘i xalqning himoyaviy qobig‘i ichiga tushadigan mafkuraviy qurt-qumursqalarga yo‘l ochib beradi.
3. Mafkuraviy immunitetning yana bir elementi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-madaniy maqsadlar tizimi bilan ajralmasligidadir. Chunki, maqsad faoliyatning fikran shakllantirilgan darajasidir.
=== Taqdimot 22 ===
Mafkuraviy profilaktika va uni olib borish chora-tadbirlari
“Profilaktika” yunoncha “prophilaktikos” – saqlovchi, oldini oluvchi, degan so‘zlardan olingan bo‘lib, tibbiy ma’noda-odamlar sog‘lig‘ini saqlash, kasalliklarning paydo bo‘lishi va tarqalib ketmasligining oldini olish, aholining jismoniy rivojlanishini yaxshilash va uzoq umr ko‘rishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmui:
Mafkuraviy profilaktika – bu g‘ayri insoniy g‘oya va mafkuralarning oldini olish, ularning tarqalib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun davlat, jamoat tashkilotlari tomonidan ko‘riladigan chora-tadbirlar tizimidir.
=== Taqdimot 23 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.