- Savatga boshqa "ESSAYS. DIFFERENT TYPES OF ESSAYS IN IELTS WRITING" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
=== Taqdimot 1 ===
GERALDIKA TARIX
FANI SIFATIDA
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
1. Geraldika fanining predmeti va vazifalari.
2. Gerblarning paydo bo‘lishi tarixi.
3. Geraldika fanining boshqa tarix sohalari bilan aloqalari.
4. Gerblarning turlari.
=== Taqdimot 3 ===
GERALDIKA FANINING
PREDMETI VA VAZIFALARI
Geraldika gerblar va ular haqidagi bilimlar tizimidir. Geraldika atamasi lotincha “heraldus” – jarchi so‘zidan kelib chiqqan. Polyakcha “herb”, nemischa “erbo” atamalari meros va merosxo‘r ma’nolarida qo‘llanilgan. Gerb biron bir mamlakat yoki hududning siyosiy va tarixiy xarakterdagi g‘oyalari majmuasini, o‘ziga xos tabiiy va xo‘jalik xususiyatlari, tabaqaviy tafovutlarini, shaxs, urug‘ va boshqalarning shajaralarini ifodalovchi alohida ramziy belgidir. Geraldika moddiy madaniyat yodgorliklarini: gerb, tamg‘a, muhr, nishonlarni hamda gerbli va ramzli yozma manbalarni o‘rganadi.
=== Taqdimot 4 ===
GERALDIKA FANINING
PREDMETI VA VAZIFALARI
Milliy an’analar, ijtimoiy xususiyatlar, mamlakatlararo iqtisodiy va madaniy aloqalarni o‘rganishga yordam beradi. Fanning asosiy vazifasi belgilangan obyektga qarab tarixiy manbalarni o‘rganish, tadqiq etish va ular orqali ma’lum bir davrning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy ahvolini ochib berish, hukmdorlar, sulolalar, shaxslar, voqealarni davrlashtirishdan iborat. Tarixga nazar tashlar ekanmiz, ko‘pincha gerblarning ta’rifi va tasviriga duch kelamiz. Gerblar yoki uning alohida elementlari moddiy madaniyatning turli buyumlarida, qo‘lyozmalar va kitoblar, tangalar va muhrlar, qurollar, ro‘zg‘or buyumlari, kiyim, me’morchilik yodgorliklari va boshqalarda ko‘plab uchraydi.
=== Taqdimot 5 ===
GERB VA GERALDIK MATERIAL BILAN
ISHLASHDA MUAMMOLAR
Geraldika bilan tanish bo‘lmagan tarixchi uchun gerb o‘ziga xos topishmoq bo‘lib qolaveradi. Hatto gerb va uning tavsifini to‘g‘ri o‘qiy olgan holda ham, gerbda berilayotgan barcha ma’lumotni to‘g‘ri baholay olmaslik mumkin. Masalan, nima uchun gerb u yoki bu buyumda tasvirlangan, uning boshqa gerblarga aloqasi qanday, o‘sha davrda yuz bergan tarixiy hodisalarda uning o‘rni qanday bo‘lgan va h.k. Shunday qilib, tarixchining geraldika bilan tanish bo‘lishi bu muhim manbaning ahamiyatini to‘g‘ri baholash zaruriyati bilan bog‘liq.
=== Taqdimot 6 ===
GERBLAR TARIXIY BILIMLARNING
KO‘PLAB SOHALARI
Diplomatiya, sfragistika, numizmatika va boshqalarda o‘ziga xos manba vazifasini bajaradi. Geraldika vujudga kelgan ittifoqlar, hududiy o‘zgarishlar, sulolaviy nikohlarni aks ettirgan holda siyosiy tarix haqida hukmron tabaqa o‘rtasidagi demografik jarayon va boshqalar to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar bera oladi. Nafaqat siyosiy va ijtimoiy tarix sohasida, balki o‘rganilayotgan davrning psixologik muhitini qayta tiklashda ham geraldik materiallardan samarali foydalanish mumkin. Masalan, o‘rta asrlar xronikasi, siyosiy va badiiy adabiyotida gerblar tavsifi ko‘p uchraydi. Ular umuman o‘sha davr mentaliteti yoki turli toifalar mentalitetiga xos bo‘lgan xususiyatlarni ham o‘zida aks ettiradi.
=== Taqdimot 7 ===
OTLIQ RITSAR ASLAHALARIDAGI
GERALDIK TASVIRLAR
=== Taqdimot 8 ===
GERBLARNING PAYDO BO‘LISHI TARIXI
Geraldika rivojlanishining dastlabki davrlari oxiriga yetmagan masalalar bilan to‘la. Hozirgacha gerblar genezisiga bog‘liq ko‘plab muammolar o‘z yechimini topmagan. Masalan, nimani gerb deb hisoblash, uning paydo bo‘lish sabablari va vaqti muammosi. Bu xususida turlicha fikrlar mavjud. Geraldikaning paydo bo‘lish vaqti haqida gap ketganda, birinchidan, qalqonlarga biror bir tasvirni tushirish an’anasi antik davrdayoq mavjud bo‘lganligini, ikkinchidan, gerblarga feodalizmgacha mavjud bo‘lgan urug‘chilik timsollarining ko‘pchiligi kirganligini hisobga olish zarur. Ammo qalqonga tushirilgan timsol hali to‘liq ma’noda gerb degani emas.
Bu timsollar o‘zida aniq ijtimoiy, huquqiy munosabatlarni aks ettira boshlaganidan so‘nggina haqiqiy gerblarga aylandi deyish mumkin.
=== Taqdimot 9 ===
An’anaviy tarzda gerblar XI asrda paydo bo‘lgan deb hisoblanadi. Ammo bu ma’lumotni tasdiqlovchi dalillar juda oz va isbot talab etadi. 1080-yilgi Baye gilamidagi gerbni eslatuvchi qalqondagi tasvirlar bunga misol bo‘la oladi. Bu davrdagi gerb yodgorliklari asosan muhrlar bilan bog‘liq. Geraldikaning keng tarqalishi va uning tizim sifatida shakllanishini XII asrdan boshlash to‘g‘riroq bo‘ladi. Buni sfragistik materiallar ham, qabrtoshlarda gerblarning tasvirlanishi ham tasdiqlaydi. Muzeydagi tanga esa biroz boshqacharoq, Yevkratid portreti nuqtali obodok bilan o‘rab olingan. XIII asr boshidan bizga ma’lum gerblar soni ko‘paydi. Ulardan barcha yirik feodallar foydalana boshladi. Gerb tasvirlari qalqonlardan tashqari ritsarlarning ustki kiyimlariga, otlarning yopinchiqlariga tushirila boshlandi.
=== Taqdimot 10 ===
SALIB YURISHIGA OTLANGAN RITSARLAR
=== Taqdimot 11 ===
RITSARLAR TURNIRI
Darhaqiqat, geraldika jangchini jang maydoni va musobaqada tanitish zaruriyatini qondira olardi. U qo‘shinlarni boshqarishda ham foyda berardi, chunki bayroqlardagi suratlar gerblarni takrorlab, dushman qo‘shini haqida ma’lumot olishga imkon berardi. Ammo bu tor, xususiy holatlar geraldika kabi murakkab tizimning vujudga kelishi uchun ozlik qilardi. Bundan tashqari, geraldika jamiyatning harbiylar va ritsarlar doirasidan tashqari, kengroq doiralarda ham qo‘llanilardi.
=== Taqdimot 12 ===
O‘RTA ASR GERALDIKASI
O‘rta asr geraldikasining aniqligi va oddiyligi uning deyarli barcha G‘arbiy Yevropa feodallari orasida tez tarqalishiga imkon berdi. Bu jarayon ayniqsa XIII-XIV asrlarda kuchaydi. Bu davrda dunyoviy va diniy unvonga ega bo‘lgan shaxslar, cherkov gerblarining ko‘pligi bunga isbot bo‘ladi. Aynan shu davrda shahar va alohida shahar birlashmalarining gerblari ham vujudga keldi. O‘rta asrlar davriga kelganda gerblar huquqiy asosga ega bo‘ldi. Gerblarga bo‘lgan bunday ommaviy talab geraldika bilan maxsus shug‘ullanuvchi kishilar xizmatiga ehtiyoj tug‘dirdi. Bunday kishilar sifatida o‘rta asrlarda musobaqalar marosimi, diplomatik kelishuvlarni boshqaruvchi, senyorlarning vakillari sifatida ish olib boruvchi geroldlar faoliyat yuritardilar.
=== Taqdimot 13 ===
XII ASRDA PAYDO BO‘LGAN GEROLDLAR
=== Taqdimot 14 ===
GERALDIKA FANINING BOSHQA
TARIX SOHALARI BILAN ALOQALARI
Genealogiya (yunoncha genealogiya–shajara) tarix fanining yordamchi sohalaridan biri bo‘lib, urug‘ va oilalarning kelib chiqishi, ayrim shaxslar tarixi va qarindoshlik aloqalarini o‘rganadi. Uning amaliy sohasi shajaralar tuzishdir. Bu jihatdan unga geraldik ma’lumotlar ba’zi masalalarni oydinlashtirishga xizmat qiladi.
=== Taqdimot 15 ===
GERALDIKA FANINING BOSHQA
TARIX SOHALARI BILAN ALOQALARI
Numizmatika tangalarni o‘rganuvchi fan sifatida geraldika bilan chambarchas bog‘liq. Turli davrlarda hukmdorlar o‘z nomidan pul zarb qildirganlar. Bu tanga pullar davlatning chegarasini, iqtisodiy birligini, bozordagi qiymatini belgilaydi. Har bir hukmdorning zarb qildirgan tanga pullarida hukmdorning tasviri yoxud hukmron sulola yoki davlat ramzi bo‘lgan gerblar o‘z aksini topgan. Va albatta, tanga pullar boshqa manbalarga qaraganda alohida informativligi bilan ajralib turadi.
=== Taqdimot 16 ===
GERALDIKANING SHAKLLANISHI VA RAVNAQ TOPISHI O‘RTA ASRLARDA YUZ BERDI
Bunga turli omillar sabab bo‘ldi, birinchi navbatda feodalizmning rivoj topishi va salib yurishlari. Hujjatlardagi muhrlarda tasvirlangan gerblar ilk bor XI asrda paydo bo‘lgan. Ilk gerb tasvirini Anju va Men grafi, ingliz qiroli Genrix I ning kuyovi Joffrua Plantagenetning (1151 yilda vafot etgan) sahnasidagi fransuz emal suratida ko‘rish mumkin. Uning katta o‘g‘li Vilyam Uzun Qilich ham ushbu gerbga egalik qilgan, bu gerb tasviri uning Solsberidagi saxnasida saqlanib qolgan.
=== Taqdimot 17 ===
GERALDIKANING SHAKLLANISHI VA RAVNAQ TOPISHI O‘RTA ASRLARDA YUZ BERDI
Birinchi bor o‘z gerbiga ega bo‘lgan ingliz qiroli Richard I Sheryurak bo‘lgan. 1096-1291-yillarda davom etgan salib yurishlari Yevropa tarixida muhim davr bo‘ldi. Turli mamlakat ritsarlarining bir yerda to‘planishi, salibchilar qo‘shinlarining turli millat vakillaridan iborat ekanligi, qurollanishning o‘ziga xos xususiyatlari, Sharq sivilizatsiyasining ko‘pgina ixtirolarining o‘zlashtirilishi va shu kabi boshqa omillar geraldikaning vujudga kelishi va rivojlanishiga turtki bo‘ldi.
=== Taqdimot 18 ===
Joffrua plantagenet
Sag‘anasidagi emal surat
=== Taqdimot 19 ===
GERBLARNING TURLARI
Geraldika rivojlanishining ilk davrlarida uning nazariy qismiga oid rasmiy qonun-qoidalar deyarli yo‘q edi. Albatta, boshlang‘ich davrdayoq rasmiy tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, amalda rioya etiladigan talablar, qoidalar mavjud bo‘lgan. Bugungi kunda qo‘llanilib kelinayotgan qoidalar asosan XVIII asrda ishlab chiqilgan. Ushbu fanni o‘rganuvchilar gerblarni ta’riflash, tahlil qilish uchun maxsus atamalar va qonun-qoidalar bilan tanishishlari shart. Shu bois biz ular haqida umumiy ma’lumot berib o‘tamiz.
=== Taqdimot 20 ===
TO‘LIQ GERB
Gerb tasviri to‘liq va to‘liq bo‘lmagan bo‘lishi mumkin. To‘liq gerb quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi (matnda ayrim so‘zlarni manbalarda qanday berilgan bo‘lsa qanday keltirilgan bo‘lsa, shundayligicha keltiramiz, sababi ayrim so’zlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjima qilish qiyinchilik tug‘diradi): qalqon, dubulg‘a, nashlemnik, burelet, namet, qalqon tutuvchi (shitoderjatel), mantiya, asos, shior.
=== Taqdimot 21 ===
Gerbning asosiy elementi gerb qalqoni va undagi tasvir hisoblanadi. U o‘z egasi haqida maksimum ma’lumot bera oladi. Qalqon eng avval vujudga kelgan geraldik elementlardan biridir. Qalqonning shakli haqida gapirilganda ritsarlar qalqoni emas, geraldik qalqonni nazarda tutish lozim. Ilk gerblarda gerb qalqonining shakli harbiy qalqonga daxldor bo‘lgan. So‘nggi davrlarda bu bog‘liqlik u qadar muhim ahamiyat kasb etmagan.
=== Taqdimot 22 ===
SHU O‘RINDA ENG KO‘P TARQALGAN QALQON SHAKLLARINI KO‘RSATIB O‘TMOQCHIMIZ
Nemis
Ingliz
ispan
Geraldikada eng ko‘p qo‘llaniladigan qalqon turi fransuz qalqonidir.
=== Taqdimot 23 ===
DUBULG‘ALARNING SHAKLLARI
Dubulg‘a qalqon ustiga joylashtiriladi. Dubulg‘aning shakli vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turgan. Asta–sekin dubulg‘ani gerb egasining tituli, mavqeyi va unvoniga qarab tasvirlovchi qoidalar ishlab chiqildi.
=== Taqdimot 24 ===
NASHLEMNIK
Nashlemnik dubulg‘aning tepasiga mahkamlangan bezak bo‘lib, dastlab ular hayvonlar shohi va qush patlaridan tayyorlangan. Gerbning bu qismi ritsarlar musobaqalari paytida keng tarqaldi. Qalqonda tasvirlangan gerbga qaraganda dubulg‘a uchiga o‘rnatilgan bezak ritsarni uzoqdan tanish imkoniyatini bergan. Dubulg‘a bezaklarining asosiy turlari quyidagilar bo‘lgan: shohlar, qanotlar, patlar, bayroqlar, tabiiy shakllar (inson va hayvon shakllari), bosh kiyimlar va h.k. Nashlemnik darhol gerbning tarkibiy qismiga aylanmadi. Uni XVI asrda ingliz geroldlari qonunlashtirdilar.
=== Taqdimot 25 ===
NASHLEMNIKNING TURLI SHAKLLARI
=== Taqdimot 26 ===
BURLET
Dubulg‘a bezagi dubulg‘aga burlet yoki toj bilan biriktirilgan. Burlet yoki burelet deb gerbning turli rangdagi matolardan tayyorlangan chambarakka o‘xshash aytilgan qismiga aytilgan.
=== Taqdimot 27 ===
TOJ
Toj dubulg‘a ustiga, yoki davlat gerblarida bo‘lgani kabi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qalqon tepasiga joylashtiriladi. Gerbdagi toj gerb egasining unvonini ko‘rsatgan. Gerblarda tojning quyidagi turlari uchraydi: monarxlar va davlat gerblarida suverenitet ramzi sifatida berilgan imperator, qirol va knyazlik tojlari, markiz, graf, vikont, baronlar toji, dvoryanlar diademasi, ruhoniylarning mitrasi, tiarasi va bosh kiyimlari, shahar gerblarida aks ettirilgan minora tojlari.
=== Taqdimot 28 ===
TOJ
=== Taqdimot 29 ===
NAMYOTNING TURLI SHAKLLARI
Namyot (lambrequin, mantling) dubulg‘aga mahkamlangan mato tarzida tasvirlangan bo‘lib, butun yoki yirtilgan yopinchiqni eslatadi. Burlet va namyotning paydo bo‘lishi salib yurishlari bilan bog‘liq. Issiq Sharq mamlakatlarida ritsarlar o‘zlarini quyosh tig‘idan saqlash uchun arab jangchilari singari dubulg‘a ustidan yopinchiq tashlab, uni chambarak bilan mahkamlaganlar. Bu ikki element keyinchalik gerbning muhim tarkibiy qismiga aylangan. XIV-asrda namyot butun yoki chekkalari kesilgan tarzda, XV-asrda ensiz mato bo‘laklari tarzida, XVI-asrdan o‘simliksimon naqsh tarzida tasvirlangan.
=== Taqdimot 30 ===
NAMYOTNING TURLI SHAKLLARI
=== Taqdimot 31 ===
MANTIYA
Mantiya – monarxlarning tantanali kiyimining an’anaviy qismi bo‘lib, geraldikada suverenitet ramzi sifatida monarxlar va suverenlarning, shuningdek zodagonlarning yuqori tabaqa vakillari gerblarida berilgan.
=== Taqdimot 32 ===
QALQON TUTUVCHI
Qalqon tutuvchilar deb qalqonning ikki tomonida tasvirlangan va uni tutib turgan shakllarga aytilgan. Ular geraldik hayvonlar yoki inson qiyofasida berilgan. Qalqon tutuvchi bitta yoki ikkita bo‘lishi mumkin. Asos bu qalqon tutuvchilar va gerbning o‘zi joylashgan platformadir. Bu o‘tloq yoki tepalik (Buyuk Britaniya gerbi), muzlik (Islandiya gerbi), o‘ymakor plita (Gresiya va Shvesiya gerbi), tog‘ (Malavi gerbi) va boshqalar bo‘lishi mumkin. Asos gerbning zaruriy qismi bo‘lmay, ko‘pincha uning o‘rniga shior lentasi tasvirlanadi.
=== Taqdimot 33 ===
Geraldik metallar ikkita: oltin va kumush. Oltin va kumush ranglarni ishlatish mumkin bo‘lmagan hollarda oltin sariq, kumush oq rang bilan ifodalangan.
Oltinning
grafik tasviri
Kumushning
grafik tasviri
=== Taqdimot 34 ===
Asosiy geraldik finiftlar 5 ta: qizil (grafik tasviri – vertikal chiziqlar), moviy (gorizontal chiziqlar), yashil (geraldik o‘ng diagonal chiziqlar), binafsharang (geraldik chap diagonal chiziqlar), qora (kesishgan vertikal va gorizontal chiziqlar)
=== Taqdimot 35 ===
Gerblarda ranglarning ramziy ma’nosiga albatta e’tibor qaratilgan. Masalan, oltin-qudrat va boylik, kumush-oliyjanoblik, tozalik, doimiylik, moviy rang-buyuklik, go‘zallik, aniqlik, qizil rang qudrat, yoshlik, qora rang-donishmandlik, jiddiylik kabi ma’nolarni bildirib kelgan. Gerbdagi shakllar geraldik va nogeraldik shakllarga bo‘linadi. Geraldik shakllar geraldik qalqonning turlicha bo‘linishidan paydo bo‘ladi va o‘z navbatida asosiy va ikkinchi darajali shakllarga bo‘linadi. Asosiy shakllar sakkizta: bosh, quyi qism, ustun, belbog‘, o‘ng va chap bog‘ich, stropila, xoch va qirg‘oq. Ikkinchi darajali geraldik shakllar juda ko‘p: kvadrat, burchak, romb, erkin qism va h.k.
=== Taqdimot 36 ===
Bosh
O‘ng va chap
Bog‘ich
Ustun
Belbog‘
=== Taqdimot 37 ===
Quyi qism
Qirg‘oq
Xoch
Stropila
=== Taqdimot 38 ===
TABIIY SHAKLLAR
Nogeraldik shakllar tabiiy, sun’iy va afsonaviy shakllarga bo‘linadi. Tabiiy shakllarga tabiatda uchraydigan mavjudotlar, osmon jismlari kiradi. Bular hayvon, o‘simlik, inson, suv, olov, quyosh, yulduz, tog‘, daryo va boshqalar bo‘lishi mumkin.
=== Taqdimot 39 ===
SUN’IY SHAKLLAR
Sun’iy shakllar inson tomonidan yaratilgan jismlar: qurol-yarog‘lar, mehnat qurollari, xo‘jalik buyumlari va boshqalardir.
=== Taqdimot 40 ===
AFSONAVIY SHAKLLAR
Afsonaviy shakllar inson tasavvuri yaratgan timsollardan iborat: ajdar, bir shoxli ot, kentavr, sfinks va boshqalar.
=== Taqdimot 41 ===
GERBNING TOMONLARI
A – qalqonning o‘ng tomoni
B – qalqonning chap tomoni
V – bosh qism
G – asos yoki quyi qism
D – Yuqori o‘ng burchak
Ye – yuqori chap burchak
J – boshning o‘rta qismi
Z – quyi o‘ng burchak
I – quyi chap burchak
K – asosning o‘rta qismi
L – markaz yoki qalqonning yuragi
=== Taqdimot 42 ===
Gerblarni ta’riflash – blazonlash uchun ba’zi qoidalar bilan tanish bo‘lish kerak. Respublika tuzumidagi davlat gerblarini ta’riflash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Gerb qalqoni. 2. Chambarak.3. Qalqon yoki gerbning yuqori qismi.4. Qalqon tutuvchi. 5. Shior. 6. Alohida bezaklar.
=== Taqdimot 43 ===
Monarxiya davlatlari, dvoryanlarga mansub shaxsiy gerblarni ta’riflashda quyidagi tartibga rioya qilinadi:
1. Gerb qalqoni. 2. Toj. 3. Dubulg‘a. Nashlemnik. Namet. Burlet. 4. Qalqon tutuvchi. 5. Mantiya. 6. Shior. 7. Alohida bezaklar.
=== Taqdimot 44 ===
E’TIBORINGIZUCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.