GEOGRAFIYA DARSLARIDA GIDROSFERA MAVZUSIGA OID MASALA VA MASHQLARDAN FOYDALANISH METODLARI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
Geografiya darslarida gidrosfera mavzusiga oid masala va mashqlardan foydalanish metodlari
=== Taqdimot 2 ===
01
Gidrosfera haqida tushuncha.
02
Suvning chuqurligini, haroratini, sho‘rligini aniqlash.
03
Daryolar haqida tushuncha.
04
Daryolarga oid masala-mashqlar ustida ishlash.
Reja:
=== Taqdimot 3 ===
Assalomu alaykum, hurmatli tinglovchilar va tomoshabinlar Oliy o‘quv yurtlarida geograflar tayyorlashda geografiyada masala va mashqlar fani muhim ahamiyatga ega bo‘lgan fanlardan hisoblanadi. Mazkur mavzuda talabalar suv resurslariga oid nazariy bilimlarini mashq-masalalar orqali mustahkamlaydilar. Suv yuzasining tabiiy sharoiti va resurslarini chuqur o‘rganadilar, tabiat unsurlarining bir-biriga bog‘liq va aloqador qonuniyatlarini masala va mashqlar orqali aniq tasavvurga ega bo‘ladilar. Yer yuzasining tabiiy sharoitini raqamlarda tahlil qiladilar va fizik kimyoviy xususiyatlarini solishtirish orqali geografik bilimlarini umumlashtiradilar. Tabiatda va jamiyatda bo‘layotgan hodisa va jarayonlarni oldindan prognozlashtirish orqali bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfni oldini oladilar. Tabiatda bo‘layotgan jarayonlarni monitoring qilish orqali tabiiy va iqtisodiy holatlarni masala va mashqlar orqali oldindan modellashtiradilar.
=== Taqdimot 4 ===
Dunyo okeani yer sharining katta maydonini qoplab turadi, umumiy maydoni 361 mln kvadrat kilometrni, yer sharining 71%ni tashkil etadi. Gidrosferadagi 96% suv dunyo okeanida jamlangan. Insoniyat minglab yillar okean sirlarini, undagi qonuniyatlar mohiyatini qancha urinmasin, bugun XXI asrda ham okeandagi ko‘pgina jarayonlar hamon sirligicha qolmoqda. Xalqaro okeanlarni o‘rganish va tadqiq qilish Monakodagi okeanografiya  instituti olimlari tomonidan so‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar dunyo okeanidagi ro‘y berayotgan tabiiy hodisa va jarayonlar mohiyatini chuqur anglab olishimiz va ba’zi qonuniyatlar mazmunini to‘liqroq tushunib olishimizga yordam beradi. Dunyo okeani atamasi
1917-yilda rus olimi Y.M. Shokalskiy tomonidan kiritilgan.
=== Taqdimot 5 ===
Okean, dengiz, daryo, ko‘lning chuqurligini aniqlash. Insoniyat uzoq yillar davomida okean va dengizlarning chuqurligini aniqlash yuzasidan juda katta ishlarni amalga oshirdi. Okean chuqurligi oddiy usullardan tortib, asrning o‘rtalaridan boshlab ultratovushli exolotlar yordamida o‘lchana boshlandi. Bugungi kunda esa zamonaviy va takomillashgan exolotlar yordamida okean osti relefi, cho‘kmalar va botiqlar chuqurligi aniqlanmoqda. Exolot yordamida ultra tovushni suv ostiga yuborish orqali uning tezligini bilgan holda qaytib kelgan tovush tezligi bilan okean yoki dengiz chuqurligi aniqlanadi. Tekshirishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, Arktika suv havzalarida ultratovush tezligi 1410 m/s, ekvator va o‘rta kengliklarda esa 1530 m/s ni tashkil etar ekan. Bu suvning haroratiga, sho‘rlikka va suv zichligiga bog‘liqdir. Shuning uchun geografiya darslarida ultratovush tezligi o‘rtacha 1500 m/s deb qabul qilinadi.
=== Taqdimot 6 ===
Exolot yordamida ultra tovushni suv ostiga yuborish orqali uning tezligini bilgan holda qaytib kelgan tovush tezligi bilan okean yoki dengiz chuqurligi aniqlanadi. Tekshirishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, Arktika suv havzalarida ultratovush tezligi 1410 m/s, ekvator va o‘rta kengliklarda esa 1530 m/s ni tashkil etar ekan. Bu suvning haroratiga, sho‘rlikka va suv zichligiga bog‘liqdir.  Shuning uchun geografiya darslarida ultratovush tezligi o‘rtacha 1500 m/s deb qabul qilinadi. MASALAN: 1-Savol. Okean tubiga qarab exolotdan yuborilgan tovush to‘lqini 8 sekundda qaytib kelgani qayd etilgan bo‘lsa okean chuqurligini aniqlang. Yechish: Tovush to‘lqini okean tubiga urilib qaytib keladi. Shuni hisobga olib unga sarflangan vaqtni ikkiga bo‘lamiz. 8 sekund : 2 = 4 sekund sekund x 1500 metr = 6000 metr ya’ni, okean chuqurligi 6000 metrga teng. 2-savol. Atlantika okeanining eng chuqur joyi Puerto-Riko cho‘kmasi bo‘lib, uning chuqurligi 8742 metrga teng. Exolotdan yuborilgan tovush to‘lqini necha sekundda qaytib kelishini aniqlang.
Yechish: 8742 m : 1500 m = 5,8 sekund.
=== Taqdimot 7 ===
Dunyo okeani suvining asosiy xususiyati uning sho‘rligi va haroratidir. Agar suvning tarkibida tuz miqdori 1 litr suvda 1 grammdan kam bo‘lsa chuchuk, ortiq bo‘lsa, sho‘r suv deb ataladi. 1 litr suvda erigan moddalarning grammlardagi miqdoriga suvning sho‘rligi deyiladi. Sho‘rlik darajasi promilleda o‘lchanadi. 1000 dan bir ulush degani. Okean va dengiz suvlari sho‘r hisoblanadi. Eng sho‘r joyi tropiklarda 37%, ekvatorda 35%, o‘rta mo‘tadil kengliklarda 34%, qutblarda 32% ga teng. Chunki yer yumaloq harorat turlicha taqsimlanadi, bug‘lanish yuqori joylarda sho‘r, bug‘lanish past joylarda chuchuk bo‘ladi. Shuning uchun qutbiy mintaqalarda suv chuchuk bo‘lgani uchun baliqlar ko‘p, sho‘r joylarda biologik olam siyrak tarqalgan. Erigan tuzlar miqdoriga ko‘ra natriy xlorid 85% ni tashkil qiladi. Okean dengiz va ko‘l suvlari tarkibidagi erigan tuz miqdorini aniqlashda promilledan foydalanadilar.
Suvning sho‘rligini aniqlash
=== Taqdimot 8 ===
Sho‘rlikni aniqlash bo‘yicha masalalar
=== Taqdimot 9 ===
Demak, Oxota dengizining 2 tonna suvidan 16 kg tuz olish mumkin.
Orol dengizidan suvning bir litrida 62%0 tuz borligi aniqlandi. Xuddi shu dengizdan olingan 100 gramm suvning tarkibida necha gramm tuz borligini hisoblab toping.
Yechish: 1000 gr da————— 62 gr
100 gr da————— X gr
X =6,2 gr
javob: 6,2gr
=== Taqdimot 10 ===
Suvning haroratini aniqlash
Dunyo okeanining suvlarining harorati ma’lum geografik qonuniyat asosida o‘zgarib turadi. Okean va dengiz suvlarining harorati 300-350 m chuqurlikda o‘zgarmay turishi mumkin. Ammo bu chuqurliklardan pastga tushib borgan sari har 1000 m chuqurlikda harorat 20 C pasayib boradi. Suv yuzasining o‘rtacha yillik harorati +17,54 C ga teng. Ochiq okeanda -2 C dan +29 C gacha o‘zgaradi. Termik ekvator zonasida (5°kengliklarda) suv yuzasining o‘rtacha harorati +27 C, +28 C gacha, tropiklarda suv harorati +25 C, +27 C gacha va qutbiy o‘lkalarda suv yuzasi manfiy ko‘rsatgichli harorat qayd etiladi. Dunyo okeani suvi vertikal tarzda, ya’ni chuqurlikka tomon ham o‘zgarib boradi.
=== Taqdimot 11 ===
Suv yuzida suv harorati +15 C bo‘lsa, suv ostidagi harorat +5 C ekanligi ma’lum. Suv havzasining chuqurligini aniqlang.
Yechish: +15 C – (+5 C) = +10° C.
1000 m – 2° C
X-100 C
100 C x 1000 m = 5000 m
Agar 350 metr chuqurlikkacha okean suvi haroratini o‘zgarmas holda turishini hisobga olsak.
5000 m + 350 m = 5350 m
Suvning haroratini aniqlashga doir masalalar
=== Taqdimot 12 ===
Misol: Dengiz yuza qismida suvning harorati +11° C, chuqurligi 6000 metr bo‘lsa, dengiz tubidagi suv harorati necha 0 C bo‘ladi?
Yechim: Okean va dengiz suvlarining harorati 300-350 m chuqurlikda o‘zgarmay turishini inobatga olgan holda:
6000-350=5650 m, okean suvining har 1000 m da 2° C pasayishini inobatga olgan holda proporsiya qilamiz:
1000 m = 2° C
5650 m = x
X=5650*2=11300/1000 m= 11,3° C
2-Masala: okean suvining yuza qismidagi harorat +13° C, suv ostidagi harorat +10 C bo‘lsa okean chuqurligini toping. Yechim: +13° C-(+1° C)=12° C proporsiya qilamiz:
1000 m – 2° C
x – 12° C
x=12*1000/2=6000 m.
=== Taqdimot 13 ===
O‘zan deb ataluvchi tabiiy chuqurliklarda harakat qiladigan doimiy suv oqimiga daryo deyiladi. Har qanday daryoning boshlanadigan joyi, yuqori oqimi, o‘rtacha oqimi, quyi oqimi va quyilish joyi bor. Daryolar buloqlardan, sizot suvlaridan, botqoqliklardan, ko‘llardan va doimiy muzliklardan boshlanadi. Daryoning qanday yerdan boshlanishi, uning suv rejimi xususiyatiga ham ta’sir etadi. Agar daryolar ko‘l va muzlardan boshlansa, sersuv, aksincha, buloqlardan yoki sizot suvlaridan boshlansa, kam suv bo‘ladi. Daryolarning boshlanish joyiga yaqin bo‘lgan qismlari, uning yuqori oqimi deyiladi. Bu qismida daryo suvi kam bo‘lsa-da tez oqadi. Chunki daryo nishabi katta bo‘ladi.
Daryolar mavzusiga oid masala va mashqlar
=== Taqdimot 14 ===
Daryolar o‘rta qismida o‘rtacha tezlikda oqadi.
Daryolar odatda, soyliklardan oqadi, bunday soylik daryo vodiysi deb ataladi. Daryo vodiysining to‘lib oqadigan qismi esa daryo o‘zani deb ataladi. Daryo suvi ko‘paygan paytda toshib, vodiyning bir qismini suv bosadi. O‘zanning toshqin vaqtida suv tagida qolgan qismiga qayir deyiladi. Daryo vodiysi yon bag‘rida zinapoya shaklida terassalar (ko‘hna qayirlar) joylashgan. Terassalar daryo vodiysining qadimgi (daryo ancha balanddan oqqan davridagi) qayirlarning qoldiqlaridir. Terassalar daryolar o‘zanining chuqurlashishi natijasida hosil bo‘ladi.
=== Taqdimot 15 ===
Daryo suv sarfini aniqlash
Daryoning suv sarfi deganda muayyan vaqt davomida daryoning ko‘ndalang qirqimidan oqib o‘tadigan suv hajmi tushuniladi. Uning formulasi Q=F x Q=daryoning suv sarfi; F=daryoning ko‘ndalang kesimi maydoni; V=suv tezligi;
Daryoning kengligi 20 m, o‘rtacha chuqurligi 1,5 m, suv tezligi
2 m/s bo‘lsa, daryoning suv sarfini hisoblang.
Yechish: Q=FxV F = 20 m x 1,5 m = 30 m2
30 m2   x 2 m/ sekund = 60 m3 / sekund
=== Taqdimot 16 ===
Daryo nishabligini aniqlash
Daryoning nishabligi deb, uning o‘rganilayotgan qismidagi balandliklar farqini shu qism uzunligiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi va quyidagi formula asosida topiladi: J = (H1-H2)/L = Δ/L Bu yerda Δ=H1-H2 bo‘lib, daryoning o‘rganilayotgan qismidagi balandliklar farqi, km da; L – daryoning shu qismi uzunligi. Nishablik o‘lcham birligiga ega emas, lekin ayrim hollarda promillar (%0) da, ya’ni balandlikning daryoning har 1000 m uzunligiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha pasayishi ko‘rinishida ifodalaydi.
Oka daryosining boshlanish joyidagi balandlik 2245 m, quyilish joyidagi balandlik 163 m, daryo uzunligi esa 1478 km ekanligi ma’lum bo‘lsa, uning nishabligini aniqlang.
Yechish: 2245 m – 163 m = 2082 m
2082 m / 1487000(1487 km x 1000 m) = 0,001
=== Taqdimot 17 ===
Daryo tarmoqlar zichligi
=== Taqdimot 18 ===
Daryoning egrilik koeffitsiyentini topish
Daryoning egrilik koeffitsiyenti deb, daryoning boshlanish va quyilish nuqtalarini tutashtiruvchi to‘g‘ri chiziq uzunligining daryoning haqiqiy uzunligiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi va quyidagi formula asosida aniqlanadi.
Ke=IAB/L
Ke – daryoning egrilik koeffitsiyenti;
IAB – daryoning boshlanish (A) va quyilish (B) nuqtalarini tutashtiruvchi to‘g‘ri chiziqning uzunligi;
L – daryoning uzunligi.
Egrilik koeffitsiyenti doim birdan kichik, ya’ni K e <1,0 bo‘lib, o‘lcham birligiga ega emas. Masalan, kartadagi ma’lum daryoning uzunligi 502 km, boshlanish joyi bilan quyilish nuqtalarini tutashtiruvchi chiziqning uzunligi 203 km bo‘lsa , unda formulaga asosan 203 : 502 = 0,40 ga tengdir.
=== Taqdimot 19 ===
Oqim moduli (M)
Oqim moduli (M) daryo havzasining birlik yuzasi (1 km2)dan birlik vaqt (bir sekund) ichida litrlar hisobida hosil bo‘ladigan suv miqdoriga aytiladi. Oqim moduli quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: M=(103x Q o‘rt)/F
bu yerda Q o‘rt – o‘rtacha yillik suv sarfi, m3/s larda,
F – havza maydoni, km2 larda,
103 – metr kub lardan litrga o‘tish koeffitsiyenti
(1m3 = 1000 litr).
Oqim moduli l/s • km2 larda ifodalanadi.
Masalan ma’lum bir daryo sekundiga 38 m3 oqizadigan bo‘lsa, uning suv yig‘adigan maydoni 5000 km2 ni tashkil etsa, daryoning oqim moduli quyidagicha topiladi: M = (38 x 1000) : 5000 = 7,6 l/sekund Demak, daryoning oqim moduli 1 km2 yuzadan bir sekundda oqib chiqadigan suv miqdori 7,6 l/sekundga teng ekan.
=== Taqdimot 20 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“GEOGRAFIYA DARSLARIDA GIDROSFERA MAVZUSIGA OID MASALA VA MASHQLARDAN FOYDALANISH METODLARI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar