Gandbol sport turi tarixi va qoidalari
4000 so'm

=== Taqdimot: Gandbol sport turi tarixi va qoidalari.pptx ===
=== Slayd 1 ===
Gandbol sport turi tarixi va qoidalari
=== Slayd 2 ===
Reja:
1. Gandbol sport turining paydo bo‘lish tarixi.
2. Gandbol sport turi qoidalari.
=== Slayd 3 ===
Gandbol keng tarqalgan sport turlaridan biri bo‘lib, u o‘quvchi yoshlarni jismoniy rivojlantirish, ularning salomatligini mustahkamlashning eng ommabop, binobarin, eng qulay vositalaridan biridir. Bu kattalar uchun ham, o‘smir-yoshlar uchun ham birdek ma’qul bo‘lgan chinakam xalqchil o‘yin hisoblanadi. Musobaqada o‘n ikki o‘yinchi va ikki darvozabondan tashkil topgan ikki jamoa qatnashadi. O‘yin maydoni 40×20 m kattalikdagi to‘rtburchakdan iborat. O‘yinda qatnashuvchi jamoa o‘yinchilarining maqsadi – to‘pni egallab olib, dastlabki himoya qilinib turgan darvozaga to‘p kiritish. To‘p bilan barcha harakatlar faqat qo‘lda bajariladi. To‘p uchun kurashda, qarshilik ko‘rsatishda qo‘pollik va sportchiga xos bo‘lmagan harakatsiz qoidaga rioya qilinib bajarilishi lozim. O‘yin ishtirokchilarning yoshi va jinsiga bog‘liq bo‘lib, 60 daqiqagacha davom etadi. O‘yin vaqtida har bir o‘yinchi o‘zining shaxsiy fazilatlarini ko‘rsatish imkoniyatlariga ega. Ammo, shu bilan birga, o‘yin har bir gandbolchidan o‘z shaxsiy intilishlarini umumiy maqsadga bo‘ysundirishini talab qiladi
=== Slayd 4 ===
Gandbol o‘yinining asosini yugurish, sakrash, to‘pni uzatish, uloqtirish kabi shug‘ullanuvchilarning har jihatdan uyg‘un rivojlanishiga yordam beradigan tabiiy harakatlar tashkil etadi. Yuklamalar organizmdagi barcha funksional tizimlarning rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi. Mashg‘ulotlar ta’sirida, shuningdek, musobaqalarda shug‘ullanuvchilarning ruhiy faoliyati takomillashadi, tezlik reaksiyasi, chamalash, ijodiy fikr yuritish, tezlik va tashabbuskorlik kabi sifatlari rivojlanadi. Gandbol o‘yini umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun yaxshi vosita bo‘lib xizmat qila oladi. Yo‘nalishni o‘zgartirib xilma-xil yugurish, sakrashning turli xillari, maksimal tezlikda harakat qilish yo‘llari bilan jismoniy sifatlarni, ayni paytda irodaviy xislatlarni, taktik tafakkurini kamol topishi tufayli gandbol har qanday ixtisosdagi talaba uchun zarur bo‘lgan sport o‘yinlari qatoridan joy olgan.
=== Slayd 5 ===
Gandbol o‘yinining asosini yugurish, sakrash, to‘pni uzatish, uloqtirish kabi shug‘ullanuvchilarning har jihatdan uyg‘un rivojlanishiga yordam beradigan tabiiy harakatlar tashkil etadi. Yuklamalar organizmdagi barcha funksional tizimlarning rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi. Mashg‘ulotlar ta’sirida, shuningdek, musobaqalarda shug‘ullanuvchilarning ruhiy faoliyati takomillashadi, tezlik reaksiyasi, chamalash, ijodiy fikr yuritish, tezlik va tashabbuskorlik kabi sifatlari rivojlanadi.
=== Slayd 6 ===
Gandbol o‘yini umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun yaxshi vosita bo‘lib xizmat qila oladi. Yo‘nalishni o‘zgartirib xilma-xil yugurish, sakrashning turli xillari, maksimal tezlikda harakat qilish yo‘llari bilan jismoniy sifatlarni, ayni paytda irodaviy xislatlarni, taktik tafakkurini kamol topishi tufayli gandbol har qanday ixtisosdagi talaba uchun zarur bo‘lgan sport o‘yinlari qatoridan joy olgan.
=== Slayd 7 ===
1898-yilda – qo‘l to‘piga asos solingan. Daniyaning Ordrupe shahridagi gimnaziyalardan birining o‘qituvchisi Xolger Nilson futboldan farq qiladigan, qizlar uchun ham mos keladigan, yog‘inli havoda va zalda o‘ynasa bo‘ladigan yangi sport o‘yinini yaratishga qaror qiladi. U darvozabonlarni qoldirib, jamoa sonini qisqartirib, to‘pni uzatish va otish faqat qo‘l bilan bajarilishini taklif qiladi. Shu tariqa olamda “Xandbol” inglizchadan tarjima qilinganda hand-qo‘l, ball-to‘p ya’ni ― gandbol yuzaga keladi va keyinchalik tezda butun jahonga tarqab ketadi.
1904-yili birinchi bo‘lib Daniya gandbol federatsiyasi tashkil topdi. 1906-yili Kopengagen shahrida gandbol o‘yinining dastlabki qoidalari nashr etildi. Ushbu qoidalarning muallifi ham X.Nilson hisoblanadi.
=== Slayd 8 ===
Gandbol o‘yin maydoni uzunligi 40 metr, eni 20 metrli to‘rt burchakdan iborat bo‘lib, o‘z ichiga ikkita darvoza maydonini oladi. Maydonni belgilovchi bo‘ylama chiziq, yon chiziq, ko‘ndalang chiziq, yuza chiziq deb ataladi.
O‘yin maydonining atrofida yon chiziqdan 1 metr va yuza chiziqda 2 metrli xavfsizlik zonasi joylashgan bo‘lishi lozim.
O‘yin jarayonida maydon u yoki bu jamoaga imtiyoz beruvchi o‘zlashtirishlar kiritilishi man etiladi.
=== Slayd 9 ===
Gandbol darvoza yuza chiziq o‘rtasiga o‘rnatiladi. Darvoza polga yoki orqa devorga mahkam o‘rnatilishi lozim. Darvoza o‘lchami balandligi 2 metrni va eniga 3 metrni tashkil qiladi.
Darvoza ustunlari gorizontal joylashib, ularning o‘lchami taraflari 8 sm hosil qiladigan kvadratdan iborat-dir.
Darvoza orqa tarafdan bo‘sh osilgan ip to‘r bilan berkitiladi. To‘r shunday bog‘lanishi kerakki, to‘p undan o‘tib ketmasligi kerak.
Belgilangan chiziqlar eni 5 sm bo‘lib, ular aniq va ravshan ko‘rinishi shart. Darvoza ustunlari orasidan o‘tadigan chiziqning eni esa 8 sm bo‘lishi kerak.
Har bir darvoza oldida darvoza maydonchasi joylashiladi. Darvoza maydonchasi maydonga chizig‘i bilan quyidagicha aniqlanadi: darvoza oldidan 6 metr masofada yuza chiziqqa parallel 3 metrli chiziq o‘tkaziladi va darvoza ustuni pastki burchagidan radiusi 6 metrli aylanmaning to‘rtdan ikki qismi shu chiziqqa kelib qo‘shiladi.
=== Slayd 10 ===
Erkin to‘p tashlash 9 metrli chiziq darvoza maydonchasi chizig‘i tashqarisidan 3 metr masofada parallel chiziq chiziladi. Bu chiziq shtrixli va oraliq masofa 15 sm uzunlikda bo‘ladi.
7 metrli jarima to‘p tashlash chizig‘i – darvoza o‘rtasidan 7 metr masofada, darvoza maydonchasi chizig‘idan parallel o‘tkazilgan 1 metrli chiziqdan iborat bo‘ladi.
7 metrli jarima to‘p tashlash chizig‘iga parallel 3 metr masofada, darvozabon maydonchasida uzunligi 15 sm bo‘lgan, jarima to‘p tashlashda darvozabon o‘tishga huquqsiz chiziq belgilanadi.
=== Slayd 11 ===
Maydon o‘rtasidan ko‘ndalang yuza chiziqcha parallel chiziq o‘tkazilib, u o‘rta chiziq deb ataladi.
O‘yinchilarni almashtirish zonasining chizig‘i – yon chiziqqa maydon o‘rtasidagi chiziqning ulangan nuqtasida har bir maydon bo‘lagi tomonga 4,5 metrli masofada markaz chizig‘iga parallel yon chiziqdan 15 sm chiziq belgilanadi .
Sekretar va sekundometrlar uchun qo‘yilgan stol hamda zaxiradagi o‘yinchilar uchun qo‘yilgan skameyka shunday joylashishi kerakki, o‘tirgan o‘yinchilar almashish zonasining chiziqlarini bemalol ko‘rishlari lozim. Sekretariat stoli zaxiradagi o‘yinchilar o‘rindig‘iga nisbatan yon chiziqqa yaqinroq joylashadi, faqat 50 sm dan yaqin bo‘lmasligi lozim.
=== Slayd 12 ===
O‘yin texnikasi: Gandbol o‘yinida to‘p bilan va to‘psiz usullar bajariladi. Qo‘yilgan maqsadga erishmoq uchun o‘yinda qo‘llaniladigan xilma-xil maxsus usullar yig‘indisi gandbol texnikasini tashkil etadi.
Hujum o‘yini texnikasi: To‘pni egallagan hujumchi butun vujudi bilan raqiblar darvozasiga to‘p kiritishga intiladi. Raqiblarning qarama-qarshiligini faqat maxsus usullar yordamida yengishi mumkin.
O‘yin texnikasining bu qismiga to‘pni ilish, ushlash, to‘pni yerga urib olib yurish va egallab olish, chalg‘itish va to‘siq qo‘yish usullari kiradi.
=== Slayd 13 ===
To‘pni ilish. Bu to‘pni egallashga imkon beruvchi usul. To‘pni bir va ikki qo‘llab ilish mumkin. To‘pni ikki qo‘llab ilishda qo‘llarning panjalari bir-biriga yaqinlashtirilib voronkasimon chuqurlik hosil qilinadi, barmoqlar to‘pga tegganidan so‘ng, uchib kelgan to‘p tezligini pasaytirish uchun qo‘llar bukiladi.
To‘pni bir qo‘lda ilish juda murakkab. Ilish va keyingi qo‘lni silkitish ko‘pincha bunday holatda tutash harakatni tashkil etadi.
To‘p bilan muvaffaqiyatli harakat qilish uchun uni to‘g‘ri ushlash lozim. Agar o‘yinchi uni ikki qo‘llab ushlasa to‘p yaxshi nazorat qilinadi. Lekin to‘pni bir qo‘llab yuqoridan yoki ochiq kaft bilan ham ushlash mumkin. Faqat bu holda to‘pni qattiq siqib ushlamaslik lozim, chunki bu qo‘lning panja bo‘g‘imlari qotishiga olib keladi.
=== Slayd 14 ===
To‘pni uzatish asosiy texnik usul hisoblanadi. To‘p uzatish ko‘p usullar yordamida, ayniqsa, boshqalarga qaraganda ko‘proq yuqoridan va qo‘l panjalari yordamida bajariladi. Uzatish texnikasining bajarilishi to‘p otish usulida ham farq qiladi.
Qo‘llarni tirsak qismida bukkan holda yuqoridan to‘pni uzatish – gandbolda to‘p uzatishning asosiy usulidir.
=== Slayd 15 ===
To‘pni yerga urib olib yurish. Bu usul bir joyda turganda, ko‘proq yurganda, yugurganda bajarilib, gandbol o‘yinchisining harakat qilishda qo‘llaniladigan asosiy usullaridan hisoblanadi. To‘pni yerdan har-xil: yuqoriroq va pastroq sapchitib turib yurish mumkin. Bu usulda gandbol o‘yinchisi maydondan sapchib ketayotgan to‘pni pastga tushirib va keng yoyilgan barmoqlari bilan kutib oladi. U qo‘lini bukib, to‘pni biroz yuqoriga uzatadi, so‘ng uni yana maydonga ma’lum burchak bo‘yicha keskin itaradi. Bunda oyoqlar bukilgan, gavda biroz egilgan, bosh to‘g‘ri tutilgan bo‘lishi kerak.
To‘pni yerga urib olib yurish to‘g‘ri chiziq, yoysimon chiziq va doira bo‘ylab har xil yo‘nalishlarda bajarilishi mumkin. Yo‘nalishni, tezlikni, sapchish balandligini o‘zgartirib hamda to‘pga qaramasdan yerga urib olib yurishlar hozirgi zamon gandbol o‘yinida katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
=== Slayd 16 ===
To‘pni otish. Otish natijasi bir qator sharoitlarga bog‘liq, shular orasida muhimi raqiblarga kutilmagan vaziyatda otish yo‘nalishini va usulini o‘zgartirishdir.
To‘pni ko‘zlagan joyga yo‘naltirishda, ayniqsa, tezlik muhim rol o‘ynaydi uning kuchi tezligiga bog‘liq.
To‘p otish texnikasini bajarishda uning inersiyasi va vaznini hisobga olish zarur, to‘p otayotgan qo‘lning keng amplitudadagi harakati mushaklar qisqarishiga va gavdadagi barcha mushaklarning qisqarishiga qulay sharoit yaratadi. Lekin o‘yinda bir necha qadamdan so‘ng, keng amplitudada qo‘lni silkitib to‘p otishni qo‘llash anchagina mushkul. Shuning uchun o‘yinchilar va murabbiylarning ijodiy izlanishdan maqsadi tez otish texnikasini yaratishga qaratilgan.
=== Slayd 17 ===
Darvozaga to‘p otish joyidan, yurib kelib, sakrab va tayangan holatda bajariladi.
Yuqoridan qo‘lni bukib to‘p otish qo‘lni tez siltash yordamida bajariladi. Birinchi oldinga qo‘yilgan oyoqqa qarama-qarshi qo‘l to‘p bilan orqaga suriladi va keyingi qadamda gavdaning yuqori qismi bilan birga siltanadigan qo‘l oxirgi chegarasigacha orqa tarafga burilishi kerak. Keyingi qadamni qo‘yishda gavda darvoza tomon burilib tezlik bilan oldinga egiladi va to‘pni qo‘ldan chiqaradi. Bu usulning farqi shundaki, to‘p otish bir oyoqqa tayangan holda bajariladi.
=== Slayd 18 ===
Yuqoridan qo‘lni bukib to‘xtab to‘p otish – bu eng tez otish usulidir.
Bu yerda dastlabki zaruriyat to‘pni sakrab ilish hisoblanadi, bunda to‘p otayotgan o‘yinchi qo‘lini siltashni boshlashi mumkin. Bu holda o‘yinchi avval o‘ng oyog‘ini, so‘ng chap oyog‘ini bosadi, tovon esa harakatning to‘xtashini ta’min etish uchun xizmat qiladi.
To‘p otayotgan o‘yinchi qadam qo‘yishda gavdaning og‘irligini darhol oldingi oyoqqa o‘tkazadi va gavdani darvoza tomon burib, qo‘l tirsagini bukkan holda to‘pni keskin oldinga yuboradi.
=== Slayd 19 ===
Qo‘lni yuqorida bukib, sakrab to‘p otish uzoq masofadan darvozaga hujum qilishda qo‘llaniladi. Qo‘lni siltash va to‘pni qo‘ldan chiqarish havoda bajariladi. Depsinish keyinchalik oyoqda bajarilishi kerak. To‘p otayotgan o‘yinchi to‘p ushlagan qo‘lini orqa tomonga yuborib, to‘psiz qo‘lini oldinga chiqaradi, gavdaning yuqori qismini otayotgan tomonga burib, depsinishdan keyin bo‘sh oyog‘ini bukishi lozim.To‘pni darvozaga otish o‘yinchining sakragandan keyingi parvozining eng yuqori nuqtasida, ko‘krak darvoza tomon burilib, oyoqlarning orasi keng ochilib bajariladi.Darvozaga bunday xilma-xil usulda to‘p otish muvozanat saqlash munosabatida anchagina murakkabdir, chunki o‘yinchi to‘pni muvozanatini yo‘qotgan holda darvozaga otadi. Boz ustiga, o‘yinchi yiqilishining yo‘nalishi har xil – oldinga va yon taraflarga bo‘lishi mumkin.
=== Slayd 20 ===
Yon tarafga yiqilib to‘p otish. Bu usulni o‘yinchi to‘p otish vaqtida himoyachidan uzoqroq ketish imkoniyatini yaratish uchun qulaydir. Bunga “yolg‘on” to‘p otishda qo‘llaniladigan fintlar yordam beradi. Hujumchi chalg‘itishdan so‘ng oldinga bir qadam qo‘yib, tayanch oyoqlarini himoyachi oyog‘ini darvozaga to‘p otayotgan tomonga yaqinroq qo‘yishi kerak. Shundan so‘ng gavda og‘irligi oldingi egilgan oyoqqa o‘tkaziladi. Gavda yon tomoni bilan darvoza tarafga buriladi, to‘p bilan bo‘lgan qo‘l esa to‘p otishning oxirgi holatiga ko‘tariladi. O‘yinchi tayanch bo‘lmagan bo‘sh oyog‘ini oldinga ko‘tarib, bo‘sh qo‘l tomon egiladi va himoyachi belidan sirpanganga o‘xshab yiqiladi. U gorizontal holatga yaqinlashganda, darvoza tomonga ko‘kragini qaratib, to‘pni boshining orqasidan darvozaning ko‘zlangan joyiga yuboradi, so‘ng bo‘sh qo‘lini yerga tekkizib yiqiladi.
=== Slayd 21 ===
Qo‘lni yozib, yon tomondan to‘p otish – bekik vaziyatda ko‘p qo‘llaniladigan usullardan biridir. Uni bel, son, tizza balandligida bajarish mumkin. Siltash yuqoridan to‘p otishdagiday bajariladi. Chalishtirma harakat qilgandan so‘ng o‘yinchi to‘p otishning dastlabki holatiga keladi: oyoqlar keng qo‘yilgan, qo‘l to‘p bilan orqa tomonga o‘tkazilgan, gavda darvozaga yon tomon bilan burilib, to‘p otadigan qo‘l tomon egilgan bo‘lishi kerak. Shundan keyin gavdaning og‘irligi oldinda turgan oyoqqa o‘tkaziladi, ko‘krak darvoza tomon buriladi, qo‘l tirsak bo‘g‘inida bukilib, maydonga parallel oldinga cho‘ziladi. Keyinchalik qo‘l silkitish harakati tufayli to‘g‘rilanadi, unga yelka harakati qo‘shilib, to‘p darvozaga yuboriladi.
=== Slayd 22 ===
Darvozadan qaytgan to‘pni qayta urish. Darvoza ustunlariga urilib yoki darvozabondan qaytgan to‘pni bir yoki ikki qo‘llab darvozaga otish mumkin. Bu harakat sakrab, keyin esa yiqilgan holda bajariladi. Keyingi vaqtlarda darvozabonning to‘p otayotgan o‘yinchiga peshvoz chiqishi amalda ko‘p qo‘llanilmoqda. Bunday holatda, depsinib, yuqoridan baland trayektoriyada to‘p otishlar ma’lum bo‘lishicha, juda sermahsul hisoblanadi. To‘p otishning bajarilishi odatdagi usulda boshlanib, oxirida esa to‘pning trayektoriyasi o‘zgartiriladi.
=== Slayd 23 ===
To‘pni yerga urib sapchitib otish – darvozabonlar uchun eng murakkab to‘p otishdir. Ayniqsa, otgandan so‘ng sapchib aylanib, o‘z trayektoriyasini o‘zgartiradigan to‘pni olish darvozabonlar uchun juda katta qiyinchilik tug‘diradi. Odatda, bu usul burchakdan hujum qilish paytida qo‘llaniladi. To‘pni otilish joyiga qarab o‘ngga yoki chapga aylantirib otish mumkin.
=== Slayd 24 ===
Chalg‘itishlar Bu usulni to‘psiz va to‘p bilan bajarish mumkin. To‘psiz chalg‘itishlardan ko‘proq uni qarshiliksiz qabul qilish uchun himoyachilarning yaqinida turganda ta’qibdan qutulish maqsadida foydalaniladi. To‘p bilan chalg‘itishlar uzatishni, otishni yoki yerga urib yurishni qarshiliksiz bajarish uchun qo‘llaniladi.
Chalg‘itishlar murakkab harakatlar yordamida bajariladi. Ikki va undan ortiq usullardan tashkil topgan chalg‘itishlar ikki turga bo‘linadi: oddiy va murakkab. Bir harakatdan ikkinchi harakatga o‘tishda qancha kam vaqt sarflansa, raqibni aldab o‘tishga shuncha imkoniyat yaratiladi.
To‘siq. Bu hujumchilarning himoyachilar panohidan qutulishi uchun qo‘llaniladigan foydali vositadir. Gandbol o‘yinida to‘siqlar yakka holda va o‘yinchilar guruhi tomonidan qo‘yilishi mumkin.
=== Slayd 25 ===
Guruh bo‘lib to‘siq qo‘yish 9 metrli erkin to‘p tashlash chizig‘idan to‘p otishda qo‘llaniladi, bu bir necha hujumchining bir-biriga yaqin turib, to‘p egallamoqchi bo‘lgan hujumchiga peshvoz chiqayotgan himoyachilar yo‘lini to‘sishdan iboratdir.
=== Slayd 26 ===
O‘yinchilarning himoya texnikasiga to‘pni olib yurish, urib qaytarish, to‘siq qo‘yish va darvozabon orqali to‘pni ushlab olishlar kiradi.
Dastlabki holatda to‘g‘ri turish himoya harakati tayyorgarligiga zamin yaratadi. O‘yinchi oyoqlarini bukib, gavda og‘irligini oyoq kaftlarining oldingi qismiga baravar taqsimlab, qo‘llarini bukkan holda bir oz ikki tomonga yoyib, qo‘l kaftlarini oldinga qaratib turishi kerak. Yon tomonga erkin yura olish va orqa bilan yugura bilish himoyachi harakati texnikasining eng muhim usullaridir.
Himoya o‘yini texnikasi
=== Slayd 27 ===
To‘pni olib qo‘yish. Bu muhim usul yordamida jamoaning qarshi hujumga o‘tishi ta’minlanadi. Himoyadagi o‘yinchi to‘p uzatilgan vaqtda uni olib qo‘yish maqsadida o‘zi to‘sib turgan hujumchining oldidan to‘pga qarshi chiqish uchun joyidan keskin qo‘zg‘alishi lozim.
To‘pni urib chiqarish. Bu harakat to‘p olib yurgan hujumchi bilan kurashda bajariladi. Himoyachi qulay payt poylab hujumchiga yaqinlashadi, to‘pni urib chiqaradi va uni egallashga harakat qiladi. To‘pni urib chiqarish uni otish uchun qo‘lni orqaga uzatib, siltash harakatini bajarishda ham qo‘llaniladi. Himoyachi bunday holatda hujumchining to‘pni otmoqchi bo‘lgan qo‘lini orqaga uzatishini kutadi va shu payt qo‘l kafti bilan to‘pni tushiradi.
To‘pni olib qo‘yish. Bu muhim usul yordamida jamoaning qarshi hujumga o‘tishi ta’minlanadi. Himoyadagi o‘yinchi to‘p uzatilgan vaqtda uni olib qo‘yish maqsadida o‘zi to‘sib turgan hujumchining oldidan to‘pga qarshi chiqish uchun joyidan keskin qo‘zg‘alishi lozim.
=== Slayd 28 ===
To‘pni urib chiqarish. Bu harakat to‘p olib yurgan hujumchi bilan kurashda bajariladi. Himoyachi qulay payt poylab hujumchiga yaqinlashadi, to‘pni urib chiqaradi va uni egallashga harakat qiladi. To‘pni urib chiqarish uni otish uchun qo‘lni orqaga uzatib, siltash harakatini bajarishda ham qo‘llaniladi. Himoyachi bunday holatda hujumchining to‘pni otmoqchi bo‘lgan qo‘lini orqaga uzatishini kutadi va shu payt qo‘l kafti bilan to‘pni tushiradi.
To‘pni to‘sish. Darvozaga yo‘naltirilgan to‘pga qarshilik ko‘rsatishda qo‘llaniladigan asosiy vosita hisoblanadi. Yuqoridan, o‘rta va pastdan kelayotgan to‘pni bir va ikki qo‘l bilan to‘sish mumkin. To‘sishni bajarayotgan himoyachi qanchalik hujumchiga yaqin bo‘lsa, to‘p yo‘nalishini aniqlash shunchalik oson bo‘ladi. Shuning uchun himoyachi to‘pni ushlashga tayyorlanishda diqqat bilan hujumchini, shuningdek, to‘pni kuzatishi va o‘z vaqtida to‘p otayotgan o‘yinchini to‘xtatish uchun chiqishi lozim.
=== Slayd 29 ===
Darvozabon jamoada eng qiyin va mas’ul vazifani bajaradi. Uning harakati faqat darvozaning xavfsizligini emas, balki hujumning natijasini ham belgilaydi. Darvozabon uchun muhimi avvalo bo‘yi, tezlik reaksiyasi, mo‘ljallay olish, chaqqonlik, kuch, chidamlilik kabi sifatlardir. Darvozabonning dastlabki o‘yin texnikasiga: turish, siljish, chalg‘itishlar, to‘pni qo‘l, oyoq, gavda bilan qaytarish va to‘pni uzatishlar kiradi.
Darvozabon texnik usullarining muvaffaqiyatli bajarilishi ko‘p jihatdan uning harakatga qanchalik tayyor ekanligi bilan belgilanadi. Darvozabonning dastlabki holatni to‘g‘ri tanlay bilishi uning harakatga tayyor ekanligi omillaridandir.
Darvozabon o‘yin texnikasi
=== Slayd 30 ===
Odatda, darvozabon sakraganda, to‘pning yo‘nalish yo‘lini ko‘proq kamaytirish uchun oyoq va qo‘llarini yon tomonga yoyadi. Darvozabon raqiblar bilan to‘p uchun kurashda ko‘pincha aldash harakatlarini ishlatadi. Chalg‘itish maqsadida bir tomonga egilib, keyin boshqa tomonni to‘sadi, tez-tez yolg‘on chiqishlarni qo‘llaydi. Bunday holatlarda hujumchi to‘pni darvozabon ustidan oshirib tashlaydi, lekin bunday bo‘lishini oldindan kutgan darvozabon darhol orqaga qaytib, to‘p yo‘lini to‘sishga ulguradi.
=== Slayd 31 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.