G’afur G’ulom she’riyati Vaqt tahlili

6000 so'm


G'afur G'ulom she'riyati Vaqt tahlili

 

 

Slayd 1

G’afur G’ulom she’riyati. “Vaqt” she’ri tahlili

Slayd 2

G’afur G’ulomning ijodini faqatgina O’zbekistonda emas, avvalambor har tomonlama, butun dunyoga mashhur qilishimiz kerak.

Islom Karimov

Slayd 3

G’afur G’ulom

MEN O’ZBEK SHOIRIMAN –O’Z XALQIMNING TILIMAN

Slayd 4

Xudoyberdi To’xtaboyev – adib!

Naim Karimov – adabiyotshunos!

Abdulla Oripov – shoir!

Slayd 5

G’afur G’ulom kim???

Slayd 6

Adib bo’lsa – she’rlarichi?

Ababiyotshunos deyishimiz mumkinmi?

Publistchi?

Ham shoir, ham adib, ham adabiyotshunos, ham publist bo’lishi mumkin!

Ammo tarjimon bo’lishi mumkinmi???

Shoir bo’lsa – qissalar yaratganku!

Slayd 7

G’afur G’ulom shoir!

U “Sog’inish”, “Vaqt”, “Sen yetim emassan”, “Alisher” kabi ko’plab go’zal she’rlar yaratgan.

Slayd 8

G’afur G’ulom

adib!

U “Shum bola”, “Yodgor”, “Netay” kabi qissalari bilan o’zbek qissachiligi rivojiga salmoqli hissa qo’shdi.

Slayd 9

G’afur g’ulom

adabiyotshunos va publist!

U Navoiy, Mashrab, Muqumiy, Furqat kabi ko’plab adabiyotimizning yirik vakillari haqida maqolalar yozdi. Xususan, “Fol’klorni o’rganaylik”, “Shoir ayblaydi” (Furqat haqida), “Oybek – yozuvchi va olim” kabi ilmiy-publististik maqolalari mavjud. Undan tashqari ikki tomlik “Adabiy-tanqidiy maqolalar” (1971,1973) to’plami adibning adabiyotshunos sifatidagi ilmiy izlanishlari mahsulidir.

Slayd 10

G’afur G’ulom mening jonajon do’stim va ustozimdir: u qanchalik o’zbekniki bo’lsa, shunchalik tojik xalqining ham, boshqa qardoshlarimizning ham ulkan shoiridir.

Mirzo Tursunzoda

Slayd 11

G’afur G’ulom turkiy xalqlar she’riyati rivojiga buyuk hissa qo’shgan, butun ko’p millatli adabiyotimizning cho’ng, ko’rkam vakillaridan biri, barchamizning g’ururimiz bo’lgan ajoyib so’z san’atkoridir.

Chingiz Aytmatov

Slayd 12

G’afur G’ulomning o’lmas, barhayot she’rlari bugungi kunda o’z ona tili – o’zbek tilida, rus hamda boshqa qardosh xalqlar va xorijiy tillarda jaranglamoqda. G’afur G’ulom – xalq shoiri. U qaysi bir tilga tarjima qilinmasin, uzoq va mangu yashaydi.

Rasul Hamzatov

Slayd 13

Men rus shoiriman, G’afur G’ulom jahon she’riyatiga qanday yangilik olib keldi, deb so’rasalar, aytar edimki, o’zbek shoiri hayot shodliklarini madh etdi, Osiyoning yangi kishisi obrazini yaratdi, yaratgan Sharq qo’shig’ini kuyladi. U tasvirlagan yangi inson qadrdon diyorining qiyofasini o’zgartirdi…

U o’zining shoirona iste’dodi bilan o’zbek she’riyatini, o’zbek xalqining mehnatini ulug’ladi.

Nikolay Tixonov

Slayd 14

shoir G’afur G’ulomni inson

G’afur G’ulomdan ajratish qiyin.

U mukammal shaxs edi. Shuning uchun ham uning she’rlarini hayotidan va aksincha, hayotini she’rlaridan ajratib bo’lmaydi. Hayotda ham, she’rlarida ham u saxiy qalbli inson edi, odamlarni chin dildan sevardi.

Konstantin Simonov

Mening tasavvurimda

Slayd 15

G’afur G’ulom ijodiyoti – zo’r gulxan, uning har qanday ko’rinishi xilma-xil yonish, ya’ni nur va harorat, demakdir. G’afur G’ulom poeziyasining zo’r kuchi, jozibasi, ko’zni qamashtirib yuboradigan go’zalligi shundadir.

Abdulla Qahhor

Slayd 16

G’afur G’ulom sharq she’riyati tarixini ham, rus va Yevropa poetik madaniyatini ham mukammal bilgan va o’zlashtirgan shoir edi. Ammo, uning ijodida Jambulga xos soddalik bilan Umar Xayyomga xos falsafiylik va teranlik ko’proq bo’rtib turadi.

Naim Karimov

Slayd 17

Birinchi she’riy to’plami 1931-yilda “Dinamo” nomi ostida chop etiladi.

1932-yilda ikkinchi “Tirik qo’shiqlar” she’riy to’plami nashr qilinadi.

“Sharqdan kelayotirman” to’plami uchun Davlat mukofotini oladi.

1933-yilda “Ko’kan” nomli poemasini yozadi.

“To’y va “Ikki vasiqa” balladalari mashhur.

“Farzandlarimga” (1983) she’riy to’plami nashr etildi.

“Bari seniki” (1953) she’riy to’plami chop qilindi.

nazmi

Slayd 18

Gafur Gulomning ilk ijodining debochasi 1923 yilda matbuotda e’lon qilingan “Go’zallik nimada?” she’ridir.

Gafur Gulom urush yillarida samarali ijod qildi. “Kuzatish”, “Soginish”, “Xotinlar”, “Sen yetim emassan”, “Bizning ko’chada ham bayram bo’lajak” , “Biz yengamiz”, “Men yahudiy”, Oltin medal”, “Suv va nur” she’rlari ayni shu davrning mahsulidir.

“Kuzatish” (1941) she’rida shoir o’z o’g’li Jo’rani frontga jo’natishi haqida yozgan. Asarda G’afur G’ulom o’z shaxsiy hayotini jamiyat va xalq hayoti bilan bog’lab tasvirlaydi.

Slayd 19

«Qish va shoirlar» (1929);

«Non» (1931);

«Toshkent» (1933);

«Qutbda saylov» (1937);

«Men Yahudiy» (1941);

«Qish» (1941);

«Xotin» (1942);

«Afsuski, afsusni qo’shib ko’mmadi» (1945)

singari she’rlarda aks etdi.

Insonga xos mangu tuyg’ular

Slayd 20

«Bog’» (1934);

«Sog’inish» (1942);

«Kuz keldi» (1945);

«Kuzgi Ko’chatlar» (1948);

“Chaman”

“Bahor ohanglari”

kabi she’rlarida gavdalanadi.

Obod, tabiat va qalb, bog’, saxiy bog’bon, umiddagi kelajak singari tuyg’ular

Slayd 21

«Sen yetim emassan» (1942);

«Sog’inish» (1942);

«Biri biriga shogird, biri biriga ustod» (1950);

«Sizga» (1947);

«Bahor taronalari» (1948);

singari she’rlari xalq ko’nglidan chuqur joy oldi.

Yurt, xalq, kelajak oldidagi mas’ullik, Ota timsoli aks etgan

Slayd 22

Gafur Gulomning barchaga ma’lum va mashhur “Sen etim emassan” she’ri kuchli ichki tug’yon bilan yozilgan.

Ushbu she’r ikkinchi jahon urushi ayni dahshatli tus olgan bir paytda, beomon, qonli qirg’in olovi ostida qolgan belorus, ukrain va rus tuprog’ida ota-onasiz etim bo’lib qolgan murg’ak go’daklarning O’zbekiston tuprog’iga olib kelinishi davrida yozilgan.

She’rda shoirning o’z boshidan kechirgan etimlik yillarining dahshatli mashaqqatlari lirik chekinish orqali ochib berilgan. Shoir o’z xotiralarini izchil kuchayib boruvchi poetik pafos bilan she’rxonga etkazishga, uni o’zining dardli xotiralari bilan oshno etishga muvaffaq bo’lgan.

“Sen yetim emassan”

Slayd 23

Mehribon ota

Faylasuf shoir

Bebaho homiy

Rahmdil inson

Ishonchli qo’riqchi

Shoir “men”i

“Sen yetim emassan” she’ri markazida

Slayd 24

She’r 1945 yilda fashizm ustidan qozonilgan g’alaba munosabati bilan yoziladi.

Bu she’rni shoir unga soat taqdim etgan jiyani – moyor Hamidulla Husan o’g’liga bag’ishlagan.

Bir onning bahosin o’lchamoq uchun

Oltindan tarozu, olmosdan tosh oz.

Nurlar qadami-la chopgan sekundning

Barini tutolmas ayhannos ovoz

(“Vaqt”)

“Vaqt” she’ri

Slayd 25

Inson umri

Hayot va mamaot masalasi

Muqaddas insoniy hislar va sezimlar

Hayot falsafasi

Urush va tinchlik

Tarix sahifalari

Umrboqiylik siri

Ezgulik va

yovuzlik jangi

Vaqt – lahzaning mohiyatiga

Slayd 26

Inson hayoti davomida nimadan unumli foydalanishi kerak?

Umr daftari nima?

Nemish generali necha sekundda qo’l qo’ydi?

She’rda “G’uncha ochulguncha o’tgan fursatni” nimaning umriga qiyos etgan?

Ba’zida bir nafas olgulik muddat nimaning so’nishi uchun yetgulik?

“Bir onning” bahosin o’lchamoq uchun nimalar kerak?

Tiriklikning ko’rki nimada deb o’ylaysiz?

Bu hayotda adib nimani g’animat deb biladi?

She’rni nimaga abadiy haykal qo’yiladi?

She’rning asosiy mohiyati nimaga qaratgan?

“Vaqt” she’ri yuzasidan savollar

Slayd 27

Jahon urushi

Reyxstag

Fashist generali

Gerostrat

Diana ma’badi

Tarix zarvaraqlarida

Slayd 28

“Kuzatish”ning mantiqiy davomi hisoblanib, bu she’r 1942 yilda yaratilgan. “Kuzatish”da o’z o’g’lini urushga jo’natayotgan ota timsoli tasvirlangan bo’lsa, “Sog’inish” she’rida farzand sog’inchi ila o’rtanayotgan “o’zbek otasi”ning yaxlit siymosi aks ettirilgan.

Ye, o’g’lim, jonginang salomat bo’lsin,

O’z bog’ing, o’z mevang danagin saqla.

Shu meros bog’ingni o’z qo’lingga ol,

Menga topshirilgan merosiy haq-la.

(“Sog’inish”)

“Sog’inish” she’ri

Slayd 29

1. Eng kichik zarradan Yupitergacha kim murabbiy?

2. Uzilgan nima abad yo’qolmaydi?

3. Xoki anjir tugab, nima g’arq pishgan?

4. Shoir “iblisning g’arazi” deganda nimani nazarda tutadi?

5. “Sog’inish” qahramoni “xazinai umrimdan yo’qotdi olmos” deganda kimni nazarda tutadi?

6. She’rda qaysi shoir tilga olinadi?

7. Hasharchi qo’shni qiz kim?

8. Shafaqday nimpushti, sarin, beg’ubor, deya shoir nimani ta’riflamoqda?

“Sog’inish” she’ri yuzasidan savollar

Slayd 30

G’afur G’ulom “Alisher” she’rini ulug’ mutafakkir bobomiz Mir Alisher Navoiyning tavallud to’yi munosabati bilan 1948-yilda yozadi.

Yuksak tog’ oralab o’kirgan she’rning

Na’rasiga tengdir aksi sadosi,

Besh yuz yil yangradi tog’day Vatanda

Buyuk Alisherning asriy nidosi.

(“Alisher”)

“Alisher” she’ri

Slayd 31

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 32

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“G’afur G’ulom she’riyati Vaqt tahlili” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar