Fuqarolar ijtimoiy ta’minotida pensiya va nafaqalarning o‘rni va
6000 so'm

=== Taqdimot: Fuqarolar ijtimoiy ta’minotida pensiya va nafaqalarning o‘rni va.pptx ===
=== Slayd 1 ===
FUQAROLAR IJTIMOIY TA’MINOTIDA PENSIYA VA NAFAQALARNING O‘RNI VA AHAMIYATI
=== Slayd 2 ===
Pensiya va nafaqalar tushunchasi.
Pensiya va nafaqalar tayinlash shartlari va tartibi.
Pensiya va nafaqalar tizimida amalga oshirilgan islohot va so‘nggi o‘zgarishlar.
REJA:
=== Slayd 3 ===
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (46–modda)
Har kim qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, ishsizlikda, shuningdek boquvchisini yo‘qotganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot huquqiga ega.
=== Slayd 4 ===
Ko‘pchilikda pensiya va nafaqalar bir xil ma’noni anglatadi degan tushunchalar mavjud.
Bu haqda bilasizmi?
Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi Qonuniga muvofiq, bu ikki tushuncha bir-biridan farqlanadi.
Aslidachi?
=== Slayd 5 ===
Yodda tuting!
Pensiya olish uchun fuqarolar muayyan ish staji va ish haqiga ega bo‘lishi talab etiladi (amaldagi qonunchilikka ko‘ra kamida 7 yil).
Nafaqalar olish uchun hech qanday ish staji talab qilinmaydi va uning miqdori Prezident farmon va Qarorlarida belgilab qo‘yiladi.
Demak, mehnat staji 7 yil bo‘lganlar pensiya olish huquqiga ega bo‘lsa, mehnat staji 7 yildan kam bo‘lgan fuqarolar nafaqa olish huquqiga ega bo‘ladi.
=== Slayd 6 ===
Pensiyalar
Umumiy asoslarga ko‘ra:
Erkaklar 60 yoshdan, ish staji 25 yil bo‘lgan bo‘lsa, ayollar 55 yoshdan ish staji 20 yil bo‘lsa;
Pensiya va nafaqalar bilan ta’minlashning umumiy shartlari
Nafaqalar
Erkaklar uchun 65 yoshdan boshlab, ayollar uchun 60 yoshdan belgilanadi.
=== Slayd 7 ===
Yoshga doir nafaqalar
Nogironlik nafaqasi
Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi
Pensiya va nafaqa turlari
Yoshga doir pensiyalar
Nogironlik pensiyasi
Boquvchisini yo‘qotgnlik pensiyasi
Pensiya
Nafaqalar
=== Slayd 8 ===
Yoshidan qat’iy nazar belgilab qo‘yilgan ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar va umumiy belgilangan yoshni 5, 10,15 yilga qisqartirgan holda:
Yoshidan qat’iy nazar belgilab qo‘yilgan ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar masalan, uchuvchilar erkaklar 25 yil, ayollar 20 yil ish stajiga ega bo‘lsa;
Urush qatnashchilari va ularga tenglashtirgan shaxslar (5 yil oldin);
Yer osti ishlarida, mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda to‘liq ish kuni davomida band bo‘lgan xodimlar masalan tog‘ kon ishchilari, sirkchilar va teatr artistlarining ayrim toifalari (10 yil oldin);
Liliputlar va pakanalar erkaklar ish staji 20, ayollar 15 yil stajga ega bo‘lsa (15 yil oldin).
Pensiya uchun qanday imtiyozlar bor
=== Slayd 9 ===
Nafaqalar uchun qanday imtiyozlar bor
Bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor onalarga dan 55 yosh boshlab nafaqalar tayinlanadi.
=== Slayd 10 ===
Pensiya tayinlashda taqdim etiladigan asosiy hujjatlar (2005-yilgacha bo‘lgan vaqt):
ish stajini, hamda maxsus ish stajini tasdiqlovchi hujjat;
ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va boshqa hujjatlar.
=== Slayd 11 ===
pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab 60 kungacha murojaat qilinsa – pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan, ya’ni pensiya tayinlash yoshiga etgan va ish stajiga ega bo‘lgan kundan boshlab;
60 kunlik murojaat qilish muddati o‘tkazib yuborilganda murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi.
Pensiya tayinlash muddatlari
=== Slayd 12 ===
Bir pensiyadan boshqasiga o‘tkazish pensioner tegishli ariza va barcha zarur hujjatlar bilan murojaat etgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan e’tiboran amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga yuqorida ko‘rsatilgan tartibda pensiya tayinlanadi.
=== Slayd 13 ===
2017-yil 1-fevral – pensiya va nafaqalar naqd pul shakliga o‘tkazildi;
2021-yil 8-may – urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarning pensiyasi minimal 2 mln 500 so‘m qilib belgilandi;
2019-yil 1-yanvar pensiya yoshiga etganlar ish haqi va pensiyasini 100% oladi;
2022-yil o‘zini o‘zi band qilgan 68 turdagi kasb egalariga va xorijdagi fuqarolar ijtimoiy soliqlarni to‘lasa mehnat stajiga ega bo‘lishi belgilab qo‘yildi;
2023-yil yangi qabul qilingan Konstitutsiyaga ko‘ra pensiya va nafaqalar miqdori yashash minimumlaridan kam bo‘lmasligi lozim.
Pensiya va nafaqalar tizimida so‘nggi yangilik va islohotlar
=== Slayd 14 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.