- Savatga boshqa "HEARING ENGLISH IN CONTEXT" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
=== Taqdimot 1 ===
Fizika o‘qitish metodlari va ularni sinflarga ajratish
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
O‘quv metodlari: illyustratsiyalab tushuntirish metodi, reproduksiyalash metodi, muammoli bayon qilish metodi, evristik yoki ayrim qidiruv metodi, tadqiqot metodi.
O‘qitish metodlari haqida.
O‘qitish metodlarining asosiy tarkibiy qismlari.
01
02
03
=== Taqdimot 3 ===
Pedagogika va didaktikadan o‘quv kitoblarining mualliflari ham o‘qitish metodlarini turlicha aytishadi va ularning mazmunini ham har xil ta’riflashadi. Ayrim mualliflar o‘qitish metodini o‘quv ishini bajarishning yig‘indisi deyishsa, ikkinchilari o‘qituvchilar-ning talabalarni bilmaslikdan bilishga olib kelish yo‘li deyishadi, uchinchilari esa, o‘qitish mazmunining shakli deyishadi, to‘rtinchilari bo‘lsa, maqsadga erishish uchun o‘qituvchi bilan talabalarning birgalikdagi harakati qatori qarashadi.
=== Taqdimot 4 ===
Metod tushunchasining tuzilish modeli tarkibini quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
Natija yoki qo‘yilgan maqsadga erishish.
Qo‘yilgan maqsad.
Qo‘yilgan maqsadga eltuvchi harakat.
Harakatga kerak bo‘luvchi vositalar.
Bajarilgan harakat tufayli obyektning o‘zgarishi.
1
2
3
4
5
=== Taqdimot 5 ===
Biz metod to‘g‘risida qisqacha gapirib o‘tdik. Shu jihatdan qaraganda o‘qitish metodi o‘zigagina tegishli bo‘lgan xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar o‘qitish ishining boshqa ishlardan farqli tomoni bilan belgilanadi. O‘qitish jarayonida o‘zgarishga duchor bo‘luvchi obyekt talaba va talabalardir. Ularning har biri o‘zining fe’l-atvoriga, xohishiga, dunyoqarashiga, qobiliyatiga, ishonchiga va boshqa xususiyatlarga ega.
=== Taqdimot 6 ===
O‘qitish jarayonida bu xususiyatlar o‘qitishning maqsadiga ko‘ra o‘zgaradi. Amaliyotda, talaba yoki talabalarning o‘qishga ko‘ngli yo‘q, o‘qishni xohlamaydi, agar to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatilsa, yaxshi o‘qib ketish imkoniyati bor degan so‘zlarni ko‘p eshitamiz. Buning sababi nimada? degan savol tug‘iladi. Bizning fikrimizcha, buning sababi, o‘qituvchi talabaning maqsadini o‘zining maqsadi bilan uyg‘unlash-tira olmaganidadir. Albatta, o‘qituvchining maqsadi o‘qitishning maqsadiga mos kelishi kerak.
=== Taqdimot 7 ===
Masalan, o‘qituvchining maqsadi talabaga elektr dvigatelining tuzilishi va ishlash prinsipini tushuntirish bo‘lsa, talabaning maqsadi o‘qituvchi aytganlarini qunt bilan o‘qish va bayon qilingan materialni to‘g‘ri tushunish bo‘lib hisoblanadi. Demak, agar o‘qitish jarayonida o‘qituvchining maqsadi talabaning maqsadiga mos kelmasa, ikkalasini bir-biri bilan uyg‘unlashtirish kerak, buni o‘qituvchi amalga oshirishi zarur.
=== Taqdimot 8 ===
O‘qitish metodining modelini ketma-ketlikda qarash mumkin:
O‘qituvchining maqsadi. Bu o‘qitishning maqsadi bilan mos keladi.
Kerakli vositalarni qo‘llash bilan qilinadigan o‘qituvchining harakati.
Kerakli vositalarni qo‘llash bilan qilingan talabaning harakati. Bu harakat o‘qituvchining rahbarligi va ko‘rsatmasi bo‘yicha amalga oshirilishi kerak.
O‘qituvchining va o‘zining harakatlari tufayli talabaning ongi va bilimining o‘zgarishi.
1
2
3
4
5
Maqsadga erishish va o‘qitishning natijasi.
=== Taqdimot 9 ===
Agar o‘qitishning natijasi o‘qituvchining qo‘ygan maqsadi bilan mos kelsa, unda tutgan yo‘l to‘g‘ri tanlangan bo‘ladi. Mos kelma-gan holda metod, yoki bu metodni amalga oshirish uchun qo‘l-langan vositalar noto‘g‘ri tanlangan degan xulosa chiqarish mumkin. Demak, o‘qitish metodi, talabaning bilim va amaliy faoliyatini tashkil qilishga qaratilgan o‘qituvchining maqsadli harakati tizimidir.
=== Taqdimot 10 ===
O‘qitish metodining bunday umumiy ta’rifi turli metodlar orasidagi farqni ochib bera olmaydi. O‘qitish metodlari turlarining ko‘pligi, maqsadining har xil ekanligi, o‘z navbatida o‘qitish mazmunining turli ekanligidan kelib chiqadi. Metodning turliligi faqatgina o‘qitishning mazmuniga va maqsadiga bog‘liq bo‘lmasdan, talabalarning bilim darajasiga ham bog‘liqdir.
=== Taqdimot 11 ===
Bu aytilganlardan, o‘qitish metodlarini sinflarga bo‘lish zarurligi kelib chiqadi. Biroq bu yerda metodlarni sinfga bo‘lishning asosi sifatida nimani olish kerak, degan savol tug‘iladi. Bu masala bo‘yicha hozirgacha yagona fikr yo‘q.
Ayrim mualliflar metodlarni bilimning manbai bo‘yicha bo‘lishsa, ikkinchilari o‘qitishning didaktik maqsadi bo‘yicha bo‘lishadi, uchinchilari ma’lumotning turlari bo‘yicha bo‘lsa, to‘rtinchilari o‘qitish jarayonida o‘qituvchi bilan talabaning faoliyati bo‘yicha bo‘lishadi.
=== Taqdimot 12 ===
O‘qitish metodlarini yuqorida ko‘rsatilgan sinflarga bo‘lish, ilmiy jihatdan asoslanmagan. Shunga qaramasdan, ular o‘rta va oliy maktab amaliyotida keng ishlatilmoqda. Bunday bo‘lishning asossizligiga misol keltiraylik. Ma’lumki, ular ma’lumot bo‘yicha ta’minlanishiga ko‘ra, og‘zaki, ko‘rsatmali va amaliy turlarga bo‘linadi.
=== Taqdimot 13 ===
Bunda laboratoriya ishi, metodlarning amaliy turiga kiradi. Biroq laboratoriya ishini bajarish og‘zaki so‘zni, ko‘rsatmalilikni va amaliy ishlarning barchasini qamrab oladi. Natijada, unda o‘qituvchining tushuntirishi, turli nazariy masalalar bo‘yicha suhbatlashishi, tajribalar ko‘rsatishi, masala ishlash, eksperiment o‘tkazish, o‘quvchilar bilimini tekshirish va kitob bilan ishlashlarning barchasi ishtirok etadi. Bunday holda, buni o‘qitishning amaliy metodi deb aytish to‘g‘ri emas.
=== Taqdimot 14 ===
Jumladan, mashhur didaktiklar I.Ya.Lerner va M.N.Skatkinlar o‘quv metodlarini quyidagi turlarga ajratishadi. Bunday ajratishning asosida talabalarning mustaqilligi va bilish faoliyati yotadi. Ular quyidagilardan iborat:
Illyustratsiyalab tushuntirish metodi.
Reproduksiyalash metodi.
Muammoli bayon qilish metodi.
Evristik yoki ayrim qidiruv metodi.
1
2
3
4
5
Tadqiqot metodi.
=== Taqdimot 15 ===
Illyustratsiyalab tushuntirish metodi qo‘llanganda, o‘qituvchi turli vositalar yordamida talabalarga o‘quv materialini tushuntiradi, talabalar esa, materialni tayyor holda qabul qilishadi hamda tushunishga harakat qilib, esda saqlab qolishadi. Bu jarayonda o‘qituvchi materialning mazmunini og‘zaki bayon qiladi va turli o‘qitish vositalaridan foydalanadi hamda darsni tashkil etishning turli shakllaridan foydalanadi va mohirlikning namunasini amalda ko‘rsatib beradi.
=== Taqdimot 16 ===
Bunday metod yoshlarga bilim berishning eng unumli yo‘llaridan biridir. Uning samarali ekanligi umumta’lim maktab, AL va oliy o‘quv yurtlarining ko‘p yillik amaliyotida sinalgan va o‘qitishning barcha bosqichlarida foydali deb hisoblangan. Biroq ushbu metodni qo‘llab dars o‘tganda, talabaning faoliyatini qabul qilish, tushunish va esda saqlab qolish bilangina cheklanadi. Ular olgan bilimning sifati tekshirilmaydi va uning amalda qo‘llanishi shakllantirilmaydi. Bu maqsadga erishish uchun o‘qitishning reproduksiyalash metodi qo‘llaniladi.
=== Taqdimot 17 ===
Bu metodni qo‘llagan paytda, o‘qituvchi talabalarga turli vazifalar berish bilan, ular egallagan bilimning sifatini tekshiradi. Talabalar o‘qituvchining savoliga ko‘ra, esida saqlab qolganlarini aytib berishadi, auditoriyada o‘qituvchi ko‘rsatgan masalaga o‘xshash masalalarni yechishadi. Berilgan reja bo‘yicha insholar, bayonlar va referatlar yozishadi. Tayyor ko‘rsatma bo‘yicha fizika va kimyodan tajribalar o‘tkazishadi. O‘quv adabiyotida berilgan yoki o‘qituvchi ko‘rsatgan rasmlarni, grafiklarni yoki chizmalarni chizishadi va kerakli jadvallarni to‘ldirishadi.
=== Taqdimot 18 ===
Reproduksiyalash metodining samaradorligini oshirish uchun metodistlar, ayrim tajribali o‘qituvchilarning ko‘nikmalar tizimini, didaktik materiallarni, dasturlangan o‘quv qurollarni, tayanch signallarni, konspektlarni va bloklarni tuzishadi. Jumladan, V.F.Shatalovning dars berish usuli bunga ochiq misol bo‘la oladi. Ushbu metodni qo‘llash, o‘qitishni algoritmlashtirishga bog‘liq.
=== Taqdimot 19 ===
O‘quv materialini muammoli bayon qilishning mazmuni quyidagicha. O‘qituvchi darsda o‘quv materialini tushuntirishda, talabalarning oldiga kerakli muammolarni qo‘yadi va ularni hal qilish yo‘llarini ko‘rsatib beradi. Bundan asosiy maqsad ularga muammoni, muammoli vaziyatning mazmunini tushuntirish, qanday savollar yoki masalalarni o‘quv muammosi sifatida qarash mumkinligini bildirish, uni hal qilish yo‘llarini ko‘rsatishdan iborat bo‘ladi.
=== Taqdimot 20 ===
Biz tanishayotgan metodlarning to‘rtinchisi qidiruv yoki evristik metod deyiladi. Bu metodning mazmunini, qo‘yilgan o‘quv muammosini hal qilishda, talabalarning faol ishtirok etishi tashkil etadi. Metodning nomidan ko‘rinib turibdiki, bilimlarning asosini egallash uchun talaba va talabalar ayrim qidiruv ishlarini bajari-shadi. Bu holda o‘qituvchi ulardan qo‘yilgan muammoni ko‘ra bilishni, materialning mazmuniga mos savollar topishni, muammoni hal qilishga tegishli fikrlarni taklif qilishni, dalillar asosida xulosa chiqarishni, natijani tekshirish rejasini tuzishni va boshqalarni talab qiladi.
=== Taqdimot 21 ===
Xuddi shunday, o‘qituvchi murakkab masalani talaba va talabalarga tushunarli bo‘lgan kichik topshiriqlarga bo‘lib, ularni bajarish bilan umumiy muammoni hal qilishga erishadi. Usulning bunday varianti-ga evristik suhbat deyiladi. Chunki, bu holda, talaba va talabalar har bir savolga javob qidirish bilan o‘zlari olgan bilimlarini reproduksiya-labgina (namoyon qilibgina) qolmasdan, mustaqil qidirishga ham majbur bo‘ladi, natijada ular bilishning yangi bosqichiga ko‘tarilishadi.
=== Taqdimot 22 ===
Tadqiqot usuli talabalarning bilimlari hamda amaliy faoliyatlarining eng yuqori darajada bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Bu usulda ham o‘quv muammosini o‘qituvchi tuzadi, uni hal qilish esa talabalar tomonidan amalga oshiriladi. Ayrim hollarda, talaba yoki talabalar olgan bilimlariga asoslanib, muammoli holatni o‘zi tuzadi va uni mustaqil hal qiladi. Agar o‘zi hal qila olmasa, bu ish o‘qituvchining bevosita yordamida bajariladi. Bu usul, o‘qitishning eng rivojlangan turi yoki talabani bilimga ega bo‘lishining yuqori darajasi bo‘lib hisoblanadi.
=== Taqdimot 23 ===
Biz ko‘rib o‘tgan barcha usullarda o‘qitish jarayoni turli vositalarni qo‘llash asosida amalga oshiriladi. Bu vositalarga darslik, qo‘shim-cha o‘quv-metodik qo‘llanmalar, turli didaktik materiallar, ko‘rgaz-mali qurollar, texnik vositalar va kinofilmlar kiradi.
Albatta, o‘qitishning ko‘rsatilgan metodlari hozirgi talabga to‘la javob beradi va ular o‘zining eng yuqori darajasiga yetgan deyish, noto‘g‘ri bo‘ladi. Chunki, o‘qitish va tarbiyalash jarayonining mazmuni jamiyatning rivojlanishiga mos holda o‘sib, rivojlanib va o‘zgarib turadi. Shuning uchun, o‘qitish metodlarining mazmuni va shakli ham rivojlanib boradi.
=== Taqdimot 24 ===
O‘qitish metodlari quyidagi yo‘nalishlarda rivojlantirilishi mumkin:
O‘qitishning tarbiyaviy funksiyasini kuchaytirish orqali, ya’ni boshqacha aytganda, talabalarning olamga ilmiy-materialistik dunyoqarashini, g‘oyaviy ishonchini, fidoyilik, odamgarchilik, insonparvarlik va vatanparvarlik kabi muqaddas burchlarni bajarish maqsadida rivojlantirilishi zarur.
1
=== Taqdimot 25 ===
2
O‘qitish metodlarining rivojlanishi talabalarning ongini, insoniy sifatini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilishi kerak, boshqacha aytganda, o‘qitish ularni rivojlantirishi zarur. O‘qitishning bunday metodi qo‘llanganda, talabalar oldin ega bo‘lgan bilimlariga tayanib, yuqori darajadagi fikrlashni talab qiladigan harakatni bajaradi. Yuqorida aytilgan produktiv (mahsuldor) metodlar, o‘qitishning ushbu funksiyasini amalga oshirishga xizmat qiladi. Biroq ularni uyushtirish shakllari ilmiy jihatdan tadqiq qilishni va maxsus dalillar bilan asoslashni talab qiladi.
=== Taqdimot 26 ===
Har qanday o‘qitish metodi, talabalarni mustaqil o‘qib-o‘rganishga ko‘niktirish yo‘nalishida rivojlanishi kerak. Bundan asosiy maqsad, har bir talaba yoki talabalarning bilishi o‘ziga xosligini, o‘z dunyoqarashi bilan faol fikrlashni, ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishdan iboratdir.
3
=== Taqdimot 27 ===
O‘qitish metodlarini asosan quyidagi uch katta qismlarga bo‘lish mumkin:
O‘quv ishini motivlashtiruvchi va rag‘batlantiruvchi metodlar.
1
O‘quv harakatlarini va amallarini bajarish va uyushtirish metodlari.
2
Tekshirish va o‘z-o‘zini tekshirish metodlari.
3
=== Taqdimot 28 ===
O‘quv ishini motivlashtiruvchi va rag‘batlantiruvchi metodlar:
O‘qishga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish; bilish o‘yinlari, o‘quv bahslari, emotsiyani rag‘batlantirish usullari va boshqalar.
1
O‘qishga mas’uliyatņi shakllantirish usullari: o‘qishga talab qo‘yish, o‘qishdagi yutuqlarni to‘g‘ri baholash, belgilash, taqdirlash va kamchiliklarni oshkora aytish usullari.
2
=== Taqdimot 29 ===
O‘quv harakatlarini va amallarini bajarish va uyushtirish metodlari:
Perseptiv metodlar (o‘quv ma’lumotlarini berish va his-tuyg‘u orqali qabul qilish). Og‘zaki bayon – ma’ruza, aytib berish, suhbatlashish; ko‘rgazmali metodlar – namoyish qilish, illyustratsiya, kino ko‘rsatish; audiovizual usullar – og‘zaki va ko‘rgazmali usullarning uyg‘unlashuvi; amaliy usullar – moslashish, tajriba va amaliy vazifalarni bajarish; kompyuter usullari.
1
Mantiqiy metodlar (mantiqiy amallarni bajarish va uyushtirish) – induktiv, deduktiv va taqqoslash metodlari.
2
=== Taqdimot 30 ===
Gnostik (bilish) metodlari (fikrlash amallarini bajarishni uyushtirish) – muammoli qidiruv, muammoni bayon qilish, evristik usul, tadqiqot usuli, reproduktiv usul, ko‘rsatma berish, illyustratsiyalash, tushuntirish, amaliy ko‘nikma va boshqalar.
3
O‘quv faoliyatini o‘zi boshqarish metodlari – o‘quv kitobi va qurollari hamda boshqa obyektlar, materiallar bilan mustaqil ishlash.
4
=== Taqdimot 31 ===
Tekshirish va o‘z-o‘zini tekshirish metodlari:
Tekshiruv metodlariga og‘zaki, yozma, laboratoriya va kompyuterda tekshirishlar kiradi.
1
Talabalarning o‘z-o‘zini tekshirishini uyushtirish yo‘llari.
2
=== Taqdimot 32 ===
O‘qitish metodlari, pedagogik adabiyotlarda qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun qo‘llaniluvchi usullarning yig‘indisi qatori qaraladi. Boshqacha aytganda, o‘qitish metodi o‘ziga bir necha metodik usullarni qamrab oladi. Masalan, muammoli qidiruv metodining mazmuniga quyidagi metodik usullar kiradi:
muammoli vaziyatni tuzishdagi muammoli savollar, masalalar, tajribalarni qo‘yish;
1
muammoli holatni hal qilish uchun taxminlarni tuzishda, hodisaning sababi, yuz berish shartlari to‘g‘risidagi fikrlarni aytish, kattaliklar orasidagi bog‘lanishlarni ifodalash;
2
=== Taqdimot 33 ===
o‘quv taxminlarini isbotlashda taqqoslash, mantiqiy mulohaza va tadqiqiy o‘quv tajribalarini o‘tkazishni asoslash;
3
yangi xulosalarni chiqarish hamda umumlashtirish va boshqalar.
4
=== Taqdimot 34 ===
O‘qitishning reproduktiv metodi quyidagi metodik usullardan iborat: o‘quv ma’lumotlarini o‘qituvchining tushuntirishi va talaba yoki talabalarning qabul qilishi, esida saqlab qolishi, takrorlashi va aytib berishi, o‘qituvchining savol berishi, eshitishi hamda baholashi.
O‘qituvchining mantiqiy metodlari o‘quv materialining ichidan asosiysini ajratib olish, materialni bir-biri bilan bog‘langan qismlarga (modullarga) ajratish, taqqoslash, umumlashtirish, aniqlashtirish va boshqalardan iborat.
=== Taqdimot 35 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.