Fizika o‘qitish metodlari va o‘qitish shakllari
5000 so'm

Slayd 1
Fizika o‘qitish metodlari va o‘qitish shakllari
Slayd 2
Reja:
Fizika o‘qitish metodlarini turkumlarga ajratish.
Fizika o‘qitishda o‘quvchilarni o‘quv faoliyatini jadallashtirish, induksiya va deduksiya, o‘xshatish va modellashtirish.
Fizika o‘qitish shakllari.
Fizikadan umumlashtiruvchi, yakunlovchi darslarni tashkil qilish, ularning strukturasi, maqsadi va vazifalari.
Slayd 3
Ilmiy bilishda to‘g‘ri tanlangan metod qilingan ilmiy kashfiyotdan qimmatlidir, chunki ushbu metod tadqiqotchiga bir emas, bir necha ilmiy kashfiyotlarni keltirishi mumkin. Hozirda fizikada ilmiy bilishning quyidagi metodlari ishlatiladi: analiz va sintez, induksiya va deduksiya, umumlashtirish, abstraktlashtirish va oydinlashtirish, klassifikatsiyalash, statistik usul va boshqalar.
Slayd 4
Analiz va sintez
Analiz – bir butunni, ya’ni yaxlitni qismlarga, bo‘laklarga va elementlarga ajratib, har birini alohida o‘rganib, nima ekanligini va ularning funksiyalarini bilishdir. Bu metodni qo‘llash natijasida butunni tashkil etgan qismlar, bo‘laklar va elementlarning butun tarkibdagi o‘rni aniqlanadi. Analiz orqali fan va hodisalarning tarkibi, tuzilishi aniqlanadi.
Sintez – analiz tufayli ajratilgan qismlar, bo‘laklar va elementlarni o‘zaro biriktirib, ularni yaxlit bir butun holga keltirib, ular orasidagi aloqa va bog‘lanishlarni bilishdir.
Slayd 5
Analiz va sintez bilish jarayonidagi bir, moddiy va mantiqiy amalning ikki tomoni bo‘lib, ularni bir-biridan ajratib qo‘llab bo‘lmaydi, chunki tabiatdagi va jamiyatdagi hamma narsalar, jarayonlar ko‘p tomonlidir.
Slayd 6
Umumlashtirish, abstraktlashtirish va oydinlashtirish
Umumlashtirish
Tadqiqotchi o‘rganayotgan fan yoki hodisalar ustida olib borgan kuzatish va tajribalari, analiz va sintezlarni o‘z tafakkurida umumlashtiradi, abstraktlashtiradi va oydinlashtiradi. Tafakkur jarayonida yuz beradigan bu amallar ham, ilmiy bilishning umumiy metodlarini tashkil etadi.
Slayd 7
Oydinlashtirish – umumlashtirish va abstraktlashtirish jarayonida ajratib olingan, e’tibordan soqit qilingan belgi va xususiyatlarni yana obyekt bilan bog‘lab, shu obyekt haqida aniq bir fikr hosil qilishdir. Demak, umumlashtirishdan abstraktlashtirishga va undan oydinlashtirishga o‘tish sodir bo‘ladi.
Abstraktlashtirish – bu tadqiqot olib borilayotgan bir qancha fan yoki hodisalarga xos bo‘lgan xususiyatlar va xossalarni fikran e’tibordan soqit qilib, tadqiqot uchun zarur hisoblangan biror belgi yoki xususiyatni ajratib olishdir.
Slayd 8
Induksiya va deduksiya
Ushbu metodlar bilishning shunday usulidirki, bunda tadqiqotchi o‘z tafakkurida tekshirayotgan obyekt to‘g‘risidagi bir qancha juz’iy dalillardan, ular haqidagi ayrim bilimlardan umumiyroq bilimlarga (induksiya) va umumiy bilimlardan juz’iy, qisman yoki xususiy bilimlarga (deduksiya) o‘tadi. Insonning bilish tajribasidan shu narsa ma’lumki, agar biror xususiyat bir sinf yoki jinsdagi hamma obyektlarga xos bo‘lsa, bu xususiyat shu sinf yoki jinsga oid har bir obyektga ham xos bo‘ladi.
Slayd 9
Metod grekcha so‘z bo‘lib, tadqiqot yo‘li, maqsadga erishish yo‘li degan ma’noga ega.
1. Qo‘yilgan maqsad.
2. Qo‘yilgan maqsadga eltuvchi harakat.
3. Harakatga kerak bo‘luvchi vositalar.
4. Bajarilgan harakat tufayli obyektning o‘zgarishi.
5. Natija yoki qo‘yilgan maqsadga erishish.
Metod tushunchasining tuzilish modelini quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
Slayd 10
Ayrim mualliflar metodlarni quyidagi sinflarga bo‘lishadi:
1. O‘qitish metodlarini bilim manbalari bo‘yicha bo‘linishi.
2. Metodlarni didaktik maqsadlar bo‘yicha bo‘linishi
3. Metodlarni ma’lumot turlari bo‘yicha bo‘linishi
4. Metodlarni o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyati bo‘yicha bo‘linishi.
Slayd 11
O‘qitish metodlarni yuqorida ko‘rsatilgan sinflarga bo‘lish, ilmiy jihatdan asoslanmagan. Shunga qaramasdan, ular o‘rta va oliy maktab amaliyotida keng ishlatilmoqda. Bunday bo‘lishning asossizligiga misol keltiraylik.
Ma’lumki, ular ma’lumot bo‘yicha ta’minlanishiga ko‘ra, og‘zaki, ko‘rsatmali va amaliy turlarga bo‘linadi.
Bunda laboratoriya ishi, metodlarning amaliy turiga kiradi. Biroq laboratoriya ishini bajarish og‘zaki so‘rovni, ko‘rsatmalilikni va amaliy ishlarning barchasini qamrab oladi.
Slayd 12
Natijada, unda o‘qituvchining tushuntirishi, turli nazariy masalalar bo‘yicha suhbatlashishi, tajribalar ko‘rsatishi, masala ishlash, eksperiment o‘tkazish, o‘quvchilar bilimini tekshirish va kitob bilan ishlashlarning barchasi ishtirok etadi. Bunday holda, buni o‘qitishning amaliy metodi deb aytish to‘g‘ri emas.
Slayd 13
Xuddi shunday fikrni ekskursiya, namoyish o‘tkazish va boshqalarda ham aytish mumkin. Bular o‘qitish metodi bo‘lmasdan, balki o‘quv ishini uyushtirish turlari bo‘lib hisoblanadi.
Slayd 14
Jumladan, mashhur didaktiklar I.Ya.Lerner va M.N.Skatkinlar o‘quv metodlarini quyidagi turlarga ajratishadi. Bunday ajratishning asosida o‘quvchilarning mustaqilligi va bilish faoliyati yotadi. Ular quyidagilardan iborat:
1. Illyustratsiyalab tushuntirish metodi.
2. Reproduksiyalash metodi.
3. Muammoli bayon qilish metodi.
4. Evristik yoki ayrim qidiruv metodi.
5. Tadqiqot metodi.
Slayd 15
Illyustratsiyalab tushuntirish metodi
Qo’llanilganda, o‘qituvchi turli vositalar yordamida o‘quvchilarga o‘quv materialini tushuntiradi, o‘quvchilar esa, materialni tayyor holda qabul qilishadi hamda tushunishga harakat qilib, esda saqlab qolishadi. Bu jarayonda o‘qituvchi materialning mazmunini og‘zaki bayon qiladi va turli o‘qitish vositalaridan foydalanadi hamda darsni tashkil etishning turli shakllaridan foydalanadi va mohirlikning namunasini amalda ko‘rsatib beradi.
Slayd 16
Biroq ushbu metodni qo‘llab dars o‘tganda, o‘quvchining faoliyatini qabul qilish, tushunish va esda saqlab qolish bilangina cheklanadi. Ular olgan bilimning sifati tekshirilmaydi va uning amalda qo‘llanishi shakllantirilmaydi. Bu maqsadga erishish uchun o‘qitishning reproduksiyalash metodi qo‘llaniladi.
Slayd 17
Reproduksiyalash metodining samaradorligini oshirish uchun metodistlar, ayrim tajribali o‘qituvchilarning ko‘nikmalar tizimini, didaktik materiallarni, dasturlangan o‘quv qurollarni, tayanch signallarni, konspektlarni tuzishadi. Jumladan V.F.Shatalovning dars berish usuli bunga misol bo‘ladi. Ushbu metodni qo‘llash, o‘qitishni algoritmlashga bog‘liq.
Slayd 18
Algoritmlashtirish deganda – o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘quv faoliyatini tashkil qilish tartibini hamda rejasini o‘rgatishni tushunamiz. Ular har bir o‘quv ishlarini ushbu algoritmga mos holda bajarishadi. Ammo bu holda ham ularning fikr yuritishi cheklanganligicha qolaveradi, ijodkorlik qobiliyatlari kerakli darajada o‘smaydi va rivojlanmaydi. Bunday rivojlanish, o‘quv materialni muammoli o‘qitish metodini qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
Slayd 19
O‘quv materialini muammoli bayon qilishning mazmuni quyidagicha:
O‘qituvchi darsda o‘quv materialini tushuntirishda, o‘quvchilarning oldiga kerakli muammolarni qo‘yadi va ularni hal qilish yo‘llarini ko‘rsatib beradi.
Slayd 20
Bundan asosiy maqsad – ularga muammoni, muammoli vaziyatning mazmunini tushuntirib, qanday savollar yoki masalalarni o‘quv muammosi sifatida qarash mumkinligini bildirish, uni hal qilish yo‘llarini ko‘rsatishdan iborat bo‘ladi. Muammoli bayon qilish o‘quvchilarni bilish jarayonining mantiq va usullari bilan tanishtiradi. Shu bilan birga, ular o‘quv materialni o‘zlashtirishga ijodiy yondashadi.
Slayd 21
Evristik yoki ayrim qidiruv metodi
Bu metodning mazmuni, qo‘yilgan o‘quv muammosini hal qilishda, o‘quvchilarning faol ishtirok etishini ta’minlaydi. Metodning nomidan ko‘rinib turibdiki, bilimlarning asosini egallash uchun o‘quvchilar ayrim qidiruv ishlarini bajarishadi. Bu holda o‘qituvchi ulardan qo‘yilgan muammoni ko‘ra bilishni, materialning mazmuniga mos savollar topishi, muammoni hal qilishga tegishli fikrlarni taklif qilishni, dalillar asosida xulosa chiqarishni, natijani tekshirish rejasini tuzishni va boshqalarni talab qiladi.
Slayd 22
Bilim olishga ijodkorlik bilan muomalada bo‘lishib, berilgan materialni oddiygina qabul qilmasdan, u to‘g‘risida o‘z fikrlarini aytishga, uning yangi tomonlarini, ko‘rinmaydigan belgilarini bilishga intilishadi. Ularning fikrlashlari reproduktiv emas, balki produktiv ma’noga ega bo‘ladi.
A
B
C
D
Slayd 23
Tadqiqot metodi
Tadqiqot metodi – o‘quvchilarning bilimlari hamda amaliy faoliyatlarining eng yuqori darajada bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi. Bu metodda ham o‘quv muammosini o‘qituvchi tuzadi, uni hal qilish esa o‘quvchilar tomonidan amalga oshiriladi. Ayrim hollarda, o‘quvchilar olgan bilimlariga asoslanib, muammoli holatni o‘zi tuzadi va uni mustaqil hal qiladi. Agar o‘zi hal qila olmasa, bu ish o‘qituvchining bevosita yordamida bajariladi. Bu metod, o‘qitishning eng rivojlangan turi yoki o‘quvchini bilimga ega bo‘lishining yuqori darajasi bo‘lishi hisoblanadi.
Slayd 24
Albatta, o‘qitishning ko‘rsatilgan metodlari hozirgi talabga to‘la javob beradi va ular o‘zining eng yuqori darajasiga yetgan deyish, noto‘g‘ri bo‘ladi.
Chunki, o‘qitish va tarbiyalash jarayonining mazmuni jamiyatning rivojlanishiga mos holda o‘sib, rivojlanib va o‘zgarib turadi. Shuning uchun, o‘qitish metodlarining mazmuni va shakli ham rivojlanib boradi.
Slayd 25
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, o‘qitish metodlarini asosan quyidagi uch katta qismlarga bo‘lish mumkin:
O‘quv ishini motivlashtiruvchi va rag‘batlantiruvchi metodlar.
1.1. O‘qishga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish: bilish o‘yinlari, o‘quv bahslari, emotsiyani rag‘batlantirish usullari va boshqalar.
1.2. O‘qishga mas’uliyatni shakllantirish usullari: o‘qishga talab qo‘yish, o‘qishdagi yutuqlarni to‘g‘ri baholash, belgilash, taqdirlash va kamchiliklarni oshkora aytish usullari.
Slayd 26
2. O‘quv harakatlarini va amallarini amalga oshirish va uyushtirish metodlari.
Perspektiv metodlar (o‘quv ma’lumotlarni berish va his-tuyg‘u orqali qabul qilish). Og‘zaki bayon – ma’ruza, aytib berish, suhbatlashish, ko‘rgazmali metodlar – namoyish qilish, illyustratsiya, kino ko‘rsatish; audiovizual usullar – og‘zaki va ko‘rgazmali usullarning uyg‘unlashuvi; amaliy usullar – moslashish, tajriba va amaliy vazifalarni bajarish; kompyuter usullar. Mantiqiy metodlar (mantiqiy amallarni bajarish va uyushtirish) – induktiv, deduktiv va taqqoslash metodlari.
Bilish metodlari (fikrlash amallarini bajarishni uyushtirish) – muammoli qidiruv (muammoli bayon qilish, evristik usul, tadqiqot usuli, reproduktiv usullar (ko‘rsatma berish, illyustratsiyalash, tushuntirish, amaliy ko‘nikma va boshqalar))
Slayd 27
3. Tekshirish va o‘z-o‘zini tekshirish metodlari.Tekshiruv metodlariga og‘zaki, yozma, laboratoriya va kompyuterda tekshirishlar kiradi.O‘quvchilarni o‘z-o‘zini tekshirishni uyushtirish yo‘llari.
Slayd 28
Fizika o‘qitishni uyushtirish shakllari o‘zining didaktik maqsadi bo‘yicha quyidagicha bo‘ladi:
Nazariy o‘qitish ishini uyushtirish shakllari quyidagilar: ma’ruza, konferensiya, fan bo‘yicha seminar, fakultativ kurslar.
Aralash mazmundagi o‘qitish. Bunga: dars, ekskursiya (tabiatga, ishlab chiqarishga, ilmiy laboratoriyalarga va boshqalar) kiradi.
Amaliy o‘qitish paytida, frontal laboratoriya ishlari, fan bo‘yicha praktikumlar va fakultativ praktikumlardan foydalaniladi.
Slayd 29
Umumta’lim maktablarida o‘quv ishlarini uyushtirishning asosiy shakli – dars
Darsda o‘quvchilarning tarkibi turg‘un bo‘ladi.
Dars auditoriyada yoki maxsus tayyorlangan xonada o‘tkaziladi.
Umumta’lim maktablarida darsning doimiy jadvali tuzilib, unda o‘tkazish vaqti va o‘rni ko‘rsatiladi.
Darsning umumiy didaktik maqsadi quyidagilardan iborat: yangi materialni o‘zlashtirish, mustahkamlash, o‘quvchilarda o‘quv malakalari va ko‘nikmalarni shakllantirish, ularning bilimlarini hisobga olish va baholash.
Slayd 30
Darsda induktiv va deduktiv, reproduktiv va samarali usullar qo‘llaniladi.
Darsda muammoli vaziyat yaratish, muammo dasturini taklif qilish va turli ko‘rsatmalar beruvchi qo‘llanmalardan foydalanish.
Darsda o‘quvchilarning eshitish, ko‘rish, kuzatish, tajriba o‘tkazish, adabiyotlar, o‘quv qurollar, modellar va maketlar bilan ishlashiga keng imkoniyat yaratish.
Darsda o‘quvchilarning bilimlarini frontal, og‘zaki, yozma shakllarda tekshirish va baholash.
Slayd 31
O‘qitishning bilim berish, rivojlantirish va tarbiyalash maqsadlariga ko‘ra, darsning quyidagi turlarini ko‘rsatish mumkin:
– yangi materialni o‘zlashtirishga bag‘ishlangan dars;
– o‘quvchilarning amaliy faoliyatini shakllantirishga qaratilgan dars;
– takrorlashga bag‘ishlangan dars;
– bilimlarni tekshirishga qaratilgan dars;
– umumlashtiruvchi dars;
– aralash turdagi dars va boshqalar.
Slayd 32
Umumta’lim maktablarida fizika o‘qitishda ko‘pincha aralash turdagi darslardan foydalaniladi. Chunki, bunday darslarda o‘qitishning barcha maqsadlarini ma’lum darajada amalga oshirishga imkoniyat tug‘iladi. Bunda darsning rejasi yoki umumiy tuzilishi quyidagi elementlardan iborat:
– darsning mavzusini aytish va uning ma’nosini tushuntirish.
darsning maqsadi: bilim berish, tarbiyalash va rivojlantirishdan iborat.
Bularning har biri mazmunini bayon qilish.
Slayd 33
Darsning ta’minlanishi: kerakli asboblar va materiallar, texnik vositalar hamda tarqatma didaktik materiallar va boshqalar.
Darsda fanlararo bog‘lanishni amalga oshirish.
Darsning borishi.
Darsning tashkiliy qismini, uning borishini va yakunini tahlil qilish, kerakli tuzatishlar kiritish va samarasini oshirish rejasini tuzish.
Biz bu yerda aralash turdagi darsning taxminiy an’anaviy tuzilishiga to‘xtalib o‘tdik.
Slayd 34
Endi yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, umuman darsga qo‘yiladigan ayrim talablarga qisqacha to‘xtalib o‘taylik:
– har bir dars o‘zicha mustaqil bo‘lib, ma’lum bir maqsadga erishishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak;
– darsning ilmiy darajasi yoki uning mazmunini ilmning yutuqlari bilan mos kelishi kerak hamda o‘qitishni tashkil qilishda pedagogika ilmi va amaliyotning yutuqlarida foydalanish zarur;
Slayd 35
– darsning g‘oyaviy yo‘nalishi o‘zining mazmuni bo‘yicha o‘quvchilarda insoniy xususiyatlarni shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak;
– darsni rivojlantirish maqsadini amalga oshirish uchun, o‘quvchilarga o‘quv materialini tayyor tarzda taklif qilmasdan, iloji boricha bilimga mustaqil ega bo‘lish yo‘llari bilan tanishtirish hamda to‘g‘ri fikr yuritishga va xulosa chiqarishga o‘rgatish;
– iloji boricha har bir darsda didaktik prinsiplarni qo‘llash;
Slayd 36
– har bir darsda o‘quvchilarning bilim darajasiga, hayotiy tajribalariga, tayanch bilimlarining sifatiga mos ko‘rgazmali obrazlarni hosil qilib, ular asosida abstrakt yuritishga olib keluvchi metodik usullarni va vositalarni qo‘llash;
– darsda iloji boricha, har bir o‘quvchining qobiliyatlarini namoyon bo‘lishiga va rivojlanishiga sharoit yaratish, o‘quvchining dars paytidagi psixologik, emotsional holatini hisobga olish, o‘qitishni insoniylik va demokratik prinsiplar asosida olib borish hamda insoniy muomalada bo‘lish;
Slayd 37
– darsda yangi bilimlarni tushuntirish bilan bir qatorda, bu bilimlarni o‘zlashtirish sifatini tekshirish va baholash ishlarini birgalikda olib borish;
– dars paytida o‘quvchilarning jamoaviy ishi bilan yakka ishlarini mos kelishini hisobga olish;
– darsda mustaqil ishga beriluvchi vazifaning mazmunini aniq bilish hamda uning maqsadini va zarur bajarish yo‘lini o‘quvchilar aniq tushunishi lozim.
Slayd 38
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 39
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.