FIZIKA O‘QITISH METODIKASINING PREDMETI, PRINSIPLARI VA TADQIQOT METODLARI
6000 so'm

FIZIKA O‘QITISH METODIKASINING PREDMETI, PRINSIPLARI VA TADQIQOT METODLARI
Fizika o‘qitish metodikasining predmeti, prinsiplari va tadqiqot metodlari
Fizika o‘qitish metodikasi — bu o‘quvchilarga fizik bilimlarni o‘rgatish, ularni ilmiy tafakkur, mantiqiy fikrlash, kuzatish va tajriba o‘tkazishga o‘rgatish jarayonini o‘rganadigan fan sohasidir. Uning predmeti, tadqiqot metodlari va prinsiplari o‘qitish jarayonining samaradorligini belgilaydi.
Fizika o‘qitish metodikasining predmeti
Fizika o‘qitish metodikasi ta’lim berish, tarbiyalash va rivojlantirish jarayonini o‘z ichiga oladi. U fizika kursining mazmuni, tarkibi, o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘qitish vositalari va ularni samarali qo‘llash usullarini ishlab chiqadi.
Uzluksiz ta’lim tizimida fizika o‘qitishning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
- Fizik qonunlar, tushunchalar va nazariyalarni o‘rgatish orqali ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;
- Fizika va texnikaning jamiyatdagi o‘rni va rolini tushuntirish;
- Talabalarni mustaqil fikrlash, ilmiy dalillarni tahlil qilishga o‘rgatish;
- Fizika va texnikani hayot bilan bog‘lash orqali o‘quvchilarda kasb tanlash motivatsiyasini kuchaytirish.
Shuningdek, fizika o‘qitish metodikasi o‘quvchi va talabalarda eksperimental ko‘nikmalarni shakllantirishga, asboblar bilan ishlash, o‘lchash, tajriba natijalarini tahlil qilishni o‘rgatishga qaratilgan.
Fizika o‘qitish metodikasining tadqiqot metodlari
Bu soha pedagogika va didaktika bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, o‘qitish jarayonini ilmiy asosda takomillashtirish uchun turli metodlardan foydalanadi. Asosiy tadqiqot metodlari quyidagilardir:
- Muammoni nazariy jihatdan o‘rganish: maxsus adabiyotlarni tahlil qilish, o‘quv dasturlarini solishtirish, yangi yondashuvlarni ishlab chiqish.
- Kuzatish: o‘qitish jarayonini bevosita yoki bilvosita tahlil qilish orqali o‘qituvchilar va talabalar faoliyatini o‘rganish.
- Suhbat usuli: o‘qituvchilar va talabalar bilan muloqotda bo‘lish, ularning fikr va tajribasini tahlil qilish.
- Anketa usuli: yozma so‘rovlar orqali ko‘p sonli respondentlardan ma’lumot to‘plash.
- Pedagogik eksperiment: o‘qitish jarayoniga yangi metod yoki vosita kiritish va uning samaradorligini sinovdan o‘tkazish.
1. Muammoni nazariy o‘rganish
Bu bosqichda o‘qituvchi ilmiy adabiyotlarni tahlil qiladi, turli manbalarni solishtiradi va umumlashtiruvchi xulosalar chiqaradi. Bu jarayon ijodiy tadqiqotning poydevorini tashkil etadi.
2. Kuzatish
Kuzatish — o‘qitish jarayonini tabiiy sharoitda o‘rganishdir. Tadqiqotchi o‘quvchilarning darsdagi faolligi, tajribalardagi ishtirokini kuzatib, tahlil qiladi. Bunday kuzatuvlar to‘g‘ri rejalashtirilsa, o‘qitish sifatini oshirishga yordam beradi.
3. Suhbat usuli
Suhbat o‘tkazish orqali tadqiqotchi talabalar va o‘qituvchilarning fikrlarini, muammolarini, qiziqishlarini o‘rganadi. Bu usulda savollar ochiq shaklda beriladi, shunda respondent o‘z fikrini erkin ifoda etadi.
4. Anketa usuli
Anketa orqali qisqa vaqt ichida ko‘plab o‘quvchilardan yozma ma’lumot olish mumkin. Savollar ochiq yoki variantli shaklda tuziladi. Bu metod statistik tahlil uchun qulay ma’lumotlar beradi.
5. Ilg‘or tajribani o‘rganish
Ilg‘or professor-o‘qituvchilarning tajribasini o‘rganish — metodikani boyituvchi muhim yo‘nalish. Bu darslarga qatnashish, konferensiyalarda ishtirok etish, chop etilgan ilmiy-metodik maqolalarni tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.
6. Pedagogik eksperiment
Pedagogik eksperiment — o‘qitish jarayoniga yangi metodlarni sinov tariqasida kiritishdir. Uning turlari:
- Aniqlovchi eksperiment — mavjud muammolarni aniqlash;
- Izlanuvchi eksperiment — yangi metodlarni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish;
- O‘qituv va tekshiruv eksperimenti — ishlab chiqilgan metodlarni amaliyotda tekshirish.
Fizika o‘qitish metodikasining prinsiplari
O‘qitish jarayonining samaradorligi didaktik prinsiplarga rioya qilish orqali ta’minlanadi. Asosiy prinsiplarga quyidagilar kiradi:
- Ilmiylik prinsipi: har bir mavzu ilmiy asosda tushuntiriladi.
- Ko‘rsatmalilik prinsipi: tajriba, rasm, model va vositalar yordamida tushuntirish.
- Onglilik va faollik prinsipi: o‘quvchining darsdagi ishtirokini faollashtirish.
- Nazariyani amaliyot bilan bog‘lash prinsipi: o‘rganilgan bilimlarni hayotiy misollarda qo‘llash.
- Tizimlilik va ketma-ketlik prinsipi: mavzularni mantiqiy tartibda o‘qitish.
- Tarixiylik prinsipi: fizik g‘oyalarning rivojlanish tarixini ochib berish.
- Mustahkamlik va ishonchlilik prinsipi: bilimni chuqur o‘zlashtirish va amaliy qo‘llash.
- Gumanizm prinsipi: o‘quvchi shaxsiga hurmat va e’tibor bilan yondashish.
Xulosa (Conclusion)
Fizika o‘qitish metodikasi — o‘quv jarayonining ilmiy, metodik va didaktik asoslarini birlashtiruvchi fan. Uning prinsiplari va tadqiqot metodlari o‘qituvchiga darsni samarali tashkil etish, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish imkonini beradi. Fizika o‘qitish metodikasining har bir elementi ta’limning sifatini oshirishga xizmat qiladi.
=== Taqdimot 1 ===
Fizika o‘qitish metodikasining predmeti, prinsiplari va tadqiqot metodlari
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
Fizika o‘qitish metodikasining predmeti.
Fizika o‘qitish metodikasining tadqiqot metodlari.
Fizika o‘qitish metodikasining prinsiplari.
01
02
03
=== Taqdimot 3 ===
O‘qitish jarayoni tushunchasi asosan quyidagi savollarga javob berishi kerak: 1.Yoshlarni nima uchun o‘qitamiz? Bu har bir davlatdagi o‘qitishning maqsadi va vazifasi orqali aniqlanib, direktiv hujjatlarda (konstitutsiya, ta’lim to‘g‘risidagi qonun, bilim berish konsepsiyalari, davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, dasturiy hujjatlar) ko‘rsatiladi.
Uzluksiz ta’lim tizimida fizika o‘qitishning maqsadi o‘quvchi va talabalarga ta’lim berish, ularni tarbiyalash va rivojlantirishdan iboratdir. Shu bilan birga fizikaning metodik masalalaridan bo‘lib, o‘quv kursining mazmunini, tarkibini va dasturini, uni o‘qitishga taalluqli darslik, o‘quv qo‘llanmalar va vositalarni aniqlash va ulardan o‘qitish jarayonida samarali foydalanish usullarini topish hisoblanadi.
=== Taqdimot 4 ===
ilmiy dalillar, tushunchalar, qonunlar, nazariyalar, fizika fanining tadqiqot metodlari, bilimlarni amalda qo‘llash va olamning ilmiy manzarasi to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantirish;
Uzluksiz ta’lim tizimida fizika o‘qitishning maqsadi o‘quv dasturlarining tushuntirish xatida quyidagi tarzda berilgan:
ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirish jarayonida fizikaning tutgan o‘rni va rolini tushuntirish asosida talabalarni siyosiy-g‘oyaviy, fidoiylik va milliy ruhda tarbiyalash, direktiv hujjatlarga mos tarzda ilm va texnikani rivojlanish darajasini ochib berish, fizika va texnikani rivojlanishiga vatanimiz va chet ellik olimlarning qo‘shgan hissalari bilan tanishtirish;
=== Taqdimot 5 ===
materiya tuzilishining birligini, tuzilishining cheksizligini, tabiatdagi saqlanish qonunlarining universalligini, fizik hodisalarning dialektik mohiyatini, fizik nazariyalarning uzluksizligi va izchilligini, fizikaning rivojlanishida nazariya bilan tajribani birgalikda qatnashishini, fizikani o‘rganishda amaliyotning rolini ochib berish;
ilmiy-texnik rivojlanishning asosiy jihatlari bilan tanishtirish – kompleks avtomatlashtirishni, elektronika va mikroprotsessorli texnikani, robototexnikani, atom energetikani, ishlab chiqarish va axborot texnologiyasining hamda yangi materiallarni ishlab chiqarish jarayonlari bilan talabalarni tanishtirish;
=== Taqdimot 6 ===
bilimlarga mustaqil ega bo‘lishni tushuntirish, darslik, o‘quv qo‘llanmalar, ma’lumot beruvchi ilmiy adabiyotlar hamda xrestomatik adabiyotlar bilan ishlash usullarini shakllantirish;
ayrim eksperimental ko‘nikmalarni shakllantirish: asbob-anjomlar bilan ishlash, o‘lchash, o‘lchash natijalaridan foydalanish va eksperiment asosida xulosa chiqarish, texnik xavfsizlikka rioya qilish;
fizika va texnikani bilishga qiziqtirish, bilish imkoniyatlarini rivojlantirish, o‘qishga samarali yondashishni shakllantirish, fizikani hayot bilan bevosita bog‘lab o‘qitish natijasida o‘quvchilarni kasb tanlashga tayyorlash, talabalarni esa kasbiy tayyorgarligini kuchaytirish.
=== Taqdimot 7 ===
Yoshlarga nimani va qancha o‘qitamiz?
Bu savolga javob umumta’lim maktab, akademik litsey va oliy ta’lim muassasalari mutaxassislik o‘quv rejalari hamda fizika o‘quv dasturlaridan, darsliklardan olinadi.
=== Taqdimot 8 ===
Yoshlarni qanday o‘qitamiz?
Amalda bu savolga aniq javob beradigan direktiv hujjat yo‘q. U o‘qitish metodlari, vositalari hamda o‘qitishni tashkil qilish shakllari orqali amalga oshirishga tegishli. Ularni ishlab chiqish, tanlab olish va foydalanish o‘qituvchilardan yuqori darajadagi ijodkorlikni talab qiladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mustaqillikka erishilgandan so‘ng, Respublikamizda ushbu sohaga alohida e’tibor berilib, “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonun qabul qilindi.Ushbu hujjat asosida O‘zbekistonda yoshlarni o‘qitishning yangi tizimiga o‘tildi va u hozirgi kunda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda.
=== Taqdimot 9 ===
Oliy ta’lim muassasalarida fizika o‘qitish metodikasi quyidagi bo‘limlardan iborat: fizika o‘qitishning umumiy nazariy masalalari; fizika kursining ayrim bo‘limlarini yoki mavzularini o‘qitish metodikasi; fizik eksperimentlarni bajarish metodikasi va texnikasi. U, fizika kursining barcha bo‘limlarining mavzulari mazmunini, tarkibini aniqlash va ularni o‘qitishni (xususiy metodika) didaktik nuqtai nazardan ta’minlash hamda o‘qitish metodlarini tanlash va ular asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish (umumiy metodika) bilan shug‘ullanadi.
=== Taqdimot 10 ===
Fizika o‘qitishning umumiy nazariy masalalariga quyidagilar kiradi:
turli ta’lim muassasalarida fizika o‘qitishning maqsadi va vazifalari;
ta’lim muassasalarida o‘qitiluvchi fizika kursining mazmuni, tuzilishi va hajmi;
fizika o‘qitishning metodologik va psixologik asoslari;
fizika o‘qitish jarayonida politexnik ta’lim berish va uni amaliyot bilan bog‘lash;
=== Taqdimot 11 ===
fizika o‘qitish jarayonida talabalarda ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish va ularning fikr yuritishini o‘stirish;
o‘qitishning adekvat texnologiyasi, metodlari hamda vositalari, o‘qitishning tashkiliy shakllarini, talabalarning bilimini tekshirish va baholash mezonlarini aniqlash va boshqalar.
fizika kursini fanlararo aloqasini o‘rnatish va o‘qitishning turli bosqichlari orasida izchillikni amalga oshirish;
=== Taqdimot 12 ===
Fizika o‘qitishning umumiy masalalaridan keyin kursning mazmuniga tegishli har bir bo‘lim yoki undagi mavzularning o‘qitish metodikasi beriladi, unga xususiy metodika deyiladi. Unda, dasturda ko‘rsatilgan har bir mavzuning mazmuni, o‘quv materialining ketma-ketligi, undagi tushunchalarni shakllantirish yo‘llari, qonunlar va nazariyalarning mazmun va mohiyatini ochib berilishi, o‘quv materialining amaliy ahamiyati, talabalar ushbu materialni o‘zlashtirishi uchun zarur bo‘lgan qanday malaka va ko‘nikmaga ega bo‘lishi, masala yechishni, laboratoriya ishlarini bajarish yo‘llari va metodik xususiyatlari qaraladi.
=== Taqdimot 13 ===
Fizika o‘qitish metodikasining tadqiqot metodlari
Pedagogika yoki didaktikaning bo‘limi bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarida fizika o‘qitish metodikasi, o‘zining tadqiqot metodlariga ega bo‘lib, u jamiyat taraqqiyoti bilan hamohang rivojlanib va o‘zgarib boradi. Asosiy tadqiqot metodlari va usullari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: muammoning nazariy tanlanishi; oliy ta’lim muassasalarida fizika o‘qitishdagi ilg‘or va ijodkor o‘qituvchilarning tajribasini o‘rganish, ulardan foydalanish va umumlashtirish; taklif qilinayotgan tavsiyalarning samaradorligini tekshirish uchun o‘tkaziladigan tajriba-sinov ishlari va boshqalar.
=== Taqdimot 14 ===
Muammoni nazariy jihatdan o‘rganish
Bu metodning mohiyati, maxsus adabiyotlarni o‘qish natijasida fizika kursining mazmunini hamda uni o‘qitishning usullari va shakllarini hozirgi talablarga to‘g‘ri kelish darajasini aniqlash bo‘lib hisoblanadi. Adabiyotlar bilan ishlashda yangi fikrlarni kuzatishga, uni tanlashga, unga tegishli o‘z fikrini aytishga asosiy e’tiborni qaratish kerak. Bir masala bo‘yicha bir necha adabiyotlardan olingan fikrlarni taqqoslash, umumlashtirish va tizimlashtirish, umumlashtiruvchi maqola yozish ijodiy tadqiqotning asosini tashkil qiladi.
=== Taqdimot 15 ===
Kuzatishni amalga oshirish
Ilmiy kuzatishni amalga oshirish – haqiqatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bilish usulidir. U, bevosita ko‘p qirrali shaklda bo‘lishi mumkin. Birinchisida, tadqiqotchi o‘rganilayotgan jarayonni bevosita kuzatishi mumkin. Ikkinchisida esa, tadqiq qilinayotgan jarayon to‘g‘risidagi axborotlar boshqa manbalardan olinadi. Ikkinchi yo‘ldan foydalanish, vaqtincha samaralikka imkon beradi. Bu degani, har qanday pedagogik hodisani kuzatish, har bir tadqiqotchidan ko‘p vaqt talab qiladi. Masalan, talabalarning fizikadan olgan bilimlarini amalda qo‘llashini kuzatishni amalga oshirish uchun, tadqiqotchi ko‘p vaqtini sarflashi kerak. Agarda ushbu ma’lumotlarni o‘qituvchilar va guruh rahbarlaridan olinsa, unchalik ko‘p vaqt ketmaydi. O‘quv jarayonini bevosita kuzatish, amalda tadqiqotning sifatiga ijobiy ta’sir qiladi.
=== Taqdimot 16 ===
Kuzatish jarayonida olingan ma’lumotning sifati, uni rejalashtirishga bevosita bog‘liqdir. Kuzatishni amalga oshirish rejasiga nimalar kiradi? Kuzatish obyekti qachon va qanday kuzatilishi, kuzatishning natijalari qanday olinishi kerak? degan va boshqa savollar tug‘iladi. Masalan, talabalarning dars paytidagi faolligini kuzatishda, ularning harakatlarini jo‘ngina yozmasdan, texnik vositalar yordamida yozib olinsa, uning har bir elementi qo‘yilgan maqsad asosida tanlab olinadi.
=== Taqdimot 17 ===
Suhbat usuli
Suhbat usuli tadqiqotchidan maxsus malakalarni talab qiladi. Ular: talabalar va o‘qituvchilar orasidagi til topishish, ularning shaxsiy sifatlarini tushunish, psixologik holatlarini sezish, suhbatni tegishli yo‘nalishga bura bilish va boshqalar. Suhbat yurgizish texnikasi ham o‘ziga xos ma’noga ega. Buning uchun ishonchlilik muhitini tuzish, pedagogik etikani va taktni saqlash.
=== Taqdimot 18 ===
Suhbat chog‘ida tadqiqotchi talabalar yoki o‘qituvchilarga kerakli savollarni berib, ularga javob oladi. Bunda, asosiy masala bo‘lib, savollarni tanlash hisoblanadi. Masalan, tadqiqotchi talabalarning fizikaga bo‘lgan qiziqishini bilmoqchi bo‘lsa, u talabaga “Sen fizikaga qiziqasanmi”? degan savoli kerakli natijani bermaydi. Chunki, bu savolga talaba “ha” yoki “yo‘q” degan javobni berishi mumkin. Bu javobning qanchalik darajada haqiqat yoki yolg‘on ekanligi, o‘qituvchiga avvalgiday noma’lum bo‘lib qolaveradi. Bunday paytda talabadan fizikaning qaysi bo‘limi qiziqarli ekanligi, masala yechishda qanday usullardan foydalanishi, uy vazifalarini har doim bajarishga qancha vaqt sarflashi, qanday qiyinchiliklarga duch kelishiga oid savollar berish foydalidir.
=== Taqdimot 19 ===
Suhbatlashishning natijasini aniqlash ham o‘ziga xos ma’noga ega. Ayrim hollarda, tadqiqotchi suhbatning borishini esida saqlab qolib, suhbat yakunlangandan keyin barchasini yozib oladi. Ammo, yozib olish ochiq olib borilganda, javob beruvchi o‘zini erkin sezmasdan, fikrini ochiq ayta olmagan holatlar ham uchraydi. Shuning uchun ko‘pchilik hollarda suhbatni yozib olish vositasi yordamida yozib olinib, undan keyin maxsus tanlash, o‘zining yaxshi natijasini beradi.
=== Taqdimot 20 ===
Tadqiqotning anketa usuli
Bu holda tadqiqotchi talaba va o‘qituvchilarga savollarni yozma ravishda berib, ulardan javoblarni ham yozma tarzda oladi. Bu usulning ijobiy tomoni shundaki, oz vaqt ichida ko‘pchilik bilan muloqot qilish mumkin.
=== Taqdimot 21 ===
Anketa savollarini tuzishda quyidagilarni hisobga olish taklif qilinadi:
Savollar ochiq shaklda berilib, javoblarning variantlari oldindan aniqlanmaydi, talabalar va o‘qituvchilar javoblarni o‘zlari xohlagan shaklda bayon qilib, yozib berishadi.
Savollarning javoblari oldindan dasturlab qo‘yiladi. Anketaga javob beruvchilar taklif qilingan javoblarning variantlarini o‘zlari to‘g‘ri deb hisoblaganini ostiga chizib yoki belgilab qo‘yishadi.
Javob beruvchilar taklif qilingan javoblarning variantlaridan tashqari o‘zlarining o‘y-fikrlarini yozib berish huquqiga ega.
=== Taqdimot 22 ===
Ilg‘or professor-o‘qituvchilarning pedagogik tajribasini o‘rganish
Pedagogik tajriba – o‘qitish va tarbiyalashning amaliyotini tushuntiradi. Unga ayrim ilg‘or professor-o‘qituvchining yoki tarbiyachining ish tajribasidan tortib, kafedraning yoki pedagogik jamoaning ham ish tajribasi qo‘shiladi. Alohida o‘qituvchining tajribasi uning darsiga qatnashish, suhbatlashish va ilmiy-metodik jurnallarda chop etilgan maqolalarini o‘qish orqali o‘rganiladi.
=== Taqdimot 23 ===
Ilmiy-metodik seminarlarga, konferensiyalarga, pedagogik o‘qishlarga qatnashish va maqolalarni turli jurnallarda chop etish bir qancha o‘qituvchilarning tajribasini o‘rganishga, tadqiqotchilarning olib borayotgan izlanishlari natijalari bilan tanishishga imkon beradi. Bunday yig‘inlarda aytilgan fikrlar va ma’ruzalar orqali o‘qituvchilar o‘z tajribasi bilan boshqalarni tanishtiradi.
=== Taqdimot 24 ===
Pedagogik eksperiment
O‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish ishini boshqacha aytganda, ta’lim berish samaradorligini oshirish maqsadida o‘tkaziladigan tajriba-sinov ishlaridir. Bunda, tadqiqotning maqsadiga va qo‘yilgan ilmiy farazga mos, o‘qitish jarayoniga tegishli o‘zgartirishlar kiritilib, uning natijalari ilmiy mazmunda tanlanadi.
Amaliyotda pedagogik eksperimentning aniqlovchi, tadqiqiy, o‘qituv va tekshiruv turlari qo‘llaniladi. Aniqlov, pedagogik eksperimentning boshlanishi bo‘lib, uni o‘tkazishda qandaydir bir turli fakt, ko‘pchilikka tegishli bo‘lgan kamchilik hisoblanadi. Masalan, fizik tushunchalarni o‘zlashtirish holati tekshirilib, ko‘pchilik talabalarga tegishli bo‘lgan tipik kamchilikning sababi aniqlanadi.
=== Taqdimot 25 ===
Eksperimentning bu bosqichida ayrim faktlargina aniqlanmasdan, unga teskari ko‘rinishlarning paydo bo‘lish sabablari ham aniqlanadi. Ushbu sabablarga ko‘ra, bunday xatolarni paydo bo‘lishini oldini olish, agar yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa ularni yo‘qotish yo‘llari aniqlanadi. Bunday ishlar pedagogik eksperimentning izlanuv bosqichida bajariladi.
=== Taqdimot 26 ===
Pedagogik eksperimentning izlanuv bosqichida o‘qitish jarayonini yaxshilashning turli metodik yo‘llari ishlab chiqilib, amaliyotda qo‘llash uchun ilmiy asoslangan va metodik jihatdan eng samaralisi tanlanadi. Tadqiqotchi, o‘qituvchilarga turli ko‘rsatmalarni taklif qiladi, ular berilgan takliflarni maxsus tanlab olingan eksperimental guruhlarda sinovdan o‘tkazishadi. Ishning natijasiga qarab, taklif qilingan metodik ko‘rsatmalarga aniqlik va tuzatishlar kiritiladi, ayrimlari qaytadan ishlanishi ham mumkin.
=== Taqdimot 27 ===
Natijada, tajribada sinalgan metodik ish tizimi hosil bo‘ladi. Keyingi bosqichlarda pedagogik eksperimentning o‘qituv va tekshiruv turlari sinovdan o‘tkaziladi. Eksperimentning nomidan ko‘rinib turibdiki, bu bosqichlarda avval aniqlangan metodik taklif va tavsiyalar o‘qitish jarayoniga to‘liq kiritiladi va uning natijalari tahlil qilinadi.
=== Taqdimot 28 ===
Izlanuv va o‘qituv eksperimentlari oz sonli ta’lim muassasalarida o‘tkazilsa, tekshiruv eksperimenti o‘tkaziladigan ta’lim muassasalarining soni ancha o‘sishi mumkin. Bu esa eksperiment natijasining obyektivligini va ishonchliligini oshiradi.
=== Taqdimot 29 ===
Shuni ta’kidlash lozimki, oliy ta’lim muassasalarida fizika o‘qitish metodikasi talabalarga o‘qitiladigan fizika, matematika, falsafa, pedagogika va psixologiya o‘quv fanlari bilan bevosita bog‘langan. Jumladan, oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan fizika kursining asosiy quroli bo‘lib matematika hisoblansa, uni o‘qitishda tayanch bo‘lib, didaktik prinsiplar xizmat qiladi. Ularda o‘qitishning tarixiy va pedagogik tajribalari o‘z aksini topgan bo‘lib, ular oliy ta’lim muassasalarida talabalarni o‘qitishda qo‘llanib kelinmoqda, shuning uchun ular bilan tanishib o‘taylik.
=== Taqdimot 30 ===
Didaktik prinsiplar:
ilmiylik prinsipi
ko‘rsatmalilik prinsipi
onglilik va faollik prinsipi
tarixiylik prinsipi
nazariyani amaliyot bilan bog‘lanish prinsipi
tizimlilik va ketma-ketlik prinsipi
01
02
03
04
05
06
07
08
09
10
mustahkamlik prinsipi
ishonchlilik prinsipi
izchillik prinsipi
gumanizm prinsipi
=== Taqdimot 31 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — fizika, metodika va pedagogika fanlari bo‘yicha vizual taqdimotlar platformasi.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.