ESHITISHDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALAR
3000 so'm

Slayd 1
ESHITISHDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALAR
Slayd 2
REJA:
1. Surdopedagogika nimani o‘rganadi?
2. Kar bolalar tasnifi.
3. Zaif eshituvchi bolalar tasnifi.
4. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘qitish uchun amaliy tavsiyalar.
Slayd 3
Nutq — murakkab ruhiy faoliyatdir. U ruhiy jarayonlarning tarkib topishiga va bolaning umuman barkamol bo‘lib o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Nutq eshituv organlari vositasi bilan idrok etishga asoslangan bo‘lib, atrofdagilarga taqlid etish yo‘li bilan rivojlanib boradi. Og‘zaki nutqning shakllanishida eshituv analizatori, nutqni harakatga keltiruvchi analizator ishtirok etadi. Nutqni harakatga keltiruvchi analizator eshituv analizatori bilan mahkam bog‘langan holda ishlaydi, eshituv analizatorining rivojlanish darajasi esa ko‘p jihatdan talaffuzga bog‘liq.
Slayd 4
Surdopedagogika – (lotincha surdos – kar) bu maxsus pedagogikaning tarkibiy bo‘limi bo‘lib, surdopedagogikaning umumiy maqsadi muloqot va bilish subyekti sifatida eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxsning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy sifatlarini rivojlantirishdir.
Slayd 5
V.I. Beltyukov, F.F.Rau, T.S.Zikova, Y.P.Kuzmichyova, Y.G.Rechiskaya, R.M.Boskis, L.V.Neyman, V.I.Luboskiy, A.G.Zikeev, K.G.Korovin, K.V.Komarova, A.M.Goldberg, L.E.Fingerman, K.I.Tudjanova, E.I.Leongard, L.P.Noskova, A.D.Salaxova, L.A.Golovchis, N.F.Slezina, O.I.Kukushkina, T.K.Korolevskaya T.A.Vlasova, B.D.Korsunskaya kabi olimlar.
Surdopedagogika fanining rivojlanishida katta hissa qo‘shgan olimlardan
Slayd 6
Turg‘un eshitish nuqsonlari kelib chiqish sabablariga ko‘ra tug‘ma va orttirilgan bo‘lishi mumkin.
Surdopedagogika fanida eshitishida nuqsonlari bor bolalarni kar, zaif eshituvchi, kech kar bo‘lib qolgan bolalar guruhiga bo‘lib o‘rganiladi.
Slayd 7
Karlik – eshitishning mutlaqo yo‘qligi (mutlaqo eshitmaslik) yoki pasayishining shunday shakliki, unda og‘zaki nutq faqat qisman, eshitish apparatlari (moslamalari) yordamida idrok etiladi.
Zaif eshitish – har ikkala quloq bilan eshitishning pasayishi, unda nutqni idrok etishda qiyinchiliklar yuzaga keladi, biroq ovoz kuchaytirilganda uni idrok etish mumkin bo‘ladi.
Kech kar bo‘lganlar – nutqni egallaganidan keyin, ya’ni 2-3 yoshda qandaydir kasallik yoki jarohat oqibatida eshitish qobiliyatini yo‘qotgan bolalar. Bunday bolalarda eshitish qobiliyatining yo‘qotilishi turlicha: total, yoki karlikka yaqin, yoki zaif eshitadigan bolalarda kuzatiladiganiga yaqin bo‘ladi.
Slayd 8
Birinchi tasniflash XVI asrga to‘g‘ri keladi. Italiya olimi D.Kardano karlikning vujudga kelish vaqti va nutqiy rivojlanish darajasiga asoslanib, 3 guruhga karlarni ajratgan:
Tug‘ma karlar.
Erta kar bo‘lganlar (nutqi rivojlangunga qadar);
Kech kar bo‘lganlar (nutqi saqlanib qolganlar).
Kar va zaif eshituvchi bolalar tasnifi
Slayd 9
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning bir necha tasnifi mavjud. Keng tarqalgan tibbiy tasniflardan biri L.V.Neyman tomonidan ishlab chiqilgan tasnif sanaladi.Eshitish funksiyasi buzilganlik darajasini aniqlash uchun L.V.Neyman kar va zaif eshituvchi bolalarni audiometriya va nutq yordamida tekshirgan.
Slayd 10
Tibbiy tasnif (L.V. Neyman bo‘yicha) karlar:
Eng past chastotalarni qabul qilish (125-250 Gs.);
past va o‘rta chastotalarni qabul qilish (1000 Gsgacha)
I guruh
II guruh
500 Gsgacha chastotalarni qabul qilish;
2000 Gsgacha chastotalarni qabul qilish.
III guruh
IV guruh
Slayd 11
Zaif eshituvchilik ham turli darajada namoyon bo‘ladi. L.V.Neyman eshitishning pasayish darajasi bo‘yicha zaif eshituvchi bolalarni 3 ta darajaga ajratadi.
1-daraja – nutqiy diapazonda eshitishning pasayishi 50 dB gacha nutqiy muloqot qilish mumkin. 1 m dan ortiq masofadan so‘zlashish balandligidagi nutqni saralab idrok etish mumkin.
2-daraja – eshitish 50-70 dB gacha nutqiy diapazonda pasaygan. Nutqiy muloqot qiyinlashgan. Og‘zaki nutq 1 m dan kam masofadan idrok etiladi.
3-daraja – eshitish 70-80 dB gacha nutqiy diapazonda pasaygan. So‘zlashuv balandligidagi nutq hatto qulog‘i oldida ham farqlanmaydi. Muloqot baland ovoz yordamida quloqqa yaqin masofada amalga oshiriladi.
Slayd 12
Eshitishdagi orttirilgan nuqsonlar quloq yoki eshitish analizatorining tuzilishidagi kamchiliklardan kelib chiqishi mumkin. Bunga oliy nerv markazi, o‘tkazuvchi yo‘llar yoki quloqning o‘zidagi o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. Bolaning ilk yoshida otit, parotit (tepki), meningit, meningoensefalit, qizamiq, qizilcha, gripp kasalliklari bilan kasallanishi ba’zi hollarda kar-soqovlik yoki turli darajalardagi zaif eshitishga olib kelishi mumkin.
Slayd 13
kichik nuqsonlarga (tovush talaffuzi buzilishlari, nutqning grammatik qurilishida buzilishlar) ega bo‘lgan, nisbatan rivojlangan nutqni egallaydigan bolalar;
nutqiy funksiya rivojlanishida jiddiy kamchiliklar (jumlalar qisqa, noto‘g‘ri qurilgan, ayrim so‘zlar juda qo‘pol tarzda buzilgan va sh.k.) boʻlgan bolalar.
Nutqiy rivojlanishga bog‘liq ravishda zaif eshituvchi bolalarning 2 guruhi farqlanadi:
Slayd 14
eshitishni hayotining 1- va 2-yilida yo‘qotgan yoki kar tug‘ilgan bolalar;
keyin kar bo‘lib qolgan bolalar, ya’ni eshitishni 3-4 yoshida yoki undan keyin yo‘qotgan, karlik ancha keyin yuzaga kelgani sababli nutqni saqlab qolgan bolalar.
Kar bolalarni ham nuqsonning yuzaga kelish vaqtiga nisbatan 2 guruhga bo‘lishadi:
Slayd 15
Zaif eshituvchilikning 1-darajasi – eshitishning pasayishi 40 dB dan ortmaydi.
Zaif eshituvchilikning 2-darajasi – eshitishning pasayishi 40 dB dan 55 dB gacha.
Zaif eshituvchilikning 3-darajasi – eshitishning pasayishi 55 dB dan 70 dB gacha.
Zaif eshituvchilikning 4-darajasi – eshitishning pasayishi 70 dB dan 90 dB gacha.
Tibbiyotda hozirgi kunda bolalarning eshitish holatini baholashda Xalqaro tasnif dan foydalaniladi:
Slayd 16
Sinfda barcha bolalar “P” shaklida o‘tiradi. Bu usul orqali bolalar bir-birini ko‘ra oladi, imo-ishorali nutqdan, labdan o‘qish va mimikalarni yaxshi tushuna oladi, bu usul bilan sinf faoliyatini yanada faol ishtirok etishga yordam beradi;
Gapirayotganda bolaga qarash kerak;
Sekin va aniq gapirish, judayam baland gapirish kerak emas;
Qisqa, aniq va lo‘nda gaplardan foydalanish kerak;
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘qitish uchun amaliy maslahatlar
Slayd 17
Tildan barqaror (izchil) foydalanish kerak;
Bolalardan (agar u og‘zaki nutqqa ega bo‘lsa) nimani tushunganliklarini qaytarishini so‘rang;
Sinfda bergan ma’lumotlaringizning kalit so‘zlarini yozing;
Audiolog bilan ishlashni o‘rgating va bolalarni eshitish qoldig‘ini iloji boricha maksimum masofada foydalanishiga o‘rgating;
Muhim bo‘lmagan yaratilgan ko‘p manbali ovozlarni pasay- tiring, ular bolalarning eshitishida qiyinchilik tug‘diradi, shuningdek bu eshitish ko‘magidan foydalanish bolalar uchun muhim.
Slayd 18
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Slayd 19
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |










Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.