Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarda sezgi va idrok xususiyatlari

8000 so'm


Eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalarda sezgi va idrok xususiyatlari

 

 

Slayd 1

Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarda sezgi , idrok xususiyatlari.

Slayd 2

Reja:
Sezgi xususiyatlari
Insonlarda sezgi xususiyatlarini shakllanishi
Nuqsonli bolalarning idrok xususiyatlarini tekshirish usullari

Slayd 3

Faziviy idrok
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarda sezgi-idrok jarayoni o’ziga xos tarzda shakllanadi. Eshituv analizatoridagi cheklanish boshqa sezgi tizimlarining kompensator rivojlanishiga olib keladi. Quyidagi asosiy xususiyatlar tizimli bayon etiladi.
Ko’rish idroki
Taktil(teginish) idroki
Hid va tam sezgilari

Slayd 4

Vizual obrazga tayangan holda idrok etish ustun.
Idrok butunlikdan ko‘ra detallarga yo‘naltirilishi mumkin.
Vaqt idroki (tez–sekin, oldin–keyin)ni shakllantirishda vizual belgilar yordam beradi.
Nutq yetishmovchiligi sababli idrok etilgan axborotni so‘z bilan ifodalash qiyin bo‘lishi mumkin.
Idrokning umumiy xususiyatlari

Slayd 5

Yosh davrlariga ko’ra farqlar
Boshlang‘ich Ko‘rish–harakat integratsiyasi kuchayadi
Maktabgacha Vizual idrok ustun, nutq juda cheklangan
O‘smirlik Abstrakt idrok rivoji nutqqa bog‘liq bo‘lib qoladi

Slayd 6

Emotsional idrok :
Ovozni eshita olmaslik sababli intonatsiya idroki cheklangan
Yuz ifodalari orqali emotsiyani yaxshi anglaydi
Ba’zan emotsiyani noto‘g‘ri talqin qiladi
Emotsiyalarni rasm, mimika orqali maxsus o‘rgatish zarur

Slayd 7

Sezgi va idrok o’rtasidagi bog’liqlik:
Umumlashtirish qiyinlashadi
Tafakkur rivoji sekinlashadi
Idrok saqlangan , ammo uni so’z orqali ifodalash cheklangan
Muloqotda qiyinchilik yuzaga keladi

Slayd 8

L. V. Zankov va I. M. Solovev ta’kidlashicha ko’ruv idroki jarayonida eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar eshituvchilarga nisbatan predmetning qo’shimcha detallariga ko’p ahamiyat beradilar. Shu sabali, eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarda idrokning analitik tipi sintetik tipidan ustun turadi, deb ko’rsatish mumkin.
I. M. Solovev bu holat eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarda eshituvchi bolalarga nisbatan ko’ruv sezgisi ustun degan xulosaga olib kelmaydi, deb e’tirof etadi. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning nutqi shakllanishida ko’ruv idroki katta ahamiyatga egadir. Eshituvchi bola eshituv va ko’ruv sezgisi va idrokiga tayanib, gapirishni o’rganadi.
Nutqi mavjud bo’lmagan eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar ta’limning boshlang’ich bosqichlarida idrok etilganini umumlashtirish va sintezlashda, tasniflashda qiyinchilik sezadilar (Masalan: boshlang’ich sinfdagi eshitishda nuqsoni bo’lgan bolaga qizil qalamni ko’rsatib, bu nima deb savol berilganda, u qizil deb javob beradi). Bu rang va predmet tushunchasi bola idrokida yetarli darajada taqsimlanmaganligidan dalolat beradi.

Slayd 9

Davomiy mashg’ulotlar mashqlar jarayonida eshituvida nuqsoni bo’lgan bolalar eshituv idroki faollashtiriladi. Bunda eshituv idrokining rivojlanishi anotomo-fiziologik mexanizmining tiklanishi evaziga emas, balki eshituv idrokini faollashtirish yo’li bilan amalga oshadi. Kar bolada eshituv sezgisi va idrokini yo’qolishi sababli ko’ruv sezgisi va idroki asosiy o’rin tuta boshlaydi. Kar bolaning ko’ruv analizatori atrofdagi olamni anglashda asosiy ahamiyatga ega bo’ladi. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalardagi ko’ruv sezgi va idroki eshituvchi bolalar darajasida bo’lish L. V. Zankov, I. M. Solovev, K. I. Veresotskoy, tadqiqotlarida dalillangan. Shu sababli eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar eshituvchi bola ahamiyat bermaydigan tashqi olam xususiyatlari va nozikliklariga ahamiyat beradi. Eshituv sezgisini yo’qotish bilan eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarda ko’ruv sezgisi faollashadi, o’tkirlanadi. Ko’ruv idrokidan tashqari, jarayonida hidlash va harakat sezgilari ham muhim o’ringa egadir. Harakat sezgilari inson badani, qismlari, nutqiy organlar harakati haqida signal beradi. Eshituv analizatori funksiyasini buzilishda nutqiy harakatlar aniqligi, differensiallanganligi buziladi.

Slayd 10

Rivojlanishda nuqsoni mavjud bolalar sezgisi atrof muhitni ob’ektiv aks ettiradi va predmet hamda hodisalarni anglashning muhim bosqichi sanaladi. Kar bola idrok va sezgi asosida atrofdagi predmetlar rangi, mazasi, hidi, shakli haqida ma’lumot oladi. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar sezgisi va idroki shakllanishining umumiy qonuniyatlari bilan birga spetsifik xususiyatlarga ega bo’ladi. Avvalombor, bu bolalarda asosiy sezgi turlaridan biri eshituv sezgisi mavjud bo’lmaydi. Bizga doimo tovush taassurotlari ta’sir ko’rsatadi. Rivojlanayotgan bola asosiy bilim manbaini eshituv idroki orqali qabul qiladi. U atrofdagilar bilan muloqotga kirishib, radio, musiqa eshitib, kinofilmlarni tomosha qilib, ko’p ma’lumotga ega bo’ladilar. Kar bola bunday imkoniyatlardan chegaralangan bo’ladi. Bu atrofni anglash jarayonini qiyinlashtiradi va konpensasiyani talab etadi.
O’z navbatida bu ko’ruv, harakat, hid bilish sezgisi va idroki rivojlanishga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Quyida biz bu sezgi va idrok turlarining o’ziga xos xususiyatlarini ko’rib chiqamiz. Davomiy mashg’ulotlar mashqlar jarayonida eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar eshituv idroki faollashtiriladi. Bunda eshituv idrokining rivojlanishi anotomo-fiziologik mexanizmining tiklanishi evaziga emas, balki eshituv idrokini faollashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Kar bolada eshituv sezgisi va idrokini yo’qolishi sababli ko’ruv idroki asosiy o’rin tuta boshlaydi. Kar bolaning ko’ruv analizatori atrofdagi olamni anglashda asosiy ahamiyatga ega bo’ladi. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalardagi ko’ruv sezgi va idroki eshituvchi bolalar darajasida bo’lishi
L. V. Zankov, I. M. Solovev, K. I. Veresotskoy, tadqiqotlarida dalillangan. Xattoki, eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarda ko’ruv sezgisi va idroki faollashtirilishi haqida ma’lumot berilgan. Shu sababli eshituvida nuqsoni bo’lgan bolalar eshituvchi bola ahamiyat bermaydigan tashqi olam xususiyatlari va nozikliklariga ahamiyat beradi. Eshituvchi bolalar karlarga nisbatan ranglar ko’p almashtiradilar.

Slayd 11

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 12

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarda sezgi va idrok xususiyatlari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar