Erkin Vohidov hayoti va ijodi
8000 so'm

Slayd 1
ERKIN VOHIDOV
(1936-2016)
Slayd 2
O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov 1936-yil 28-dekabrda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida muallim oilasida tug‘ilgan.
Slayd 3
Oilasi haqida
Oyisining ismi: Roziyaxon Vohidova, geografiya o’qituvchisi
Otasining ismi: Chuyanboy Vohidov, muallim
“…bizning oilada birinchi farzand qiz boʻlib, u goʻdakligida zotiljamdan oʻlgan ekan. Ukam Elbursni eslayman. Mendan uch yosh kichik edi. Qizamiq bilan ogʻrib ikki yasharligida vafot etgan”.
Slayd 4
Toshkentga – tog‘asinikiga kelgan bo‘lajak shoir o‘qishlarini qunt bilan davom ettiradi.
O‘n yoshga yetar-yetmas ham ota, ham onadan ajrab qolgan yosh Erkinni tog‘asi o‘z tarbiyasiga oladi.
Slayd 5
Shoir G‘ayratiy tomonidan O‘quvchilar saroyida tashkil etilgan adabiy to‘garak uning bu havasini yanada alangalatib yubordi.
Slayd 6
Maktabni oltin medal bilan bitirgan E. Vohidov Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti) filologiya fakultetiga o‘qishga kiradi.
Slayd 7
Farzandlari haqida shoirning o’zi
“…Katta qizim Nozima — shifokor, keyingisi Mohira — tilshunos, o’g’limiz Xurshidbek — sharqshunoslikni bitirdi, so’ng xalq xo’jaligi bo’yicha tahsil oldi. Ammo hozir ko’pchilik yoshlar singari tijorat bilan shug’ullanadi. Kenja qizim Fozila ham — shifokor…”
Slayd 8
Ilk to’plam
E. Vohidovning ilk to’plami 1961-yilda “Tong nafasi” nomi bilan chop etilgan edi.
Slayd 9
Asarlari
Slayd 10
SHE’RIY TO’PLAMLARI
“Qo’shiqlarim sizga”(1962)
“Yurak va aql” (1963)
“Mening yulduzim”(1964)
“Lirika”(1965)
“Yoshlik devoni”(1969)
“Quyosh maskani” (1972)
“Tirik sayyoralar” (1978)
“Sharqiy qirg’oq”(1981)
“Kelajakka maktub” (1983)
Slayd 11
“Muhabbat”(1984)
“Hozirgi yoshlar” (1986)
“Iztirob”(1991)
“Yaxshidir achchiq haqiqat” (1992) kabi…
“Nido” (1964)
“Oltin devor”, “Istambul fojeasi”, “Ikkinchi tumor” kabi dramalar muallifi.
“Palatkada yozilgan doston” (1966)
“Charog’bon” (1970)
“Ruhlar isyoni”(1980),
“Ko’hinur” (1982) kabi dostonlar yozgan.
Slayd 12
Shoir – tarjimon
S. Yesenin, A. Tvardovskiy,
M. Iqbol, G. Emin she’rlarini;
Gyotening “Faust”;
R. Hamzatovning “Dog’istonim”
asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan.
Slayd 13
“Oltin devor” spektaklidan lavha
Slayd 14
devon
E. Vohidov ellik yildan ko‘proq davr mobaynida ijod etgan to‘rt jildlik saylanmasini o‘quvchilarga taqdim etdi:
• «Ishq savdosi»
• «She’r dunyosi»
• «Umr daryosi»
• «Ko‘ngil nidosi»
Slayd 15
1999-yil «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlandi.
Erkin Vohidovning el-yurt va adabiyot oldidagi xizmatlari inobatga olinib, «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni va
Slayd 16
Erkin Vohidov 2016-yil 30-may kuni vafot etdi. Qabri Chig’atoy qabristonida.
Slayd 17
Erkin Vohidov xotirasiga
Rosa tortishdilar yer bilan osmon,
Shafaqqa aylandi yanoqlar chunon.
Shoirni meniki der edi samo,
Meniki der edi ona yer ammo.
Shoir-chi, kuyladi ikkalasin ham,
Zamindan kuch oldi, samoga hamdam.
Sakson yil chorlashdi o’rtaga olib,
Oxir tortishuvda Yer chiqdi g’olib.
Abdulla Oripov
02-iyun 2016-yil
Slayd 18
Ustoz Mirtemir bilan
Slayd 19
“O’zbegim” qasidasi
Slayd 20
QASIDA HAQIDA
1968-yil yozilgan;
Qasida hajmi 26 band, 104 misra.
Qo’shiq qilib Faxriddin Umarov, Umar Atoyev, Sherali Jo’rayevlar ijro etgan.
Slayd 21
Qasida haqida shoirning o’zi
“Bu she’r yozilgan paytda odamlarda shunday so’zga ehtiyoj katta bo’lgan. Chunki ona tilimiz nihoyatda orqaga surib qo’yilgan, kamsitilgan til edi. Undan keyin o’zbek xalqining tarixiga bo’lgan munosabat ham juda yomon edi. Go’yoki, tariximiz faqat qorong’ilikdan iborat-u, biz oktyabr inqilobi tufayli baxt, ilm topgandik. Ungacha masalan, savodlilar ikki foiz bo’lgan degan gaplar bo’lgan. Shuncha olimlarimiz, allomalarimiz qayoqqa ketgan? Rus alifbosini, tilini bilmaganlarni hisoblashgan, nazarimda. Balki, o’sha paytda rus tilini bilganlar ikki foiz bo’lgandir?
Slayd 22
Tarixiy asar yozganlar oqlanmaydigan, sovet davrini ulug’lab yozish lozim bo’lgan davr. Bu esa xalqning me’dasiga tekkan edi. Chunki yolg’on gap kimga ham yoqardi? Bizdan Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino kabi olim-u ulamolar chiqqan bo’lsa-yu, qanday qilib o’zbek xalqini savodsiz, omi, ilmsiz deyish mumkin? Shuning uchun bu she’r xalqning dardiga malhamdek bo’lgan. Lekin u paytda «O’zbegim» degan so’zni baralla aytish oson emasdi. «Biz sovet xalqimiz», degan gap bo’rttirib gapirilar, «o’zbekmiz», «qozoqmiz», «qirg’izmiz», deyish millatchilik hisoblanardi. Shu tufayli bu qasidani matbuotda chop ettirishim oson bo’lmagan. Olib borgan joyimda ham «o’zbegim» so’zini «xalqimiz» deb o’zgartirib bering, deyishgandi. Bir qancha misralarini olib ham tashlashgan” .
Slayd 23
Asarda madh etilgan millat qahramonlari
Beruniy
Xorazmiy
Forobiy
O’zluq
Tarxon
Muqanna
Mirzo Ulug‘bek
Mir Alisher
Mirzo Bobur
Shoh Mashrab
Nodira
Muqimiy
Furqat
Slayd 24
Bilimingizni sinang!
«O‘zbegim» qasidasida xalqimiz tarixining qaysi sahifalari tilga olinadi?
Qaysari Rum kim?
“Ko‘kragida tog‘ ko‘targan tanti dehqon o‘zbegim” misralarini sharhlang.
Zardushtiylik haqida nima bilasiz?
Sarbadorlik harakati nima bilasiz?
Millat qahramonlari deganda kimlarni nazarda tutamiz va nima uchun?
Slayd 25
Zehn matni. Unga ko`r, quyidagi matndagi ayrim ma’lumotlar noto`g`ri, siz uni topib, jadvalga joylashtiring. To`g`risi qanday bo`lishini ham unutmang.
O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov 1936-yil 28-oktabrda Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida mehnatkash oilasida tug‘ilgan. Uning otasi Ikkinchi jahon urushidan og‘ir jarohat olib qaytadi va 1944-yilda vafot etadi. Ikki yildan keyin onasi ham dunyodan o‘tadi. O‘n bir yoshga yetar-yetmay ham ota, ham onadan ajrab qolgan yosh Erkinni amakisi o‘z tar-biyasiga oladi. Shoir G‘ayratiy tomonidan madaniyat saroyida tashkil etilgan adabiy to‘garak uning bu havasini yanada alangalatib yubordi. E. Vohidov tarjimasidagi rus shoiri A.S. Pushkin she’rlari, nemis shoiri Shekspirning «Faust» asari o‘zbek adabiyotida katta hodisalar bo‘ldi. Shoir yangidan tashkil etilgan «Gulxan» jurnalining dastlabki bosh muharriri sifatida yoshlarning adabiyotga kirib kelishi yo‘lida katta jonbozlik ko‘rsatdi.
Slayd 26
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 27
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |












Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.