=== Taqdimot 1 ===
ERAMIZNING III-IV ASRLARIDA SO‘NGGI RIM IMPERIYASI. QADIMGI RIM MADANIYATI
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
1. Rim imperiyasining oltin davri (milodiy II asr).
2. III asrda qulchilikning inqirozi, ommaviy harakatlar va xristian dinining vujudga kelishi.
3. Rim davlati va undagi Dominant tuzumi.
4. G‘arbiy Rim imperiyasining qulashi.
5. Qadimgi Rim madaniyati.
=== Taqdimot 3 ===
Domitsian o‘limidan so‘ng senat 66 yoshli senator Mark Koksey Nervani (96-98-yillar) imperator etib sayladi. Uning hukmronligi bilan II asrdan Rim imperiyasida Antoniylar sulolasi hukmronligi boshlandi. Nerva qo‘shinda tayanchga ega bo‘lish uchun Germaniya provinsiyasi noibi Mark Ulpiy Trayanni taxt vorisi etib tayinlashga majbur bo‘ldi.
RIM IMPERIYASINING OLTIN
DAVRI (MILODIY II ASR)
=== Taqdimot 4 ===
Nerva agrar qonun qabul qilib, eng kambag‘al fuqarolarga 60 mln sestersiyli yerni taqsimlab berdi. Kam ta’minlangan fuqarolar, bolalarga mablag‘ ajratilib, ijtimoiy ta’minot jamg‘arma tizimi asoslari yaratildi. Trayan 98-117-yillar Rim imperiyasiga hukmronlik qilgan paytdan imperiya o‘zining iqtisodiy-siyosiy va madaniy taraqqiyotining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi
(96-196-yillar). Bu imperiyaning oltin davri edi. Trayan davrida Rimning oxirgi istilochilik urushlari olib borildi.
RIM IMPERIYASINING OLTIN
DAVRI (MILODIY II ASR)
=== Taqdimot 5 ===
U faol tashqi siyosat olib borib, imperiya hududlarini kengaytirdi. Rim qo‘shinlari 101-103-yillar va 105-107-yillarda Dunay bo‘ylaridagi kuchli Dakiya podsholigini bo‘ysundirdi. Dakiyaning bosib olinishi natijasida uning boy oltin va tuz konlari Rimga katta o‘lja bo‘ldi. Dakiya g‘alabasiga bag‘ishlab Rimda 123 kun turli tomoshalar ko‘rsatildi. Plebeyga mo‘l-ko‘l sadaqa ulashildi.
=== Taqdimot 6 ===
Mahalliy aholining Rim bosqinidan noroziligi va sharqiy provinsiyalarda vaziyatning notinchligi Trayanni legionlarni Frot qirg‘og‘idan olib ketishga majbur qildi. Italiyaga qaytishda Kilikiyada Trayan kasal bo‘lib, 117-yil avgustida vafot etdi. Taxtga Trayanning jiyani, 41 yoshli asrandi o‘g‘li Publiy Eliy Adrian chiqdi (117-138-yillar). U Trayanga loyiq, juda puxta ma’lumot olgan, ajoyib boshqaruvchi edi.
=== Taqdimot 7 ===
U legionlarni Rim yoki lotin fuqaroligi bo‘lmagan provinsiya aholisidan to‘ldirishga ruxsat berdi. Chunki bu vaqtda qo‘shinga xizmat qilishga xohish bildirgan fuqarolar soni keskin qisqardi. Rim harbiy mashinasini baravarlashtirish uchun asos ana shunday yaratildi. Adrian davlat boshqaruvi tizimini mustahkamlashga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirdi. Adrian boshqaruvga suvoriylar toifasining ko‘plab vakillarini taklif qildi.
=== Taqdimot 8 ===
Qullarni qatl qilishni taqiqladi. Uning vorisi Antonin Piy qullarga ibodatxona mehrobi va imperatorlar haykallari oldida panoh izlash huquqini berdi. U davlat pochtasini joriy qildi. Adrian uzoq sayohat qildi va ko‘plab inshootlarni bunyod qildi: Venera va Roma ibodatxonalari, mashhur Rim panteonini bunyod qildi.
=== Taqdimot 9 ===
Ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Milodiy II asr Rim imperiyasining oltin davri hisoblanadi. Bu vaqtda imperiya eng katta hududga ega edi. Milodiy I II asrlarda O‘rtayer dengizi hududidagi barcha xalqlar tarixda birinchi bor yagona ulkan davlat Rim imperiyasi tarkibiga kirdilar. Rim provinsiyasiga aylantirilgan alohida davlatlar o‘rtasidagi chegaralar tugatildi. Rim imperiyasidagi xalqlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining turli darajalarida yashar edilar.
=== Taqdimot 10 ===
Misr, Suriya, Kichik Osiyo, Bolqon va Makedoniya iqtisodiy va madaniy taraqqiyotning yuqori darajasiga erishdi. Apennin yarim oroli aholisi qishloq xo‘jaligining rivojlangan shaklini g‘arbiy provinsiyalarga olib kirdilar. Gall vinolari, ispan zaytun moyi Italiya va yunon navlari bilan raqobat qila boshladi. O‘rta va yirik quldor xo‘jaliklari (villa) yetakchi o‘ringa chiqdi.
=== Taqdimot 11 ===
Rim istilolariga qadar g‘arbiy provinsiyalarda qishloq xo‘jaligi qoloq bo‘lib, asosan g‘alla ekilgan. Yerga ishlov berish ibtidoiy holatda edi. Apennin yarim oroli aholisi qishloq xo‘jaligining rivojlangan shaklini g‘arbiy provinsiyalarga olib kirdilar. Gall vinolari, ispan zaytun moyi Italiya va yunon navlari bilan raqobat qila boshladi. Imperiya hududida quldorlik xo‘jaligi tez rivojlandi. O‘rta va yirik quldor xo‘jaliklari (villa) yetakchi o‘ringa chiqdi. Quldorlik xo‘jaliklarida qul mehnatidan keng foydalanildi.
=== Taqdimot 12 ===
Barcha provinsiyalarda imperator yer egaligi keng tarqaldi. Milodiy II asrda imperator yerlari va xususiy katta latufundiyalar yetakchi yer egaligi shakli edi. Ayniqsa, kichik yer egaligi Pannoniya, Dalmatsiya, Meziya, Frakiya va Fokeyada avj oldi. Afrika provinsiyalarida quldorlik xo‘jaliklarida asosiy ishchi kuchi sifatida qullar mehnati keng tarqaldi. Misr imperiyaning g‘alla ombori edi. Quldorlik latifundiyalari Galliya va Ispaniyada keng tarqalgan bir paytda Ispaniya va Afrikaning sharqiy provinsiyalarida kolonlar mehnatiga asoslangan latifundiyalar ko‘paydi. Lekin qul xo‘jayinning mulki bo‘lib qolaverdi. Qulni mulk (pekuliy) bilan ta’minlash miloddan avvalgi III asrdayoq ma’lum edi. Endilikda bu odatdagi hol bo‘lib qoldi. Qul pekuliydan foydalangan holda o‘ziga o‘rinbosar sotib olishi mumkin edi.
=== Taqdimot 13 ===
O‘rinbosar qul uning xo‘jayiniga ishlab berishi kerak edi. Imperiya davrida qullarni ozodlikka chiqarish kuchaydi. Ozod bo‘lgan qullar o‘z patronlari bilan aloqani uzmas, u homiy-patron bo‘lib qolaverdi. Ozod qullar rim fuqaroligi yoki lotin fuqaroligi huquqini olganlar. Lekin ularning bolalari hech qanday cheklovsiz erkin fuqarolar bo‘lganlar. Ozod qullar ko‘p hollarda tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, boyib ketar edilar. Ular o‘z xo‘jayinlariga zarurat tug‘ilganda turli xil xizmatlarni ko‘rsatganlar Ammo ko‘pchilik ozod bo‘lgan qullar o‘rta darajadagi mulkka ega bo‘lib, hunarmandchilik va savdo bilan shug‘ullanar hamda oshxonalarning egalari edilar.
=== Taqdimot 14 ===
Qishloq xo‘jaligida tovar munosabatlarining rivojlanishi latifundiyalarda hunarmandchilikni vujudga keltirdi. Latifundiya egalari kulolchilik, to‘quvchilik, duradgorlik, oshpazlik kabi hunarmandlar endilikda bozor bilan yanada yaqin bog‘landi. Ba’zi gall latifundiyalarida konlardan temir rudasi qazib olinib, metall ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Milodiy I asrlarda qishloq xo‘jaligi bilan birga, hunarmandchilik va savdo keng rivojlandi. Rim hunarmandchiligi uchun Ispaniyadagi qo‘rg‘oshin va mis konlari, Galliyaning temir va qalay konlari, Norika, Dalmatsiya, Kilikiya va Kappadokiyaning boy temir konlari xomashyoni yetkazib berib turar edi. Ayniqsa, temir rudasini qazib chiqarish keng yo‘lga qo‘yildi.
=== Taqdimot 15 ===
Hunarmandchilikning rivojlanishi qul mehnatidan keng foydalanish imkoniyatini berdi. Agar o‘tgan asrlarda hunarmandchilik ustaxonalarida ishlagan qullar soni 10 tagacha bo‘lsa, milodiy II asrda ularning soni 50 taga yetdi. Hunarmandchilik ustaxonasining kengayishi, mehnat taqsimotining o‘sishi uning ixtisoslashuvining o‘sishiga olib keldi. Ammo hunarmandchilikda erkin mehnat yetakchi rol o‘ynar edi. Ustaxonalarda eng og‘ir mehnat qullar zimmasida edi. Hunarmandchilik taraqqiyoti oshpazlik, g‘isht kuydirish kabi yangi sohalarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Qurilishda betondan foydalanish keng tarqaldi. Milodiy II asrda provinsiyalarda hunarmandchilik, ayniqsa, yuksaldi.
=== Taqdimot 16 ===
So‘nggi imperiya davri. Kommod o‘ldirilganidan so‘ng turli guruhlar o‘rtasidagi kurash fuqarolar urushiga olib keldi (193-197-yillar). Turli provinsiyalardagi legionlar o‘z nomzodlarini imperator deb e’lon qildilar: Suriyada imperator deb legat Pessenniy Niger e’lon qilindi.
III ASRDA QULCHILIKNING INQIROZI, OMMAVIY HARAKATLAR VA XRISTIAN DININING VUJUDGA KELISHI
=== Taqdimot 17 ===
Britaniyada gall zodagonlari ham qo‘llab-quvvatlagan Kladiy Olbin, Pannoniyada Dunay provinsiyalari bilan legat Lusiy Septimiy Sever hokimiyatni da’vo qildilar. Da’vogarlar o‘rtasidagi kurashda Shimoliy Afrikada tug‘ilgan Septimiy g‘olib chiqdi (193-211-yillar). Septimiy Severlar sulolasiga asos soldi (193-235-yillar). Uning davrida imperiya qo‘shinga tayanib boshqarildi.
III ASRDA QULCHILIKNING INQIROZI, OMMAVIY HARAKATLAR VA XRISTIAN DININING VUJUDGA KELISHI
=== Taqdimot 18 ===
Rim qo‘shinlari Dunay va Suriya legionlaridan tashkil topa boshladi. Qo‘shinning baravarlashuv jarayoni chuqurlashdi. Legionerlar, turli lavozimdagi harbiylar qator imtiyozlarga ega bo‘ldilar. Oddiy legioner xizmat davomida yuqori harbiy lavozimlargacha ko‘tarilishiga qadar suvoriylar toifasi tarkibiga kirish, qonuniy oila qurish huquqlariga ega bo‘ldi. Legioner hukumatdan oziq-ovqat ulushi, ijarachi sifatida yer olar edi. Imtiyozlar, sovg‘alar va turli yengilliklar qo‘shinda intizomning susayishiga olib keldi. Imperator o‘z ma’muriyatini suvoriylar, asosan, Afrika va Sharq provinsiya shaharlarining katta amaldorlari bilan to‘ldirdi. Boshqaruv apparatida harbiylarning soni ko‘payib ketdi. Eski muassasalarga yangilari qo‘shildi.
=== Taqdimot 19 ===
Ularda lavozimlar yildan-yilga oshib bordi. Septimiy Sever kichik va o‘rta tabaqalar manfaatini ko‘zlab ish olib bordi. Agrar muammo va qo‘shin saflarini to‘ldiradigan ijtimoiy qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat jamg‘armasi ixtiyoridagi yerlarni hadya qilish va sotishni yo‘lga qo‘ydi. Tashqi siyosatda u Parfiya bilan 195-199-yillarda g‘olibona urush olib bordi. Mesopotamiya bosib olinib, Ktesifon talandi. Britaniyada 208–211-yillarda kaledon qabilalari bilan muvaffaqiyatli urush olib borildi. Severlarning navbatdagi vakili Mark Avreliy Antonin Karakalla (211-217- yillar) qo‘shin va boshqaruv xarajatlarini qoplash maqsadida soliq to‘lovchilar sonini oshirishni ko‘zlab, 212-yil provinsiyalarning barcha erkin aholisini Rim fuqarosi deb e’lon qildi.
=== Taqdimot 20 ===
235-yilda navbatdagi imperator Aleksandr Sever o‘ldirilishi bilan hokimiyat uchun turli da’vogarlar o‘rtasida kurash boshlanib, bu siyosiy tushkunlik yarim asr davom etdi. Oddiy jangchilar ichidan ham imperatorlikka da’vogarlar chiqdi.
RIM DAVLATI VA UNDAGI DOMINAT TUZUMI. DOMINAT DAVRIDA IMPERIYA
=== Taqdimot 21 ===
Jangchi – imperatorlar bir-birlarini tez-tez almashtirdilar. Odatda, ularning barchasi o‘ldirilar edi. 284-yil kuzida tarixga Diokletian nomi bilan kirgan illiriyalik 39 yoshli Diokl (284-305-yillar) imperator deb e’lon qilindi. Diokletianning hukmronligi boshlanishi bilan Rim imperiyasining so‘nggi davri yoki Dominat (284–476-yillar) davri boshlandi.
RIM DAVLATI VA UNDAGI DOMINAT TUZUMI. DOMINAT DAVRIDA IMPERIYA
=== Taqdimot 22 ===
Ozod bo‘lgan qulning o‘g‘li, tegishli ma’lumot olmagan, lekin aqlli va shafqatsiz bo‘lgan imperator Gay Avreliy Valeriy Diokletian hukmronligi vaqtida “dominat” (lotincha dominus – “janob”, “xo‘jayin”) nomini olgan siyosiy tizimning asoslari yaratildi. Diokletian va uning vorislari davrida Rim davlatining cheklanmagan monarxiyaga o‘tishi tugallandi. Imperator hokimiyati ilohiylashtirilib, unga iloh sifatida sig‘inish joriy qilindi. Unga ta’zim bajo keltirish, boshini yerga qo‘yib yiqilish va kiyimi etagini ochish rasm bo‘ldi. U hashamatli qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan kiyimi bilan boshqalardan ajralib turar edi. Senat o‘z siyosiy mavqeyini yo‘qotdi.
=== Taqdimot 23 ===
Umum davlat ishlari endilikda senatda muhokama qilinmaydigan bo‘ldi. Senat faqat sport o‘yinlari va senatorlarga tegishli ishlarni ko‘rib, uning qarorlarini imperator tasdiqlashi lozim edi. Bu davrda konsul, pretor, kvestor lavozimlari faqat faxriy bo‘lib qoldi. Diokletian yirik tashkilotchi va xushyor siyosatchi bo‘lgani uchun bir qator provinsiyalarning separat kayfiyatlarini hisobga olgan holda imperiyani 4 qismga bo‘ldi va o‘ziga uch yordamchi (tetrarxiya) belgiladi. Bundan tashqari, imperiya 101 provinsiyaga bo‘linib, bir necha provinsiyalar yana kattaroq ma’muriy birlik – dioses (jami 12 dioses)ga birlashtirildi. Diokletian imperiyaning siyosiy ahvolini nisbatan barqaror holatga keltirib, iqtisodiyot va moliyani sog‘lomlashtirishga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirdi.
=== Taqdimot 24 ===
301-yil imperator Diokletian edikti bilan chayqovchilik va sudxo‘rlikka qarshi kurash boshlandi. Oziq-ovqatga qat’iy baholar belgilandi. Hunarmand va yollanma ishchilarning ish haqining qat’iy stavkalari belgilandi. Pul muomalasi unifikatsiya qilindi. Provinsiyalarda pul zarb qilish taqiqlandi va 286-yilda to‘laqonli tilla, kumush va mis tangalar zarb qilina boshlandi. Soliq tizimi ham isloh qilindi. Ilgari soliqlar pul bilan emas, mahsulot bilan ko‘proq olinar edi. Imperator soliqqa tortish tizimini unifikatsiya qildi. 289–290-yillarda imperiya aholisi yalpi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ro‘yxatga olish har 15 yilda bir marta takrorlanishi kerak edi. Soliq kvotalari 5 yilda bir marta qayta ko‘rilar edi. Ekin yerlari va yaylov, o‘tloqlar kadastri (hujjat) tuzildi.
=== Taqdimot 25 ===
Diokletian va Maksimian 305-yil 1-mayda hokimiyatdan voz kechdilar. Taxtdan voz kechgan Diokletian Adriatika dengizi bo‘yidagi Salnikaga ko‘chib borib, u yerda gul va sabzavot yetishtirish bilan shug‘ullandi. U 313-yil 68 yoshida vafot etdi. Konstansiy I Xlor va Galeriy imperator deb e’lon qilindi. Vorislar o‘rtasida taxt uchun kurash boshlanib, bu kurashda Diokletianning yordamchilaridan birining o‘g‘li Konstantin (306-337- yillar) g‘olib chiqdi.
RIM IMPERIYASINING IKKIGA BO‘LINISHI
=== Taqdimot 26 ===
U raqiblari bilan bir necha yil kurash olib borib, Rim imperiyasining yagona hukmdoriga aylandi. Konstantin imperiyaning to‘rtga bo‘linishini saqlab qoldi, lekin boshqaruvni birov bilan baham ko‘rish tizimini yo‘q qildi. Endilikda imperiya qismlarini unga bo‘ysunadigan prefektlar boshqardi.
RIM IMPERIYASINING IKKIGA BO‘LINISHI
=== Taqdimot 27 ===
Rim imperiyasining to‘la ikkiga bo‘linishi asosida O‘rtayer dengizining ikki hududini romanlashgan G‘arb va sharqning tarixiy taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanar edi. G‘arbiy provinsiyalarda shaharlar, tovar ishlab chiqarish, savdo-hunarmandchilik tushkunlikga yuz tutdi. Aholining xonavayron bo‘lishi, umumiy iqtisodiy turg‘unlik kuzatildi. Markaziy hokimiyat zaiflashib, magnatlar kuchaydi. Aholining baravarlashuvi, harbiy qo‘shinlar tarqab ketishi yuz berdi. Aksincha, sharqda kuchli imperator hokimiyati mavjud bo‘lib, provinsiyalar kamroq talandi. Shaharlar, savdo-hunarmandchilik rivojlandi. Qo‘zg‘olon ko‘targan vestgot federallari Alarix boshchiligida 395-396-yillar Makedoniya va Yunonistonni taladi.
=== Taqdimot 28 ===
Qo‘zg‘olon ko‘targan vestgot federatlari Alarix boshchiligida 395-396-yillar Makedoniya va Yunonistonni taladi. Kelib chiqishi varvar bo‘lgan rimlik sarkarda Flaviy Stilixon (360-408-yillar) Yunonistonning janubida Alarix qo‘shinlarini tormor qildi. Sharqiy imperiya Alarix bilan shartnoma tuzdi. Alarix 401-yilda Italiyaga yurish qildi. Stilixon vestgotlarni 2 marta tor-mor qildi va Italiyadan haydab chiqardi. Rimda vestgotlar ustidan g‘alaba sharafiga so‘nggi marta triumf o‘tkazildi. Italiya 405-yil konung Radagays boshchiligidagi germanlar bosqiniga uchradi. Florensiya yaqinida Stilixon Radagays hujumini qaytardi. Shu bilan birga, himoyasiz qolgan g‘arbiy provinsiyalar german qabilalari tomonidan bosib olindi. Stilixon kuchli sarkarda va diplomat edi.
=== Taqdimot 29 ===
Qadimgi Rim madaniyati o‘z taraqqiyotida bir necha bosqichlarni bosib o‘tdi. Rim Italiya, Yunoniston va Sharq mamlakatlarining nisbatan yuqori rivojlangan madaniy yutuqlarini o‘zlashtirib oldi. Rim madaniyati asra-sekin shakllandi va nihoyasida yuqori darajada rivojlangan madaniy-ma’naviy yutuqlarni o‘zida aks ettirdi.
QADIMGI RIM MADANIYATI
=== Taqdimot 30 ===
Din. Rimliklarning an’anaviy e’tiqodida totemizm, fetishizm va animizmning qoldiqlari mavjud edi. Rim dinida urug‘ va oila e’tiqodlari muhim o‘rin tutar edi. Har bir uyda oila e’tiqodining markazi o‘choq, bosh oilaning otasi kohin edi. Har bir kishida o‘zining ruhiy homiysi bo‘lib, u erkaklarda geniy, ayollarda yunona edi. Rimliklarning e’tiqodiga ko‘ra, vafot etgan ajdodlar xudo – homiylarga aylanar edilar.
QADIMGI RIM MADANIYATI
=== Taqdimot 31 ===
Rimliklarda har biri qandaydir bir aniq funksiyani bajaradigan kichik xudolar juda ko‘p edi. Lekin asosiy e’tiqod qilinadigan qudratli xudolar alohida o‘rin tutar edi. Ularning orasida eng birinchisi chaqmoq xudosi Yupiter bo‘lib, uning ibodatxonasi Kapitoliyda Tarkviniy Mag‘rur davrida qurilgan edi. Uning xotini Yunona nikoh va onalik hamda ayollar homiysi edi. Mars – urush xudosi; Yanus – o‘tmish va kelajak, kirish va chiqish, boshlanish va tugallanish, ikkiyuzlamachilik xudosi; Venera-sevgi va hosildorlik ma’budasi; Neptun – dengiz xudosi; Merkuriy – savdo va o‘g‘rilar homiysi; Vulkan – temirchilar xudosi; Pluton – narigi dunyo zulmat xudosi; Baxus – vinochilik xudosi; Diana – oy va ovchilik xudosi; Silvana – o‘rmon xudosi va boshqalar.
=== Taqdimot 32 ===
Rimliklar biror-bir muhim ishni boshlashdan oldin bu ish to‘g‘risida xudolar irodasini bilmasdan boshlamaganlar. Shu sababli avgurlar (kohinlar) qushlarning uchishi va o‘zini tutishi, qurbonlikka keltirilgan hayvonlarning ichki organlari (ayniqsa, jigari)ga, xudolarning irodasini o‘qiganlar. Har bir toifa ma’lum bir ma’budga e’tiqod qilgan (suvoriylar-otliq Neptun va Diosnuraga, plebeylar Sestsera, liber, liberaga), alohida kasblar (hunarmandlar, yozuvchilar, o‘qituvchilar – Minervaga) sig‘inganlar. Har bir familiya – oila o‘z homiy xudosiga ega bo‘lgan. Fuqaro diniy marosimlarda ishtirok etishga majbur edi. Rim e’tiqodiga etrusk va yunon e’tiqodi qarashlari ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Etrusklardan hayvonlarning ichki a’zolariga qarab fol ochish o‘zlashtirib olingan edi.
=== Taqdimot 33 ===
E’TIBORINGIZUCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.