Epiteliy to’qimasi turlari va tuzilishi
4000 so'm

Slayd 1
Epiteliy tо‘qimasi
Slayd 2
Reja:
Birqavatli epiteliy.
Birqavatli bir qatorli yassi epiteley .
Kо‘p qavatli о‘zgaruvchan epiteliy
Kо‘p qatorli hilpillovchi kiprikli epiteley.
Kо‘p qavatli muguzlanmaydigan yassi epiteliy.
Kо‘p qavatli muguzlanadigan yassi epiteliy.
Slayd 3
Epiteliy tо‘qimasi odam va hayvonlar organizmda keng tarqalgan bо‘lib, epiteliosit hujayralardan tarkib topgan. Bu tо‘qima odam va hayvonlar tanasining tashqi va ichki tomonida joylashgan. Bu tо‘qima tanani ham tashqi ham ichki muhitdan ajratib turadi. U organizmni tashqi muhit bilan bog‘liq bо‘lgan ichki organlari yuzasini qoplab turadi. Bu epiteley ovqat hazm qilish sistemasini ichki yuzasini, ya’ni og‘iz bо‘shlig‘i, qizilо‘ngach me’da, ingichka hamda yо‘g‘on ichaklarning yuzalarini nafas yо‘llari, ayirish va tanosil organlari devorini qoplab turadi.
Epiteley tо‘qimasini hujayralari hamma vaqt bir-biriga zich joylashadi. Epiteley tо‘qimasi о‘zining tuzilishiga kо‘ra bir qavatli (yassi, kubsimon, silindrsimon), bir qavatli, kо‘p qatorli (silindrsimon, hilpillovchi) va kо‘p qavatli yassi (muguzlanadigan, muguzlanmaydigan, о‘zgaruvchan) bо‘ladi.
Bir qavatli epiteliy о‘z navbatida bir necha xillarga bо‘linadi va har qaysisi о‘ziga xos fiziologik vazifani bajaradi. Hamda о‘ziga hos morfologik tuzilishga ega. Bu epiletey odam va hayvonlarning turli organlarida uchraydi va shu organlar yuzasini qoplab turadi. Bir qavatli epiteley hujayralarining shakliga kо‘ra yassi, kubsimon, silindrsimon bо‘ladi. Ularning yadrosi bir xil tekislikda ya’ni bir qatorda joylashgan. Shuning uchun uni bir qatorli epiteley deyiladi. Agar bir qavatli epiteliy har xil shaklda bо‘lib, yadrolari har xil tekislikda, ya’ni har xil qatorda joylashsa, uni kо‘p qatorli epiteliy deyiladi.
Slayd 4
Epiteleyning bu turi sut emizuvchi hayvonlar va odam о‘pka pufakchalari seroz bо‘shliqlari devorining plevra pardasi hamda yurak xaltasi yuzasini charvi va qorin pardasining visseral hamda pariyental varaqlarini qoplab turadi. Odamda va sut emizuvchi hayvonlarda uchraydigan bir qatorli yassi epiteleyning boshqa epiteleylaridan farqi uning aksariyati tashqi muhit bilan bog‘liq bо‘lmagan organlar yuzasini qoplab turishidadir. Bir qavatli epiteley (mezoteley)ni tashkil etuvchi hujayralar sut emizuvchi hayvonlarda va odamda odatda yassi tuzilgan bо‘lib, gistologik preparatlarda yuqori tomondan yaxshi kо‘rinadi. Hujayralarining bо‘yi juda past, yuqoridan kо‘rinishi yumaloq yoki ovalsimon bо‘lishiga qaramay chetlari notekis, uzun-qisqa о‘simtalar hosil bо‘lgan bо‘ladi. Ayrim ichki organlar ya’ni jigar, taloq, tuxumdon ustini qoplab turuvchi mezoteley hujayralari kubsimon shaklida bо‘lishi mumkin. Mezoteley hujayralari kumush tuzini singdirish xususiyatiga ega. Shu sababli mazkur buyoq bilan yaxshi bо‘yaladi. Kumush tuzi bilan bо‘yalgan mezoteley xujayralarining о‘zi va uning chetlari gistologik preparatda yaxshi kо‘rinadi va yon atrofdagi hujayralardan aniq ajralib turadi. Kо‘ndalang kesilgan preparatlarda mezoteley hujayralari ostida bir yо‘nalishda joylashgan bazal membrana yaxshi kо‘rinib turadi. Hujayra, odatda, bitta lekin ayrim vaqtlarda 2-3 ta yadroli bо‘lishi mumkin. Hujayraning yadro joylashgan joyi balandroq bо‘ladi.
Vorsinalarning soni ichak epiteleysi vorsinalarining soniga nisbatan kam, bо‘yi ham kalta bо‘ladi. Bu yerdagi vorsinalarining uzunligi taxminan 1,5-3 mk bо‘lsa, diametri 350-670 mk.ni tashkil etadi. Ularning asosiy vazifasi tо‘qimalarning sо‘rish yuzasini kattalashtirishdan iborat. Mezoteley hujayralari har xil ta’sir tufayli yoki shamollaganda kо‘payish xususiyatiga ega natijada hujayralar bir-biriga nisbatan tortilib, ularning oralarida har xil teshikchalar paydo bо‘la boshlaydi. Bularga stomatozlar deyiladi. Mazkur teshikchalar orqali biriktiruvchi tо‘qimadan mezoteley yuzasiga о‘tib organizmni himoya qiladi. Shu yо‘l bilan organizm bо‘shliqlari bilan tо‘qimalar о‘rtasida himoya tо‘sini hosil bо‘ladi.
Slayd 5
Epiteley tо‘qimasi turlarining sxemasi.
Slayd 6
Kо‘p qavatli о‘zgaruvchan epiteliy.
Bu epiteley turi ajratish organlari uchun xosdir. U odatda bо‘yrak siydik yо‘LI va qovuq ichki yuzalarini qoplaydi. Epiteliy hujayralari о‘z hajmini о‘zgartirib turadigan organlar yuzasini qoplab, bevosita konsentrlangan siydik moddasi ta’sirida bо‘ladi va о‘ziga xos morfologik tuzilishi bilan fiziologik moslashishga ega.
Bu epiteliyning hujayralari shakli qovuqning funksional holatiga bog‘liq. Uni mikroskop ostida kо‘rganimizda ichki qavat bо‘lib joylashganligi kо‘zga tashlanadi. Ya’ni bazal va yopqich qavat hujayralaridan iborat. Bazal hujayralar kichik, metodik yо‘l bilan kо‘payish xususiyatiga ega. Tо‘qimaning yuza qismi yassi hujayralardan iborat yopqich qavatni tashkil etadi. Qovuq siydik bilan tо‘lib turgan vaqtda epiteliy tortilib, yupqalashadi, hujayralar о‘z shaklini о‘zgartiradi. Qovuq bо‘shaganda esa yana о‘z xoliga qaytadi.. Epiteley ostida uzunasiga va kо‘ndalangiga kesilgan zich biriktiruvchi tо‘qima va tomirlar yotadi.
Kо‘p qatorli hilpillovchi kiprikli epiteley.
Bu turdagi epiteliy sut emizuvchilarning traxeyasini ichki yuzalarini qoplab turadi. Uning о‘ziga hos belgilari kо‘p qatorliligi kiprikchalari va qadahsimon hujayralarini bо‘lishidir. Bu epiteliyni turini kо‘rish uchun preparatni dastlab kichik obyektivda kо‘rib, kekirdak ichki yuzasini qoplovchi epiteliy topilganidan sо‘ng katta obyektivga о‘tkaziladi. Hilpillovchi kо‘p qatorli kiprikli epiteliyni bu turi bir necha xil xujayralardan tashkil topgan. Silindrsimon uzun va kalta oraliq hujayralardan iborat. (2–Rasm) Shu epiteliy oralarida qadahsimon hujayralar kо‘p uchraydi. Bularni shakli va uzunligi har xil bо‘lishiga qaramasdan hammasi bazal membranaga yondashib tegib turadi. Hilpillovchi kiprikli epiteliy bо‘yi uzun, silindrsimon shaklga ega. Hujayraning bazal membranaga tegib turuvchi qismi ingichka bо‘lib, yuqori, ya’ni apikal qismi kengayib tо‘qima yuzasiga chiqib turadi. Elektron mikroskop tekshirishlar kiprikchalarning har birini tо‘qqiz juft periferik va bir juft markaziy ipchalardan tuzilganligini kо‘rsatdi. Bu tо‘qima tarkibida silindirsimon va oraliq hujayralardan tashqari bir hujayrali qadahsimon bez ham uchraydi.
Slayd 7
Kо‘p qatorli kiprikchali (hilpillovchi)epiteliy
1- hujayra kiprikchalari, 2 – qadahsimon bez hujayralari, 3-kiprikchali hujayralar, 4- uzun qо‘shimcha hujayralar, 5-kalta qо‘shimcha hujayralar, 6-bazal membrana, 7-biriktiruvchi tо‘qima.
Slayd 8
Kо‘p qavatli muguzlanmaydigan yassi epiteliy.
Epiteliyning bu xili umurtqali hayvonlarning og‘iz bо‘shlig‘i, qizilо‘ngach devorlari, burunning kirish qismi va kо‘z shox pardasini qoplab turadi. Preparat tayyorlash uchun kо‘z soqqasi muguz pardasidan tayyorlanadi. Ma’lumki, teri asosan ikkita qalin qavatdan tuzilgan. Birinchisi, tashqi epiteliy hujayralardan tashkil topgan epidermis, ikkinchisi uning ostida joylashgan asosiy qavat dermadir. Ularni о‘rtasida bir-biridan ajratib turuvchi bazal membrana joylashgan. Epidermisning о‘zi esa bir necha qavatni tashkil etuvchi epiteliy hujayralardan iborat. Har bir qavat hujayralari morfologik tuzilishi va vazifasiga kо‘ra bir-biridan farq qiladi.
Epidermis 4-5 qavat hujayralardan tashkil topgan. Terining tuk bо‘lmagan qismiga kaft va tovon yuzalari kiradi. Bu joylarda epidermis 5 qavatdan iborat. Epidermisning qolgan qismi 4 qavatdan iborat bо‘lib, ularda beshinchi yaltiroq qavat bо‘lmaydi. Birinchi hujayralar qavati bir qator bazal membranada joylashgan silindrsimon hujayralardan tashkil topgan. Odatda, bitta yumaloq yoki ovalsimon yadro bо‘lib, hujayraning bazal qismida joylashgan. Keyingi qavatni tashkil etuvchi hujayralar bir xil shaklda, tartib bilan joylashmasdan asta yassilanib boradi va о‘ziga xos tuzilish va shaklga ega bо‘lgan bir necha hujayra qavatlarini tashkil etadi. Ikkinchi qavatni tashkil etuvchi hujayralar kubsimon yoki kо‘p qirrali shaklda bо‘lib, yuqori qavatga surilgan sayin yassilanib boradi.
Slayd 9
Kо‘p qavatli muguzlanmaydigan yassi epiteliy. Kо‘zning muguz pardasi:
1- yassi hujayralar qavati, 2-tikansimon hujayralar qavati, 3-bazal hujayralar qavati, 4-bazal membrana, 5-biriktiruvchi tо‘qima
Slayd 10
Kо‘p qavatli muguzlanadigan yassi epiteliy.
Epiteley tо‘qimasining bu turi odam va hayvonlar terisining yuzasini qoplab turadi. Teri asosan ikkita qalin qavatdan tuzilgan. Bulardan birinchisi tashki epiteliy hujayralardan tashkil topgan epidermis, ikkinchisi uning ostida joylashgan asosiy qavat dermadir. Ularni bir-biridan ajratib turuvchi bazal membrana joylashgan. Epimdermis qavatning о‘zi esa bir necha qavatni tashkil etuvchi epiteley hujayralardan iborat.
Epidermis о‘ziga xos morfologik tuzilishi va fiziologik vazifalariga ega bir necha qavat xujayralardan iborat. Bu bazal xujayralar qavati bir qator bazal membranalar joylashuvi silindrsimon shaklga ega xujayralardir. Bu xujayralar ustida bir necha qavatni tashkil etuvchi о‘simtali xujayralar qavati yotadi. Undan keyin 2-3 qavatni tashkil etuvchi donador hujayralar qavati, sо‘ng yaltiroq va muguzlangan xujayralar qavati bor. Bazal xujayralar bо‘yi uzun, bir-birlariga teng shakli silindrsimon bо‘lib, bazal membranada bir qator bо‘lib joylashgan. Bu xujayralar kо‘payish xususiyatiga ega. U yuqoridagi qavatda tо‘kilib turuvchi xujayralar о‘rnini tо‘ldirib turadi. Bazal xujayralar ustki qavatni tashkil etuvchi о‘simtali xujayralar qavati bir necha qavat xujayralardan iborat. Ular pastdan yuqoriga qarab о‘z shaklini о‘zgartirib boradi. Bazal xujayralarning yon tomonlaridan ham xujayralararo bо‘shliqqa kо‘pgina mikrovorsinalar о‘sib chiqadi. Bu barmoqsimon о‘simtalar va mikrovorsinalar terining pastki qavatidan oziq moddalarni sо‘rib, yuqori qavat xujayralariga uzatadi.
Bazal xujayralar doimo bо‘linib turadi, shuning uchun uchun ularni kombial, ya’ni bо‘linish xususiyatiga ega xujayralar deyiladi. Bazal xujayralar qavatidan sо‘ng ikkinchi ya’ni tikanli hujayralar keladi. Bu esa bir necha qavat xujayralardan tashkil topgan.
Slayd 11
Kо‘p qavatli muguzlanuvchi yassi epiteliy
Barmoq terisidan tayyorlangan preparat.
1-Muguz qavat,
2-yaltiroq qavat,
3-donador hujayralar qavati,
4-tikansimon hujayralar qavati,
5-bazal hujayralar qavati,
6-bazal membrana,
7-ter bezlarining chiqaruv kanalchalari,
8-biriktiruvchi tо‘qima.
Slayd 12
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 13
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Harakat faoliyatining shakllari va turlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Buyuk geografik kashfiyotlar davri mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 34 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Jismoniy sifatlar va ularni rivojlantirish mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.