- Savatga boshqa "BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASINING ASOSIY RIVOJLANISH DAVRLARI" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
ENG QADIMGI DAVRLARDAN XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA JAHON PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI
5000 so'm

ENG QADIMGI DAVRLARDAN XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA JAHON PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI
Eng qadimgi davrlardan XIX asrning birinchi yarmigacha jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi
Jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi insoniyatning ma’naviy, madaniy va ilmiy yutuqlari bilan chambarchas bog‘liq. Qadimgi Sharq, Yunoniston, Rim, shuningdek, O‘rta asr Yevropasidagi ta’lim va tarbiya tizimlari bugungi pedagogika fanining shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qilgan.
Qadimgi Sharq, Yunoniston va Rimdagi ta’lim-tarbiya
Qadimgi Sharq mamlakatlarida — Misr, Bobil, Xitoy va Hindistonda maktablar asosan diniy maqsadlarda tashkil etilgan bo‘lib, ularda yozuv, hisob-kitob, din va qonun asoslari o‘rgatilgan. Bu davrda tarbiya maqsadi jamiyatning ijtimoiy tabaqalari manfaatiga xizmat qilgan.
“Sparta” va “Afina” usulidagi tarbiya
Qadimgi Yunoniston ikki asosiy shahar — Sparta va Afina orqali pedagogik fikrning dastlabki shakllarini yaratdi.
- Spartada ta’lim harbiy ruhda olib borilgan. Bolalar 7 yoshdan davlat tarbiyasiga olinib, “agella” muassasalarida jismoniy tayyorgarlik, intizom va jasorat ruhida tarbiyalangan. 18 yoshdan 20 yoshgacha ular “Efeblar” guruhida harbiy xizmat o‘tagan.
- Afinada esa ta’lim madaniyat va san’atga yo‘naltirilgan. Bolalar 7 yoshdan “grammatist” (savod o‘rgatish), “kifarist” (musiqa) maktablarida tahsil olgan, 13–14 yoshdan “palestra” (kurash maktabi)ga o‘tganlar.
Afinada yoshlar nafaqat jismoniy, balki estetik, aqliy va siyosiy jihatdan ham tarbiyalangan. Shu bois, Afina tarbiya tizimi insonning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qilgan.
Qadimgi Yunon faylasuflarining pedagogik qarashlari
Suqrot (Eramizdan avvalgi 469–399-yillar)
Suqrot ta’limning maqsadini insonning axloqiy kamoloti deb bilgan. Uning fikricha, haqiqiy bilim — bu inson o‘z ichki dunyosini bilib, o‘zini tanigan paytda yuzaga keladi. U “savol-javob” (dialog) metodini ta’lim jarayoniga kiritgan.
Platon (Eramizdan avvalgi 424–347-yillar)
Suqrotning shogirdi Platon “obyektiv idealizm” nazariyasining asoschisi bo‘lgan. U ta’limni davlat boshqaruvi bilan chambarchas bog‘lagan. Uning “ideal davlat” g‘oyasiga ko‘ra, jamiyat 3 guruhdan iborat bo‘lishi lozim: faylasuflar, jangchilar, hunarmandlar va dehqonlar.
Platon bolalar tarbiyasini 3 yoshdan boshlash zarurligini, 6 yoshgacha o‘yinlar orqali rivojlantirishni tavsiya etgan. Uning fikricha, iste’dodli yoshlar 35 yoshgacha falsafa o‘rganib, keyin davlatni boshqarishga tayyorlanishlari lozim.
Arastu (Eramizdan avvalgi 384–322-yillar)
Arastu uch yo‘nalishni ajratib bergan: jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya. U bolalar 7 yoshdan boshlab davlat maktablarida o‘qishi lozimligini ta’kidlagan. Arastuga ko‘ra, insonning baxtga erishishi uchun tarbiya me’yorga asoslanishi kerak. U axloqni inson hayotining asosiy maqsadi deb bilgan.
O‘rta asr Yevropasida maktab va pedagogik fikrlar
O‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropada ta’lim asosan diniy yo‘nalishda bo‘lgan. Cherkov ta’siri kuchli bo‘lgan davrda ta’limning ikki asosiy tizimi shakllangan:
- Trivium — grammatika, ritorika, dialektika;
- Kvadrivium — arifmetika, geometriya, astronomiya, musiqa.
Bular “yetti erkin fan” deb atalgan bo‘lib, o‘rta asrlar ta’limining poydevorini tashkil etgan.
Cherkov maktablari
Asosiy turlar:
- Prixod maktablari — boshlang‘ich diniy maktablar, o‘g‘il bolalar uchun.
- Monastir maktablari — monastirlar huzuridagi o‘quv muassasalari.
- Bosh cherkov (yepiskop) maktablari — markaziy diniy o‘quv muassasalari.
Bu maktablarda o‘qish asosan din darsliklarini yodlash, diniy aqidalarni o‘rganish va ruhoniylikka tayyorlanishdan iborat edi.
Ritsar tarbiyasi
Dunyoviy feodallar muhitida “ritsar tarbiyasi” tizimi shakllandi. Uning maqsadi — jismonan baquvvat, jasur, xushmuomala va sodiq insonlarni tarbiyalash edi.
Ritsar fazilatlariga quyidagilar kirgan:
- ot minib yurish;
- qilichbozlik va nayzabozlik;
- suza olish va ov qilish;
- shaxmat o‘ynash;
- she’r to‘qish va qo‘shiq aytish.
G‘arbiy Yevropada ta’limning rivojlanish sabablari
O‘rta asr oxirlariga kelib, Yevropada hunar, savdo, shahar madaniyati va xalqaro aloqalar rivojlandi. Bu esa bilim olishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirib, yangi dunyoviy maktablarning paydo bo‘lishiga turtki berdi. Pedagogik fikrlar asta-sekin diniy chegaralardan chiqib, insonparvarlik (gumanistik) yo‘nalishga o‘ta boshladi.
Xulosa
Qadimgi Sharq va Yunoniston maktablari, Arastu va Platon kabi faylasuflarning qarashlari, O‘rta asr Yevropasidagi diniy va dunyoviy ta’lim tizimlari — barchasi jahon pedagogikasining rivojlanishida muhim bosqich bo‘ldi. Aynan shu davrlar hozirgi zamonaviy pedagogika fanining nazariy asoslarini shakllantirdi.
=== Taqdimot 1 ===
Eng qadimgi davrlardan XIX asrning birinchi yarmida Jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi
=== Taqdimot 2 ===
Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim davlatlarida maktab va tarbiya.
01
Qadimgi Yunoniston faylasuflari tarbiya to‘g‘risidagi qarashlari.
02
G‘arbiy Yevropada maktab, maorif hamda pedagogik fikrlar taraqqiyoti.
03
Reja:
=== Taqdimot 3 ===
Yunoniston unchalik katta bo‘lmagan quldorlik davlatlaridan iborat bo‘lgan. Uning katta shaharlaridan biri Lakoniya (poytaxti Sparta) va Attika (poytaxti Afina) bo‘lib, bu shaharlar madaniyat markazi hisoblangan.
Spartaliklarning bolalari 7 yoshgacha uyda yashar, keyin “agella” deb ataluvchi davlat muassasasida 18 yoshga yetguncha tarbiyalanar edi. Ta’limning asosiy qismini harbiy gimnastika mashqlari egallagan.
Spartada ta’lim-tarbiyaning yana bir muhim vazifasi yoshlarni qullarga nisbatan shafqatsiz, ularni mensimaydigan qilib tarbiyalashdan iborat edi. Shu maqsadda yoshlarga “Kreptiyalar” amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilgan.
“Sparta” va “Afina” usulidagi tarbiya
=== Taqdimot 4 ===
Spartada 18-20 yoshga yetganda yigitlar “Efeblar” o‘spirinlar guruhida harbiy xizmatni o‘taganlar. Ularni harbiy va jismoniy tarbiya malakalari bilan qurollantirib borilgan.
Afinada eramizdan ilgarigi V-IV asrlarda madaniyat barq urib o‘sdi. Fan, me’morchilik va haykaltaroshlik taraqqiy qildi. Afinada hayot, tartib, intizom, maktab tizimi va undagi ta’lim-tarbiya spartanikidan butunlay farq qilar edi.
Afinada bolalar dastlab 7 yoshdan 13-14 yoshgacha “grammatist” (savod o‘rgatish ma’nosida), “kifarist” (grekcha musiqa o‘qituvchisi ma’nosida) maktablarda tahsil olganlar.
=== Taqdimot 5 ===
O‘g‘il bolalar 13-14 yoshga yetganlaridan keyin palestra (“kurash maktabi”) deb atalgan o‘quv yurtiga o‘tar edilar. Bu o‘quv yurtida ular ikki-uch yil davomida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanar edilar.
Afinada ham 18 dan 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar Efeblar qatoriga o‘tib, harbiy xizmatga tayyorlanar va o‘zlarini siyosiy bilimlarini oshirishni davom ettirar edilar. Ayrim xat-savodi bor otalar bolalariga o‘qishni o‘zlari o‘rgatar edilar.
Pedagogika nazariyasiga olim va faylasuflardan Suqrot, Platon, Aristotel va Demokratlar asos soldilar. Ular o‘z qarashlari bilan ta’lim-tarbiya rivojlanishiga juda katta hissa qo‘shdilar.
=== Taqdimot 6 ===
Suqrot eramizdan avvalgi (469-399-yillar) da yashab ijod etgan. Suqrotning fikricha tarbiyadan kutilgan maqsad, buyumlar tabiatini o‘rganish bo‘lmay, balki kishining bilim olishi, axloqni kamol toptirishi bo‘lmog‘i lozim edi.
Suqrot
=== Taqdimot 7 ===
Platon
Platon eramizdan avvalgi (424-347) yillarda yashagan. U Suqrotning shogirdi bo‘lib, “obyektiv idealism” nazariyasining asoschisidir. Platon aristokratiyaning abadiy hukmronligi haqidagi nazariyani ilgari suradi. Uning fikricha ideal aristokratik davlat 3 xil ijtimoiy guruhlardan iborat bo‘lishi, ya’ni bular: faylasuflar, jangchilar, hunarmandlar va dehqonlar guruhidan iborat bo‘lishi lozim.
=== Taqdimot 8 ===
Platonning fikricha, bolalar 3 yoshdan boshlab 6 yoshgacha davlat tomonidan tayinlab qo‘yilgan tarbiyachilar rahbarligida maydonchalarda turli o‘yinlar o‘ynash bilan shug‘ullanishlari muhimdir.
Iste’dodi g‘oyat o‘tkir ekanligi ma’lum bo‘lgan va juda ozchilikni tashkil etgan yigitlar falsafa ilmini o‘rganishni yana 5 yil (35 yoshga qadar) davom ettiradilar, shundan so‘ng 35 dan 50 yoshgacha davlatni boshqaradilar.
=== Taqdimot 9 ===
Arastu
Yunon faylasuf olimlaridan yana biri Arastudir. U eramizdan avavvalgi (384 -322) yillarda yashagan. Arastu uch xil tarbiya ya’ni: jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya aqidalarni ishlab chiqib, tarbiyaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan.
=== Taqdimot 10 ===
Arastu o‘g‘il bolalar 7 yoshdan boshlab davlat maktabida o‘qishi lozim, deb uqtiradi. Bolalarga aqliy tarbiya berilishi kerakligini aytib, u o‘g‘il bolalarni avvalo badantarbiya muallimlarining qo‘liga topshirish kerakligini ta’kidlaydi.
Antik faylasuflar Suqrot, Platon, Arastular o‘zlarining nazariyalarida har bir narsada me’yor bo‘lmog‘i lozimligini uqtirib o‘tganlar. Ular axloqni insonning baxtga erishish vositasi deb qaraganlar.
=== Taqdimot 11 ===
O‘rta asr G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida ikki guruhga bo‘lingan va yetti fanni o‘z ichiga olgan ta’lim dasturi vujudga kelgan edi.
Birinchi guruh uchta fandan iborat edi, shu sababli unga lotincha “trivium” nomi berildi. Bunga grammatika (lotin tili grammatikasi), ritorika va dialektika kirar edi.
Ikkinchi guruh to‘rt fandan iborat bo‘lgani uchun uni lotincha “kvadrivium” deyiladi. Unga arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa kirar edi.
=== Taqdimot 12 ===
Cherkov maktablarining asosiy turlari: prixod maktabi (ya’ni cherkovga qarashli), monastir maktabi va bosh cherkov yoki yepiskop maktablaridan iborat edi.
Prixod maktablari boshlang‘ich diniy maktablari bo‘lib, unda o‘g‘il bolalar o‘qir edi.
Monastir maktablari monastir huzuridagi maktablar bo‘lgani sababli shu nom bilan yurgiziladi.
=== Taqdimot 13 ===
Bosh cherkov yoki yepiskop maktablari markaziy diniy okrugdagi bosh cherkovga qarashli maktablar edi. Bunday okrugda din ishlari boshqarmasi joylashgan.
O‘qish cherkov tomonidan tasdiqlangan din darsliklari va din aqidalarini yodlashdan iborat edi. Bu maktablarda belgilangan o‘quv yiliga rioya qilinmagan.
Ritsarlik tarbiyasi. G‘arbiy Yevropada ham dunyoviy feodallar muhitida ritsar fazilatlariga ega bo‘lgan tajribali, mohir va mard jangchi, shuningdek, oliyjanob, nazokatli, odobli, xushmuomalalik, vijdonli, fidokor va sodiq inson tarbiyasi bilan bog‘liq alohida tarbiya tizimi, ya’ni ritsar tarbiyasi maydonga keldi.
=== Taqdimot 14 ===
Ritsarlarga oid yetti fazilat:
ot minib yurishni,
qilichbozlikni,
nayzabozlikni,
suza olish,
ov qila bilish,
shashka (shaxmat) o‘ynashni bilish,
she’r to‘qish va qo‘shiq ayta olish.
=== Taqdimot 15 ===
G‘arbiy Yevropa hayotida yuz bergan iqtisodiy, madaniy o‘zgarishlar, ya’ni hunar va savdoning rivojlanishi, shaharlarning o‘sib borishi va shunga bog‘liq holda dunyoviy shahar madaniyatining taraqqiy qilib borishi, xalqaro aloqalarning kengayishi, yoshlar o‘rtasida bilim olish harakatini tug‘dirdi, bu hol o‘z navbatida G‘arbiy Yevropada ta’lim-tarbiyaga katta ta’sir ko‘rsatdi.
=== Taqdimot 16 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — pedagogika, tarix va ta’lim metodikasi bo‘yicha taqdimotlar uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.