ENG QADIMGI DAVRLARDAN XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA JAHON PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI
5000 so'm
ENG QADIMGI DAVRLARDAN XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA JAHON PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim

Slayd 1
Eng qadimgi davrlardan XIX asrning birinchi yarmida Jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi
Slayd 2
Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim davlatlarida maktab va tarbiya.
01
Qadimgi Yunoniston faylasuflari tarbiya to‘g‘risidagi qarashlari.
02
G‘arbiy Yevropada maktab, maorif hamda pedagogik fikrlar taraqqiyoti.
03
Reja:
Slayd 3
Yunoniston unchalik katta bo‘lmagan quldorlik davlatlaridan iborat bo‘lgan. Uning katta shaharlaridan biri Lakoniya (poytaxti Sparta) va Attika (poytaxti Afina) bo‘lib, bu shaharlar madaniyat markazi hisoblangan.
Spartaliklarning bolalari 7 yoshgacha uyda yashar, keyin “agella” deb ataluvchi davlat muassasasida 18 yoshga yetguncha tarbiyalanar edi. Ta’limning asosiy qismini harbiy gimnastika mashqlari egallagan.
Spartada ta’lim-tarbiyaning yana bir muhim vazifasi yoshlarni qullarga nisbatan shafqatsiz, ularni mensimaydigan qilib tarbiyalashdan iborat edi. Shu maqsadda yoshlarga “Kreptiyalar” amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilgan.
“Sparta” va “Afina” usulidagi tarbiya
Slayd 4
Spartada 18-20 yoshga yetganda yigitlar “Efeblar” o‘spirinlar guruhida harbiy xizmatni o‘taganlar. Ularni harbiy va jismoniy tarbiya malakalari bilan qurollantirib borilgan.
Afinada eramizdan ilgarigi V-IV asrlarda madaniyat barq urib o‘sdi. Fan, me’morchilik va haykaltaroshlik taraqqiy qildi. Afinada hayot, tartib, intizom, maktab tizimi va undagi ta’lim-tarbiya spartanikidan butunlay farq qilar edi.
Afinada bolalar dastlab 7 yoshdan 13-14 yoshgacha “grammatist” (savod o‘rgatish ma’nosida), “kifarist” (grekcha musiqa o‘qituvchisi ma’nosida) maktablarda tahsil olganlar.
Slayd 5
O‘g‘il bolalar 13-14 yoshga yetganlaridan keyin palestra (“kurash maktabi”) deb atalgan o‘quv yurtiga o‘tar edilar. Bu o‘quv yurtida ular ikki-uch yil davomida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanar edilar.
Afinada ham 18 dan 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar Efeblar qatoriga o‘tib, harbiy xizmatga tayyorlanar va o‘zlarini siyosiy bilimlarini oshirishni davom ettirar edilar. Ayrim xat-savodi bor otalar bolalariga o‘qishni o‘zlari o‘rgatar edilar.
Pedagogika nazariyasiga olim va faylasuflardan Suqrot, Platon, Aristotel va Demokratlar asos soldilar. Ular o‘z qarashlari bilan ta’lim-tarbiya rivojlanishiga juda katta hissa qo‘shdilar.
Slayd 6
Suqrot eramizdan avvalgi (469-399-yillar) da yashab ijod etgan. Suqrotning fikricha tarbiyadan kutilgan maqsad, buyumlar tabiatini o‘rganish bo‘lmay, balki kishining bilim olishi, axloqni kamol toptirishi bo‘lmog‘i lozim edi.
Suqrot
Slayd 7
Platon
Platon eramizdan avvalgi (424-347) yillarda yashagan. U Suqrotning shogirdi bo‘lib, “obyektiv idealism” nazariyasining asoschisidir. Platon aristokratiyaning abadiy hukmronligi haqidagi nazariyani ilgari suradi. Uning fikricha ideal aristokratik davlat 3 xil ijtimoiy guruhlardan iborat bo‘lishi, ya’ni bular: faylasuflar, jangchilar, hunarmandlar va dehqonlar guruhidan iborat bo‘lishi lozim.
Slayd 8
Platonning fikricha, bolalar 3 yoshdan boshlab 6 yoshgacha davlat tomonidan tayinlab qo‘yilgan tarbiyachilar rahbarligida maydonchalarda turli o‘yinlar o‘ynash bilan shug‘ullanishlari muhimdir.
Iste’dodi g‘oyat o‘tkir ekanligi ma’lum bo‘lgan va juda ozchilikni tashkil etgan yigitlar falsafa ilmini o‘rganishni yana 5 yil (35 yoshga qadar) davom ettiradilar, shundan so‘ng 35 dan 50 yoshgacha davlatni boshqaradilar.
Slayd 9
Arastu
Yunon faylasuf olimlaridan yana biri Arastudir. U eramizdan avavvalgi (384 -322) yillarda yashagan. Arastu uch xil tarbiya ya’ni: jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya aqidalarni ishlab chiqib, tarbiyaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan.
Slayd 10
Arastu o‘g‘il bolalar 7 yoshdan boshlab davlat maktabida o‘qishi lozim, deb uqtiradi. Bolalarga aqliy tarbiya berilishi kerakligini aytib, u o‘g‘il bolalarni avvalo badantarbiya muallimlarining qo‘liga topshirish kerakligini ta’kidlaydi.
Antik faylasuflar Suqrot, Platon, Arastular o‘zlarining nazariyalarida har bir narsada me’yor bo‘lmog‘i lozimligini uqtirib o‘tganlar. Ular axloqni insonning baxtga erishish vositasi deb qaraganlar.
Slayd 11
O‘rta asr G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida ikki guruhga bo‘lingan va yetti fanni o‘z ichiga olgan ta’lim dasturi vujudga kelgan edi.
Birinchi guruh uchta fandan iborat edi, shu sababli unga lotincha “trivium” nomi berildi. Bunga grammatika (lotin tili grammatikasi), ritorika va dialektika kirar edi.
Ikkinchi guruh to‘rt fandan iborat bo‘lgani uchun uni lotincha “kvadrivium” deyiladi. Unga arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa kirar edi.
Slayd 12
Cherkov maktablarining asosiy turlari: prixod maktabi (ya’ni cherkovga qarashli), monastir maktabi va bosh cherkov yoki yepiskop maktablaridan iborat edi.
Prixod maktablari boshlang‘ich diniy maktablari bo‘lib, unda o‘g‘il bolalar o‘qir edi.
Monastir maktablari monastir huzuridagi maktablar bo‘lgani sababli shu nom bilan yurgiziladi.
Slayd 13
Bosh cherkov yoki yepiskop maktablari markaziy diniy okrugdagi bosh cherkovga qarashli maktablar edi. Bunday okrugda din ishlari boshqarmasi joylashgan.
O‘qish cherkov tomonidan tasdiqlangan din darsliklari va din aqidalarini yodlashdan iborat edi. Bu maktablarda belgilangan o‘quv yiliga rioya qilinmagan.
Ritsarlik tarbiyasi. G‘arbiy Yevropada ham dunyoviy feodallar muhitida ritsar fazilatlariga ega bo‘lgan tajribali, mohir va mard jangchi, shuningdek, oliyjanob, nazokatli, odobli, xushmuomalalik, vijdonli, fidokor va sodiq inson tarbiyasi bilan bog‘liq alohida tarbiya tizimi, ya’ni ritsar tarbiyasi maydonga keldi.
Slayd 14
Ritsarlarga oid yetti fazilat:
ot minib yurishni,
qilichbozlikni,
nayzabozlikni,
suza olish,
ov qila bilish,
shashka (shaxmat) o‘ynashni bilish,
she’r to‘qish va qo‘shiq ayta olish.
Slayd 15
G‘arbiy Yevropa hayotida yuz bergan iqtisodiy, madaniy o‘zgarishlar, ya’ni hunar va savdoning rivojlanishi, shaharlarning o‘sib borishi va shunga bog‘liq holda dunyoviy shahar madaniyatining taraqqiy qilib borishi, xalqaro aloqalarning kengayishi, yoshlar o‘rtasida bilim olish harakatini tug‘dirdi, bu hol o‘z navbatida G‘arbiy Yevropada ta’lim-tarbiyaga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Slayd 16
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 17
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
NUMIZMATIKA. QADIMGI YUNON VA RIM TANGALARI. QADIMGI DAVR VA O’RTA ASRLARDA O’ZBEKISTON TANGALARI.XONLIKLAR DAVRI TANGALAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Tarixiy voqealar, shaxslar va muhim tushunchalar izchil yoritilgan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Tarix va madaniyat
MARKAZIY OSIYO XALQLARI TARIXI FANIGA KIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Tarixiy voqealar, shaxslar va muhim tushunchalar izchil yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Tarix va madaniyat
GERALDIKA TARIX FANI SIFATIDA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Tarixiy voqealar, shaxslar va muhim tushunchalar izchil yoritilgan.
- Slaydlar soni: 44 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Tarix va madaniyat
KALENDAR VA ULARNING TURLARI. SHARQ MAMLAKATLARI KALENDARLARI. QADIMGI RIM, YUNONISTON KALENDARLARI. YULIY SEZARNING KALENDAR ISLOHOTI. GRIGORIY KALENDARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Tarixiy voqealar, shaxslar va muhim tushunchalar izchil yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Tarix va madaniyat
O‘RTA OSIYO TARIXIGA OID QADIMGI DAVR YOZMA MANBALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Tarixiy voqealar, shaxslar va muhim tushunchalar izchil yoritilgan.
- Slaydlar soni: 42 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Tarix va madaniyat
ILK O‘RTA ASRLARDA ERON mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Tarixiy voqealar, shaxslar va muhim tushunchalar izchil yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Tarix va madaniyat
SOTSIOLOGIYANING FAN SIFATIDA VUJUDGA KELISHI TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Tarixiy voqealar, shaxslar va muhim tushunchalar izchil yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Tarix va madaniyat
ERKIN KURASHNING TARIXIY ILDIZI VA TURLI TARIXIY DAVRLARDA TARAQQIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
O‘ZBEK XALQINING BOY MA`NAVIY VA MODDIY HAYOTI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Tarixiy voqealar, shaxslar va muhim tushunchalar izchil yoritilgan.
- Slaydlar soni: 34 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Tarix va madaniyat
O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI O‘QUV FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI. O‘ZBEKISTON DAVLATCHILIGI TARIXI MASALALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Tarixiy voqealar, shaxslar va muhim tushunchalar izchil yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Tarix va madaniyat
VII ASRDAN XIV ASRNING BIRINCHI YARMIGACHA O‘RTA OSIYODA TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKRLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
VII ASRDAN XIV ASRNING BIRINCHI YARMIGACHA O‘RTA OSIYODA TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Tarixiy voqealar, shaxslar va muhim tushunchalar izchil yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Tarix va madaniyat
















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.