Elparvar va yurtparvar shoir Muhammad Yusuf
8000 so'm

Slayd 1
ELPARVAR VA YURTPARVAR SHOIR MUHAMMAD YUSUF
Slayd 2
2
Elparvar, yurtparvar shoir Muhammad Yusuf
(1954-2001)
Slayd 3
Siz ,albatta, g‘olib bo‘lasiz, adabiyotshunoslar !!!
Shartni a’lo bajargan
o‘quvchilar “Ofarin” nomli tarqatmalarni guruhlari nomi ortiga jamlaydi. Demak, faqat shartni a’lo bajargan o‘quvchi rag‘bat kartochkalariga ega bo‘ladi. Qaysi guruh eng ko‘p rag‘bat kartochkasini to‘plasa shu guruh g‘olib bo‘ladi.
Slayd 4
O‘tilgan mavzuni takrorlash. “Tanidingizmi?” metodi
“Tanidingizmi?” metodi Bunda slaydda o‘quvchilarga bir nechta yozuvchi va shoirlarning rasmlari ko‘rsatiladi, ular suratdagi yozuvchining kim ekanligini aniqlashlari kerak bo‘ladi.
Slayd 5
O‘tilgan mavzuni takrorlash. “Tanidingizmi?” metodi
Slayd 6
O‘tilgan mavzuni takrorlash. “Tanidingizmi?” metodi
Slayd 7
Muhammad Yusuf hayoti va ijodi
1954–yil 24–aprelda
Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog‘ida oddiy zahmatkash odamlar oilasida tug‘ilgan. O‘rta maktab ta’limini olgach, Yusupov Muhammad Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutiga o‘qishga kiradi va uni 1978-yilda bitiradi.
Slayd 8
Muhammad Yusufning jo‘shqin faoliyati
1978-1980-yillarda Respublika «Kitobsevarlar» jamiyatida;
1980-1986-yillar oralig‘ida poytaxtning «Toshkent oqshomi» gazetasida;
1986-1992-yillarda esa G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida;
1992-1995-yillarda «O‘zbekiston ovozi» gazetasida, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA)da xizmat qildi.
1995—1997-yillarda «Tafakkur» jurnalida bo‘lim mudiri;
1997—2001-yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida rais o‘rinbosari, 2-chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.
Slayd 9
Muhammad Yusufning ilk ijodi
Muhammad Yusufning dastlabki she’rlari «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» haftaligida bosilgan (1976).
Shundan boshlab Respublika matbuotida uning she’r, ocherk va maqolalari muntazam ravishda chop etila boshlagan.
Ilk she’rlar kitobi — «Tanish teraklar» (1985)
Slayd 10
Muhammad Yusuf asarlari
«Bulbulga bir gapim bor» (1987);
«Iltijo» (1988);
«Uyqudagi qiz» (1989);
«Halima enam allalari» (1989);
«Ishq kemasi» (1990);
«Ko‘nglimda bir yor» (1991);
«Bevafo ko‘p ekan»;
«Yolg‘onchi yor» (1993);
«Erka kiyik» (1995);
«Osmonimga olib ketaman» (1998)
Slayd 11
So‘nggi manzil
2001-yilning 31-iyulida Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumaniga qilingan ijodiy safar chog‘ida, yuzlab muxlislari qarshisida she’r o‘qiyotgan paytda yurak xurujidan vafot etdi. Xuddi Boburdek, Shavkat Rahmondek Muhammad Yusuf ham bor-yo‘g‘i
47 yil umr ko‘rdi.
Slayd 12
Muhammad Yusuf haqida
“Muhammad Yusuf tez og‘izga tushdi. Birorta shoir uningdek tez nom chiqarmagan, nomdor bo‘lmagan.”
( Said Ahmad )
Slayd 13
Muhammad Yusuf haqida
“Chinakam shoirning qalbida sohir qush doimo sayrab turadi, degan gapni ko‘p bora eshitgandik. O‘sha qush aynan Muhammadjonning yuragida oshiyon qurganiga men astoydil ishonganman. Uning ko‘zlari ham, chehrasi ham hamisha latif bir kuyni xonish qilganday edi.”
Abdulla Oripov
Slayd 14
Muhammad Yusuf haqida
“Muhammad Yusuf omadli yigit edi. G‘aybulloh as – Salomday zabardast olim, ulug‘ bir inson xonadoniga kuyov bo‘lishida men katta bir xislat ko‘raman. Ular ruhan bir-birlariga juda yaqin insonlar edi.”
( Erkin Vohidov )
Slayd 15
Muhammad Yusuf she’riyatidan
“MEHR QOLUR”
Qorachug‘da porlagan o‘sha,
Iqboliga chorlagan o‘sha.
Dunyoni tor aylagan o‘sha —
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Qorachug‘da porlagan o‘sha,
Iqboliga chorlagan o‘sha.
Dunyoni tor aylagan o‘sha —
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Slayd 16
“Raqamlar tilga kirganda” metodi
“Raqamlar tilga kirganda” metodidan foydalanib ushbu yillarda shoir hayoti va ijodida qanday voqealar sodir bo‘lganligini yozing.
Slayd 17
“Raqamlar tilga kirganda” metodi
1954-yil
1978-yil
1997-yil
1985-yil
1998-yil
2001-yil
Slayd 18
Mavzuni mustahkamlash. “Davom ettir” metodi
1-topshiriq. “Davom ettir” metodi. QR kodga joylangan she’riy parchalarni davom ettiring. Strelka yuqoriga qaragan bo‘lsa, undan oldingi, agar pastga qaragan bo‘lsa, undan keying misrani yoddan ayting.
Slayd 19
Mavzuni mustahkamlash
2-topshiriq. “Qo‘shiqlar jangi” metodi. Bu topshiriqda o‘quvchilar Muhammad Yusufning san’atkorlar tomonidan kuylangan she’rlarini qo‘shiq qilib aytib berishadi.
3-topshiriq. “O‘z fikringni bayon et” metodi orqali o‘quvchilar Muhammad Yusuf ijodi yuzasidan bahs yuritishadi. Shoir she’rlari qanday mavzularda yozilganli haqida ma’lumot berishadi.
Slayd 20
Sizga ofarin deymiz , adabiyotshunoslar !!!
Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar va guruhlar quyidagi nominatsiyalarda faxriy yorliqlar va tashakkurnomalar bilan taqdirlanadi.
O‘quvchilar uchun:
1-nominatsiya: “ Eng bilimdon adabiyotshunos”
2-nominatsiya: “ Eng faol o‘quvchi”
Guruh uchun:
1-nominatsiya: “Eng yaxshi guruh sardori”
2-nominatsiya: “ Eng yaxshi she’riyat shaydolari”
Slayd 21
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 22
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.