Ekologiyada qo’llaniladigan usullar

4000 so'm


Ekologiyada qo'llaniladigan usullar

 

 

Slayd 1

Ekologiyada qo‘llaniladigan usullar

Slayd 2

O’quv amaliy mashg’ulotining maqsadi:
Talimiy maqsadi: Inson va tabiat bilan o’zaro aloqasini o’rganish.
Tarbiyaviy maqsadi: Talabalarni tabiatni muhofaza qilish va to’g’ri foydalanishga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsadi: Talabalarda ekologiyada qo’llaniladigan usullar boyicha bilimlarini oshirishda adabiyotlar bilan ishlash malaka va ko’nikmasini hosil qilish.

Slayd 3

Ishning maqsadi: Ekologiyada qo’llaniladigan usullar yuzasidan bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish. Kerakli material va jihozlar: Ekologiyaga oid o’quv qo’llanmalari,jadvallar, gerbariylar, slaydlar.

Slayd 4

Ekologiyada o‘rganiladigan muammolarning xilma-xilligi turli usullarning qo‘llanishini talab qiladi. Ekologiyada dala, laboratoriya, eksperimental va matematika moddullar qo‘llaniladi

Slayd 5

Dala usuli.
Tabiiy sharoitda olib boriladigan va o’tkazila-digan kuzatishlar dala usuli asosida bo’ladi. Dala usuli bo’yicha tur vakillari, ular hosil qiladigan turli katta-kichik tirik organizmlar guruhlari tabiiy sharoitda o’rganiladi. Bunday holda floristika, sistematika, geobotanika, fiziologiya kabi biologik hamda nobiologik fanlarning usullari ham keng qo’llaniladi va tirik organizmlarni o’sish, rivojlanish, ko’payish, o’zgarib turish jarayonlari aniklanishi bilan, ularning bir-birlariga hamda muhitga munosabatlari o’rganiladi, olingan materiallarni ekologik tahlil qilish asosida tirik organizmlarning hayot faoliyatiga oid turli ekologik qonunlar aniqlanadi.

Slayd 6

Laboratoriya eksperiment usuli
Laboratoriya eksperiment usuli – maxsus joylarda, xonalarda, turli mikroorganizmlar, suvo‘tlar, umurtqasiz hayvonlar, ularning formalari (shtamlari) kichik-kichik idishlar. Tirik organizmlarning fiziologik, biokimyoviy va umuman ekologik holatini kuzatish ko‘pincha laboratoriya sharoitida olib boriladi. Shuning uchun ham tirik organizmlarga sun’iy sharoitda sun’iy ekologik omillarning ta’siri natijasida organizmlarga bo‘lib o‘tadigan o‘zgarishlar laboratoriyada – eksperimental holatda o‘rganiladi.

Slayd 7

Ularning ko’payish jadalligi, massa hosil qilishi, fiziologik, biokimyoviy tarkiblari, hamda foydali formalarini tez ko’paytirish usullarini ishlab chiqib, non, qatiq, yog’, vino, spirt tayyorlashda foydalaniladi Organizmlar va ularning populyatsiyasi holatini aniqlashda mor-fofiziologiya indikator usulidan foydalaniladi. Bu usul yordamida hayvon tanasiningog’irligi, ayrim organlariningtabiiy zonalar va muhit omillariga bog’liq holda o’zgarishi, shakllarining kattalanishi yoki kichrayishi o’rganiladi.

Slayd 8

Matematik modellar va modellashtirish
. Turli ekosistemalarning tabiiy holati, o’zgarishi va ularga xos boshqa ekologik tomonlar matematik modellar usuli yordamida anikdanadi.
Tabiatdagi ko’p qirrali voqeliklarni ekologik nuqtai nazar-dan tekshirishda katta va kichik ekosistemalarga xos qonuniyatlarni aniqlash jarayonida ularningdoimo o’zgarib turishi, muhit omillarining ta’siriga ko’rsatadigan reaktsiyasi, turli tsenozlarning har xilligi va farqi aniqlanadi.

Slayd 9

Slayd 10

Yillar
Aholi sonining o’zgarishi
1600
500 Mln
1850
1 Mlrd
1930
2 Mlrd
1960
3 Mlrd
1970
3,6 Mlrd
2000
7 Mlrd

Slayd 11

Organizmlarning son ko’rsatkichlarini o’rganish
Ekologik taqiqotlarda organizmlarning soni va ularni o’zgarib turishini aniq bilish katta ahamiyatga ega. Organizmlar mikdori vizual va instrumental yo’l bilan aniqanadi. Organizmlar vizual hisobga olinganda, ularning ma’lum joyda, to’g’ri yo’nalishda yoki ma’lum hajmdagi suvdagi mikdori aniqlanadi. Masalan, geobotanikada ma’lum joydagi o’simliklarni hisobga olish, gidrobiologiyada – dengiz, okeanlardan «dnocherpatellar» yordamida suv tagidagi loyqa tortib olinib, uning ichidagi organizmlar tarkibi va soni aniqlanadi. Suv qatlamidan plankton holda yashovchi organizmlarning turlar tarkibi, biomassasi aniqlanadi.

Slayd 12

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 13

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Ekologiyada qo’llaniladigan usullar” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar