Ekologiya fanining asoslari va bo’limlari
4000 so'm

Slayd 1
Ekologiya. Yashash muhitlari. Ekologik omillar va ularning organizmga ta’siri
Slayd 2
Ekologiya
«Ekologiya» tushunchasini fanga birinchi bo’lib nemis biologi Ernest Gekkel 1866- yilda kiritgan.Ekologiya ayrim individlarning rivojlanishi, ko’payishi, yashashi, populyatsiyalarining va jamoalarining tarkibi hamda o’zgarishlarini yashash muhitiga bog’liq holda o’rganadi.
Ekologiya fanining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
Har xil organizmlar guruhlarining atrof-muhit omillari bilan munosabati qonuniyatlarini o’rganish.
Organizmlarning yashash muhitiga ta’sirini aniqlash.
Biologik resurslardan oqilona foydalanish, odam faoliyati ta’sirida tabiat o’zgarishlarini oldindan ko’ra olish, tabiatda kechayotgan jarayonlarni boshqarish yo’llarini o’rganish.
Zararkunandalarga qarshi kurashning biologik usullarini yaratish.
Sanoat korxonalarida chiqindisiz texnologiyani ishlab chiqish va joriy etish. Ekologiya genetika, evolutsiya ta’limoti, sistematika, fiziologiya, etologiya kabi biologik fanlar bilan chambarchas bog’langan.
Slayd 3
Ekologiyaning bo’limlari
Autekologiya — ayrim bir turga mansub bo’lgan organizmlar yoki populya- tsiyalarning o’zaro va muhit bilan munosabatlarini o’rganadi. Masalan, hozirgi davrda populyatsiyalar ekologiyasini o’rganishda ularning ko’payishi, turg’unligi yoki sonining kamayishini o’rganishda matematik modellashtirish usuli keng qo’llanilmoqda.
Slayd 4
Autekologiya — ekologik omillarning tirik organizmlarga ta’sirini o‘rganadi.
Issiqlik rejimi — tirik organizmlar mavjudligining eng muhim sharti hisoblanadi, chunki ulardagi barcha fiziologik jarayonlar faqat muayyan sharoitlardagina kechishi mumkin. Issiqlikning asosiy manbai quyosh nurlanishidir.
Slayd 5
Demekologiya- populyatsiyalar ekologiyasi, populyatsiyada individlar sonining o’zgarishi, populyatsiyadagi guruhlar o’rtasidagi munosabatlarni o’rganuvchi bo’lim. Demeekologiya doirasida populyatsiyalarning shakllanish shart-sharoitlari o’rganiladi. Demekologiya tashqi muhit ta’siri ostida individlar sonining o’zgarish sabablarini o’rganadi.
Slayd 6
Sinekologiya
Sinekologiya — har xil turga mansub organizmlar umumlashmasining o‘zaro va muhit bilan munosabatlarini o‘rganadi.Bunda ayrim territoriyalarda yashaydigan mikroorganizmlar,o‘simlik, hayvon turlarining xilma-xilligi, tarqalishi, ular orasidagi raqobatlar va boshqa ekologik muammolar o‘rganiladi.
Slayd 7
Slayd 8
Evolutsion ekologiya
Evolutsion ekologiya — ekologik sistemalarning sayyoramizda hayot kelib chiqishi bilan birga o‘zgarishlarini, biosferaning evolutsiyasiga insonning ta’sirini o‘rganadi. Evolutsionekologiya paleontologik ma’lumotlardan va hozirgi zamonekologik sistemalari haqidagi ma’lumotlardan foydalanibqadimiy ekosistemalarni nazariy rekonstruksiyalashga (qaytayaratish) harakat qiladi.
Slayd 9
Tarixiy ekologiya
Tarixiy ekologiya — insoniyat sivilizatsiyasi va texnologiyasining rivojianishi natijasidagi ekologik o‘zgarishlarni neolitdavridan boshlab hozirgi davrgacha o‘rganadi
Slayd 10
Slayd 11
Экологик омиллар
Tirik organizmlarga ta’sir ko’rsatuvchi muhitning har qanday tarkibiy qismlari ekologik omillar deyiladi.
Hamma ekologik omillar uchta asosiy guruhga bo’linadi:
•Abiotik omillar — anorganik tabiat sharoitining yig’indisi. Bularga tuproq, iqlim, topografik va boshqa fizik omillar kiradi.
Slayd 12
Biotik omillar. Bunga tirik tabiat omillari (tirik organizmlarning bir-biriga va yashash muhitiga ta’siri) kiradi. Antropogen omillar. Bunga inson faoliyatiga bog‘liqbo‘lgan omillar kiradi
Slayd 13
Slayd 14
Антропоген омиллар
Slayd 15
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 16
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.