Dramatik asarlar ustida ishlash yo’llari
8000 so'm

Slayd 1
DRAMATIK ASARLAR USTIDA ISHLASH YO‘LLARI
Slayd 2
Reja:1. Dramatik asarlarning o‘ziga xos xususiyatlari.2. Dramatik asarlarning turlari.3. Dramatik asarga xos nazariy ma’lumotlarni mustahkamlash.4. Dramatik asar tahlili.
Slayd 3
Reja:
1. Dramatik asarlarning o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Dramatik asarlarning turlari.
3. Dramatik asarga xos nazariy ma’lumotlarni mustahkamlash.
4. Dramatik asar tahlili.
DRAMATIK ASARLAR USTIDA ISHLASH YO‘LLARI
Slayd 4
Adabiy asarlarni tahlil qilishda ularning tur va janr xususiyatlari alohida ahamiyatga ega. Asarning tur va janri uni tahlil qiishga oid metod va usullarning belgilanishiga asos bo‘ladi.
Bularning barchasi adabiy asar tahlilida uning tur va janr xususiyatlari alohida ahamiyat kasb etishini ko‘rsatib turadi.
Slayd 5
So‘z san’atining asosiy turlaridan biri bo‘lgan drama qadimgi yunon tilidan olingan bo‘lib harakat, amal-faoliyat degan ma’nolarni anglatadi. Dramatik asarlar, asosan, sahnada ijro etishga mo‘ljallangan bo‘lib, suhbat-dialog shaklida yoziladi.
Dramatik turga drama, komediya, tragediya (fojea) singari janrlar mansubdir. Bunday bitiklarda voqelik asarda bevosita ishtirok etuvchi shaxslarning xatti-harakatlari va nutqi orqali ochiladi. Dramatik asarlar sahnaga moslab yoziladi. Yozuvchining fikrlari asarda ishtirok etuvchilarning so‘zi va faoliyati vositasida namoyon bo‘ladi. Lirik yoki epik turdagi asarlarda muallif nuqtai nazari, ba’zan ochiq, ba’zan yashirin-pardali tarzda bildiriladi.
Dramatik asarlarda ayni mana shu holatning mavjud emasligi o‘quvchi uchun qo‘shimcha qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Shunga ko‘ra dramatik asarlarda munosabatlarning o‘ziga xos tarzda aks ettirilishini o‘quvchi yoki tomoshabin ongiga, idrokiga yetkazish masalasi turadi. Sahna asaridagi har bir harakat va har bir so‘zning katta ma’no tashishi o‘quvchi yoki tomoshabinlar tomnidan anglab yetilishi kerak. Buning uchun tahlil jarayonida dramatik asarlarning shu xususiyatlariga alohida urg‘u berishga to‘g‘ri keladi.
Slayd 6
O‘quvchi yoki tomoshabinga bayon va tasvirlashga xos usullar yot bo‘lganidan u personajlar xatti-harakatini, voqealar rivojini bevosita tahlil etish imkoniyatiga ega emas. Bunday vazifalar dialoglar yetakchiligida, monolog, remarka va pauzalar yordamida muayyan vaqt ichida tomoshabin yoki kitobxon ko‘z o‘ngida sodir bo‘layotgan qismatlar shaklida amalga oshiriladi. Har bir voqeaga yo‘nalish beriladi. Dramatik asar tanaffuslar bilan ko‘rsatilganligi sababli, har qaysi qismi parda deb yuritiladi. Parda ichida ko‘rinishlar bo‘ladi. Bir ko‘rishga mo‘ljallanganligi sababli dramatik asar hajman cheklangan bo‘ladi
Slayd 7
Dramatik asarlar kompozitsion tuzilish jihatidan boshqa janrlardagi asarlardan farq qiladi. Shuning uchun drama janri so‘z san’atiga mansub bo‘lsa ham, sahnada ijro etilishi bilan roman va qissa janridan farq qiladi. Dramada har bir obraz o‘z xarakteriga xos xislatlarni jonli tili, xatti-harakati orqali nomoyish qiladi. Shunga ko‘ra dramada proza va poeziyaga xos bo‘lgan muallif nutqi bevosita ishtirok etmaydi. «Nasrchi va nazmchilar hikoya qilish, voqealarni izohlash, hodisalarni ifodalash, xarakterlarni tasvirlash yo‘lidan borishsa, dramaturg so‘zlarni harakatga solish, qahramonlarni so‘zlatib qo‘yib, xarakterlarini ochish usulidan foydalanadi». Kitobxon yoki tomoshabin dramada sodir bo‘layotgan voqea va qahramonlarni ularning o‘zidan payqab oladi. Binobarin, dramaturg o‘z qahramonlarining hayoti haqida hikoya qilmaydi, balki ularni harakatda ko‘rsatadi.
Slayd 8
Dramatik asarlarda ohang, pauza va ovozning baland-pastligi katta ahamiyatga ega bo‘lib, nutqning o‘ziga xos bu xususiyati sahnada yorqinroq namoyon bo‘ladi.
Dramada dramaturg tashqi voqea-hodisalar, hayotiy masalalar, ishtirok etuvchi shaxslarni o‘z-o‘zini namoyon qilish vositasida aks ettiradi.
Har qanday hodisa ham dramatik bo‘lavermaydi.
Dramatik asarlarda qaysi jihatlar muhim?
Slayd 9
Ta’lim amaliyotida dramatik asarlarni o‘rganishda avval ularning matni bilan tanishish amalga oshiriladi, albatta. Agar imkoni bo‘lsa sahnada ko‘rish, yoki tasmaga yozilgan varianti bilan tanishish juda samarali ish turi hisoblanadi. Chunki sahna asarini sahnada ko‘rish kutilgan natijaning maksimal samarasini ta’minlaydi. Avvalo, Sharof Boshbekov qalamiga mansub «Temir xotin» haqida yumor bilan aytgan jiddiy «gap» haqida mulohaza yuritish kerak bo‘ladi.
Slayd 10
Sh. Boshbekov o‘z ijodidagi xususiyatlar haqida gapirib: «Mening eng yaxshi ko‘rgan qurolim – yumor. Asar qanday janrda yozilmasin, voqealar qanchalik jiddiy, qahramonlarimning taqdiri qay darajada fojiali bo‘lmasin, yumor, hazil-mutoyiba, askiya un- surlari, so‘z o‘yinlaridan unumliroq foydalanishga harakat qila- man, bu, birinchidan, asarni o‘qishli qiladi, tomoshaviyligini oshi- radi, ikkinchidan, boshqa nuqsonlarni «yopib» ketadi. Masalan, «Temir xotin» asarimda aytiladigan «gap» jiddiy, lekin vaziyat, qahramonlarning so‘zi kulgili yoki aksincha bo‘lishi mumkin», – deb yozadi.
Slayd 11
O‘quvchilarni bu haqiqtni kashf etishga yo‘naltiruvchi ilk savol: «Boshdan oxir yengil yumorga yo‘g‘rilgan, bir oz fantaziya ham aks etgan bu asarda qanday jiddiy gap bo‘lishi mumkin?» tarzida o‘rtaga tashlanadi. Asar mutollasi asnosida hali o‘z taassurotlari ta’siridan chiqib ulgarmagan «yosh sinchi»lar e’tibori avval: birinchi sahna tasviridagi Qo‘chqorning ro‘zg‘origa taalluqli har bir jihozda nimaningdir yetishmasligiga; Qumri obrazining odam, ayol, xotin va ona sifatidagi jamiki xususiyatlariga; Qo‘chqorning Olimtoyga qarata:
• «Mana, biz ham «paxta terimiga» degan gapni eshitishimiz bilan hamma ishimizni yig‘ishtirib qo‘yib, dalaga chiqib ketamiz. Bolalarimiz o‘qishini tashlaydi, xotinlarimiz emizikli bolasini…» degan e’tirofiga;
• «Butun o‘zbekning dardini dasturxon qilib o‘tiribman. Doim shu, bizga o‘xshagan odam gapirsa, yo hech kim eshitmaydi, yo eshitadigani temir chiqadi…» tarzidagi noroziligiga;
Slayd 12
Qo‘chqorning Alomatga qarata: «Yo‘g‘-e, endi yig‘lashni ham qog‘ozga qarab yig‘lasak, uyat bo‘lar?» kabi so‘zlariga; Alomatning Qo‘chqorga qarata aytgan: «Shu darajaga yetgansizki, bora-bora undaylarga havas ham qilmay qo‘ygansiz! Havas qilaverib, orzu qilaverib, charchagansiz, holdan toygansiz!»,
«G‘urur, qadr-qimmatingiz-chi? Mundoq o‘ylab ko‘ring, biron tirik jon siz bilan hisoblashadimi? Yo‘q, axir! To‘y-ma’rakalarda poygakda o‘tirasiz» singari achchiq haqiqatlariga; Qo‘chqorning og‘ir hayotidan nolimasligi sababi haqida Alomatning: «Hamma gap shunda-da, nolimaysiz! Ko‘nikib ketgansiz. Yaralar toshga aylangan – og‘riq sezmaydi. Dod solib baqirish-ku, qo‘lingizdan kelmas, hech qursa ingrabqo‘yishga ham qodir emasmisiz, Qo‘ch- qor aka! Qalbingizning unutilib ketgan, o‘zingiz ham bilmaydigan burchaklarida miltillayotgan ushoqqina norozilikdan qo‘rqasiz, uni sezmaslikka olasiz!» tarzidagi izohlariga;
Slayd 13
Qo‘chqorning hayron bo‘lib: «Xo‘sh, nima ish qilipti! Hali qatorlashtirib bola tuqqani yo‘q, kechalari uyqudan qolib, beshik quchoqlab chiqqani yo‘q, har bir farzandi bilan ming bor kasal bo‘lib, ming bor sog‘aygani ham yo‘q. Bitta o‘zbek ayoli nima ish qilsa, shuning yarmini qildi, xolos…» singari mulohazalarga qaratiladi. Bu haqiqatlarning barchasini o‘quvchilar o‘zlari matndan topishlari kerak.
Slayd 14
Zamondosh avlod kechagi jamiyatda ustuvor bo‘lgan qishloq hayotining bu kabi turmush tarzini tasavvur qila olmasligi mumkindir, lekin qishloqlarning buguni ham avlo emasligi hech kimga sir emas. Umuman, sovet davridagi turmush tarzini tasavvur qilish uchun tarbiyalanuvchilar har bir detal, jumla, ibora, luqma va tas- virni tahlilga tortishlari kerak bo‘ladi. O‘qituvchi yuqorida sanalgan jihatlarni savol va topshiriqqa aylantirishi talab etiladi. Mana shu tahlil asnosida komediyada ilgari surilgan «jiddiy gap»ning mohiyatiga kiriladi.
Masalan: «Sahnadagi har jihoz, har bir buyumda nimadir yeishmaydi: eshik-deraza romlarining yarmi bo‘yalgan, qolganining rangi o‘chib ketgan, yog‘och karavotning bitta oyog‘i yo‘q, ko‘rpa-yostiqlarga yamoq tushgan, piyolalarning labi uchgan yoki chegalangan, choynakning jo‘mragiga tunuka kiygizilgan» tarzidagi tasvirga diqqat qilinadi va qishloqdagi oddiy oilaning turmushi tasavvur qilinadi.
Keyin Qumrining hech qachon, hech narsadan nolimaganiga, arazlab onasinikiga ketayotgan holatida ham eriga achinishiga, qo‘llarining qavargani, kiyimlaridan tappi va kerosin hidi anqib turishi kabi bir qancha xususiyatlariga tayanib qishloq ayollarining turmush tarzi tasavvur qilinadi. Mual- lif aytmoqchi bo‘lgan jiddiy gapning mohiyatiga kiriladi.
Slayd 15
Olimjonning Alomatning halokati munosabati bilan aytilgan quyidagi iztirobli e’tirofiga ham o‘quvchilarning diqqati qaratiladi: «Ekspluatatsiya! Ertalabdan kechgacha tindirmadingiz-a! Bir minut dam olgani yo‘q, bechora! Yuv, tozala, tik, yama, supur! Bir chaqirim nari- dan suv olib kelib, kir yuvadi! Manavi tezak yoqiladigan la’nati o‘chog‘ingizda ovqat qiladi! Yeb to‘ymaydigan ochofat mollarin- giz bor: ertalabdan kechgacha o‘t ber, suv ber, yem ber! Xamir qoradi, sigir sog‘adi, kuvi pishadi! E, bu uyingizning ishi tugaydimi, o‘zi! Bundan tashqari, dalaga chiqadi! Ming chanoqqa ming egilib, paxta teradi! Qirq-ellik kilo narsani ko‘tarib, xirmonga olib boradi! Shunaqayam qiynaydimi, Qo‘chqor aka?! Bu do‘zax azoblariga qanday dosh bersin, qanday chidasin?! (Mehr bilan.) Axir u temir-ku, Qo‘chqor aka, temir. Uni ehtiyot qilish kerak, avaylash kerak. U o‘zini o‘ylamaydi, «qiynalib ketdim» deydigan tili yo‘q. Indamas ekan, deb eshakday ishlataveradimi axir! «Paq» etib joni chiqib ketguncha ezaverish kerakmi?! Yo‘q, yuragi tosh odamsiz, Qo‘chqor aka!»
Slayd 16
Bu parchadan ular qishloq ayolining turmush tarzini ma’lum darajada tasavvur qiladilar. Muallif ko‘targan masalaning mohiyatiga kiradilar. Ayniqsa, qishloq bolalari kundalik hayotida ko‘rib yurgani va shunday bo‘lishi kerakdek qabul qilgani bu ishlarning yukini ma’lum darajada his etadilar.
Oddiygina qilib aytilgan «Jiddiy gap» zamirida qancha yuk borligi ma’lum bo‘lgandan keyin tahlil yo‘sini xatti-harakati va gap-so‘zlaridan o‘ta sodda, topqir, gapga chechan, hazilkash, maqtanchoq va boshqa jihatlari bilan qishloq ahlining vakili sifatida tasvirlangan Qo‘chqor timsoliga qaratiladi.
Slayd 17
Qo‘chqorning o‘z hayotidan noroziligini qaysi sahnalarda ko‘rish mumkin? Bu kabi savollar har qanday o‘qirmanni matn mohiyatiga qayta-qayta murojaat qilishga undaydi. Ko‘rinadiki, Qo‘chqor ertayu kech tinim bilmay ishlay- di, lekin biri ikki bo‘lmaydi. Chunki u eng kam haq to‘lanadigan ishchi kuchi. Qancha ishlagani bilan qo‘li pul ko‘rmaydi. Erkak kishi bo‘la turib oilasining, hech bo‘lmasa, moddiy ehtiyojlarini qondirolmaydi, o‘zining otalik, erkaklik burchlarini bajarolmaydi. Sirtdan qaraganda bularga e’tibor bermagandek ko‘ringani bilan ruhan iztirobda yashaydi, shuning alamidan bir oz bo‘lsada qutu- lish uchun ichadi. Bu unga hech qanday yordam berolmaydi, faqat bir-ikki soatga shu iztoroblarini unutadi, ozgina chalg‘iydi, xolos. Aslida, uning boshqa yo‘li ham yo‘q, qo‘lidan hech narsa kelmay- di. U shunday yashashga mahkum bo‘lgan shaxs timsoli.
O‘quvchilar Qo‘chqorning nutqi va so‘zlash tarzi asosida uning ichki dunyosini ochishga urinib ko‘rganlari ma’qul. Uning nutqidan ma’lum darajada yumorga moyilligini, anchagina bilimsizligini, ayni zamonda, o‘zining darajasida nimalardandir xabardorligini va nelarnidir bilishga ozgina moyilligi borligini ham payqash mumkin. Uning Olimjonga o‘z uyidan joy bergani mana shu bilishga bo‘lgan ehtiyojining o‘ziga yarasha bir ko‘rinishi. Bo‘lmasa, jo‘jabirday jon, bolalarining qornini zo‘rg‘a to‘ydirib, ustini baholi qudrat butlab yashayapti. Lekin bag‘rikeng.
Slayd 18
Komediyaning: «Yana o‘ynaylik, yana kuylaylik, iqbolimiz porloq ekan, davron suraylik» qo‘shig‘i bilan yakunlanishi o‘z ahvolini, turmushini taftish va tahlil qila olmaslik, o‘zining aslida qanday hayot kechirayotganligini bilmaslik, jamiyat ahlida mus- taqil fikr va munosabatning yo‘qligidan dalolat beradi. Bu insonga xos bo‘lgan eng kechirib bo‘lmaydigan nuqson ekanini o‘quvchilar o‘ylab ko‘rishlari adabiy ta’limning maqsadiga muvofiq keladi. Haqiqatdan ham, kechagi jamiyatda, o‘tgan asrning 60 – 70-yil- larida shunday qo‘shiq bor edi. Uning so‘zini ham kimdir yozgan, yana kimdir kuy bastalagan, kimlardir ijro etgan. Ko‘rinadiki, mil- latning ziyolilari ham shunday fikrlashgan yoki bori haqiqatni bila turib shunday yozishga va kuylashga majbur bo‘lishgan. Xullas,
«Temir xotin» komediyasi kulgidan ko‘ra o‘ylashga, komediyadan ko‘ra fojeaga, ya’ni hayotiy fojeani kulgi orqali ifodalashga yo‘naltirilgan asardir.
Slayd 19
Slayd 20
E'tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 21
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.