DIZARTRIYANI BARTARAF ETISHDA KORREKSION PEDAGOGIK ISH TIZIMI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
Dizartriyani bartaraf etishda korreksion – pedagogik ish tizimi
=== Taqdimot 2 ===
Dizartrik bolalar bilan olib boriladigan korreksion-logopedik ishlarning vazifalari, korreksion ish metodlari va usullari.
03
Reja:
01
Dizartriya nutqiy nafas va ovozni rivojlantirish.
02
Tovushlar talaffuzini korreksiyalash.
=== Taqdimot 3 ===
Dizartrik bolalar bilan olib boriladigan logopedlik ish dizartriyaning barcha shakllarida nutq buzilishi, umumiy va nutqiy motorika buzilishlarining mexanizmlarini bilish, hamda bolaning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Nutqigacha bo‘lgan davrda olib boriladigan korreksion-pedagogik ishlarning asosiy maqsadi bola nutqining va shaxsini o‘z vaqtida shakllantirishni ta’minlovchi rivojlantirishdan iborat. Korreksion-pedagogik ish maxsus jihozlangan xonada har kuni individual ravishda olib borilishi lozim.
=== Taqdimot 4 ===
Korreksion-pedagogik ishlarning asosiy yo‘nalishi quyidagilar hisoblanadi:
differensiyalashgan joyni uqalash;
artikulyatsion mashqlar orqali artikulyatsion organlarning funksiyasini normal holatga keltirish;
ko‘rib va eshitib qabul qilishni rivojlantirish;
emotsional ta’sirlarni rivojlantirish;
qo‘l harakatlari va buyumlar bilan ishlash faoliyatini rivojlantirish;
nutqni tushunishni rivojlantiruvchi tayyorlov davrini shakllantirish.
=== Taqdimot 5 ===
Bu yo‘nalishlar bolaning yoshiga va uning individual rivojlanishi holatiga bog‘liq holda o‘zgartirilishi mumkin. Korreksion-pedagogik ishlarning olib borilishi nutqigacha bo‘lgan davrning rivojlanishining to‘rt darajasi bosqichlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Nutqigacha bo‘lgan davrning rivojlanishining birinchi darajasida olib boriladigan korreksion-pedagogik ishlarning asosiy vazifasi bu ovozli reaksiyalarning simulyatsiyasidir.
=== Taqdimot 6 ===
Olib boriladigan ishlarning asosiy yo‘nalishi quyidagilardan iborat:
artikulyatsion apparat mushaklari va tonusini norma darajaga keltirish;
nafas chiqarishni vokalizatsiyasi;
ovozli komponentlar bilan birgalikda “jonlanish majmui” ni rivojlantirish;
ovozli reaksiyalarni simulyatsiyasi;
ko‘rish fiksatsiyasi va kuzatishni rivojlantirish;
quloq solib eshitishni rivojlantirish;
qo‘l va barmoqlar harakatini norma darajasiga keltirish, chunki bu ko‘ruv-motor koordinatsiyasini shakllantirish.
=== Taqdimot 7 ===
Mashg‘ulot 7-10 daqiqagacha davom etishi mumkin. Har bir mashg‘ulot onalar ishtirokida o‘tkazilishi lozim. Chunki ona korreksion-pedagogik ish usullarini ko‘rishi, o‘rganishi va mustahkamlash maqsadida o‘zi o‘tkazishi kerak. Nutqigacha bo‘lgan davrning ikkinchi darajasida olib boriladigan korreksion pedagogik ishlarning asosiy vazifasi bu guruhlashni kuchaytirishdan iborat.
=== Taqdimot 8 ===
Korreksion-pedagogik ishning asosiy yo‘nalishlari:
artikulyatsion apparat muskullar tonusi va harakatini norma darajasiga keltirish;
nafas chiqarish hajmini va kuchini kengaytirish;
kuzatish ko‘nikmasini turg‘unligini rivojlantirish;
atrofdan kelayotgan ovozni qaysi tomondan kelayotganini topish ko‘nikmalarini shakllantirish;
buyumlarni ushlab turish vazifasini rivojlantirish.
=== Taqdimot 9 ===
Logopedlik mashg‘ulotlar individual ravishda har kuni olib boriladi. Mashg‘ulotlar 20 minutdan oshmasligi lozim. Logopedlik mashg‘ulotlar maxsus mebellar va kerakli o‘yinchoqlar bilan jihozlangan xonalarda o‘tkaziladi. Nutqigacha bo‘lgan davrning 4 darajasida olib boriladigan korreksion-pedagogik ishlarning asosiy maqsadi bu intonatsion tovushlar, g‘o‘ldirashli so‘zlar orqali kattalar bilan muloqotga kirishishni rivojlantirishdir.
=== Taqdimot 10 ===
Korreksion-pedagogik ishlarning asosiy maqsadi va yo‘nalishlari:
artikulyatsion apparat mushaklar tonusi va motorikasini normallashtirish;
nafas chiqarishning davomiyligi va kuchini kuchaytirish;
qo‘l harakati va differensiallashgan qo‘l barmoqlar harakatini rivojlantirish;
aniq vaziyatlarda nutqiy instruksiyalarni tushunishni shakllantirish.
Mashg‘ulotlar logopedlik xonada o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlarda bolaga qulay holat tanlanadi, muvaffaqiyatli o‘tishi uchun bolada mashg‘ulotga va logopedga ijobiy munosabatni uyg‘otish muhim faktorlardan biri hisoblanadi.
=== Taqdimot 11 ===
Asosiy diqqat bolada nutqning rivojlanishi holatiga nutqning leksik-grammatik tomoniga hamda nutqning aloqa funksiyasi xususiyatlariga qaratiladi. Maktab yoshidagi bolalarda yozma nutq holati ham hisobga olinadi. Uzoq vaqt davomida muntazam ravishda olib borilgan mashg‘ulotlar sekin-asta artikulyatsion apparat, apparat motorikasini normallashtiradi.
=== Taqdimot 12 ===
Dizatrik bolalar bilan olib boriladigan logopedlik ishlarning vazifalari quyidagilardan iborat:
Tovushlarning to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish, ya’ni artikulyatsion motorikani, nutqiy nafasni rivojlantirish va tovushni nutqiga qo‘yish va mustahkamlash.
Fonematik idrokni rivojlantirish, tovush analiz malakasini shakllantirish. Nutqning ritm, ohangdorligi va ifodaliligi tomonidagi kamchiliklarni bartaraf etish.
Paydo bo‘lgan nutqning umumiy rivojlanmaganligini to‘g‘rilash.
=== Taqdimot 13 ===
Dizartrik bolalarda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish, tuzatish ishning eng asosiy vazifalaridan biridir. Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarining asosiy sababi nutq apparati a’zolarining harakatchanligida kuzatiladigan kamchiliklardir. Shuning uchun logoped asosiy diqqatni artikulyatsion apparat harakatchanligini rivojlantirishga qaratishi lozim.
=== Taqdimot 14 ===
Dizartriyada olib boradigan logopedlik ishlar bosqichma-bosqich olib boriladi.
1-bosqich tayyorlov bosqichi bu bosqichning asosiy maqsadi:
artikulyatsion apparatni, artikulyatsion tartibni shakllantirishga tayyorlash;
bolaning ilk yoshida nutqiy muloqot extiyojini tarbiyalash;
=== Taqdimot 15 ===
I
S
F
passiv lug‘atni aniqlash va rivojlantirish.
nafas va ovozdagi kamchiliklarni korreksiyalash.
Bu bosqichning eng ahamiyatli vazifalari bu-sensor funksiyani ayniqsa eshitish idroki va tovushlar analizini rivojlantirishdir. Korreksion ish metodlari va usullarini qo‘llash nutq rivojlanishi darajasiga bog‘liq. Bolada muloqot nutq vositalarining bo‘lmasligi boshlang‘ich ovoz reaksiyasini tezlashtiradi va tovushlarga taqlid qilishga olib keladi, hamda unga kommunikativ ahamiyat tusini beradi.
=== Taqdimot 16 ===
2-bosqich boshlang‘ich kommunikativ talaffuz qobiliyatini shakllantirish bosqichi.
nutqiy muloqot va tovushlar analizi malakasini rivojlantirish;
artikulyatsion apparat muskullarini bo‘shashtirish;
og‘iz holatini nazorat qilish;
artikulyatsion harakatlarni rivojlantirish;
ovozni rivojlantirish;
nutqiy nafasni to‘g‘rilash;
artikulyatsion harakatlarni sezish.
=== Taqdimot 17 ===
Artikulyatsion apparat muskullarini bo‘shashtiruvchi mashqlar umumiy muskullarni bo‘shashtiruvchi mashqlardan boshlanadi. So‘ng yuz muskullarini bo‘shashtirivchi massaj ishlari olib boriladi. Harakatlar peshonaning o‘rtasidan chekkaga qarab boshlanadi. Ular barmoq uchlarining yengil silashdagi sekin sur’atdagi harakatlar yordamida bajariladi. Bo‘shashtiruvchi massaj me’yoriy ravishda faqat yuzning tonusi oshgan muskullariga qaratiladi.
=== Taqdimot 18 ===
Harakatlar pеshonaning o‘rtasidan chеkkaga qarab boshlanadi. Ular barmoq uchlarining yеngil silashdagi sеkin sur’atdagi harakatlar yordamida bajariladi. Bo‘shashtiruvchi massaj mе’yoriy ravishda faqat yuzning tonusi oshgan muskullariga qaratiladi, bo‘shashgan muskullar guruhiga qaratilgan massaj esa mustahkamlovchi bo‘lishi lozim. Yuz muskullarini bo‘shashtiruvchi massajning ikkinchi yo‘nalishi qoshlardan boshning sochlar boshlanuvchi qismigacha qaratiladi. Harakatlar bir xilda ikkala qo‘l bilan ikki tomondan qilinadi. Uchinchi yo‘nalishda harakatlar pеshona yo‘lidan pastga, lunjlardan bo‘yin va yеlka muskullariga qaratiladi.
A
C
B
=== Taqdimot 19 ===
Logopedning ko‘rsatkich barmoqlari huddi yuqoridagidek holatda bo‘ladi, faqat harakatlar yuqori lab bo‘­yicha yuqoriga qarab qilinadi, bunda milklar ko‘rinadi, pastga qarab qilingan harakatlarda pastki milklar ochiladi, logopedning ko‘rsatkich barmoqlari og‘izning bur­chak­lariga qo‘yiladi va lablar tortiladi.
=== Taqdimot 20 ===
Yuqorida qayd etilgan muskullarni umumiy bo‘shashtiruvchi mashqlaridan so‘ng til muskullarini mashq qilishga o‘tiladi. Ularni bo‘shashatirishda til pastki jag‘ muskullari bilan o‘zaro bog‘liq ekanini yoddan chiqarmaslik kerak. Shuning uchun spastik ko‘tarilgan tilning og‘iz bo‘shlig‘ida pastga harakati pastki jag‘ning pastga qarab harakati bilan birga qilinsa mashqni bajarish bola uchun oson kechadi. Maktab yoshidagi bolalarga bunday mashqlar autotrenning ko‘rinishida beriladi.
=== Taqdimot 21 ===
Olib boriladigan ishlar 3 bosqichga bo‘linadi.
Birinchi bosqich – lablar uchun mashqlar, taktil sezgilarni bolaning og‘zini passiv yopishi bilan birgalikda rivojlantirish. Asosiy diqqat bolaning og‘zini yopish sezgilariga qaratiladi, bola bu holatlarni oyna orqali ko‘rib turadi;
Ikkinchi bosqich – passiv faol yo‘llar orqali og‘izni yopish. Og‘izni yopish avval boshni pastga egish va og‘izni ochish boshni orqaga tashlash holatida oson bajariladi.
Uchinchi bosqich – og‘izni faol ochish va yopish mashqlari so‘z ko‘rsatmasi bo‘yicha o‘tkaziladi.
A
C
B
=== Taqdimot 22 ===
Artikulyatsion gimnastika
Artikulyatsion gimnastikani o‘tkazishda taktil-propriotsеptiv stimulyatsiya, statik-dinamik sеzgilarni rivojlantirish, aniq artikulyatsion kinеstеziyalar muhim ahamiyat kasb etadi. Ishning dastlabki bosqichlarida saqlangan analizatorlardan (eshitish, ko‘rish, taktil) mukammal ravishda foydalanish orqali amalga oshiriladi. Mashqlar ko‘zlarni yopiq holda bolaning diqqatini proprotsеptiv sеzishlarga qaratish orqali bajariladi.
=== Taqdimot 23 ===
Ovozni rivojlantirish. Dizartrik bolalarda ovozni rivojlantirish va korreksiyalash uchun turli xil ortofonik mashqlardan foydalaniladi, bu mashqlar nafas faoliyati, fonotsiya va artikulyatsiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ovoz ustida ishlash artikulyatsion gimnastika va massajdan so‘ng olib boriladi, yana bo‘yin muskullarini bo‘shashtiruvchi, boshni har tomonlama harakatini bajarish bo‘yicha maxsus mashqlar, shu mashq bilan bir vaqtni, o‘zida i-e-o-u-a unli tovushlarni talaffuz etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
=== Taqdimot 24 ===
Harakatlar hajmi va suratini ixtiyoriy nazorat qilish turli ko‘rgazmali usullardan foydalanib amalga oshiriladi. So‘ngra bu mashqlar so‘z ko‘rsatmasi bo‘yicha bir vaqtning o‘zida turli tovushlar birikmasini talaffuz qilish bilan birgalikda bajariladi. Tanglay muskullarini mustahkamlash uchun uni bo‘shashtirish va taranglashishni navbati bilan almashtirish mashqlaridan foydalaniladi. Bolaga esnash harakatini tugashida “a” tovushi talaffuz etish, og‘izning katta ochiq holatida “a” tovushini talaffuzidan “p” tovushiga nafasni bosim ostida ushlab turib o‘tiladi.
=== Taqdimot 25 ===
Nutqiy nafasni korreksiyalash. Nafas gimnastikasi umumiy nafas mashqlaridan boshlanadi. Uning asosiy maqsadi nafas hajmini oshirish va uning ritmini normallashtiradi. Bolaning og‘zi yopiq holda burun teshiklarini navbatma-navbat yopib nafas olishga o‘rgatiladi. Nafas olishni chuqurlashtirish uchun bolaning burun teshigi yonida “nafas yelpig‘ichi” hosil qilinadi. Burundan nafas chiqarishni o‘rganish bo‘yicha mashqlar o‘tkaziladi. Bolaga og‘zini ochmasdan “chuqur nafas ol va cho‘zib burun orqali chiqar” deb ko‘rsatma beriladi.
=== Taqdimot 26 ===
Nafas mashqlarini o‘tkazishda bolaning toliqib qolmasligiga yеlka va bo‘yin muskullarini taranglashtirmasligiga ahamiyat bеrish lozim. Nafas mashqlari ovqatlanishga qadar yaxshi shamollatilgan xonada o‘tkaziladi. Artikulyatsion harakat sеzgilari va artikulyatsion praksisni rivojlantirish. Harakat – kinеstеtik bog‘lanishlarni rivojlantirish uchun quyidagi mashqlarni o‘tkazish zarur. Pastki jag‘ni yuqoriga ko‘tarish va pastga tushirish. Tilni yuqori va pastki milklarga tеkkizish. Logopеd mashqlarni avval oyna oldida, so‘ngra oynasiz bajaradi, bolanining ko‘zlari yumiq, logopеd u yoki bu harakatlarni bajaradi.
=== Taqdimot 27 ===
Tovushlarni to‘g‘rilash va nutqqa qo‘yish individual tanlanadi. Bir nеchta tovushlar ustida ishlash ishda izchillikni talab etadi. Tuzatish ishida birinchi navbatda artikulyatsion jihatdan oson talaffuz etiladigan tovushlar yoki tuzatish oson bo‘lgan tovushlar tanlab olinadi. Bu tovushlar: a, p, u, m, k, n, x, v, o, t, s, l. Ushbu tovushlar ustida ishlash jarayonida ularni talafuz normasigacha kеltirish mumkin. Yuqorida ko‘rsatilgan tovushlar ustida ishlash bilan bir vaqtda fonеmatik eshituvni rivojlantirish va tovushlar analizi malakalarini shakllantirish ustida ham ish olib boriladi.
=== Taqdimot 28 ===
Bu davrda yana artikulyatsion belgilar bo‘yichi bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgan tovushlar diferensiyasi ustida mashqlar o‘tkaziladi.
1) og‘iz va burun tovushlar differensiatsiyasi (p-m);
2) burunli tovushlar guruxi o‘rtasida tovushlar differensiatsiyasi (m va n); 3) portlovchi tovushlar guruhida tovushlar differensiatsiyasi (k-x).
4) unli tovushlar differensiatsiyasi (a, u, o, o‘).
5) portlovchi va qorshiq tovushlar differensiatsiyasi (t-s).
=== Taqdimot 29 ===
Endigi davrda artikulyatsion jihatdan talaffuz qilish qiyin bo‘lgan tovushlar ustida ish olib boriladi. Bu jarangli shovqinli undoshlar, qo‘shiq va “r” tovushidir. Bu davrda ishni muvaffaqiyatli olib borilishida fonematik eshituvni yetarli rivojlantirilganligi, tovushlar analiz malakasining birmuncha shakllanganligi asosiy rol o‘ynaydi.
=== Taqdimot 30 ===
“R”,”Sh”, “J” tovushlarni bolalar aniq, yaxshi talaffuz qilishda qiynaladilar. Lekin ularni farqlashda qiyinchiliklar kam kuzatiladi. Bu davrda ham tovushlar differensiatsiyasi ustida ishlashga maxsus vaqt ajratiladi. Bu vaqtda s-z, sh-j tovushlar differentsiatsiyasi ustida ish olib boriladi. Bunda bolalar tovushlarni bir biridan xatosiz ajratish kerak.
=== Taqdimot 31 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“DIZARTRIYANI BARTARAF ETISHDA KORREKSION PEDAGOGIK ISH TIZIMI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar