Direktor o’rinbosarining tarbiyaviy ish metodikasi
8000 so'm

Slayd 1
Direktor o’rinbosarining tarbiyaviy ish metodikasi
Slayd 2
Quyidagilar direktor oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Talim muassasasida manaviy-axloqiy tarbiya ishlarini tashkil qilish;
Tarbiyaviy ishlar rejasini ishlab chiqish, sinf rahbarlarining tarbiyaviy ishlar rejasi ijrosini nazorat qilish;
Milliy gʻoya va manaviyat asoslari turkumiga kiradigan fanlar boʻyicha davlat talim standartlari talablarining bajarilishini nazorat qilish, shu fanlar boʻyicha oʻquvchilarning oʻzlashtirishi, oʻquvchilar davomati va xulqi, tarbiyaviy tadbirlarning sifati va samaradorligi monitoringini amalga oshirish;
Talim muassasasida turli toʻgaraklar va sport seksiyalarining faoliyat yuritishini taminlash;
Milliy ananalar, tarixiy qadriyatlar va buyuk ajdodlar meroslari asosida oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil qilish;
Direktor oʻrinbosarining asosiy vazifalari va funksiyalari
Slayd 3
Oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yozgi tatil davrida ularning kunduzgi dam olish oromgohlarida dam olishi bilan bogʻlik ishlarni amalga oshirish;
Oʻquv va boshqa xonalarni oʻquvchilarning manaviy-axloqiy tarbiyasiga oid masalalarni hal qilishga xizmat qiluvchi koʻrgazmali targʻibot va tashviqot vositalari bilan jihozlanishini tashkil qilish; talim muassasasidagi tarbiyaviy ishlar sifati va natijalarini tahlil qilish;
Tarbiyaviy ishlar boʻyicha metodik materiallar ishlab chiqish, yosh mutaxassislarga metodik yordam koʻrsatish ishlarini tashkil qilish;
Sinf rahbarlarining sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy faoliyatiga rahbarlik qilish, talim muassasasidagi tarbiyaviy ishlari holati va natijalari toʻgʻrisida hisobotlar tayyorlash, Ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (keyingi oʻrinlarda ota-onalar deb yuritiladi) bilan hamkorlik qilish;
Oʻquvchilarning tartib-intizomi va davomati, tarbiyaviy ishlar samaradorligini nazorat qilish;
Slayd 4
Oʻquvchilar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari boʻyicha huquq-tartibot, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
Ichki ishlar profilaktik hisobiga hamda maktab ichki roʻyxatiga olingan oʻquvchilar hisobi va hisobotini yuritish, ular bilan profilaktik tadbirlar amalga oshirilishini taminlash;
Talim muassasasida «xavf guruhi»ga kiruvchi (notinch, nosogʻlom, toʻliq boʻlmagan oila) oʻquvchilarning umumiy roʻyxatini shakllantirish, ular bilan individual yondashuv asosida alohida tarbiyaviy ishlar olib borilishini tashkil etish;
Sanatkorlar, sportchilar, jamoat arboblari, urush va mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar, ijodiy kechalar va boshqa tadbirlar oʻtkazilishini tashkil qilish;
Vatanparvarlik, insoniylik, millatlararo doʻstlik, totuvlik tamoyillariga asoslangan oʻquvchilar jamoasining shakllanishiga tegishli sharoitlarni yaratish;
Oʻz malakasini oshirib borish, yoʻnalishi boʻyicha tuman, viloyat va respublika miqyosidagi turli seminarlarda ishtirok etish;
Voyaga yetmaganlarning nazoratsiz va qarovsiz qolishining, ular oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan «Oʻquvchi», «Davomat» kabi profilaktik reydlarda ishtirok etish;
Sinf rahbarlari, maktab psixologlari va yoshlar yetakchisi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Tarbiyaviy ishlar yuzasidan sinf rahbarlarining hisobotlarini eshitish, pedagogik kengashlarda umumiy hisobot berish.
Slayd 5
Direktoroʻrinbosari oʻziga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
A) Milliy gʻoya va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yoʻnalishida:
Har tomonlama yetuk, barkamol, manaviy, aqliy, jismoniy rivojlangan shaxs tarbiyasini amalga oshirish, oʻquvchilarning qobiliyatlarini toʻliq namoyon etishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish;
Oʻquvchilarni Vatani va xalqiga sadoqat, fidoyilik, Davlat ramzlariga hurmat ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
Oʻquvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash muhitini yaratish, boy madaniy merosimiz, milliy odob-axlok meyorlarini tarbiya jarayoniga tatbiq etish, oʻquvchilarda mehnatga ijodiy munosabatni shakllantirish;
Tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda oʻquvchilarning gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni tizimli ravishda tashkil etish, tadbirlarga «xavf guruhi»ga kiruvchi oʻquvchilarni muntazam ravishda jalb etish;
Slayd 6
Ota-onalar va mahalla bilan hamkorlik yoʻnalishida:
«Oila – mahalla – talim muassasasi» hamkorligi Jamoat
Kengashi faoliyatini keng tatbiq etish, reja asosida kengash
Majlislarini tashkil etish;
Oʻquvchilarning talim muassasasiga belgilangan maktab
Formasida kelishlarini nazorat qilish;
Oʻquvchilarning turli diniy oqimlar tasiriga tushib
Qolishining oldini olish, targʻibot-tashviqot ishlarini
Tashkil etish;
Oʻquvchilarning talim-tarbiyasi boʻyicha ota-onalar
Majlislari, davra suhbatlari, muloqotlar uyushtirish;
Darslarga surunkali va muntazam kelmaydigan, tarbiyasi ogʻir
Oʻquvchilarning ota-onalari, huquq-tartibot idoralari bilan
Hamkorlikni muvofiqlashtirish, natijalarini reja asosida
Direktor huzuridagi ishlab chiqarish yigʻilishlarida
Muhokama etib borish;
Slayd 7
Muhim tashabbuslar doirasida talim muassasasida fan, sport, badiiy- estetik, sanat, texnik, ekologik, sayyohlik, oʻlkashunoslik va boshqa yoʻnalishlarda toʻgaraklar, klublar faoliyatini tashkil etish, oʻquvchilarning qiziqishi, imkoniyati va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda ularni toʻgaraklarga jalb etish ishlarini muvofiqlashtirish;
Qobiliyatli va istedodli oʻquvchilarni ragʻbatlantirish, ularning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga koʻmaklashish ishlarini tashkil etish;
Oʻquvchilarning yozgi sogʻlomlashtirish oromgohlarida dam olishini tashkil etish, kuzgi, qishki va bahorgi tatil kunlarini mazmunli oʻtkazishi uchun yoshlar yetakchisi, sinf rahbarlari va ota-onalar hamkorligida sharoit yaratish ishlarini muvofiqlashtirish;
Yoshlar yetakchisi, sinf rahbarlari bilan birgalikda oʻquvchilarning xavfsizligini taminlagan holda sinfdan va maktabdan tashqari, ekskursiya, manaviy-marifiy, madaniy ommaviy tadbirlarni tashkil etishiga, sayohatlar uyushtirishiga bevosita rahbarlik qilish
Oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni maktabdan va sinfdan tashqari faoliyatga jalb etish yoʻnalishida:
Slayd 8
Pedagogik jamoa bilan birgalikda:
«Oʻzbekiston Respublikasi talim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom», «Umumiy oʻrta talim maktabining ichki tartib qoidalari», «Umumiy oʻrta talim maktabi oʻqituvchi va oʻquvchilarining odob-axloq qoidalari», «Davlat umumiy oʻrta talim muassasalari oʻquvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom» mazmun-mohiyatini va talablarini talim muassasasining har bir xodimi, oʻquvchilari, ularning ota-onalari etiboriga yetkazish, ular tomonidan rioya etilishini nazorat qilish;
Zarur hollarda mobil telefonlardan foydalanish, ichki tartib va odob- axloq qoidalariga rioya etilishi yuzasidan talim muassasasi pedagogik kengashi, direktor huzuridagi ishlab chiqarish va ota-onalar yigʻilishlari muhokamasiga kiritish.
Direktor oʻrinbosari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Slayd 9
Direktor oʻrinbosari quyidagilarni bilishi lozim:
Amaldagi umumiy oʻrta talim sohasini va bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni;
Jamoani boshqarishning samarali usullarini, boshqarish psixologiyasi yutuqlarini;
Bolalarni vatanparvarlik ruhida manaviy-axloqiy tarbiyalash usullarini;
Voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha huquqiy-meyoriy hujjatlarni;
Davlat talim standartlari talablari va uning mazmunini; xodimlarni manaviy-moddiy ragʻbatlantirish tizimlari va metodlarini;
Pedagogika fani va amaliyoti, boshqaruv psixologiyasining jaxon va mamlakat miqyosidagi erishilgan yutuqlarini;
Direktoroʻrinbosari zimmasiga mazkur nizom va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan vazifalarni yuklash, ularni faoliyatiga oid boʻlmagan yigʻilishlarga va boshqa tadbirlarga jalb etishga yoʻl koʻyilmaydi.
Oʻquvchilarning talim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi paytdagi xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ularning ota-onalari javobgar hisoblanadi.
Bunday holatlarda direktor oʻrinbosariga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanilmaydi.
Slayd 10
Direktor oʻrinbosarining huquqlari va majburiyatlari
Direktoroʻrinbosari faoliyatiga doir vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
Talim muassasasidagi tarbiya jarayonini tashkil etish va nazorat qilish;
Sinf rahbarlari bilan oʻquvchilar jamoalarini oʻrganish, sinf rahbarlarining tarbiyaviy ishlari sifat-samaradorligi va mazmunini, bolalar ijodiy birlashmalari (toʻgarak, klub, seksiya) faoliyatini nazorat qilish;
Sinf rahbarlari, pedagoglar, yoshlar yetakchisi, ota-onalar, mahalla, ijodiy tashkilotlar bilan ishlash mazmuni, shakl va usullarini tanlash, uni talim muassasasi ananalariga muvofiq ravishda amalga oshirish;
Darslarda, darsdan va maktabdan tashqari tadbirlarda, sinf rahbarlari, yoshlar yetakchisi tomonidan taklif etilgan tadbirlarda ishtirok etish;
Har bir pedagog xodimning manaviy-marifiy tarbiya yoʻnalishidagi ishlari, oʻquvchilarni maktabdan va sinfdan tashqari faoliyatga jalb etishdagi natijalari asosida moddiy va manaviy ragʻbatlantirish boʻyicha taklif kiritish;
Slayd 11
Oʻquvchilar talim-tarbiyasi boʻyicha ota-onalarni talim muassasasiga taklif etish, zarur hollarda tegishli idora va tashkilotlar vakillari bilan birgalikda oilalarga tashrif buyurish;
Mahalliy hokimlik qoshidagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyasi ishida, tashkilot va idoralardagi talim muassasasi oʻquvchilarining talim-tarbiyasiga oid kengashlarda, voyaga yetmaganlar talim- tarbiyasiga oid yigʻilishlarda, tarbiya muammolariga bagʻishlangan nazariy- amaliy, metodik tadbirlarda qatnashish;
Boshqa talim-tarbiya muassasalari ish tajribasini oʻrganish, ilgor ish tajribalarni amaliyotga tatbiq etish;
Pedagogik va metodik kengash yoki sinf rahbarlari uslubiy birlashmasi kengashlariga masalalar kiritish va muhokama qilish;
Talim-tarbiya ishlarida yutuqqa erishgan sinf rahbarlarini ragʻbatlantirish va taqdirlash boʻyicha rahbariyatga taklif kiritish;
Voyaga yetmaganlarni talim-tarbiyasiga munosib hissa qoʻshayotgan ota- onalarni, mahalla faollarini, mehnat faxriylarini ragʻbatlantirish va taqdirlash uchun taklif kiritish;
Farzandi talim-tarbiyasiga etiborsiz hamda tadbirlarda, dars mashgʻulotlarida surunkali va muntazam qatnashmaydigan oʻquvchilarning ota-onalariga nisbatan tasirchan choralar koʻrish boʻyicha tegishli tashkilotlarga murojaat kiritish.
Direktor oʻrinbosari oʻz vazifalarini bajarishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Slayd 12
Talim muassasasida tarbiyaviy ishlarni shakllantirish va tizimli tashkil etish;
Sinf rahbarlari va yoshlar yetakchisi tomonidan oʻquvchilar davomati yuritilishini nazorat qilish, tegishli tashkilotlarning vakillari bilan birgalikda dars mashgʻulotlariga surunkali va muntazam Qatnashmaydigan oʻquvchilarning oilaviy ahvolini, darsga kelmaslik sabablarini oʻrganish, ularni darsga toʻliq jalb etish choralarini koʻrish, zarur hollarda ularga nisbatan tasirchan choralar belgilash boʻyicha tegishli tashkilotlarga rahbariyat nomidan yozma murojaat kiritish;
«Oʻzbekiston Respublikasi talim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom», «Umumiy oʻrta talim maktabining ichki tartib qoidalari», «Umumiy oʻrta talim maktab oʻqituvchi va oʻquvchilarining odob-axloq qoidalari», «Davlat umumiy oʻrta talim muassasalari oʻquvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi toʻgrisidagi nizom» talablariga pedagog xodimlar, oʻquvchilar, ularning ota-onalari (talim massasasiga tashrif buyurgan fuqarolar) tomonidan rioya etilishini nazorat qilish, nizom talablarining buzilish holatlari kuzatilganda, ularga nisbatan tasirchan choralar koʻrish;
Direktoroʻrinbosarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Slayd 13
Amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq farzand tarbiyasida ota-ona masuliyati, majburiyati va javobgarligi toʻgʻrisida ota-onalar oʻrtasida targʻibot-tashviqot, tushuntirish ishlarini tashkil etish;
Milliy gʻoya va manaviyat asoslari turkumiga kiradigan fanlar oʻqitilish
Samaradorligini nazorat qilish, ushbu fanlar boʻyicha oʻquvchilarning oʻzlashtirishi, tarbiyaviy soatlar, manaviy-marifiy tadbirlarning sifati va samaradorligi monitoringini amalga oshirish;
Barcha umumtalim fanlar talimida tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirilishini nazorat qilish, pedagoglarga uslubiy yordam koʻrsatish;
Oʻzining ijtimoiy-siyosiy, huquqiy bilimlarini muntazam ravishda oshirib borish.
Direktor oʻrinbosari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
Slayd 14
Direktoroʻrinbosari talim muassasasi direktori tavsiyasiga koʻra tuman (shahar) xalq talimi boʻlimi mudiri (bevosita Xalq talimi vazirligi tasarrufidagi talim muassasalarda direktor) tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Direktoroʻrinbosari oʻquvchilar bilan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari manaviy-marifiy ishlarni tashkil qiladi, manaviy-marifiy ishlarga umumiy rahbarlik qiladi.
Direktoroʻrinbosari tadbirlarda, oʻquvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqari ishlashda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinishini taminlaydi, tarbiya jarayonini tashkil etish boʻyicha ota-onalar, maktabdan tashqari talim muassasalari, mahalliy hokimlik, huquq-tartibot idoralari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshkarish organlari va boshqa jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.
Direktoroʻrinbosarining ish rejasi talim muassasasining umumiy rejasiga muvofiq ishlab chiqiladi va direktor tomonidan tasdiqlanadi.
Direktoroʻrinbosari bevosita talim muassasasi direktoriga boʻysunadi.
Direktoroʻrinbosari tomonidan quyidagi hujjatlar yuritiladi:
Direktor oʻrinbosari faoliyatini tashkil etish tartibi
Slayd 15
Direktoroʻrinbosari faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha oʻkuv yili choraklari va yakuni boʻyicha hisobotlar tayyorlaydi hamda talim muassasasi direktoriga topshiradi.
Slayd 16
Yakuniy qoidalar
Xalq talimi boshqaruv idoralari direktor oʻrinbosari yordamidan faqat ushbu nizomda belgilangan vazifalar doirasida talim muassasasi direktori bilan kelishilgan holda foydalanishi mumkin.
Mazkur nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar konun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Slayd 17
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 18
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
BOLALARNI ASHULA AYTISH, MUSIQA TINGLASH VA MUSIQIY RITMIK HARAKATLARGA O‘RGATISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
BOLALARNI TO‘G‘RI TALAFFUZGA O‘RGATISHNING ASOSIY VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
XX ASR JAHON TA’LIM TIZIMIDA GLOBAL TENDENSIYALAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
TA’LIM-TARBIYAGA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ENG QADIMGI DAVRLARDAN XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA JAHON PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASINI MAKTABGACHA TA’LIMDA QO‘LLASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
AN’ANAVIY, RIVOJLANTIRUVCHI VA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ALALIYA NUTQ KAMCHILIKLARI BO‘LGAN BOLALARDA LOGORITMIK MUSIQIY RITMIK TARBIYAVIY ISH USULLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 34 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA IJTIMOIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TALIMDA TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA MOHIYATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ALGEBRAIK MATERIALLARNI O‘RGATISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYA O‘QITUVCHISI FOYDALANADIGAN LOKAL TEXNOLOGIYALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 10 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.