DIKTANT VA UNING TURLARI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
DIKTANT VA UNING TURLARI
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
1. Kirish.
2. Diktant haqida umumiy tushuncha.
3. Diktantning turlari.
4. Diktantni baholashda belgilangan mezonlar.
=== Taqdimot 3 ===
1. Yozma ish – ilmiy xarakterdagi yozma ishlar, yozma shaklda bajariladigan nazorat turlari, topshiriqlar, ko‘chirib yozish. Nazoratning bu turi nafaqat filologiya, balki barcha sohalarga ham tegishlidir. Masalan, fizika, matematikaga oid yozma ishlar.
Bu tipdagi yozma ishlar ilmiy insholar termini bilan ham yuritiladi. Yozma ishlar  maktab o‘quvchilarini ilmiy bilim asoslari bilan qurollantiradi. Ilmiy insholarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri unda ilm-fanga oid tushunchalardan keng foydalanishdir. Masalan, tilga oid ilmiy insholarda so‘z, so‘z birikmasi, tasviriy ifoda, turg‘un birikma, ega, kesim, hol, uyushiq bo‘lak kabi tushunchalardan keng foydalanilsa, matematikaga oid yozma ishlarda  qoldiq, ko‘paytma, tenglama, kasr, maxraj, ildiz chiqarish, bo‘lish kabi tushunchalar qo‘llanadi.
Yozma ish atamasi ikki xil ma’noda qo‘llanadi:
=== Taqdimot 4 ===
Ilmiy xarakterdagi yozma ishlar uchun eng asosiy manba maktab darsliklari, turli ensiklopedik lug‘atlar, gazeta va jurnallarda berilgan ilmiy maqolalar, ilmiy mavzulardagi teleko‘rsatuvlar bo‘lishi mumkin.
Ilmiy xarakterdagi  yozma ish  ona tili, matematika, tabiatshunoslik, tarix, musiqa, tasviriy san’atdan olgan bilimlarni mustahkamlashga,  o‘quvchilarning savodxonligi, fikrlarni aniq va izchil bayon qilish qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qilishi lozim. Ilmiy insho o‘tkazishni rejalashtirishda integrallashgan dars turi (ya’ni ona tili darsini boshqa fanlar bilan aloqadorlikda olib borish)dan foydalanish maqsadga muvofiq.
=== Taqdimot 5 ===
2. Yozma ish – yozma shaklda bajarilgan ijodiy matnlar (insho, ijodiy bayon), tinglab tushunish, xotira kuchini belgilash, tafakkur darajasi va fikrni yozma tarzda bayon etish ko‘nikmasini aniqlashga qaratilgan (bayon), so‘zma-so‘z tinglash va ayni tarzda yozma nutqda aks ettirish, imlo me’yorlariga amal qilish darajasini bilishga mo‘ljallangan (diktant) matnlar.
Yozma tarzda bajariladigan intervyu, reportaj, maqola, xabar, annotatsiya, konspekt, rasmiy ish qog‘ozlari, taqriz kabilar maqsadi, ta’lim jarayoni baholash tizimida foydalanilmasligi hamda topshiriq sifatida berilmasligi bilan yozma ish turlaridan farqlanib turadi.
=== Taqdimot 6 ===
Diktant lotincha (dictare) “hadeb gapiravermoq”, “takrorlamoq”, ma’nolarini ifoda etadi. Imloviy va punktuatsion qoidalarning o‘zlashtirilish darajasini tekshirish uchun aytib turib yozdiriladigan yozma ish.
O‘quvchilarning savodxonlik darajasini oshirishda diktantning o‘rni beqiyos. Diktantning samaradorligi mavzu va uning mazmuni, maqsadning aniqligi hamda metodning izchilligiga ko‘ra belgilanadi. Diktant hozirgi o‘zbek adabiy  tili me’yorlari talablariga javob berishi, uning mazmuni muayyan sinf o‘quvchilari uchun tushunarli bo‘lishi va bog‘lanishli matn asosida tuzilgan bo‘lishi shart. Shuning uchun tuziladigan diktant to‘plamlarini tayyorlashda ham aynan sinflar kesimida o‘quvchilarning psixologik va fiziologik jihatlarini inobatga olishimiz kerak.
=== Taqdimot 7 ===
Shuning uchun tuziladigan diktant to‘plamlarini tayyorlashda ham aynan sinflar kesimida o‘quvchilarning psixologik va fiziologik jihatlarini inobatga olishimiz kerak.
O‘quvchilar diktant yozish jarayonida fonetika, leksikologiya, so‘z yasalishi, morfologiya va sintaksisga oid bilimlarni xotiraga keltirib, amalda qo‘llaydilar.
O‘quvchilarning mavzularni qay darajada o‘zlashtirganligini aniqlashda ham diktantning roli beqiyosdir.
=== Taqdimot 8 ===
DIKTANT
Ta’limiy diktant
Nazorat diktant
=== Taqdimot 9 ===
TA’LIMIY DIKTANTLAR
Biror imlo qoidasi bilan bog‘liq bo‘lgan fonetik, so‘z yasalishi va morfologik mavzuni mustahkamlash, o‘quvchini ongiga singdirish va uni yozuvda qo‘llay olishga o‘rgatish uchun xizmat qiladi. Bunda avvalo mustahkamlash ko‘zda tutilgan orfogramma (masalan, x va h harflarining yozilishi) o‘quvchilarga eslatiladi, shu harflar ishtirokida so‘zlar ko‘rsatiladi, talaffuzi harf bilan qiyoslanadi, farqlari aniqlanadi.
=== Taqdimot 10 ===
TA’LIMIY DIKTANTLAR
Ta’kidiy diktantlar darsda turli maqsadda o‘tkaziladi. Masalan, yangi mavzu o‘tilgach, diktant yozdirish mumkin. Bunda o‘qituvchi imlosi notanish bo‘lgan so‘zlarning yozilishini xontaxtada ko‘rsatishi, og‘zaki izohlab berishi yoki ayrim o‘quvchilardan o‘tilgan yangi mavzuni va u bilan bog‘liq imlo qoidasini qanday tushunganligini so‘rab, aniqlashtirib yozdiriladi.
Ko‘zlangan maqsadga ko‘ra ta’limiy diktantlar uch turga bo‘linadi:
a) orfografik xarakterdagi ta’limiy diktantlar;
b) nazariy bilimlarni mustahkamlaydigan ta’limiy diktantlar;
c) nutq o‘stirish xarakteridagi ta’limiy diktantlar.
=== Taqdimot 11 ===
TA’LIMIY DIKTANTLAR
Bu kabi diktantlardan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarning faollik bilan fikrlashlari, matndagi so‘zlar imlosiga mustaqil yondashishlari asosida amalga oshiriladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning izoh, fikr-mulohazalarini kuzatib boradi, ozgina xatolik sodir bo‘lsa, shu vaqtning o‘zida o‘qituvchi mazkur xatoliklarni tuzatib borishi maqsadga muvofiq sanaladi.
Hozirgi kunda ta’limiy diktantlarning quyidagi turlaridan maktablarda keng foydalanib kelinadi, bular:
Ta’kidi diktant, saylanma diktant, ijodiy diktant, lug‘at diktant, erkin diktant, izohli diktant va yoddan yozuv diktanti.
Demak, mazkur diktant turlarini o‘tkazish metodikasiga ham to‘xtalib o‘tamiz.
=== Taqdimot 12 ===
TA’LIMIY DIKTANTLAR
O‘quvchilarni yozuvda so‘zlarni xato yozishdan saqlaydi, imlo qoidalarini ongli o‘zlashtirishda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Shu bilan birga, eshituv organi orqali qabul qilingan taassurotlar bilan bir qatorda, so‘z tarkibini, grammatika va imlo qoidalarini, shuningdek, to‘g‘ri talaffuz me’yorlarini yaxshi bilish ham talab etiladi.
Ta’kidiy diktantda matnni aytib turishdan oldin u yoki bu imlo qoidasi albatta izohlanadi. Ta’kidiy diktant imlo va tinish belgilariga oid ko‘nikmalarni mustahkamlash maqsadida o‘tkaziladi.
=== Taqdimot 13 ===
TA’LIMIY DIKTANTLAR
Masalan, so‘roq yoki undov belgilarining qo‘llanish o‘rinlarini eslatish uchun o‘qituvchi quyidagicha, ya’ni qaysi vaqtlarda so‘roq belgisi ishlatiladi? Undov belgisichi? Qaysi vaqtlarda bu belgilar tushirib qoldiriladi?  kabi savollar bilan sinfga murojaat qilishi mumkin:
Mazkur jarayonda o‘qituvchi o‘quvchilar tomonidan berilgan javoblarni umumlashtiradi va javoblarni to‘ldirib boradi.
Ta’kidiy diktantni og‘zaki shaklda o‘tkazsa ham bo‘ladi. O‘qituvchi matnni adabiy tilning talaffuz me’yorlariga rioya qilgan holda sekin o‘qiydi. O‘quvchilar mustahkamlanayotgan qoidaga mos so‘z  yoki so‘z  birikmalarini ajratadilar.
=== Taqdimot 14 ===
IZOHLI DIKTANT
Izohli diktantni imlosi qiyin so‘zlarning orfografiyasini eslatish va ta’kidlash orqali yozdirish o‘rinli bo‘ladi. Izohlanayotgan so‘z diktant yozilgandan so‘ng izohlanadi. Bunda so‘zning imlosi oldindan eslatilmaydi, matndagi so‘zlarni o‘quvchilar o‘z bilim darajasidan kelib chiqib yozadilar.
Matndagi imlosi puxta o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan so‘zlarni qanday yozganliklarini o‘qituvchi o‘quvchilardan diktant yozdirib bo‘lgach, birma-bir so‘rab, yo‘l qo‘yilgan xatolarni xattaxtada ko‘rsatishi, og‘zaki izohlashi yoki ayrim faol o‘quvchilarni javoblari orqali tuzatib borishi mumkin.
=== Taqdimot 15 ===
IZOHLI DIKTANT
Izohli diktant orqali o‘quvchilar bilimi ikki tomonlama aniqlanadi:
1. O‘quvchilarning diktant yozishdagi savodxonligi o‘rganiladi. Shu orqali o‘rganilgan imlo va grammatik qoidalarni qay darajada qo‘llayotganliklari bilinadi.
2. O‘quvchilar bilimiga doir nazariy kamchiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zlashtirish darajasi ham aniqlanadi.
O‘quvchilar bilim darajasini aniqlashdagi bu har ikkala imkoniyat o‘qituvchiga kelgusi darslarni tashkillashtirishda va mavjud xatolarni tuzatishda qo‘l keladi. Izohli diktant o‘quvchilarni xatosiz yozishga o‘rgatadi.
=== Taqdimot 16 ===
LUG‘AT DIKTANT
Bu diktant turini o‘tkazish orqali o‘quvchilar so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va imloviy jihatdan to‘g‘ri yozishga odatlanadilar, o‘rganilgan imlo qoidasi o‘quvchilar tomonidan qanday o‘zlashtirilayotganligi darajasi aniqlanadi. Bunda o‘quvchilarning lug‘atlardan foydalanishlarida alifbo tartibini bilishlarining ahamiyati ham muhim o‘rin tutadi.
Lug‘at diktanti o‘rganilgan imlo qoidalarini mustahkamlash, o‘quvchilar so‘z boyligini oshirish maqsadida o‘tkaziladi.
=== Taqdimot 17 ===
LUG‘AT DIKTANT
Bundan tashqari, o‘rganilgan imlo qoidalarining o‘quvchilar tomonidan qanchalik o‘zlashtirilganini sinash, hisobga olish maqsadida ham o‘tkazilishi mumkin. Lug‘at diktantni o‘tkazish metodikasiga keladigan bo‘lsak, o‘rganilgan imlo qoidasi asosida yoziladigan so‘zlar, so‘z birikmalaridan foydalanishimiz mumkin. Agar tayyor so‘z va so‘z birikmalari yozdiriladigan bo‘lsak, dastlab ularning ma’nosi, talaffuzi va yozilishi suhbat metodi orqali izohlab tushuntirishimiz lozim.
=== Taqdimot 18 ===
LUG‘AT DIKTANT
Shuningdek, mazkur diktant turida turli narsalar yoki ularning rasmlaridan ham foydalanish mumkin. Bu metod quyidagicha tashkil etiladi:
Tanlangan narsalarning rasmlari yoki o‘zi tartib bilan o‘quvchilarga ko‘rsatiladi.
O‘quvchilar esa rasmda ko‘rsatilgan narsalarning nomini yozib boradilar.
O‘quvchilar yozganlarini o‘qib, xatolarini imlo lug‘atiga qarab yoki o‘zlari mustaqil to‘g‘rilaydilar, keyin esa o‘qituvchi tomonidan tekshirib, baholanadi.
=== Taqdimot 19 ===
SAYLANMA DIKTANT
Saylanma diktant – ushbu diktant turi o‘rganilgan grammatik va imlo qoidalarini mustahkamlashga, ularni amalda qo‘llashda yordam berish bilan birga o‘quvchilar mavzuni qay darajada o‘zlashtirganliklarini aniqlashga ham imkon beradi.
Diktantning bu turida o‘quvchi o‘qituvchi aytgan matnning yoki gapning hammasini yozmasdan, o‘rganilgan qoidalar asosida yoziladigan so‘zlar yoki so‘z birikmalarinigina saylab yozadi, shuning uchun ham diktantning bu turi o‘tkazilish metodikasiga asoslanib saylanma diktant deb nomlanadi.
=== Taqdimot 20 ===
YODDAN YOZUV DIKTANT
Diktantning bu turi asosan boshlang‘ich sinflarda ko‘proq o‘tkaziladi. Diktant uchun sinf o‘quvchilarining saviyasiga mos kichik bir parcha tanlanadi. Tanlangan matn yozuv taxtasiga yozib qo‘yiladi. Matnni o‘qituvchi o‘qib beradi. O‘qituvchi tomonidan matndagi izoh talab etiladigan so‘zlar sharhlanib, imloga doir qoidalar esga olinadi. Shundan so‘ng matn 2-3 nafar o‘quvchiga takroran o‘qitilgach, yodda saqlab qolishlari uchun bir-ikki daqiqa vaqt beriladi.
=== Taqdimot 21 ===
O‘quvchilar matnni yodlab olgach, matn berkitiladi. Ular yodlagan matnlarni mustaqil yozadilar. Yozib bo‘lingach esa yozganlarini yozuv taxtasidagiga taqqoslab tekshiradilar va xatolarini tuzatadilar.
Diktant o‘tkazish usulidan ko‘rinib turibdiki, matn aytib yozdirilmaydi, balki o‘quvchilar matnni yodlab, o‘zlari mustaqil yozadilar. Diktantning bu shaklidan foydalanish o‘quvchilar diqqatini jamlash hamda xotirasini mustahkamlash uchun ham xizmat qiladi.
YODDAN YOZUV DIKTANT
=== Taqdimot 22 ===
Ijodiy diktant  – o‘rganilgan qoidalarni o‘zlashtirish va yozuvda o‘rinli qo‘llash malakalarini mustahkamlash bilan birga o‘quvchilar og‘zaki va yozma nutqining rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi, ularda ijodkorlik kabi zaruriy malakalarni shakllantirishda mazkur diktant turi muhim o‘rin tutadi.
IJODIY DIKTANT
=== Taqdimot 23 ===
Ijodiy diktant o‘quvchilardan faollik va mustaqillikni talab qiladi. Masalan, sinfda “A” va “O” unlilarining yozilishini mustahkamlash mavzusi o‘rganilayotgan bo‘lsa, o‘quvchilar mazkur harflar ishtirok etgan va ko‘p hollarda bir-birini o‘rnida xato qo‘llanishi mumkin bo‘lgan bir qancha so‘zlardan (oshqozon, tog‘olcha, gultojixo‘roz, Sirdaryo, Oqqo‘rg‘on, Mingbuloq, Beshariq, otboqar, beshiktervatar, qoraqurt, kungaboqar, oybolta, umumxalq, baqaterak, arpapoya kabi) gap tuzishlari yoki bo‘lmasa kichikroq hikoya matnlari yaratishlari mumkin. Shundan kelib chiqib ham ushbu diktant turi ijodiy diktant deb nomlanadi va shu bilan birga o‘quvchilardan ijodkorlik fazilatlarini namoyish qilishga imkon yaratadi.
IJODIY DIKTANT
=== Taqdimot 24 ===
Erkin diktant – ta’limiy diktantning bir turi bo‘lib, o‘quvchilar nutqini o‘stirishga, fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Sinfda erkin diktant o‘tkazish uchun hikoya tarzidagi uncha katta bo‘lmagan matn tanlanadi. Albatta, bunda ham yuqoridagi kabi o‘quvchilar yoshi va saviyasidan kelib chiqib matn tanlash tavsiya etiladi. Diktantning bu turida o‘quvchilarga gapning grammatik mazmunini buzmagan holda, shaklini o‘zgartirib yozish imkoniyati ishonib topshiriladi.
ERKIN DIKTANT
=== Taqdimot 25 ===
Ya’ni, matnda o‘quvchilar yozishda qiyinchilik tug‘diradigan yoki imlosi o‘rganilmagan so‘zlar ishtirok etgan bo‘lsa, matn mazmuniga uslubiy jihatdan ziyon yetkazmagan holda, uni boshqa so‘zlar bilan almashtirishi yoki tushirib qoldirishiga ruxsat beradi.
Masalan, “Quyosh chiqdi, hamma yoqqa nurini sochdi” gapining shaklini o‘zgartirib, o‘quvchilar “Quyosh o‘z nurini sochdi”, “Quyosh nurini hamma yoqqa sochdi”, “Quyosh chiqib, nurini sochdi” kabi shakllarda yozishlari mumkin. Shuning uchun ham bunday diktant turi erkin diktant deyiladi.
ERKIN DIKTANT
=== Taqdimot 26 ===
NAZORAT DIKTANT
“Dasturning biror bo‘limi o‘rganilib, xilma-xil ta’limiy mashqlar bilan mustahkamlangach, nazariy va amaliy bilimlar o‘quvchilar tomonidan qay darajada o‘zlashtirilganligini sinash maqsadida o‘tkaziladi. Matn sinf o‘quvchilarining saviyasiga mos, sintaktik tuzilishi me’yorlashgan, o‘rganilgan imlo qoidalari asosidagi so‘zlar va tinish belgilari ko‘poq bo‘lishi lozim. Unda o‘rganilmagan qoida asosida yoziladigan va imlosi qiyin so‘zlar bo‘lmasligi kerak.
Ba’zan diktant uchun terma gaplardan ham foydalanish mumkin. Lekin har ikki holda ham gaplardagi so‘zlar soni DTS talablariga mos bo‘lishiga e’tibor qaratish lozim.
=== Taqdimot 27 ===
DTS va yozma ishlarni baholash mezonlaridan kelib chiqib, quyidagi me’yordan foydalanish mumkin:
Mutlaqo xatosiz yozilgan, qo‘pol bo‘lmagan 1 ta imlo yoki 1 ta ishorat xatosi bo‘lgan diktantga “5” ball bilan baholashimiz mumkin.
2 ta imlo va 2 ta ishorat xatosi bo‘lgan diktantga “4” ball bilan baholashimiz mumkin. Balki xatolar nisbati o‘zgarishi mumkindir, lekin ularning umumiy miqdori 4 tadan, imlo xato esa 2 tadan oshmasligi lozim.
4 ta imlo hamda 4 ta ishorat xatosi bo‘lgan diktantga “3” ball qo‘yiladi. Bunda ham xatolar nisbati 3 ta imlo, 5 ta ishorat xato va boshqa ko‘rinishlarda ham bo‘lishi mumkin. lekin, imlo xato miqdori 4 tadan oshmasligi belgilab qo‘yilgan.
7 tagacha imlo va 7 ta ishorat xatosi bilan yozilgan diktantga esa “2” ball qo‘yiladi.
Agar xatolar miqdori 15 tadan ortiq bo‘lsa, bu diktant “1” ball bilan baholanadi.
=== Taqdimot 28 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“DIKTANT VA UNING TURLARI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar