Differensial psixologiya predmeti

8000 so'm


Differensial psixologiya predmeti

 

 

Slayd 1

Differensial psixologiyaning predmeti

Slayd 2

Reja:
Differensial psixologiyaning predmeti.
Differensial psixologiyaning oʻrganish obyekti.
Differensial psixologiyaning vazifalari.
V. Merlin, B. Ananyev, B. Teplov, V. Nebilisin qarashlari.
Differensial psixofiziologiya psixik ilmlar sistemasida ekanligi

Slayd 3

Tayanch soʻz va iboralar:
Individ, individuallik, shaxs, psixika, tafovut, F. Galton, V. Shtern, guruh, irq, millat, metod, longityud, kompleks, egizaklar, bilish jarayonlari, kognitologiya, bilish uslublari, analitik, sintetik.

Slayd 4

Differensial psixologiya odamlar, guruhlar, millatlar, irqlar oʻrtasidagi farqlarning sabablari, mexanizmlari va oqibatlarini oʻrganuvchi psixologiyaning sohasi hisoblanadi. Agar «umumiy psixologiya» psixologik fanlar haqida malumot bersa differensial psixologiya inson psixikasining oʻziga xos sohasiga olib kiradi. Differensial psixologiya professional psixologiya hisoblanadi. Yani professional psixolog Differensial psixologiyani bilishi shart.

Slayd 5

Kishilar oʻrtasidagi individual psixologik farqlarni bilishga qiziqish koʻp asrlik tarixga ega. Differensial psixologiya nima uchun odamlar bir-biridan farq qiladi?-degan savolga javob beradi.

Slayd 6

Birinchi marta odam bilan odam oʻrtasidagi farqlar qobiliyatlarda aniqlangan. Ingliz olimi Frensis Galton 1867 yil talantli odamlarning irsiyatiga bagʻishlangan kitob nashr ettirib, bu kitobda buyuk olimlarning irsiyati haqida malumotlarni keltirgan. Xulosa shunday boʻlganki el tanigan kishilar avlodidan koʻplab qobiliyatli kishilar yetishib chikadi. U baxlar avlodining 35 tasini oʻrgangan. Shuningdek 63 nafar taniqli olim va qobiliyatli kishilarning biografiyasini oʻrganib qobiliyat va talant irsiyatga bogʻliq degan xulosaga kelgan. Ammo keyinchalik olimlar qobiliyatning shakllanishida shart-sharoitning muhim oʻrin egallashini ilmiy asoslab uning gʻoyasini tanqid qilganlar. Ammo F. Galton qobiliyatlardagi individual farqlarni oʻrgangan olim sifatida fan tarixida qolgan.

Slayd 7

Differensial psixologiya lotincha «differentia» – farq, tafovut degan manoni anglatadi. «Differensial psixologiya» terminini birinchi marta ingliz olimi Shtern 1900 yilda «Differensial psixologiyaga kirish» asarida qoʻllagan va Differensial psixologiyaga asos solgan. 1930-1970 Yillarda Differensial psixologiya sohasida juda koʻplab olimlar tadqiqotlar olib borib fanning rivojlanishiga katta hissa qoʻshdilar. Jumladan Anna Anastazi «Differensial psixologiya va testologiya» asari bilan differensial psixologiyaga katta hissa qoʻshdi.

Slayd 8

Shuningdek 1950-1970 yillarda rus olimi B. M. Teplov, Gans Ayzenk, B. S. Merlin, V. D. Nebilisin, K. M. Gurevich, E. V. Golubeva, Ravich-Sherbo va boshqalar katta ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirganlar. 1950 Yilda B. M. Teplov Rossiyada birinchilardan boʻlib «Differensial psixologiya va psixofiziologiya» laboratoriyasini tashkil etdi. Hozirgi kunda Rossiyaning bir nechta shaharlarida «Differensial psixofizologiya» laboratoriyalari faoliyat koʻrsatmokda.

Slayd 9

1990 Yillarda prof. B. R. Qodirov tomonidan Uzbekistonda TerDPI qoshida birinchi «Psixologiya va psixofiziologiya» laboratoriyasi tashkil etildi. 1994 Yilda esa laboratoriya Oʻzbekiston Respublikasi «Istedod» markaziga aylanib poytaxt Toshkentga koʻchirildi.

Slayd 10

Charlz Darvin ham oʻzining «Odamda va hayvonlarda his-tuygʻularning ifodalanishi toʻgʻrisida» degan kitobida yozgan ediki, fiziognomika «har bir individning oʻz shaxsiy qiziqishlariga erishib, faqat yuzlaridagi asosan malum bir muskullarni qisqartirishi, bu muskullar kuchliroq rivojlangan boʻlishi mumkinligi va shuning uchun bu liniyalar va ularning odatdagi qisqarishidan paydo boʻladigan yuz qisqarishi ancha chuqur va koʻzga koʻrinarli boʻlishi mumkinligini jiddiy ravishda bilishi kerak.

Slayd 11

Individual farqlar nafaqat insonga, balki barcha hayvonot dunyosiga ham taalluqlidir. Bir xujayralilardan boshlab to primatlarning xatti harakatlari, xulq-atvorlarini tadqiq etish, oʻrganish ularning reaksiyalari, motivasiyalari, xulq-atvorning boshqa qirralarida individual farqlar bor ekanligini koʻrsatadi. Bir tur ichida farqlar shunchalik koʻpki, ular ayrim xollarda turlararo farqlardan ham oshib ketadi.

Slayd 12

1-Yoʻnalish: individlararo farqlarni tadqiq qilish
2-Yoʻnalish: guruhlararo farqlarni tadqiq qilish
3-Yoʻnalish: irqlar, millatlararo farqlarni oʻrganish
Individualfarqlarni oʻrganish 3 yoʻnalishda amalga oshiriladi.

Slayd 13

Differensial psixologiyaning paydo boʻlishiga aynan shunday farqlarning mavjudligi va ularni oʻrganish zarurati asos boʻlgan.
Olimlarning takidlashicha, odam bilan odam orasidagi tafovut, odam bilan hayvon oʻrtasidagi tafovutdan katta. Bu fakt odamlar oʻrtasidagi tafovutlarni oʻrganish juda katta mazmunga ega ekanligini asoslaydi.

Slayd 14

Differensial psixologiyaning odamlar oʻrtasidagi oʻzaro farqlarni oʻrganadigan sohasi «Individual farqlar psixologiyasi» deb nomlanadi. Irqlar oʻrtasidagi farqlarni oʻrganuvchi sohasi «Antropopsixologiya» hisoblanadi.
Antropopsixologiyaga Mgu professori B. F. Porshnev irqlar oʻrtasidagi farqlarni oʻrganib, asos solgan. Ammo hali irqlar oʻrtasidagi farqlarni oʻrganadigan soha fan sifatida toʻliq shakllanib ulgurmagan. Bu borada tadqiqotlar yetarli darajada emas.
Individual farqlar psixologiyasi toʻliq oʻrganilgan. Yani individual farqlar psixologiyasining metodikasi, metodologiyasi toʻliq yaratilgan.

Slayd 15

Differensial psixologiyaning fan sifatidagi vazifalari quyidagilardan iborat:
Inson individualligining koʻp qirrali tuzilmasini (strukturasi) tahlil qilish. Uslublarining tabiatini tushuntirish.
Insonning individual psixologik xususiyatlari boʻlmish nerv sistemasi xususiyatlari signallar sistemasining oʻzaro bogʻliqligi temperament, qobiliyat hamda bilish
Odamlar oʻrtasidagi individual farqlarning sabablarini oʻrganish
Psixologik xususiyatlarning oʻzaro mutanosibligini oʻrganish, yani ularning bir-biriga bogʻliqligi va bogʻliq emasligi sabablari, ulardan foydalanish imkoniyatlarini topish.

Slayd 16

Odamlar guruhlarga tabaqalanishining sabablarini tadqiq etish. Masalan: jins, yosh, tipologik va hokazo.
Psixikaning shakliy dinamik va mazmuniy jihatlarini tadqiq etish.
Shakliy dinamik xususiyatlarni aniklash va rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
Individual xususiyatlar haqidagi bilimlardan ijtimoiy amaliyotda foydalanish.

Slayd 17

Uchinchidan xayotda insonlar xatti-harakatlari, munosabatlari bilan farq qiladi
Individual farqlar psixologiyasi jamiyat azosi sifatida individning xususiylik va umumiylik jihatlarini tadqiq etadi, yani odamning oʻzaro farq qiluvchi va oʻzaro umumlashtiruvchi «oʻxshashlik» jihatlarini oʻrganadi.
Birinchidan har bir kishining ichki dunyosi oʻziga xos qaytarilmas, yani yagonaligi bilan farq qiladi.
Ikkinchidan inson ichki dunyosining yaxlit tugallanganligi bilan ajralib turadi. Masalan: aqlli, noshud, dono, yomon, olim, yaxshi va hokazo.

Slayd 18

Oʻxshashlik jihatlari: Birinchidan insonlarning ichki muhitidan kelib chiqib tashqi muhitga, sharoitga moslashuvchanligi. Narsa va xodisalarga javob berishda va malum faoliyatini amalga oshirishda optimal qobiliyatga egaligi.
Ikkinchidan xar bir kishi malum darajada maxsuldor yani u yoki bu sohada.
Uchinchidan kompensasiya yani oʻzida mavjud kamchiliklarni boshqa xususiyatlar bilan toʻldira olish xususiyatiga ega ekanligi.

Slayd 19

Differensial psixologiyada turli sohalarda individual farqlar tadqiq etiladi. Jumladan, 1911 yilda akademik I. P. Pavlov birinchi va ikkinchi signallar sistemasi haqidagi talimotini yaratib, uni insonlarning individualligini oʻrganishga tadbiq etgan. I. P. Pavlovning fikriga koʻra, birinchi signal sistemasi faoliyati ustun boʻlgan kishilar umumlashtirish xususiyatiga, ikkinchi signal sistemasi faoliyati ustunlik qilgan kishilar esa tahlil qilish xususiyatiga ega ekanligini asoslagan. Keyinchalik bu talimot yanada rivojlantirilib, shaxsning bilish uslublaridagi farqlarni oʻrganishda qoʻllanila boshlandi, yani birinchi signal sistemasiga taalluqli kishilar badiiy tip, ikkinchi signal sistemasiga taalluqli kishilar fikrlovchi tip, har ikkala signal sistemasi teng faoliyat koʻrsatuvchi kishilar oʻrta tipga taalluqli deb hisoblana boshlandi (ilova).

Slayd 20

V.Merlin, B.Ananyev, B.Teplov, V.Nebilisin qarashlari. Jaxon psixologiyasida differensial psixologiya ilmiy jixatdan koʻpgina xolatlarda oʻrganilgan. Jumladan, V.S.Merlin maktabi temperamentning 9 ta belgisini ajratib koʻrsatgan:
1) emosional qoʻzgʻaluvchanlik;
2) diqqatning qoʻzgaluvchanligi;
3) emosiya kuchi;
4) xavotir;
5) ixtiyorsiz xarakatlarning reaktivligi (impulsivlik);
6) irodaviy faollik, maksadga yunaltirilgan faoliyat;
7) egiluvchanlik-rigidlik;
8) qarshilik koʻrsata olish;
9) subyektivlik.
Birok bu sanab oʻtilgan sifatlarning barchasi temperament xususiyatlari

Slayd 21

Ongning individual uslubi. Ong shubxasiz ijtimoiy muhit tomonidan orttirilgan psixologik xususiyat xisoblanadi. Ong shakliy dinamik voqelik emas, ammo ongning shakliy dinamik tomonlari mavjud.
Ong deb kishining ijtimoiy muhit talablariga xozirjavoblik bilan moslashuvini taminlaydigan psixologik voqelikka aytiladi. Ongning asosini tashkil etib, onglilikni taminlaydigan xususiyatarga bilim, odob, axloq,etiqod, qadriyatlar kiradi. Yuqorida keltirilgan xususiyatlarning dinamikasi, quvvati bor, yani chuqur bilimli, oʻta odobli, etiqodi baland va xokozo. Shu tufayli ong shakliy dinamik jixatlarga ega deyish uchun asos mavjud. Ong ham individuallik xususiyatlariga ega, yani kimning ongi…

Slayd 22

Psixolog B. M. Teplov 1950 yilda birinchi marta mashxur sarkardalarning aql xususiyatlarini oʻrganib, «Qoʻmondon aqli» nomli asarini chop ettirdi. Ushbu asarda sarkardalarning aql uslublari va ularning ahamiyati xaqidagi fikrlar aniq misollar asosida taxlil qilingan.

Slayd 23

Idrok differensial psixologik xususiyatlarga ega boʻlib, uning quyidagi uslublari farqlanadi:
Idrokning analitik-sintetik uslubi
Idrokning obyektivlik, subyektivlik uslubi
Konseptuallik, perseptivlik uslubi
Konseptual malum bir farazni ilgari surish, oʻz nuqtai nazarini talqin etish xususiyatlari bilan namoyon boʻladi. Perseptiv bu biror xulosaga kelish uchun qayta-qayta idrokka murojaat qili shva hokazo

Slayd 24

Tafakkur psixologik nuqtai nazardan qaraganda shakliy dinamik jarayon hisoblanadi. Tafakkurning tarifi voqea va xodisalarning mazmunini ochib beradi, yani voqelikning qonuniyatlarini tushuntiradi.
Abstraktlik va konkretlik uslubi
Analitik sintetik uslubi
Rigidlik va fleksibillik uslubi
Keng va tor tafakkur

Slayd 25

Xarakter – dinamik voqelik boʻlib, turli tarzda namoyon boʻladi:
Birinchidan,
Impunitiv
Namoyishkorona.
Intropunitiv
Ekstropunitiv
Aksentuasiya oʻtkir affektiv reaksiya tasirida namoyon boʻladi. Affektiv reaksiya koʻrinishlari:
Uchinchidan,
Aksentuasiya fonida shaxsni kasallik darajasigacha olib boruvchi psixik buzilishlar rivojlanadi.
Ikkinchidan,
Bu oʻtib ketuvchi xulq-atvorning psixopatik buzilishidir. Xulq-atvor buzilishlari koʻrinishlari:
Delinkventlik
Toksikoman xulq
Uydan qochish va daydilik
Jinsiy buzilishlar.

Slayd 26

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 27

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Differensial psixologiya predmeti” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar