DARSDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISH METODIKASI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
Darsdan tashqari ishlarni tashkil qilish metodikasi
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
Sinfdan tashqari ishlarni shakllanishi va vazifalari.
Ona tili to‘garagi.
To‘garak, tanlov badiiy kechalarni tashlik etish usullari.
=== Taqdimot 3 ===
Maktab o‘quvchini o‘qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda kitobni mustaqil o‘qiy oladigan, uni tushunadigan, ma’lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil o‘qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jihatdan sinfdan tashqari o‘qish (STO‘) tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko‘p narsani bilishga havasni orttiradi.
=== Taqdimot 4 ===
Sinfdan tashqari ishlarning maqsadi
O‘qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o‘qiydigan, o‘qilgan kitobni to‘g‘ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir.
=== Taqdimot 5 ===
Maktablarda 1959 yildan boshlab maxsus STO‘ darslari tashkil etilgan.
1-2-sinfda haftada 1 marta,
3-4-sinfda 2 haftada 1 marta o‘tkazilib kelindi.
Hozirgi dasturga ko‘ra, bunday darslar 1-4-sinflarda 2 haftada bir marta o‘tkaziladi. Savod o‘rgatish jarayonida esa haftadagi oxirgi alifbe darsining 17-20 daqiqasi ajratiladi.
=== Taqdimot 6 ===
Sinfdan tashqari o‘qish tanish bo‘lmagan mualliflarning ham kitoblari muqovasi, titul varag‘i, kirish so‘zi, mundarijasi va suratlariga qarab asarning taxminiy mazmunini aniqlash vazifasini amalga oshirishga xizmat qiladi.
=== Taqdimot 7 ===
O‘quvchida badiiy kitoblarni o‘qishga havas uyg‘otish, o‘qigan kitoblari yuzasidan kundalik yurita olishga o‘rgatish, bolalar adabiyotining mashhur adiblari hayoti va ijodi bilan elementar tarzda tanishtirish hisoblanadi. Bolalarda ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg‘otish, ularning bog‘lanishli nutqini o‘stirish, adabiy-estetik tafakkurini yuksaltirish sinfdan tashqari o‘qish darslarining ham tub mohiyatini tashkil etadi.
Sinfdan tashqari o‘qish darslarning asosiy vazifasi
=== Taqdimot 8 ===
Sinfda o‘qish − hayotga tayyorlash vositasi, Sinfdan tashqari o‘qish esa hayotning o‘zidir. Hozirgi paytda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun sinfdan tashqari o‘qishga mo‘ljallangan “Kitobim-oftobim” nomli qo‘llanmalar ham chop etilgan.
=== Taqdimot 9 ===
STO‘ darslari o‘quvchilarda mustaqil kitob tanlash va o‘qish malakalarini shakllantiradi. Mustaqil o‘qish malakasini shakllantirish
3-bosqichga bo‘linadi:
1. Tayyorlov bosqichi. Bu 1-sinfning savod o‘rgatish davriga to‘g‘ri keladi. Unga darsning bir qismi − 17-20 daqiqasi ajratilgani uchun “STO‘ ma’lumoti” deb yuritiladi.
Sinfdan tashqari o‘qish bosqichlari
=== Taqdimot 10 ===
2. Boshlang‘ich bosqich. Bu 1-sinfning 2-yarim yilligiga to‘g‘ri keladi. Bu bosqichda haftada 1 marta 45 daqiqalik dars uyushtiriladi.
3. Asosiy bosqich. Bu bosqich 2-4-sinflarga to‘g‘ri keladi. Bu davrda o‘quvchilarning o‘qish malakalarni mustahkamlanadi. Bunda o‘quvchilarning sinfdan tashqari o‘qiganlari baholanadi.
Sinfdan tashqari o‘qish bosqichlari
=== Taqdimot 11 ===
Kitob tanlashda tarbiyaviy maqsad ko‘zda tutiladi.
Kitob tanlashda asarlar janri va mavzusining xilma-xilligi e’tiborga olinadi.
Kitobning o‘quvchilar yoshi va saviyasiga mosligi hisobga olinadi.
Kitob tanlashda o‘quvchilarning shaxsiy qiziqishi va mustaqil o‘qishi hisobga olinadi.
Kitob tanlashda mavsumiy tamoyilga amal qilinadi.
Sinfdan tashqari o‘qish uchun kitob tanlash tamoyillari
=== Taqdimot 12 ===
Sinfdan tashqari o‘qishga rahbarlik qilish shakllari
Kitobni targ‘ib qilish.
Yakka tartibdagi yordam va kundalik tekshiruv
STO‘ yuzasidan ommaviy ishlar.
Sinfdan tashqari o‘qish uchun kitob tanlash tamoyillari
=== Taqdimot 13 ===
Sinfdan tashqari ishlar — umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quv tarbiyaviy ishining tarkibiy qismi, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil etish shakllaridan biri. Sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish va ularni hayotga tayyorlashda keng imkoniyatlar yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarga o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan va ularga tarbiya hamda bilim berishga qaratilgan turli xil mashg‘ulotlar tizimi kiradi.
=== Taqdimot 14 ===
Bunday mashg‘ulotlar pedagogik jamoa, sinf rahbari, yoshlar tashkilotlari rahbarligi va bolalarning o‘z-o‘zini boshqarish tashkilotlari tomonidan darsdan tashqari vaqtda uyushtiriladi. O‘quvchilarning sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda o‘quvchilar saroylari, yosh texniklar, yosh tabiatshunoslar, yosh sayyohlar klubi va maktabdan tashqari boshqa muassasalar katta yordam beradi.
=== Taqdimot 15 ===
Sinfdan tashqari ishlarning asosiy shakllari sifatida ommaviy ishlar (maktab klublaridagi tadbirlar, kecha, munozara va tanlovlar o‘tkazish, viktorina va ko‘rgazmalar uyushtirish, tabiat qo‘yniga, maktab va muzeylarga ekskursiyalarga chiqish), to‘garak ishlari (o‘quvchilarning turli to‘garaklar, sport seksiyalari, ansambllardagi qatnashishlari), mustaqil ishlar (o‘quvchilarning sinfdan tashqari o‘qishi, kolleksiya to‘plashi, texnika, musiqa, tasviriy san’at, chizmachilik va shu kabilar bilan mustaqil shug‘ullanishi)ni ko‘rsatish mumkin.
=== Taqdimot 16 ===
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni doimiy va mavsumiy tadbirlarga ajratish mumkin. Doimiy tadbirlarga to‘garak mashg‘ulotlari kiritilsa, qolganlari vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladigan tadbirlarga kiradi.
=== Taqdimot 17 ===
Doimiy tadbirlarga to‘garak mashg‘ulotlari kiritilsa, qolganlari vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladigan tadbirlarga kiradi. To‘garak sinfdan tashqari ishlarning asosiy turi bo‘lib, u o‘quvchilarning doimiy barqaror tarkibi bilan ish ko‘radi. To‘garakka a’zo bo‘lish ixtiyoriy, ammo uning mashg‘ulotlarida ishtirok etish majburiydir. Ona tili to‘garagining a’zolari soni 12-15 o‘quvchidan oshmasligi lozim.
=== Taqdimot 18 ===
Ular parallel sinflardan iborat bo‘lsa, mashg‘ulotlarni samarali va qiziqarli tashkil etish imkoniyatlari kengayadi. Agar maktabda parallel sinflar bo‘lmasa, to‘garak a’zolari bitta sinfdan iborat bo‘lishi ham mumkin. To‘garak har xil nomlar bilan nomlanadi. Masalan, “Ona tilim – jonu dilim”, “Til – dil kaliti”, “O‘zbek tili davlat tili” vako hazo. Mashg‘ulot 15 kunda bir marta o‘tkazilgani ma’qul.
=== Taqdimot 19 ===
To‘garak har xil nomlar bilan nomlanadi. Masalan, “Ona tilim – jonu dilim”, “Til – dil kaliti”, “O‘zbek tili davlat tili” va hokazo. Mashg‘ulot 15 kunda bir marta o‘tkazilgani ma’qul. Quyida to‘garak mashg‘ulotlaridan birini namuna sifatida keltiramiz:
5-sinflar uchun birinchi mashg‘ulot.
1.To‘garakka nom qo‘yish. O‘quvchilarni to‘garakning maqsad va vazifalari bilan tanishtirish. “To‘garak bizga nima beradi?” mavzusida suhbat.
2.O‘quvchilardan til odobi, so‘zlash madaniyati xususida bilgan maqollarni so‘rash va mazmunini sharhlash.Topshiriqlar:
=== Taqdimot 20 ===
Topshiriqlar
Til odobi va so‘zlash madaniyati xususidagi xalq maqollarini yig‘ish va ularning ma’nolarini aniqlash.
To‘y-tomoshalarni ifodalovchi so‘zlar lug‘atini tuzish va ularning ma’nolarini sharhlash. To‘garak mashg‘uloti dars mashg‘ulotini takrorlamaydi, balki uni to‘ldiradi va takomillashtiradi.
=== Taqdimot 21 ===
To‘garak mashg‘uloti dars mashg‘ulotini takrorlamaydi, balki uni to‘ldiradi va takomillashtiradi. Ona tili kabineti zamonaviy texnika vositalari, mashhur tilshunos olimlarning portretlari, donolarning til haqida aytgan hikmatli so‘zlari, DTS talablari, tahlil namunalari, o‘quvchilarning diktant, bayon va insho yozishlari uchun esdalik kabilar bilan jihozlangan bo‘lishi, o‘quv-metodik majmuani o‘zida mujassamlashtirishi lozim.
=== Taqdimot 22 ===
Chunonchi, agar boshlang‘ich sinflarda “Kimning xati chiroyli?” kabi mavzular tanlansa, 5-6-sinflarda esa erkin mavzuda yozilgan insho bo‘yicha tanlov o‘tkazish mumkin. Konferensiyalar ancha murakkab tadbirlardan biri bo‘lib, u asosan 8 – 9 va undan keyingi bosqichlarda o‘tkaziladi. Bunda ham asosiy bosh mavzu oldindan o‘quvchilarga ma’lum qilinadi:
bu bosh mavzu kichik mavzularga ajratilib, uning har biri bo‘yicha kimlar tayyorgarlik ko‘rishi lozimligi belgilanadi.
=== Taqdimot 23 ===
Bitta mavzu bo‘yicha 3-4 nafar o‘quvchi tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsa, ulardan biri asosiy ma’ruzachi, qolganlari qo‘shimcha ma’ruzachilar sifatida ishtirok etadilar.
Olimpiadalar ham sinfdan tashqari ishlarning bir turi bo‘lib, unga ishtirok etish ixtiyoriydir. Bu tadbirga kuch sinashishni ixtiyor etgan barcha o‘quvchilar ishtirok etishlari mumkin. Olimpiada g‘oliblari maktab ma’muriyatining buyrug‘i bilan rag‘batlantiriladi.
=== Taqdimot 24 ===
Ona tili olimpiadalari yilda bir marta o‘tkaziladigan tadbirdir. Bu tadbirning birinchi bosqichi maktabda, ikkinchi bosqichi tuman(shahar)da, uchinchi bosqichi viloyatda va to‘rtinchi bosqichi Respublikada o‘tkaziladi. Xullas, sinfdan va maktabdan tashqari ishlar alohida-alohida tadbirlar sanalsa-da, ammo ular o‘zaro bog‘langan, biri ikkinchisini to‘ldiradigan tadbirlardir.
=== Taqdimot 25 ===
To‘garakda bola maktab darslaridan keyingi bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun sharoit yaratilishi zarur. To‘garak mashg‘ulotlari bola o‘z ustida ishlashi, o‘zi qiziqqan yo‘nalishi bo‘yicha shug‘ullana olishi, qo‘shimcha bilimga ega bo‘lishi uchun imkon beradi. Mashg‘ulot davomida dars o‘qitish bilan birga bolalarda o‘zaro ijodiy tajriba almashishadi. Bir yo‘nalishda izlanayotgan, bo‘lajak yosh mutaxassislar shakllanadi. To‘garak bolalarning to‘garaklarni o‘zlari erkin tanlashi, bir vaqtning o‘zida bir necha to‘garakka qatnashi va qiziqishiga ko‘ra to‘garakni almashtirishi mumkin.
=== Taqdimot 26 ===
Bu kelajakda bolalarning biror-bir kasbni tanlashida boshlang‘ich pog‘ona vazifasini o‘taydi. To‘garak rahbari to‘garak mashg‘ulotida samaradorlikka erishish uchun to‘garak mashg‘uloti ishlanmasiga alohida e’tibor qaratishi, uni zamonaviy texnologiyalar pedagogik asosida tuzishi lozim. Bunda to‘garak rahbari oldiga qo‘ygan har bir maqsadga xolisona, bolalar tushunishi uchun uning soddaligiga alohida e’tibor berishi kerak. To‘garak rahbarlari to‘garak mashg‘ulotlari quyidagi tartibda ishlanmasini tuzishlari mumkin.
=== Taqdimot 27 ===
Ongli ravishda to‘garak ishlari orqali kasb tanlash uchun o‘quvchilarning bir qator kasblarni yetarlicha bilishi, bilganda ham ularning o‘ziga jalb qiladigan tomonlarini emas, balki qiyinchiliklarini ham yaxshi bilishi, o‘zining shaxsiy sifatlariga ko‘ra tanlangan kasbini muvaffaqiyatli egallay olishi va keyingi jarayonida O‘z ish malakasini takomillashtirish talab qilinadi.
=== Taqdimot 28 ===
Bunday ko‘nikmalarni bevosita to‘garak ishlari orqali shakllantirish, o‘quvchilarning biror bir hunarni egallashlarida ko‘rsatmalar berish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi vaqtga qadar to‘garak ishlari orqali kasbga yo‘naltirish ishlari yetarlicha saviyada olib borilmasligi, ularni kasb-hunar turlari bo‘yicha maqsadga muvofiqdir.
=== Taqdimot 29 ===
Hozirgi vaqtga qadar to‘garak ishlari orqali kasbga yo‘naltirish ishlari yetarlicha saviyada olib borilmasligi, ularni kasb-hunar turlari bo‘yicha aniq ma’lumotga ega emasligiga olib keladi. Maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan savol-javob qilinganda shu narsa aniqlandiki, ularning faqat 65% ommaviy kasblarni bilishi to‘g‘risida ta’kidlagan. O‘quvchilarning faqat 25%i to‘garaklarga jalb qilingan. Albatta, bu ma’lumotlar har davrda va har xil mintaqalarda obyektiv holda turlicha bo‘lishi mumkin.
=== Taqdimot 30 ===
Eʼtiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“DARSDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISH METODIKASI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar