Chingiz Aytmatov hayoti va ijodi
8000 so'm

Slayd 1
Chingiz Aytmatov
(1928 yilda tug‘ilgan)
Slayd 2
Chingiz To‘raqulovich Aytmatov XX asr qirg‘iz adabiyotining eng iste’dodli va jahonga tanilgan yirik namoyandalaridan biri bo‘lib, u 1928 yil 12 dekabrda Qirg‘izistonning Talas vodiysidagi Shakar ovulida tug‘ilgan. Bobosi Aytmat og‘a ajoyib qo‘buzchi, otasi To‘raqul Aytmatov davlat va jamoat arbobi, onasi Naima opa o‘qimishli, oqila ayol edi. Chingiz dastlab rus maktabida, keyin qirg‘iz maktabida o‘qidi, qishloq sho‘rosida kotib, soliq yig‘uvchi, brigada hisobchisi bo‘lib ishladi. U 1948 yilda Jambul zooveterinariya texnikumini, 1953 yili Qirg‘iziston qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan. 1956 – 1958 yillarda Moskvada Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi Oliy adabiyotchilar kursida tahsil oldi. Chingiz Aytmatov bolaligidanoq badiiy adabiyotga ulkan mehr qo‘ygan bo‘lib, nasriy asarlar yaratish bilan astoydil shug‘ullanadi.
Slayd 3
Adib nomini ilk bor xalqaro miqyosda mashhur qilgan, 1958 yilda yozilib, jahon xalqlarining 40 dan ortiq tillariga tarjima qilingan asar «Jamila» qissasi bo‘ldi. «Jamila» qissasini Lui Aragon «Muhabbat haqida yozilgan jahondagi eng ajoyib qissa» deb atagan. Chingiz Aytmatov davlat va jamoat arbobi sifatida ulkan ishlarni amalga oshirmoqda. U Q. Muhammadjonov bilan hamkorliqda «Fudziyamadagi uchrashuv» nomli drama yozgan. Chingiz Aytmatov Qirg‘iziston xalq yozuvchisi (1968), 1995 yildan Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasi Prezidentidir. U Mustaqil O’zbekistonning «Do‘stlik» (1995), «Buyuk xizmatlari uchun» (1998) ordenlari bilan mukofotlangan. Qirg‘iziston Reslublikasida Chingiz Aytmatov nomidagi Xalqaro «Oltin medal» mukofoti ta’sis etilgan (1999). Chingiz Aytmatovning asarlari 80 dan ortiq xorijiy tillarga tarjima qilingan.
Slayd 4
Chingiz Aytmatov «Momo yer», «Qizil durrachali sarvqomatim» kabi asarlarini avval qirg‘iz tilida yozib, so‘ng o‘zi rus tiliga tarjima qilingan. Ba’zi asarlari esa, avval rus tilida yozilib (masalan, «Oq kema», «Alvido, Gulsari») so‘ng qirg‘iz tiliga o‘girildi.
Slayd 5
Asarlari
«Yuzma-yuz», «Sarvqomat dilbarim», «Somon yo‘li» (1963), «Momo yer», «Alvido Gulsari» (1966), «Oq kema», «Sohil yoqalab chopayotgan olapar» (1977), «Hoshim», «Gazetachi Dzyuydo», «Oq yomg‘ir», «Sepoyachi», «Qiyomat» (1986, qahramonlari: Ober-Kandalov, Iso, Avdiy, Pontiy Pilat, Iuda, Grishan, Bozorboy, Ko‘chqorboev, Guram Juxadze, Bo‘ston, Sandro va boshq.), «Birinchi muallim» (1962), «Asrga tatigulik kun», «Kasandra tamg‘asi» (1990), «Erta qaytgan turnalar» va boshq.
Slayd 6
«Oq kema» qissasi haqida
Bu qissa 1970 iilda yozitgan bo‘lib, 7 qismdan iborat.Asar qahramonlari kuyidagilar: Mo‘min chol (u asarda «juda qartayib qolgan, yakkayu yolg‘iz o‘g‘li urushda halok bo‘lgan, umr bo‘yi bir yostiqqa bosh qo‘yib yotgan xotinidan ajralgan, eng katta baxtsizligi – uning qizlariga baxt kulib boqmagan» deya ta’riflangan), O’razqul, Bekey, bola (baliq bola uchun erk va qudrat ramzi edi) va boshq.«E bo‘tam, hofizlar hamdu sano o‘qishda bahslashsa – qanday yaramaslik, ular qo‘shiqchidan qo‘shiq kushandasiga aylanishadi. … E, bo‘tam, qadimgi odamlardan kolgan gap bor: «Boylik – takabburlikni, takabburlik esa – telbalikni tug‘diradi». … E, bo‘tam, pul hukmron bo‘lgan joyda ezgu so‘zga o‘rin yo‘q, go‘zallikka o‘rin yo‘q» degan gaplar ham shu asarda keltirilgan.Bu qissadagi rivoyatda dushman qabiladan qolgan qizcha va bolani o‘ldirib, qirg‘iz zotini yo‘q qilgan Cho‘tir Baymoq kampirga topshirilgan edi.
Slayd 7
«Asrga tatigulik kun» romani haqida
Bu roman 1980 yilda yozilgan. Unda o‘tmishni eslay olmaslik uchun insonni xotirasidan umrbod mahrum qilishdek qabih jinoyatta qo‘l urish haqida hikoya qilingan. Asarda «mish-mishlarga qaraganda, jo‘ngjanglar qarg‘ishga uchrabdi – qishda muzlab qolgan Edil daryosidan to‘p-to‘p bo‘lib o‘tayotganlarida birdan muz yorilib, hammasi mol-hollari bilan birgalikda muz ostiga cho‘kib ketishibdi…» degan gaplar bor. )
Slayd 8
«Asrga tatigulik kun» romani QAHRAMONLARI
Edigey Bo‘ron (u Sobitjonga «Ilgari bosh uchun e’zozlashardi, bundan chiqdi, endi orqalaring uchun e’zozlashar ekan-da… Sen manqurtsan! Haqiqiy manqurt!…» degan), Sobitjon, Jo‘lamon, Nayman ona, Qozongap (uni dafn qilishga olib ketayotganda marhumning yonida uning kuyovi – Oyzodantg eri o‘tiradi), Abutolib Quttiboev va Zarifa (ular stshincha qatag‘on qurboni bo‘lganlar), Oyzoda va boshq.
Slayd 9
,,Qiyomat’’ romani haqida:
Chingiz Aytmatovning ,,Qiyomat’’ romanida ezgulik va oliyjanoblikning, yaxshilik va tog’rilikning, adolat va haqgo’ylikning qiyomat-qoyin darajasiga tushayotgan holatlari tabiat, jamiyat, ilson va iymon muammolarini aks ettirish orqali ko’rsatiladi. Ezgulikning insonparvar asoslarini Chingiz Aytmatov Bo’ston obrazi orqali ilgari suradi. Avdiyni an’anaviy yo’sindagi yaxshi yoki yomon kishi obrazi deb atash qiyin. U murkkab obrazdir. Shu fikrdan kelib chiqib, ,,Qiyomat’’ romanining bosh qahramoni Iso ham Avdiy Kalistratov ham, Bo’ston ham yohud Akbara va Toshchaynar ham emas, balki ularning barchasini birlashtirib turuvchi Imondir, deb aytish mumkin.
Slayd 10
Kassandra tamg’asi:
«Kassandra tamg‘asi» romani chinakam falsafiy kashfiyot bo‘ldi. Aytmatov shafqatsizlik, jinoyatlar, zulmkorlik, vahshiylikning bugungi ekilgan urug‘laridan qanday dahshatli nihollar unib chiqishini ko‘rsatdi. Yer shari axloqiy muammolar sinab ko‘riladigan poligon bo‘lib qolayotir. Insoniyat falokat yoqasida turibdi. Bu falokat chetdan kelgan emas, uni odamzotning o‘zi keltirib chiqarmoqda. Dunyo kasalga chalingan, jamiyat o‘zining ana shu ijtimoiy xastaliklaridan forig‘ bo‘lmas ekan, intiqom muqarrardir. Romanda jamiyatni qonxo‘rlardan, kallakesarlardan, vasvasalardan tozalash, oxir zamondan muhofaza qilish yo‘llari «…shipshitib» qo‘yilgan
Slayd 11
Chingizxon – tarixiy shaxs, o‘z davrining farzandi.
Chingiz Aytmatov o‘z qahramonining tabiati, xarakteri bolaligidanoq shakllana boshlaganiga urg‘u beradi. Chingizxon hali Temuchin deb atalgan bolalik chog‘idayoq, boshqalardan o‘ch olishni, hammani og‘ziga qaratishni xush ko‘rardi. U suvdan tutilgan baliqni talashib, o‘zining ukasi Bekterni o‘q-yoy bilan otib o‘ldirib qo‘yadi. Yozuvchi qonxo‘r jahongir tabiatining ildizlarini ochib berishni maqsad qilib qo‘ygan. Bolaligidanoq toshbag‘ir bo‘lib o‘sgan, hech kimga yaxshilik ravo ko‘rmaydigan kishidan ezgulik kutib bo‘larmidi?Chingizxon ulkan jahongirlik janglariga ikki yil tayyorgarlik ko‘rdi. Oilaviy qo‘shinlarga «jangu jadallar nihoyasiga yetmaguncha ayollar tug‘masin» degan qahrli farmon berildi.Yangi qissaning badiiy ahamiyatini ko‘targan voqealardan e’tiborlisi — lashkarboshilardan biri, yuzboshi Erdene bilan qo‘shin tug‘lariga gul tikadigan kashtado‘z Do‘g‘ulangning ayanchli fojiasidir. Hokimiyatning kuch-qudrati, zabtidan ikki yosh oshkora oila qurishga muyassar bo‘la olmaydi. Lekin baribir Chingizxonning farmoni, buyrug‘i ikki qaynoq qalbning muhabbati qarshisida ojiz edi.
Slayd 12
Chingiz Aytmatovning «Asrga tatigulik kun»
romaniga ilova qilingan qissa. Yozuvchi kitobxonlarni romanda taqdiri noma’lum bo‘lib qolgan Abutalip Quttiboev bilan qaytadan uchrashtiradi.«Chingizxonning oq buluti» qissasida ikki yo‘nalish – bir tomondan pok qalbli Abutalip bilan beshafqat Tansiqboev o‘rtasidagi murosasiz to‘qnashuv, ikkinchi tarafdan esa, dunyoni larzaga keltirgan Chingizxonning fojiasi bir-biri bilan botiniy bog‘lanib ketgan.Chekist Tansiqboev begunoh Abutalipni Yugoslaviyada partizanlar harakatida ishtirok etganlikda, eski xalq adabiy meroslarini yig‘ib yurganlikda ayblaydi. Biroq Abutalip hayoti har qancha xavf ostida bo‘lsa ham bosh egmaydi. Chin inson or-nomusini Tansiqboev kabi hayvontabiat manqurtlarning oyoq-osti qilishiga imkon berish — insoniyat oldida gunohi kabira ekanligini yaxshi tushunib yetadi.
Slayd 13
Adabiyotlar:
Baydamtol sohillarida (hikoya) [Chingiz Aytmatov]
Hayot-mamot (taqriz) [Chingiz Aytmatov]
Oq yomgʻir (hikoya) [Chingiz Aytmatov]
Raqiblar (hikoya) [Chingiz Aytmatov]
Somon yoʻli (qissa) [Chingiz Aytmatov]
O’tar Qush Nolasi [Chingiz Aytmatov]
Slayd 14
,,Chala xat”mashg’uloti
,,Chala xat”usulida bo’sh o’zlashtirayotgan o’quvchilar uchun ,,Quyidagi matnni to’ldiring” topshirig’i beriladi:
• Chingiz Aytmatov _____________________ tug’ilgan. Bobosi ________bo’lgan. ________ Qirg’izistonda savodsizlikni tugatish yo’lida astoydil xizmat qilgan.1957-yilda ,,________”, 1958-yilda ,,__________”qissalarini chop etgan.
• O’quvchi mustaqil yoki darslik bilan ishlab javob topadi.
Slayd 15
Adashtirdim topingchi
Iqtidorli o’quvchilar uchun ,,Adashtirdim, toping-chi!” usulida tarqatma yoki ko’rgazma tayyorlash mumkin.Unga ko’ra ,quyidagi matndagi ayrim ma’lumotlar noto’g’ri, o’quvchi uni topib ,jadvalga joylashtiradi.
Chingiz Aytmatov Qozog’istonning Talas vodiysidagi Shakar ovulida tug’ilgan. Otasi Aytmat o’qimishli, fikri tiniq odam edi. Oilaning to’ng’ich farzandi Chingiz avval qishloq maktabida ta’lim oldi.Bolaligida uchuvchi bo’lishni orzu qilgan. 1945-1948-yillarda Moskva Oliy adabiyoti kursida tahsil olgan….. .
Slayd 16
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 17
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |











Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.