Chingiz Aytmatov hayoti va ijodi (2)
8000 so'm

Slayd 1
Chingiz aytmatov
(1928-2008)
Slayd 2
Chingiz Aytmatov 1928-yilning 12-dekabrida Qirg‘izistonning Talas vodiysidagi Shakar ovulida tug‘ilgan.
Slayd 3
Bobo-buvi, ota-ona
Bobosi Aytmat qo‘li gul hunarmand va ajoyib qo‘bizchi bo‘lgan.
“…Buvim men uchun ertak, doston, qadimiy qo‘shiqlarning bitmas-tuganmas xazinasi edi. Ehtimol, o‘shanda buvim o‘zi sezmagan holda o‘z tilimni sevishga, hurmat qilishga o‘rgatgandir…”
Otasi To‘raqul Aytmatov rus-tuzem maktabida tahsil ko‘rgan, o‘qimishli, fikri tiniq odam edi.
Bo‘lajak adibning onasi Naima Aytmatova ham o‘qimishli, yuksak madaniyatli, oqila ayol bo‘lgan.
Slayd 4
Mashaqqatli bolalik
Oilaning to‘ng‘ich farzandi Chingiz avvaliga rus maktabida o‘qidi. Otasi qamalib, qishloqqa qaytishga majbur bo‘lishgach, qirg‘iz maktabida ta’lim oldi. U o‘smir yoshidan ikkinchi jahon urushi yillari front ortida xilma-xil yumushlarni bajaradi. Erkaklarning deyarli barchasi urushga ketgani sababli qishloqdagi eng savodli erkak sifatida 1942-yilda –o‘n to‘rt yoshida qishloq kengashi kotibi qilib tayinlandi. So‘ng soliq yig‘uvchi, traktorchilar brigadasida hisobchi bo‘lib ishladi.
Slayd 5
O‘rta maktabni bitirgan Chingiz 1945-yilda Zooveterinariya texnikumiga kirib, uni 1948-yilda bitirdi. So‘ng qishloq xo‘jalik institutiga o‘qishga kirib, uni 1953-yilga tugatdi. “Tajriba” fermasida zootexnik bo‘lib ishladi.
Lekin…
O‘spirin yoshidan unga yozishga havas bor edi. U texnikum va institutda o‘qib yurganida ham badiiy adabiyotdan uzoqlashmadi. Tinimsiz o‘qir, qirg‘iz adiblarining asarlarini ruschaga, rus yozuvchilarining bitganlarini qirg‘izchaga ag‘darar, o‘z sohasiga doir voqealar haqida maqola va ocherklar yozardi.
Slayd 6
“…Hech kim o‘z-o‘zidan yozuvchi bo‘lib qolmaydi: yillar sabog‘i, qilingan mehnat, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqish va e’tiqod orqali bunga erishish mumkin».
Chingiz Aytmatov
Slayd 7
Adabiyotga ishtiyoq tufayli bora-bora u kasbini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. 1956-1958-yillarda Moskvada Oliy adabiyot kursida tahsil ko‘rdi. Bu yerda chinakam adabiy jarayon bilan yuzlashdi.
Slayd 8
Elga xizmat…
1958-1960-yillarda “Literaturniy Kirgizistan” jurnalida muharrir;
1961-yilda “Pravda” gazetasining O‘rta Osiyo va Qozog‘iston bo‘yicha maxsus muxbiri;
1962-yilda Qirg‘iziston kinomatografiya kengashi raisi;
1988-1990-yillarda “Inostrannaya literatura” jurnalining Bosh muharriri;
1991-yildan boshlab, Qirg‘iziston va Rossiya Federatsiyasining Lyuksemburg va Belgiyadagi elchisi bo‘lib ishladi.
Slayd 9
1963 –yil – “Yuzma-yuz”, “Sarvqomat dilbarim”, “Somon yo’li” ;
1966 –yil – “Momo yer”, “Alvido, Gulsari” ;
1970 –yil – “Oq kema” ;
1977 –yil – “Sohil bo’ylab chopayotgan olapar”;
1986 –yil – “Qiyomat”,”Hoshim”, “Gazetchi Dzyudo”,”Oq yomg’ir”, “Sepoyachi” ;
1962 –yil – “Birinchi muallim”;
1980 –yil – “Asrga tatigulik kun” roman;
1990 –yil – “Kassandra tamg’asi” roman;
“Tog‘lar qulaganda (Mangu kelinchak)”.
Slayd 10
Slayd 11
Jonajon do’stlar. Qozoq shoiri Muxtor shoxonov bilan
Slayd 12
E’tirof
1999- Qirg’izistonda Chingiz Aytmatov nomidagi Xalqaro “Oltin medal” ta’sis etildi.
1968-yil “Xalq yozuvchisi” unvonini oldi.
1995-yil O’zbekistonning “Do’stlik” Ordeni bilan taqdirlandi.
1998-yil Ch.Aytmatov O’zbekistonning “Buyuk xizmatlari uchun” Ordeni bilan taqdirlandi.
Slayd 13
Ulug‘ yozuvchi 2008-yilning 10-iyunida og‘ir kasallikdan vafot etdi.
Slayd 14
“Oq kema” qissasi
Slayd 15
Uning ikki ertagi bo‘lardi. Biri o‘ziniki bo‘lib, uni hech kim bilmasdi.
Ikkinchisini esa, bobosi so‘zlab bergandi. Keyin birontasi ham qolmadi.
Gap shu xususda. O‘sha yili u yetti yoshga to‘lib, sakkizga qadam qo‘ygandi.
Avval portfel sotib olindi…
Slayd 16
Ko‘pni ko‘rgan kishilar keksa Mo‘minni Mo‘min chaqqon deb atashardi. Bu atrofda uni hamma tanirdi, u ham hammani tanirdi, u hammani bilardi. U ochiq ko‘ngil, hatto sal-pal biladigan odamiga ham biron yaxshilik qilishga tayyorligi, har kimning xizmatiga hozir-u nozirligi, hammaga sadoqatli va xushmuomalaligi tufayli shunday laqab olgandi…
Slayd 17
Bo‘key xolaning xushnud damlari kamdan kam bo‘lardi. Ko‘pincha g‘amgin va tajang yurar, jiyaniga e’tibor ham qilmasdi. Uning o‘z dardi bor. Buvisi, farzandi bo‘lganda butunlay o‘zgacha yurardi, derdi. Eri O‘rozqul ham, Mo‘min bobo ham hozirgiday emas, balki boshqacha odam qiyofasida yurgan bo‘lardi.
Slayd 18
O‘rozqul Seydahmadni haydab bo‘pti, unday yuvosh odam bormi? Hech nimaga aralashmaydi, talashib-tortishmaydi. Biroq Seydahmad qanday yuvosh, baquvvat yigit bo‘lmasin, yalqov, uyquni yaxshi ko‘radi. O‘rmonchilikka ham shu vajdan kelib qolgan. Bobo, bunday yigitlar sovxozda mashina quvib, traktorda yer ag‘darib yurishibdi, deb kuyinadi…
Slayd 19
U baliqqa aylanib, daryodan ko‘lga suzishni, oq kemaning unga qanday duch kelishini, otasi bilan qanday uchrashishini osongina tasavvur qilardi. Otasiga nimalar haqida so‘zlab berishni ham bilardi. Biroq…
Slayd 20
— Men bundan zo‘rroq kallalarni ham maydalaganman! Bundan boshqa shoxlarni ham sug‘urib ola bilaman! — deb jazavasi tutib bo‘kirardi O‘rozqul gunohsiz kalladan nafratlangancha.
Slayd 21
— Men baliqqa aylanaman, eshityapsizmi, bobo, suzib ketaman… Chol hech qanday javob qaytarmadi. Bola yurishda davom etdi. Daryoga tushib suv kecha boshladi.
– Sen o‘z ertagingdagi baliq kabi suzarding, bo‘talog‘im. Bilasanmi, sen hech qachon baliqqa aylanib qololmaysan va Issiqko‘lgacha suzib ketolmaysan…
Slayd 22
O’ylab ko’ring!
Qissada bolaning ikki ertagi haqida gapira turib, «Keyin birontasi ham qolmadi» deyilgani sababini tushuntiring.
Bolaning o‘z «tuya», «bo‘ri», «tank», «egar»lariga munosabatiga qarab uning tabiati haqida fikr bildiring.
Adib Mo‘min cholni «…kamdan kam uchraydigan baxtli odam edi» deya tasvirlashining sababini tushuntirishga harakat qiling.
Yangi so‘yilgan bug‘u buyragini uzatganlarida bola uni nima uchun olganligini tushuntira olasizmi?
Slayd 23
O’ylab ko’ring!
Ona bug‘uning yetimlarga qarata: «Insonlar qanday yashashlari lozim bo‘lsa, shunday yashanglar» tarzidagi nasihatini izohlang.
Slayd 24
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 25
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.