BOSHQARUV JARAYONINING PSIXOLOGIK JIHATLARI

6000 so'm


BOSHQARUV JARAYONINING PSIXOLOGIK JIHATLARI

=== Taqdimot: BOSHQARUV JARAYONINING PSIXOLOGIK JIHATLARI.pptx ===

=== Slayd 1 ===
BOSHQARUV JARAYONINING PSIXOLOGIK JIHATLARI

=== Slayd 2 ===
Reja:
1. Boshqaruv haqida umumiy tushuncha.
2. Boshqaruv funksiyalari.
3. Boshqaruv uslubi.
4. Liderlik va boshqaruv.

=== Slayd 3 ===
Boshqaruv tushunchasi tizimning o‘z hayot faoliyatini ta’minlash jarayoni sifatida tushuniladi.
Bunday tizimlar qatoriga biologik, texnik, ijtimoiy tuzilmalar kiradi.
Boshqaruv tuzilma sifatida boshqaruvchi va boshqariluvchi bo‘laklarga ajratiladi.

=== Slayd 4 ===
Rahbarlik faoliyati sifatida
Har qanday boshqaruv ushbu jarayonni mukammal tarzda idora etish ehtiyojini sezadi.
Shu maqsadda, tuzilma mas’ul boshqaruvchiga ega bo‘lishi lozim.
Tashkilotni tuzilma sifatida qabul qilarkanmiz, uning rahbari boshqaruvning aynan ikki asosiy funksiyasini ta’minlovchi shaxs sifatida tushuniladi.

=== Slayd 5 ===
Boshqaruv psixologiyasining predmeti- boshqaruv jarayonida inson faoliyatini qabul qiladi. Boshqaruv obyekti – xodim, mehnat jamoasi. Boshqaruv subyekti – rahbar.

=== Slayd 6 ===
Tashkiliy funksiya
Boshqaruv funksiyalari
Tashkilot turli bo‘limlaridagi mavjud imkoniyatlardan optimal darajada foydalanishdir.
Tashkilotni ma’lum maqsadga olib boruvchi vazifalarni mujassamlashtiradi.
Maqsadga yo‘naltiruvchi funksiya

=== Slayd 7 ===
Rejalashtirish funksiyasi
Natija qanday bo‘lishi haqidagi tasavvur, unga erishish bosqichlari va uslublar.
Asosiy tamoyili – boshqaruvchi va boshqariluvchi subyektlarni muvofiqlashtirish.
Rahbar ado etishi zarur bo‘lgan asosiy funksiya va vazifalar tasviriy ravishda quyidagicha ifodalangan:
Nazorat etish funksiyasi
Tashkilot faoliyati, uning faoliyatini ta’minlovchi mablag‘ va resurslar haqidagi ma’lumotlarni saqlash, boshqaruvning ta’sirchanligi haqidagi axborotlarga ega bo‘lish.
Nazoratning asosi – hisob-kitob hamda nazorat jarayonidagi real faoliyatni rejaga solishtirib borishdan iboratdir.

=== Slayd 8 ===
Siyosiy-huquqiy funksiya
Tashkilot xodimlarining jamiyatda qabul qilingan qonun va huquqlar doirasida faoliyat yuritishlarini nazorat etadi va ta’minlaydi.
Ijtimoiy funksiya
Ijtimoiy hodisalar (turli kasb faoliyati va ularga haq to‘lash tafovutlari, ijtimoiy adolatni tatbiq etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj xodimlarning mavjudligi).
Rag‘batlantirish funksiyasi
Ijro harakatlari me’yorda o‘tishini ta`minlashdan iborat bo‘lib, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish vositalarini o‘z ichiga oladi. Boshqaruv maqsadi va vazifalari boshqaruv munosabatlarini keltirib chiqaradi va Boshqaruv psixologiyasi aynan shu munosabatlar tarkibini o‘rganadi.

=== Slayd 9 ===
Subordinasiya
Subordinasiyadan kelib chiquvchi munosabatlar tashkilot xodimlari xulqida itoat va ijro etish shakllarini nazarda tutadi.
Ammo, boshqaruv amaliyoti nafaqat rahbariyat va itoatdagi xodimlar munosabati, balki bir darajada turuvchi va toifasi jihatidan barobar tashkilot a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni ham o‘rganadi.

=== Slayd 10 ===
Vertikal aloqa
Vertikal aloqalar o‘zaro itoatdagi xodimlar o‘rtasida yuzaga keluvchi munosabatlardan iborat.
Boshqaruvdagi subordinasiya va kordinatsiya munosabatlari tashkilot miqyosidagi vertikal va gorizontal aloqalarni ajratish zaruratini tug‘diradi:
Gorizontal aloqa
Gorizontal aloqalar o‘zaro koordinasiyani, ya’ni tizimning teng va mustaqil qismlari o‘rtasidagi munosabatlarni nazarda tutadi.

=== Slayd 11 ===
Rasmiy munosabatlar
Rasmiy munosabatlar xizmat majburiyatlariga asoslanadi.
Boshqaruv munosabatlari o‘zining rasmiy va norasmiy ko‘rinishiga ham ega:
Norasmiy munosabatlar
Norasmiy munosabatlar esa tashkilot miqyosida xizmat qiluvchi xodimlar o‘rtasidagi ixtiyoriylik va o‘zaro xohishga tayanadi.

=== Slayd 12 ===
Boshqaruv uslubi
01
02
03
Avtoritar usul
Demokratik usul
Liberal usul
Boshqaruv uslubi – rahbarning o‘z xodimlariga nisbatan, ular orasida ishni tashkil etish bo‘yicha qo‘llaydigan odatiy xatti-harakatlari majmuasidir.

=== Slayd 13 ===
Avtoritar uslub
Avtoritar uslubda rahbar hamma boshqaruv qarorlarini o‘z qo‘liga oladi, qaror ijrosini qattiq nazorat ostiga oladi va yo‘l qo‘yilgan xatolar yuzasidan beshafqat jazolash shahdini namoyish etadi, xodimga inson sifatida qiziqish bilan qaramaydi.
Bunday sharoitda, doimiy nazoratning mavjudligi iqtisodiy jihatdan yuqori ko‘rsatkichni ta’minlaydi.

=== Slayd 14 ===
Psixologik nuqtai nazardan bunday uslubda qator kamchiliklar kuzatiladi:
Xatoga yo‘l qo‘yish ehtimoli oshadi;
Tashabbusni, xodimlarning ijodiy faoliyatini so‘ndirish, ixtirolar joriy etishning sekinlashuvi, xodimlarning sustligi;
Xodimlarning ishdan, jamoadagi mavqeidan qoniqmasliklari;
Nosog‘lom psixologik muhit natijasida jismoniy va ruhiy zo‘riqishlar oshishi va sog‘liqqa salbiy ta’siri.

=== Slayd 15 ===
Demokratik uslub
Demokratik uslub ba’zan sheriklik, hamkorlikka asoslangan boshqaruv uslubi ham deb ataladi. Bunday uslub hukm surgan jamoada boshqaruv qarorlari xodimlar bilan muhokama qilish orqali, ularning fikri va tashabbusini hisobga olgan holda qabul qilinadi. Shuningdek, qaror ijrosining nazorati ham rahbar, ham xodimlar tomonidan amalga oshiriladi, rahbar xodimga shaxs sifatida qaraydi, uning ehtiyoj, manfaat va qiziqishlarini inobatga oladi.

=== Slayd 16 ===
Demokratik uslub eng samarali boshqaruv vositalaridan hisoblanib, uni qo‘llashda to‘g‘ri qaror qabul qilish ehtimoli oshadi,
mehnat samaradorligi ta’minlanadi, bajarilayotgan ishdan va jamoaga a’zolikdan qoniqish o‘sadi, guruhning ahilligi oshib psixologik muhit ijobiylashadi

=== Slayd 17 ===
Liberal uslub
Liberal uslub jamoada demokratik tamoyillar hukm suradi, xodimga butkul erkinlik beriladi, u o‘z xizmat vazifalarini belgilaydi va ijro etish vositasini tanlaydi, guruhda xulqni nazorat etish deyarli kuzatilmaydi. Bunday uslub yuqori ijodiy kuchga ega bo‘lgan va ishlab chiqarish jarayoni benuqson yo‘lga qo‘yilgan jamoada qo‘llanishi mumkin.
Bunda qabul qilingan qarorlar nazorati sust bo‘lgani uchun ular bajarilmay qolib ketishi ham mumkin.
Natijada xodimlar o‘z mehnatidan va rahbariyatdan qoniqmaydi,
ish samaradorligi past, jamoada hamkorlik yo‘q, bir-biri bilan kirishmaydigan guruhlarga bo‘linish ehtimoli ko‘payadi va guruhlararo ochiq yoki yashirin nizo yuzaga keladi.

=== Slayd 18 ===
Partisipativlik uslubi
Tashkilot boshqaruvidagi yana bir uslub – partisipativlik deb atalib, unda rahbarning tashkilot maqsadiga erishish yo‘lida xodimlar bilan gorizontal yo‘nalishdagi munosabatlarni rivojlantirishi tushuniladi. Mutaxassislar aynan partisipativlikni eng samarali uslublar qatorida ko‘radilar.

=== Slayd 19 ===
Bu uslub rahbarning quyidagicha xulqida namoyon bo‘ladi:
Rahbarning xodimlari bilan muntazam fikr almashuvi.
Rahbar va xodim munosabatidagi ochiqlik va samimiylik.
Xodimlarning tashkiliy qarorlar qabul qilishga jalb etilganligi.
Rahbar o‘z burch va huquqlarining ma’lum qismini xodim zimmasiga o‘tkazishi.
Tashkilot vazifalarini rejalashtirish va amalga oshirishda xodimlarni jalb etish.
Mustaqil qaror qabul qila olish huquqiga ega bo‘lgan maxsus guruhlar tuzish (masalan, “sifat nazorati guruhi”).

=== Slayd 20 ===
Lekin partisipativ uslubni qo‘llashga ba’zi bir omillar to‘siqlik qiladi:
rahbar o‘z vakolatlarini xodimlar bilan bo‘lishishni istamaganda;
xodim kasbiy mahoratining pastligi, o‘z kuchiga ishonmasligi, biron ishni mustaqil bajarishdan cho‘chishi;
tashkilotda ma’lumot almashuvi yomonligi natijasida zarur qaror ishlab chiqish imkoniyatining yo‘qligi;
ijtimoiy rag‘batlantirish sustligi natijasida hamkorlik munosabatlari shakllanmaganligi;
vazifani bajarish uchun sarflanadigan vaqtning kamligi;
vazifaning hal etilishi avtoritar uslubni talab etadigan alohida vaziyatlarda.

=== Slayd 21 ===
Umuman olganda adabiyotda “lider” so‘zini “yetakchi” atamasi bilan almashtirish hollari ko‘p uchraydi. O‘ylashimizcha, “yetakchi” atamasi “lider”ga xos bo‘lgan psixologik tavsifni to‘la ifodalay olmaydi.
“Yetakchi” so‘zi guruhga munosabat sifatida, uning a’zolariga ta’sir o‘tkazuvchi va maqsadga yetaklovchi shaxsga nisbatan ishlatiladi.
Liderlik va boshqaruv

=== Slayd 22 ===
Liderga xos bo‘lgan jihatlarni uch toifaga kiritishimiz mumkin:
01
Jamoa manfaatlariga yo‘nalganlik;
02
Kasbiy mohirlik, har qanday muammoli vaziyatda qiyinchilikni o‘z bo‘yniga olish va ishni oxirigacha hal etishda tashabbuskor bo‘lish;
03
Emotsional, hissiy jalb etuvchanlik xislatlari. Yuqorida sanab o‘tilgan xislatlar majmuasining ketma-ketligi ham o‘z mantig‘iga ega.

=== Slayd 23 ===
Rahbarlik tayinlanuvchi lavozimdir, liderlik esa hamfikrlar tomonidan ko‘tarilgan shaxs mavqeidir. Agar rahbar va lider o‘rtasidagi farqiga e’tibor beradigan bo‘lsak, ko‘pgina jihatlarni sanab o‘tishimiz mumkin. Masalan, rahbar xodimlarga ega bo‘lsa, liderning hamfikr tarafdoshlari mavjud, rahbar tayinlansa, lider jamoa a’zolari orasidan ajralib chiqadi, rahbar o‘z hokimiyatiga asoslansa, lider esa obro‘siga tayanadi.

=== Slayd 24 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarga kuzatib boring!

Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.

Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“BOSHQARUV JARAYONINING PSIXOLOGIK JIHATLARI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar