BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKADAN SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISH
4000 so'm

Slayd 1
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKADAN SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISH
Slayd 2
REJA:
1. Boshlang‘ich sinflarda darsdan tashqari mashg‘ulotlarning mazmuni va mohiyati.
2. Darsdan tashqari mashg‘ulotlarda foydalaniladigan topshiriqlar turlari.
3. Darsdan tashqari mashg‘ulotlarning turlari va ularni tashkil etish usullari.
Slayd 3
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA DARSDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLARNING MAZMUNI VA MOHIYATI
Matematikadan sinfdan tashqari ish deyilganda o‘qituvchilarning darsdan tashqari vaqtda tashkil qilingan, dastur bilan bog‘liq material asosida ixtiyoriylik prinsipiga asoslangan mashg‘ulotlar ta’minlanadi.
Slayd 4
MATEMATIKADAN O‘QUV ISHLARINI TASHKIL ETISHNI DARSDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLARNING ASOSIY VAZIFALARI:
• O‘quvchilarni bilimlarini va amaliy malakalarini chuqurlashtirish va kengaytirish;
• Mantiqiy tafakkurni, topqirlikni, matematik ziyraklikni rivojlantirish;
• Iqtidorli va qobiliyatli bolalarni aniqlash va ularni yanada o‘sishiga yordam berish;
Slayd 5
• Matematika faniga qiziqishini shakllantirish;
• O‘quvchilarni intizomli bo‘lishga, mehnatga mehr qo‘yishga, jamoa bilan ishlay olish ko‘nikmalarini tarkib toptirishga, ularda umuminsoniy fazilatlarini shakllantirishga oid tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish;
• O‘quvchilarga matematikadan ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan ishlashga o‘rgatish;
• O‘quvchilarda matematik olimlar, tushunchalar va tarixiy materiallar haqida tasavvurlarini kengaytirishdan iborat;
Slayd 6
MATEMATIKADAN O‘QUV ISHLARINI TASHKIL ETISHNI DARSDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLARNING ASOSIY MAQSADI
Murakkab misol va masalalarni yechishni mashq qilish, matematikaning hayot bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlarini ochadigan va dasturga kirmagan ba’zi savollar bilan tanishtirishni (o‘quvchilar bilimidagi kamchiliklarni bartaraf qilish, qoloqliklarni oldini olish) maqsad qilib oladi.
Slayd 7
SINFDAN TASHQARI ISHLAR DARSLARGA NISBATAN BA’ZI FARQ QILUVCHI XUSUSIYATLARGA EGA:
1. O‘z mazmuni bo‘yicha matematika dasturiga taalluqli emas. Ammo beriladigan bilimlar o‘quvchilarning kuchiga mos bo‘lishi kerak.
2. Sinfdan tashqari ishlar imkoni boricha barcha o‘quvchilarni jalb qilishi, ya’ni qiziqtirishi zarur. Past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar ham qiziqish yordamida aktiv o‘quvchilarga aylanishi mumkin.
Slayd 8
SINFDAN TASHQARI ISHLAR DARSLARGA NISBATAN BA’ZI FARQ QILUVCHI XUSUSIYATLARGA EGA:
3. Sinfdan tashqari ishlar ixtiyoriylik prinsipiga asosan quriladi. Lekin qiziqishni ta’minlash lozim. Bu mashg‘ulotlarga baho qo‘yilmaydi, ammo faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
4. Mashg‘ulot mazmuni va shakllariga qarab, 10-12 daqiqadan 1 soatgacha mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.
5. Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni va shakllarining turli-tumanligi.
Slayd 9
SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISHDA O‘TKAZISH METODIKASI QUYIDAGILARGA ASOSLANISHI KERAK:
1. Darsda o‘quvchilar olgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni hisobga olgan holda o‘tkaziladi.
2. Sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarning xohishi, havaskorligi, ijodkorligi tamoyiliga asoslanishi va har bir o‘quvchini fikriga qarab ularni qoniqtirish maqsadida tashkil qilinadi.
3. Sinfdan tashqari ishlarni o‘tkazish shakllari darslardan farq qilib qiziqarli tomoni kuchli bo‘ladi. Buning uchun zaruriy shart shuki, o‘tkaziladigan ishning rejalashtirilishi va tizimliligining murakkabligidadir.
Slayd 10
O‘QUV ISHINI TASHKIL ETISHNING DARSDAN TASHQARI QUYIDAGI SHAKLLARI MAVJUD:
1. Mustaqil uy ishlari.
2. O‘quvchilar bilan yakka va guruh mashg‘ulotlari.
3. Matematikaga qobiliyatli oquvchilar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar.
4. Matematikadan sinfdan tashqari tadbirlar, qiziqarli mashg‘ulotlar.
5. O‘quvchilar bilan ishlab chiqarishga, tabiatga ekskursiya.
Slayd 11
DARSDAN TASHQARI BAJARADIGAN MUSTAQIL ISHLAR, YA’NI UY ISHLARI
• Uyga berilgan vazifalar o‘quvchilarning kuchlari va bilimlariga mos bo‘lishi kerak. U darsda bajarilgan ishlarning boshqacharoq varianti bo‘lib, uni aksariyat o‘quvchilar bajara oladigan bo‘lsin. Uy ishlari uchun o‘qituvchi doskada ko‘rgazma berishi lozim.
• Uy vazifalarini tizimli ravishda berish kerak.
• Uy vazifalarining hajmi matematika darsida bajarilgan ishning 30-40 % idan oshmasligi lozim.
• Har qanday uy ishi o‘qituvchi tomonidan tekshirilgan bo‘lishi kerak.
• Uy vazifasining bajarilish talablari turli-tuman bo‘lishi lozim.
Slayd 12
O‘QUVCHILARNING ALOHIDA VA GURUHLI ISHLARI
Individual ishlarni tashkil qilishdan maqsad – o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlaridagi kamchiliklarni bartaraf qilish va o‘quvchilarning o‘zlashtirmaslik sabablarining oldini olish va uni bartaraf qilishdan iborat. Guruhli mashg‘ulotlar – butun sinf o‘quvchilari bilimidagi kamchiliklar bir xil bo‘lgandagina o‘tkaziladi.
Slayd 13
DARSDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLARNING TURLARI
• Matematik o‘n minutliklar,
• Matematik to‘garaklar,
• Olimpiadalar,
• Qiziqarli matematika soatlar,
• Qiziqarli matematik kechalar,
• Matematik ekskursiyalar,
• Matematik ro‘znoma,
• Matematik viktorinalar,
• Matematik burchaklar.
Slayd 14
MATEMATIK O‘N MINUTLIK
• 1-sinfda haftasiga bir marta butun sinf o‘quvchilari ishtirokida o‘tkaziladi.
• Sinf chegarasidan tashqarida (kuni uzaytirilgan guruhlarda, tabiatda, ekskursiyalarda) o‘tkaziladi.
• Darsda beriladigan topshiriqlardan farqlanuvchi qiziqarli topshiriqlar berilishi maqsadga muvofiq.
• Topshiriqlar mazmuni bolalar bilim saviyasiga mos bo‘lishi kerak.
• Javoblar tez topilishi kerak.
• Hisoblashlar og‘zaki bajarilishi kerak.
Slayd 15
QIZIQARLI MATEMATIKA SOATLARI
Mashg‘ulotlarning bu turi nisbatan ko‘proq vaqtga (taxminan 45 minut) mo‘ljallangan bo‘lib, qiziqarli o‘yin, sonli topishmoqlar, she’riy masala, hazil masala va sahnalashtirilgan masalalardan tarkib topadi. Bunday mashg‘ulotlarlar 1-sinf o‘quv yilining II yarmidan boshlab avval bir oyda bir marta, keyinchalik 2 martadan o‘tkazilishi mumkin.
• Darsdan keyin barcha o‘quvchilar bilan o‘tkaziladi.
• 1-sinfda mashg‘ulot epizodik ravishda, 2-4 sinfda esa tizimli tarzda oyiga 1-2 marta o‘tkaziladi.
• Mashg‘ulotning davomiyligi 1-sinfda 20-25 daqiqa, 2-sinfda 25-35 daqiqa, 3-4 sinfda 25-35 daqiqa o‘tkaziladi.
Slayd 16
QIZIQARLI MATEMATIKA SOATLARIDA BERILADIGAN TOPSHIRIQLAR QUYIDAGICHA BO‘LISHI MUMKIN:
• Qiziqarli arifmetik va geometrik mazmundagi masalalar.
• Murakkab masalalar.
• Hazil masalalar.
• Qiziqarli kvadratlar.
• Arifmetik rebuslar.
• Matematik topishmoqlar.
• Matematik fokuslar va boshqalar.
Slayd 17
MATEMATIKA TO‘GARAGI
• To‘garak ixtiyoriy ravishda tuziladi.
• Mashg‘ulot 30-40 minut davom etsa yetarli.
• Har qaysi matematika to‘garagida qatnashadigan o‘quvchilar soni 15-20 dan oshmasligi kerak.
• Mashg‘ulotini sentyabr oyining 2-yarmidan boshlab (1-sinf uchun 2-yarim yillikdan) may oyining 1-yarmida yakunlash mumkin.
• To‘garakda turli xil tarixiy, nazariy va amaliy materiallarni o‘rganish mumkin.
• To‘garak mashg‘ulotlarini o‘tkazish sinf darslariga yaqin
to‘garak kutubxonasi, matematika burchagi tashkil qilish va ularni jihozlash, ayrim tadqiqot ishlari olib borish maqsadga muvofiqdir.
Slayd 18
MATEMATIK ERTALIKLAR (KECHALAR)
Matematik ertaliklar (kechalar) – ommaviy tadbirlardan biri bo‘lib, o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasida matematik bilimlarni tarqatish hamda o‘quvchilarning matematikaga qiziqishini oshirish, shu bilan birga ularni matematik to‘garaklarga ko‘proq jalb qilish maqsadida o‘tkaziladi. Bunday ertaliklar I IV sinflarda yiliga 1-2 marta o‘tkazish mumkin. Ertalikni bir sinf bilan yoki parallel sinflarni qo‘shib o‘tkazish mumkin. Ertalik o‘rta hisobda bir soat davom etishi mumkin.
Slayd 19
MATEMATIK VIKTORINALAR
• Matematik viktorinalar ma’lum mavzu, bo‘lim yoki umuman matematikaga doir masalalar bo‘yicha savol – javob o‘yini bo‘lib, ko‘p vaqt va katta tayyorgarlik talab qilmaydi.
• Boshlang‘ich sinflarda viktorinalar 10-20 minut davom etadi. Bunda oldindan tayyorlangan 5-6 savolga og‘zaki yoki yozma javob olinadi. I-IV sinflarda matematik viktorinalarni tizimli o‘tkazib turish o‘quvchilarni masalalarni turli usullarda yechishga o‘rgatadi, ularning fikrlash va hozirjavoblik qobiliyatlarini kamol toptiradi.
• Qizigan musobaqa tarzida o‘tadi.
• Eng bilag‘on topqir va hozirjavob o‘quvchini, ilg‘or sinfni aniqlash imkonini beradi.
Slayd 20
MATEMATIK MUSOBAQALAR
Har xil murakkablikdagi masalalarni yechish, qiziqarli masalalar va topshiriqlarni bajarishdagi musobaqalar hisoblanadi. Masalalar yechishda o‘z kuchini sinaydigan, yetarlicha tayyorgarligi bor o‘quvchilar ishtirok qiladi. Musobaqalar o‘tkazishni 2-sinfdan boshlash maqsadga muvofiqdir.
Slayd 21
OLIMPIADALAR
Musobaqalarga qaraganda keng masshtabda o‘tkaziladigan va matematika o‘rganishda o‘quvchilar erishgan muvaffaqiyatlarni namoyish qiladigan tanlovdir.
Slayd 22
MATEMATIK RO‘ZNOMA
O‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi. Matematik ro‘znoma odatda matematika to‘garagi organi hisoblanadi, shu sababli ro‘znoma to‘garak a’zolari (5-7 kishi) ning kuchi bilan o‘qituvchining bevosita rahbarligida tayyorlanadi. “Yosh matematik”, “So‘roqvoy” kabi nomlar berish mumkin.
Slayd 23
MATEMATIK BURCHAK
Bunda matematik devoriy gazeta, matematikadan ko‘rsatmali qurollar, yangiliklarni ifodalovchi sonli dalillar keltirilgan yozuvlar, o‘quvchilarning namunali daftarlari, geometrik figuralar naborlari va boshqalar sanaladi.
• O‘quvchilar va ota-onalar yordamida o‘qituvchi boshchiligida tuziladi.
• Burchakni nazorat qilish uchun mas’ul o‘quvchilar belgilanadi.
Slayd 24
MATEMATIKADAN EKSKURSIYALAR
• Puxta o‘ylab, oldindan rejalashtirilgan ekskursiya natijasida o‘quvchilar atrof-muhitni idrok qiladilar.
• Tabiat voqeligini va mehnat jarayonlarini ko‘radilar. Kuzatishlar natijasidagi o‘zlaridagi bilimlarini hayot bilan bog‘lashga intiladilar.
• Har xil ustaxonalarga, fabrikalarga, kombinatlarga, fermalarga, jamoa xo’jaligi dalalariga va boshqa joylarga ekskursiyalar o‘tkaziladi.
• Fanlararo aloqadorlik uchun material to‘plash imkoniyatiga ega.
Slayd 25
DARSDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLARDA FOYDALANILADIGAN TOPSHIRIQLAR TURLARI
• Qiziqarli matnli masalalar,
• O‘tkir zehnlilikka oid masalalar,
• Hazil masalalar,
• Ko‘p yechimli masalalar ,
• Ma’lumotlari ortiqcha yoki ma’lumotlari yetishmaydigan masalalar,
• Mantiqiy masalalar,
• Qiziqarli matematik voqealar,
• Arifmetik rebuslar,
• Matematik o‘yinlar,
• Matematik fokuslar,
• Boshqotirmalar,
• Matematik tarixiy ma’lumotlar berish….
Slayd 26
ARIFMETIK REBUSLAR
Arifmetik rebuslar bu shunday arifmetik ifodalardirki, ularda ba’zi raqamlar simvollar (harflar, yulduzchalar, shakllar va boshqalar) bilan almashtirilgan bo‘ladi.
Rebuslarni shifrlash (ya’ni raqamlarni simvollar bilan almashtirish) va shifrlar bilan yozilgan sonlarni aniqlashning bir necha turlari mavjud.
Agar rebus harflar (shakllar) bilan shifrlansa, u holda har bir raqamga yagona harf(shakl) mos kelishi va ikkita turli harf(shakl)larga ikkita turli raqamlar mos kelishi zarurdir.
Rebus bitta simvol bilan shifrlansa, u holda bu simvol orqali turli raqamlar shifrlangan bo‘ladi.
Slayd 27
SHE’RIY MASALALAR
She’riy masalalar – bu matematika va she’riyatni birlashtirgan qiziqarli topshiriqlar bo‘lib, ular muammoli vaziyatni sher shaklida ifodalash orqali o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Masalan:
40 ta o‘yinchoqni biz
4 donadan joylaymiz
Qancha qutiga sig‘ar
Ana shuni o‘ylaymiz?
Javob: Har qutiga 4 tadan
O‘yinchoqni joylasak
O‘nta qutiga sig‘ar
Bundoq qarab o‘ylasak
Slayd 28
MATEMATIK TOPISHMOQLAR
Matematik topishmoqlar – bu matematik tushunchalar asosida tuzilgan qiziqarli savollar yoki jumboqlar bo‘lib, o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish, hisob-kitob qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash va matematikaga bo‘lgan qiziqishini oshirish uchun ishlatiladi.
1) To‘rt tomoni teng
aqling qilar keng
burchak to‘g‘rimas
o‘tkir va o‘tmas (Romb)
2) Bayramdagi qalpoqqa
uchi uzun yalpoqqa
o‘xshar yong‘in chelakka
turi bittadir yakka (Konus )
Slayd 29
MATEMATIK FOKUSLAR
Matematik fokuslar – bu sonlar, formulalar va mantiqiy usullardan foydalanib, hayratlanarli natijalar chiqarish mumkin bo‘lgan qiziqarli va o‘yin tarzidagi soda hisob-kitoblar.
Masalan: Ikki xonali sonlarni 11 ga ko‘paytirish
23*11=2..+..3=253
36*11=3..+..6=396
45*11=4..+..5=495
Slayd 30
MATEMATIK VIKTORINALAR
Matematik viktorinalar – bu matematika faniga oid qiziqarli savollar va masalalar jamlanmasi bo‘lib, bilimni sinash, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish va hisoblash qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi. Masalan: Yuzni yarimga bo‘lsak, natija necha bo‘ladi? (200)
10 ta nasos, 10 minutda 10 tonna suv chiqaradi, 25 ta nasos, 25 tonna suvni qancha vaqtda chiqaradi? (javob 10 min) Soatning mili bir hafta davomida necha marta to‘la aylanadi. (14 marta, chunki 7 sutka, har sutkada 2 marta aylanadi). Eng katta uch xonali son eng katta bir xonali sondan necha marta katta? (111 marta, 999:9=111)
Hisoblang: 99-97+95-93+…+3-1. (2*25=50)
O‘z qiymatiga ega bo‘lmagan raqam? 0
metrning yuzdan bir qismi qanday birlik? Sm
Slayd 31
SAHNALASHTIRILGAN MASALALAR
Bu bolalar ishtirokida kichik rolli o‘yinlar orqali matematik tushunchalarni mustahkamlashga xizmat qiladigan topshiriqlardir. Ular o‘quvchilarni faol ishtirok etishga undaydi, hayotiy holatlar bilan bog‘laydi va darsni qiziqarli qiladi.
Slayd 32
SSENARIY:
Sahna ochiladi. Sotuvchi o‘z do‘konida turibdi. Xaridor kiradi:
Xaridor: Assalomu alaykum! Menga 20 so‘mlik shirinlik bering.
Sotuvchi: Marhamat! 20 so‘m bo‘ladi.
Xaridor: Menda faqat 100 so‘mlik bor.
Sotuvchi: Hmm, menda hozir mayda pul yo‘q. Men qo‘shni do‘kondan pulni maydalatib kelaman.
Sotuvchi qo‘shni do‘konga borib, qo‘shni sotuvchidan 100 so‘mlikni maydalatadi — 5 ta 20 so‘mlik oladi. Sotuvchi xaridorga 20 so‘mlik shirinlikni beradi va ustiga 80 so‘m qaytaradi. Xaridor chiqib ketadi. Sal o‘tmay qo‘shni sotuvchi yugurib keladi:
Qo‘shni sotuvchi: Ey, sen bergan 100 so‘mlik soxta pul ekan! Menga haqiqiy 100 so‘mlik ber!
Sotuvchi majbur bo‘lib, unga yana 100 so‘mlik haqiqiy pul beradi.
Savol: Sotuvchi umumiy hisobda necha so‘m zarar ko‘rdi?
Slayd 33
MANTIQIY MASALALAR
Mantiqiy masala — bu aql va mantiq orqali yechiladigan topshiriq yoki muammo bo‘lib, u odatda fikrlash, tahlil qilish, solishtirish va xulosalash qobiliyatini talab qiladi. Bunday masalalar odamning mantiqiy fikrlashini, diqqatini va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Masalan:
1) Shilliqurt daraxtga 5 metr chiqsa, 4 metr tushadi. Daraxt 100 metr bo‘lsa, shilliqurt daraxtga necha kunda chiqadi? (Javob: 96 kunda)
2) Sizni 6 ta qora, 8 ta oq, 4 ta qizil va 2 ta yashil paypog‘ingiz bor. Siz qorong‘ida tortmadan nechta dona paypoq olsangiz sizda aniq bitta paypoq o‘z poyi (jufti) bilan bo‘ladi? (Javob: 5 ta dona).
Slayd 34
TARIXIY MASALALAR
Bu topshiriqdan maqsad sharq mutafakkirlari merosini о‘rganish, ularning asarlarida uchraydigan ayrim boshlang‘ichga xos bо‘lgan matematik qoidalar, qonuniyatlar, xossalar о‘rganiladi. Masalan:
OLTIN VA DUR HAQIDAGI MASALA
Oltin va durdan yasalgan bezakning og‘irligi 3 misqol, bahosi 24 dinor. 1 misqol oltin 5 dinor, 1 misqol dur 15 dinor bo‘lsa, bezakda necha misqol oltin va dur bor?
“Misqol” qadimgi og‘irlik o‘lchov birligi, taxminan 1gramga teng.
G‘iyosiddin Jamshid al-Koshiy masalasi.
Slayd 35
TARIXIY MASALANI YECHISH
Al-Koshiy masalani “Al–jabr val–muqobala” usulida quyidagicha yechadi.
Bezakdagi dur miqdori
U holda bezakdagi oltin miqdori
Bezakdagi durning narxi qancha
Bezakdagi oltinning narxi qancha
x misqol
(3-x) misqol
15x dinor
5(3-x) dinor
Slayd 36
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 37
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |










Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.