Boshlang‘ich sinflarda husnixatga o‘rgatishning metodlari va tamoyillari
4000 so'm

Slayd 1
Boshlang‘ich sinflarda husnixatga o‘rgatishning metodlari va tamoyillari
Slayd 2
Reja:
1. Boshlang‘ich sinflarda husnixatga o‘rgatishning metodlari.
2. Boshlang‘ich sinflarda husnixatga o‘rgatishning tamoyillari.
Slayd 3
Husnixat o‘rgatish fani ham boshqa fanlar qatori o‘zining tarixiy manbalariga ega bo‘lgan holda o‘sib rivojlanib bormoqda quyida biz boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bilishi zarur bo‘lgan eng asosiy yozuv usullari haqida fikr yuritamiz.
Slayd 4
Bu metod va usullar quyidagilardir:
1. Chiziqli usul.
2. Genetik usul.
3. Namunaga qarab yozish usuli.
4. Namunaga qarab ko‘chirish usuli.
5. Nusxa ko‘chirish usuli.
6. Tasavvur orqali yozish usuli.
7. Ritmik usul (sanoq-ohang).
8. Harf shakllarini tahlil qilish usuli.
9. Yozuv malakasini ongli o‘zlashtirish usuli.
10. Qo‘l harakatini mashq qildirish usuli.
Slayd 5
Chiziqli usul
Qaysidir harfni yozilishini o‘rganish uchun o‘quvchi bu harf qanday belgilarga ega ekanligini, harfdagi alohida elementlarning joylashish o‘rnini, uning kattaligini va hokazolarni o‘rganib olishi kerak. O‘quvchiga harfning yozilishini to‘g‘ri o‘rgatish uchun uning qatordagi o‘rnini to‘g‘ri joylashtirish va qatorni qog‘oz varag‘ida joylashish o‘rnini bilish uchun qog‘ozda gorizontal, yotiq chiziqlar chiziladi, shunda daftarning betida o‘ziga xos setka paydo bo‘ladi.
Slayd 6
Genetik usul
Genetik usul to‘g‘ri yozishga o‘rgatishning asosiy uslubi hisoblanadi. Boshlang‘ich maktabning dasturida ko‘rsatilishicha alifbeni o‘rganish vaqtida bolalar alifbeda harflar qanday joylashgan bo‘lsa shu tartibda yozilishida oson yoki qiyinligidan qat’iy nazar ketma-ket o‘rganiladi.
Bu uslubning afzalligi shundan iboratki, o‘quvchi yozuvdagi harfni alifbedagi tartibda emas,balki uning yozilishidagi murakkab tomonlariga va yozuvdagi harf avvalgi yozuv mashqlariga mos kelishi kerak.
Slayd 7
Namunaga qarab yozish usuli
Husnixatga o‘rgatish usullaridan biri harflarning shaklini namuna qilib ko‘rsatish va yozdirishdir. Har bir harfning namunasi doskada barcha o‘quvchilarning diqqatini jalb qilgan holda yoki ayrim o‘quvchilarga daftarda alohida-alohida ko‘rsatiladi. O‘quvchining vazifasi doskada eslab qolgan shakllarini o‘z daftarlariga to‘g‘ri aks ettirishdir. Doskada yozib ko‘rsatilgan har bir harf barcha o‘quvchilarga aniq ko‘rinib turishi shart. Agar ayrim o‘quvchilar uni aniq ko‘rmagan bo‘lsalar, qaytadan takrorlab ko‘rsatiladi. O‘qituvchi har bir harflarning bog‘lanishi, og‘zaki yoki doskada tushuntirish orqali qo‘lni qayerga qo‘yish kerak, qayerda qol harakati buriladi, harflarning baland-pastligi qay darajada bo‘lishi kerakligi orqali tushuntiriladi.
Slayd 8
Nusxaga qarab ko‘chirish usuli
Bu usul qadimiy usul bo‘lib hozirgi kunda ham qimmatini yo‘qotmagan holda qo‘llanilib kelinmoqda. Bu usulda o‘quvchilar harflarni “Husnixat” kitobi yoki “Yozuv daftari”dagi namunalarga qarab ko‘chirib yozadilar. Tayyor holdagi nuqtalar bilan ifodalangan harflar ustidan qo‘lni yurgizib mashq qilish mexanik jarayon bo‘lib, o‘quvchilar bu topshiriqni oson bajaradilar.
“Husnixat”darsligida berilgan namunaga qarab yozdirish o‘qituvchining vaqtini tejaydi, unumli ishlashga yordam beradi.
Slayd 9
Nusxa ko‘chirish usuli
Bu metod harf shaklini to‘g‘ri tasavvur qila olmaydigan, yozayotganda daftar chiziqlaridan pastga yoki yuqoriga chiqib ketadigan o‘quvchilar uchun qo‘llaniladi. Ayrim hollarda o‘qituvchi chiroyli yozuvga o‘rgatishning dastlabki davrida o‘quvchilarni harf va uning elementlari haqida to‘g‘ri tasavvurga ega qilish uchun yupqa xitoy qog‘ozidan ham foydalanishi mumkin. Lekin bunday mashqlar qo‘l harakatini o‘stirish uchun yordam beradi. Bundan uzoq foydalanish yaxshi samara bermaydi, o‘quvchi harf shaklini mustaqil yoki namunaga qarab yozishda qiynaladi. Shuning uchun ham bu usuldan yakka shug‘ullanganda foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Slayd 10
Tasavvur orqali yozish usuli
Bolalarga tasavvur orqali havoda harflar shaklini yozdirish ham qo‘llaniladi. O‘qituvchi doskaga yozib ko‘rsatgan harf yoki uning bog‘lanishlarini o‘quvchilarga ruchkani havoda harakatlantirilib ko‘rsatadi va bu orqali o‘quvchida harf haqida tasavvur hosil qilinadi. So‘ng o‘quvchi daftarga yozishga kirishadi. Bunday mashq usuli o‘quvchining qiziqishini oshiradi. Bu usulning salbiy jihati shundaki, o‘qituvchi bu usuldan foydalanganda barcha o‘quvchilarning qo‘l harakatini to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini bir paytda tekshira olmaydi. Bunda bir necha o‘quvchining qo‘l harakatini kuzatib tegishli ko‘rsatma beriladi.
Slayd 11
Ritmik (sanoq-ohang) usuli
Bu usul o‘qituvchi sanog‘i ostida harf va uning elementlarini yozish demakdir. Sanoq-ohang usulining foydali jihatlari mavjud. Birinchidan, harflarning tekis yozishini ta’minlaydi. Ikkinchidan sekin yozadigan o‘quvchilarni tez va sinfdagi barcha o‘quvchi bilan barobar yozishga undaydi. Uchinchidan, o‘quvchilar aniq va dadil harakatlanish orqali ish bajaradi. To‘rtinchidan, sinfda darsni jonlantiradi. Bu usuldan butun dars davomida foydalanib bo‘lmaydi, chunki o‘quvchi charchab qoladi va yozuv sifati buziladi.
Slayd 12
Harf va ularning elementlarini tahlil qilish usuli
Harf va uning elementlarini tahlil qilish turlicha amalga oshiriladi. Harflarni elementlarga ajratib tahlil qilish har bir harfning necha elementdan tuzilganligini, qanday shaklda ekanligini, bu elementlar boshqa harflar bilan bog‘lanishida qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini o‘quvchilar tasavvur etadilar. Ayrim harflar bir necha elementdan tashkil topgan bo‘lib, ular bir butun shaklda yoziladi, ammo o‘qituvchi uning necha elementdan iboratligini eslatib o‘tadi. Yozishda esa bu harfni qo‘l harakatini uzmasdan yozish talab qilinadi.
Slayd 13
Qo‘l harakatini mashq qildirish usuli
Qo‘l harakatini mashq qildirish usuli bolalarning charchagan a’zolarini dam olishiga va yozuv sifatiga katta ta’sir etadi. O‘quvchilar dars jarayonida bajariladigan mashqlar oddiy bo‘lib, kam vaqt olishi o‘quvchining jismoniy jihatdan o‘sishiga, qo‘l va barmoqlarning chiniqishiga, qaddi-qomatining to‘liq, erkin tutishiga yordam berishi lozim. Yozuv darsida 8-10 daqiqa o‘tgandan so‘ng o‘quvchilar betoqat bo‘lib charchash alomatlari ko‘zga tashlanadi. Mana shunday holatda o‘quvchilarning charchashlariga ahamiyat bermay ko‘p yozdirish natijasida o‘quvchi toliqadi, harakatlari sustlashadi, xati xunuklashadi, ko‘p xatoga yo‘l qo‘yadi.
Slayd 14
Husnixatga o‘rgatish tamoyillari quyidagilardir:
1. Onglilik tamoyili.
2. Genetik tamoyil.
3. Takrorlash tamoyili.
4. Ko‘rgazmalilik tamoyili.
5. Bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili.
6. Yozuvga o‘rgatishning o‘qishga o‘rgatish bilan bir paytda amalga oshirish tamoyili.
7. Chiroyli yozuvning imlo bilan bog‘liqligi tamoyili.
8. Savodli yozuvning grafik bilimlar bilan bog‘liqlik tamoyili.
Slayd 15
Onglilik tamoyili
Chiroyli yozuvga o‘rgatishda, o’quvchilarning husnixat malakalarini takomillashtirib borishda bu tamoyilga qat’iy rioya qilish muhimdir. Bu tamoyilga ko‘ra o‘quvchi harf shaklini qanday va qay tartibda yozishni bilishi, harfning qiyaligi, bo‘yi va enini to‘g‘ri mo‘ljallay olish lozim. harflarni harflarga ulashda qol uzmaslikka erishish nazarda tutiladi.
Slayd 16
Genetik tamoyil
Chiroyli yozuv malakalarining shakllanishida genetik tamoyil katta o‘rin tutadi. O‘quvchi bu tamoyilga asosan avval shakli oson, sodda harflarni yozdirishga o‘rgatiladi. Ma’lumki, ba’zi bir harflar sodda ko‘rinishga ega bo‘lib, ularni yozishda qiyinchilik tug‘ilmaydi. Shuning uchun chiroyli yozuvga o‘rgatishda, dastavval bosh va kichik harflar guruhlab olinadi, hamda shu guruhlash asosida shakli oson harflardan asta-sekin shakli murakkab, yozish birmuncha murakkabroq harflarga o‘tiladi.
Slayd 17
Takrorlash tamoyili
Chiroyli yozuv mashqlarini esdan chiqmaslik uchun sistemali ravishda takrorlash juda muhimdir. Takrorlash tamoyili yozish jarayonini avtomatlashtirish asosidir. Chiroyli yozuvda gigiyenik qoidalarga amal qilish eslatib turilishi yaxshi natija beradi. Yozuv qiyaligiga amal qilish, harflarni qo‘l uzmay yozish, harflar, so‘zlar orasidagi masofani to‘g‘ri chamalash va yozishga oid qoidalarga amal qilishni takrorlash, yozuvni tahlil qilish, ularni taqqoslash kabi ishlar takrorlash tamoyili asosida olib boriladi.
Slayd 18
Ko‘rgazmalilik tamoyili
Chiroyli yozuvga o‘rgatishda ko‘rgazmali vositalar ham katta ahamiyat kasb etadi. Harfning yozma shaklini hosil qilishga o‘rgatishda uning bosma shakli ko‘rsatilib farqli jihatlari izohlanadi.
Yaxshi tanlangan va mohirlik bilan foydalanilgan ko‘rgazmali qurollar dars sifati va samaradorligini oshiradi.
Slayd 19
Bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili
O‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga olish uning bo‘yini hisobga olgan holda oldingi partalarga o‘tkazishdan boshlanadi. Parta o‘quvchiga mos bo‘lsa, u yozishda qiynalmaydi, tez charchab qolmaydi, chiroyli yozadi.
O‘quvchining individual xususiyatini hisobga olganda. Ko‘rish qobiliyati yaxshi bo‘lmagan o‘quvchilarni yorug‘ tushadigan deraza tomonga, eshitish a’zolarida nuqsonlar bo‘lgan bolani esa oldingi partalarga o‘tkazish ham nazarda tutiladi.
Slayd 20
Yozuvga o‘rgatishning o‘qishga o‘rgatish bilan bir paytda amalga oshirish tamoyili
Dastur talablari yozuvga o‘rgatishni o‘qishga o‘rgatish bilan bir paytda amalga oshirishni nazarda tutadi. Savod o‘rgatishning dastlabki bosqichida o‘qish va yozuv bog‘lab olib boriladi. Bu usul K.D. Ushinskiy tomondan qo‘llangan bo‘lib, hozirgi davrda ham foydalanib kelinmoqda.
Slayd 21
Savodli yozuvning grafik bilimlar bilan bog‘liqligi tamoyili
Chiroyli yozuv imlo bilan chambarchas bog‘liq. O‘quvchining imloviy savodxonligi haqida g‘amxo‘rlik qilish tilning aniqligi, fikrni to‘g‘ri ifodalash, demakdir. Shu sababli ham savod o‘rgatish davrida bolalarda grafik malakalarni shakllantirish bilan birga imloga oid malakalarning shakllanishiga zamin yaratiladi.
Slayd 22
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Slayd 23
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |











Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.