Boshlang‘ich sinflarda 1000 ichida nomanfiy butun sonlarni nomerlashga

4000 so'm


Boshlang‘ich sinflarda 1000 ichida nomanfiy butun sonlarni nomerlashga

=== Taqdimot: Boshlang‘ich sinflarda 1000 ichida nomanfiy butun sonlarni nomerlashga.pptx ===

=== Slayd 1 ===
Boshlang‘ich sinflarda 1000 ichida nomanfiy butun sonlarni nomerlashga o‘rgatish metodikasi

=== Slayd 2 ===
I. 1000 likni alohida konsentr qilishning sabablari.
II. 1000 ichida sonlarni nomerlashga o‘rgatish:
a) Tayyorgarlik ishlari;
b) Sonlarni og‘zaki nomerlash;
c) Sonlarni yozma nomerlash.
III. 1000 ichida sonlarni nomerlashni o‘rgatish natijasida o‘quvchilarda shakllanadigan bilim, ko‘nikma va malakalar
Tayanch tushuncha va iboralardan foydalanildi.
Reja:

=== Slayd 3 ===
Uch xonali son; birlar o‘nlar yuzlar xonasi; yuzlik ming, uchinchi xona birligi;
yuzliklar:
bir yuz (100) olti yuz(600)
ikki yuz(200) yeti yuz(700)
uch yuz(300) sakkiz yuz(800)
To‘rt yuz(400) to‘qqiz yuz(900)
besh yuz (500) ming(1000)
Rejamizda keltirilgan 1000 likni alohida konsentr qilishning sabablarini keltirib o‘tamiz: avvalo

=== Slayd 4 ===
Sinf tushunchasi bilan tanishtirish ishi boshlanadi: biz bilamizki boshlang‘ich sinflarda birlar, o‘nlar, yuzlar sinfi o‘rganiladi, shundan birlar sinfi bilan tanishtiriladi.
Keyingi sababi Ko‘p xonali sonlarni raqamlash 1000 ichida sonlarni raqamlashga asoslanadi.
1000 ichida hisoblashlarning og‘zaki usullarini o‘rgatish deyarli tugallanadi, chunki boshlang‘ich sinflarda 1000 dan katta sonlarni og‘zaki hisoblash qiyinroq kechadi.
1000 likni alohida konsetr qilish ko‘p xonali sonlarni hisoblashga asos bo‘ladi.

=== Slayd 5 ===
Ming ichida yozma qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish, bo‘lishlarni bajarish usullari bilan tanishtiriladi.
1000 ichida sonlarni raqamlashni o‘rganishda o‘qituvchining vazifasi bolalarni quyidagilarga o‘rgatishdan iborat:
a) predmetlarni bittalab, o‘ntalab va yuztalab guruhlarga birlashtirib sanash;
b) 1000 ichida sonlarni o‘qish va yozish hamda ularning natural qatorda kelish tartibini bilish;
c) sonlarni yuzliklardan, o‘nliklardan va birliklardan hosil qila olish (ya’ni sonlarning o‘nli tarkibini bilish);

=== Slayd 6 ===
d) o‘ngdan chapga hisoblaganda birliklar (I xona birliklari), o‘nliklar (II xona birliklari) va yuzliklar (III xona birliklari) qaysi o‘ringa yozilishini aniqlash;
e) ikki xonali va uch xonali sonni xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi shaklida ifodalash va berilgan sonda istalgan xona birligining umumiy sonini topish.

=== Slayd 7 ===
Маvzuni o‘rgаnish bo‘yicha quyidagi mаsаlаlаrni keltirib o’tamiz:
1. O‘quvchilаrni yangi sаnоq birligi yuzliklar bilаn tаnishtirish masalasi.
2. Хоnаlаr bo‘yichа tushunchа, 3 хоnаli sоnlаr 3 tа rаqаmdаn, ya’ni birlik, o‘nlik va yuzlik dаn ibоrаtligini, bittа o‘nlik esа o‘ntа birlikdаn ibоrаtligini, bitta yuzlik esa 10ta o‘nlikdan iboratligini tushuntirish
3. 503 sоnidаgi 3 tа rаqаm bir sоnni bildirishini tushuntirish.
4. Rаqаmlаr хоnаsini bilgаnlikkа аsоslаngаn hоldа qo‘shish vа аyirish ko‘nikmаlаrini shаkllаntirish.
5. 1000 ichidа sоnlаrni nоmеrlаshni o‘rgаtishdа prеdmеtlаrni bittаlаb vа gruppаlаb sаnаshgа o‘rgаtish:
6. 1000 ichidа sоnlаrni o‘qish vа yozishgа o‘rgаtish хоnа birliklаri bilаn tаnishtirish.

=== Slayd 8 ===
1000 ichida sonlarni og‘zaki raqamlashga doir ishni 3 ta bosqichga bo‘lish mumkin: I. Tayyorlash ishi. II Og‘zaki raqamlash va III Yozma raqamlash.
Tayyorlash ishining asosiy maqsadi 100 ichida raqamlashga doir materialdan 1000 ichida sonlarni raqamlashga yordam beradigan qismini takrorlashdan iborat. Shu maqsadlarda o‘quvchilarga 1000 ichida sonlarni raqamlashni o‘rganishdan oldin taxminan mana bunday mashqlarni taklif qilish mumkin:

=== Slayd 9 ===
1. Xona birliklarini taqqoslashga doir mashqlar, ya’ni o‘nlikda nechta bir bor, yuzlikda nechta 10 bor? O‘n soni 1 dan necha marta katta? Yuz soni 10 dan necha marta katta? Va hokazo. 2. Ikki xonali sonlarning o‘nli tarkibiga doir mashqlar, masalan: 4 o’nlik va 6 birlikdan iborat sonni ayting, 35 birlik yoki 8 o‘nlikdan iborat sonni ayting va shunga o‘xshash mashqlar. 3. 1-100 gacha sonlarning natural ketma-ketligiga doir mashqlar, masalan: 20 sonidan boshlab 3 tadan qo‘shing, 45,46,47… sonlar qatorini davom ettiring, 99 sonining qo‘shnilarini ayting va bu sonlar qanday hosil bo‘ladi.
4. Birinchi yuzlik chegarasidan chiqadigan sonlarni sanashga doir mashqlar, masalan 96, 97, 98, … sanashni davom ettiring; yoki 34 dan keyin qanday son keladi? 134 sonidan keyinchi? 46 sonidan oldin qaysi son turadi? 246 sonidan oldinchi? 51 sonining qo’shnilarini va 152 sonining qo‘shnilarini ayting?

=== Slayd 10 ===
Mashqlar o‘quvchilarning yuzdan katta sonlar mavjud ekanini va shu vaqtning o‘zida bu sonlarning bolalarga tanish bo‘lgan sonlarga o‘xshashlik tomonlari borligini tushunishlariga yordam beradi. 1000 ichida sonlarni og‘zaki raqamlashga o‘rgatish bir nechta bosqichlar asosida o‘rgatiladi.

=== Slayd 11 ===
1-qadam. Birlikdan o‘nlikni, o‘nliklardan yuzlikni, yuzliklardan minglikni hosil qilishga sanoq cho‘plar, kvadratlar va tasmalar yordamida o‘rgatish
2-qadam. O‘quvchilarni natural qatordan 100 dan 1000 gacha sonlar bilan tanishtirish:
a) Yaxlit yuzliklar bilan tanishtirish; 100, 200,…
b) 100 dan 200 gacha, 200 dan 300 gacha, 300 dan 400 gacha …. 900 dan 1000 gacha sonlarning aytilishini o‘rgatish.
3-qadam. Uch xonali sonlarni istalgan sondan boshlab to‘g‘ri va teskari tartibda sanashga, natural sonlar qatoridagi o‘rniga qarab oldingi va keyingi sonlarni aytishga o‘rgatish

=== Slayd 12 ===
Avvalo o‘quvchilarni yangi sanoq birligi – minglik bilan tanishtirish kerak. Bu tanishtirishni ko‘rsatma qo‘llanmalar, jumladan, bolalarga yaxshi tanish bo‘lgan cho‘plar va cho‘plar dastalari, ya’ni 10 ta alohida cho‘p, har bir bog‘lamda 10 tadan cho‘p bo‘lgan 9 bog‘lam, har birida 100 tadan cho‘pi bo‘lgan 9 bog‘lamdan foydalanib amalga oshirish mumkin. Bu ko’rsatma orqali ming ichida sonlarning o’zaro bog’liqligini, ya’ni 1 minglikda 10 ta yuzlik, 100 ta o‘nlik, mingta birlik borligini ko’rsatish mumkin. Mustahkamlashda cho‘plar o‘rniga “Kvadratlar va poloskalar” deb ataluvchi qo‘llanmadan foydalanish mumkin. Birliklar kvadratlar bilan belgilanadi, o‘nliklar har qaysisida 10 tadan kvadrat bo‘lgan poloskalar bilan belgilanadi, yuzliklar esa har birida 10 tadan poloska bo‘lgan kvadratlar bilan belgilanadi.

=== Slayd 13 ===
Navbatdagi namoyish qilishlar uchun abakdan foydalanish mumkin. U birlik, o‘nlik, yuzlik xonalarga mos keluvchi uchta cho‘ntaklarga bo‘lingan jadvaldan iborat. Har bir cho‘ntakga bog‘lamlar – 100 ta cho‘p, o‘nta cho‘p va alohida cho‘plar solinadi. Bu istalgan uch xonali sonni hosil qilish haqida aniq tasavvur beradi. Undan keyin bog‘lamlar o‘rniga yuz, o‘n, birni tasvirlovchi sonli kartochkalardan foydalaniladi. Og‘zaki raqamlashni o‘rganishda navbatdagi qadam o‘quvchilarni natural qatorining 100 dan 1000 gacha bo‘lgan sonlar bilan tanishtirishdan iborat. Raqamlashni o‘rganishning birinchi bosqichida bolalar yaxlit uch xonali sonlar 100, 200,300 va hokazo 1000 bilan tanishtirilgan edi.

=== Slayd 14 ===
Endi har ikki qo‘shni yaxlit uch xonali sonlar orasidagi bo‘shliqni to‘ldirish, ya’ni sonlarning 100 dan 1000 gacha bo‘lgan natural qatorini to‘ldirish kerak. Shu maqsadda qatorda har bir son qanday hosil bo‘lishiga va u oldindagidan nechta ortiqligini bolalar bilan bir nechta mashq bajarish yo‘li bilan takrorlash kerak. Quyidagi mashqlarni tavsiya qilish mumkin:

=== Slayd 15 ===
1. 355 dan 405 gacha, 768 dan 786 gacha, 992 dan-100 gacha bittalab qo‘shib sanang. 2. 495 bilan 508 ni orasida, 989 bilan 1000 orasida qanday sonlar bor? 3. 300 bilan 400 orasida, 100 bilan 1000 orasida nechta son bor? 3-qadam esa uch xonali sonlarni istalgan sondan boshlab to‘g‘ri va teskari tartibda sanashga o‘rgatish, natural sonlar qatoridagi o‘rniga qarab oldingi va keyingi sonlarni aytishga o‘rgatishdan iborat. Shu maqsadda quyidagi mashqlarni tavsiya qilish mumkin.

=== Slayd 16 ===
1. 8, 59, 387, 998 sonlaridan oldingi va keyingi sonlarni ayting.
2. 800 dan 789 gacha, 1000 dan 985 gacha bittalab kamaytirib sanang.
3. 345 dan 15 ta keyin qanday son keladi, 10 ta oldinchi?
Uch xonali sonlarni yozma raqamlashga tayyorlash maqsadida ikki xonali sonlarni yozma nomerlashga oid asosiy masalalarni qisman takrorlash kerak: “Son” va “raqam” terminlarining ma’nolari va bular orasidagi farqlar; sonlarning yozilishida raqamlarning o‘rin qiymati, shuningdek, ikki xonali sonlarning xona tarkibi tahliliga oid bir qancha mashqlarni bajarish kerak.

=== Slayd 17 ===
O‘quvchilаr bilаn sоnlаr хоnаlаri tаkrоrlаnib, “Birinchi хоnа birliklаri”, “Ikkinchi хоnа birliklаri” tushunchаlаrigа аsоslаnib yangi tushunchа “Uchunchi хоnа birliklаri”, ya’ni, uch хоnаli sоnlаr bilаn tаnishtirilаdi. O‘quvchilаrning оldin оlgаn bilimlаri аsоsidа “Sоn” vа “rаqаm” tеrminlаri qаndаy tushunilgаnligi tаhlil qilinаdi. Sоnlаrning yozilishidа nоldаn fоydаlаnishgа аlоhidа e’tibоr bеrilаdi, bunda agar sonning biror xonasida nol turgan bo‘lsa, son o‘qilganda
shu xona nomi tushirib qoldiriladi, ya’ni o‘qilmaydi.

=== Slayd 18 ===
Кuzаtishlаrgа аsоslаnib quyidаgi хulоsа chiqаrilаdi: o‘ngdаn chаpgа qаrаb hisоblаgаndа birliklаr birinchi o‘ringа (ulаr birinchi хоnа birliklаri dеb аtаlаdi), o‘nliklаr ikkinchi o‘ringа (ulаr ikkinchi хоnа birliklаri dеb аtаlаdi), yuzliklаr uchunchi o‘ringа yozilаdi. 1000 sоnini qаndаy yozilishi ko‘rsаtilаdi. Namoyish qilish uchun yuzliklarni ifodalovchi – 100, 200, 300 va hokazo 900 sonli, o’nliklarni ifodalovchi 10, 20, 30 va hokazo 90 sonli va birliklarni ifodalovchi 1, 2, 3, va hokazo 9 sonli raqamlar naboridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunda har bir o‘quvchida shunday raqamlar nabori bo‘lishi kerak. Masalan o‘qituvchi 555 sonini tasvirlashni taklif etsin. O‘quvchilar raqamlar naboridan foydalanib 500 sonini tasvirlovchi kartochkani olishadi, uning ustiga 50 sonini tasvirlovchi kartochkani shunday qo‘yishadiki, u birinchi sonning yozuvidagi ikkita 0 raqamini bekitadigan qilib qo‘yishadi.

=== Slayd 19 ===
Keyin esa 5 raqamli kartochkani qo‘yishadi. So‘ngra 555 soni tahlil qilinadi: nechta yuzlik, nechta o‘nlik, nechta birlik bor va ular nechanchi o‘ringa yoziladi? 208 va 300 sonlarining yozuvi ham, ya’ni u yoki bu xona birliklari bo‘lmagan sonlar ham xuddi shunga o‘xshab qarab chiqiladi.
Yozma nomerlashni mustahkamlash uchun mashqlarni nomerli jadvaldan foydalanish ham tavsiya qilinadi. Bunda har bir o‘quvchida shunday jadval bo‘lishi kerak.

=== Slayd 20 ===
Masalan o‘qituvchi 1000 sonini yoki 567 sonini jadvalda ifodalashni taklif qiladi. O‘quvchilar xona birliklari bo‘yicha bu mashqlar asosida quyidagi xulosa chiqaradi: o‘ngdan chapga qarab sanaganda 1-o‘ringa birliklar, 2-o‘ringa o’nliklar, 3-o‘ringa yuzliklar yoziladi, agar sonda o‘nliklar va birliklar bo‘lmasa, uning o‘rniga nol yoziladi.
1000 ichida sonlarni yozma raqamlashni o‘rgatishda matematik diktantdan foydalanish samarali bo‘ladi. Quyida matematik diktantga namunalar keltirilgan:

=== Slayd 21 ===
Sonlarni daftaringizga yozing: 198, 365, 487,…
301 soni va 310 soni qanday yozilishini tushuntiring.
696 va 703 sonlar orasida yotuvchi sonlarni yozing.
5, 7, 9 raqamlari yordamida yozish mumkin bo‘lgan 3 xonali sonlarni yozing, bunda raqamdan faqat 1 marta foydalaning.
Ushbu 635, 67, 306, 666 sonlarini yozishda 6 raqami nimani bildiradi?
71, 701, 333, 500, 501, 601, 610, 61 sonini yozishda nechta raqam kerak?
666 sonini xona qo‘shiluvchilari yig‘indisi ko‘rinishida ifodalang.
5 yuzlik 3 yuzlik 2 ohlikdan iborat sonni yozing

=== Slayd 22 ===
“Uch хоnаli sоn” vа “to‘rt хоnаli sоn” tеrminlаrini o‘quvchilаrga o‘rgatishda quyidagi mashqlarni bajarish maqsadga muvofiq:
1) Quyidаgi sоnlаr qаtоridаn uch хоnаli vа to‘rt хоnаli sоnlаrni аlоhidа-аlоhidа аjrаtib yozing: 115, 171, 157, 989, 812, 1000, 999………….
2) 6 tа uch хоnаli iхtiyoriy sоn yozing vа hаr birini 10 tа оrtiring. Ulаrni o‘qing?.
3) bir vа nol rаqаmlаri yordаmidа аvvаl uch хоnаli, so‘ngrа to‘rt хоnаli sоnlаrni yozing.
4) Fаqаt 2 rаqаmidаn fоydаlаnib uch хоnаli sоn yozing.

=== Slayd 23 ===
1000 ichida sonlarni taqqoslash jarayoni quyidagicha bo‘ladi: uch xonali sonlar avval yuzliklar soni bo‘yicha taqqoslanadi. Agar yuzliklar soni teng bo‘lsa, o‘nliklar soni taqqoslanadi. Agar o‘nliklar soni ham teng bo‘lsa, birliklar soni bo‘yicha taqqoslanadi. Agar birliklar soni ham teng bo‘lsa, bunday sonlar teng bo‘ladi.
Mashq uchun quyidagi sonlarni taqqoslash tavsiya qilish qiziqarlidir:
1. 320>298, chunki 3 yuzlik 2 yuzlikdan katta;
2. 350>340 bu yerda yuzliklar teng, 5 o‘nlik katta 4 o‘nlikdan;
3. 354<355 bu yerda yuzliklar teng, o‘nliklar teng, 4 birlik esa kichik 5 birlikdan;
4. 354=354 bu yerda yuzliklar, o‘nliklar, birliklar teng.

=== Slayd 24 ===
Yirik birliklаr bilаn ifоdаlаngаn sоnlаrni mаydаrоq birliklаr bilаn ifоdаlаngаn sоnlаr bilаn аlmаshtirish (ismli sоnlаr)
Bu bosqichdagi mashqlar ham 3 xonali sonlarning o‘nli tarkiblarini o‘zlashtirishga yordam beradi:
1. 5 m necha sm ga teng?
2. 800 sm necha m ga teng?….
3. 5 m 2 dm va 2 m 5 dm ni taqqoslang; yoki 6 m 7 dm va 7 m 1 dm ni taqqoslang.
Katta masofalar kilometrlarda o‘lchanadi. Kilo so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, ming degan ma’noni bildiradi. 1 kilometrda 1000 metr bor. Masofani ko‘rsatganda sonlar yoniga “Kilometr” so‘zi qisqacha km deb yoziladi. Masalan, 2 km, 15 km, 1 km=1000 m

=== Slayd 25 ===
1m = 10 dm 1dm=10cm 1cm=10 mm
100 Ichida sonlarni nomerlashga o‘rgatish natijasida o‘quvchilar quyidagi bilim, malaka va ko‘nikmalar egallab olishlari kerak:
• 100 Ichida sonlarni nomerlashni bilish, sonning hosil bo‘lishini, o‘zidan oldingi va keyingi sonlar bilan aloqadorligini bilish;
• Har bir sonning sonlar qatoridagi o‘rnini bilish;
• Raqamlarning o‘rni qiymatlarini bilgan holda sonlarni o‘qiy va yoza olish;
• Sonlarni xona tarkiblarini bilganlikdan foydalanib ikkita sonni ularning sonlar qatoridagi o‘rinlari bo‘yicha taqqoslay olish;

=== Slayd 26 ===
• Sonni xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi bilan almashtira olish
• Sonlarning natural ketma-ketligi va o‘nli tarkibini bilganlik asosida qo‘shish va ayirishni bajarish;
• Uch xonali son va “uchinchi xona” birliklari atamalarini bilish
• Uzunlik o‘lchov birligi kilometr(km) va boshqa o‘lchov birliklari orasidagi bog‘lanishni bilish;

=== Slayd 27 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.

Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Boshlang‘ich sinflarda 1000 ichida nomanfiy butun sonlarni nomerlashga” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar