Boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida kreativlik tushunchasi
4000 so'm

Slayd 1
Boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida kreativlik tushunchasi
Slayd 2
Reja:
1. Kreativlik” tushunchasining mohiyati.
2. Texnologiya darslarida kreativlik tushunchasi.
3. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini texnologiya darslarida
kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish.
Slayd 3
Bugungi kunda mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan yangilanishlarning barchasi ta’lim-tarbiya ishlarini yangi dasturlar asosida yuqori darajada ko‘tarishga, fikrlash doirasi keng, muammoli
vaziyatlarda mustaqil qarorlar qabul qila oladigan, kreativ fikrlaydigan o‘quvchilar tayyorlashga qaratilgan. Texnologiya fani darslarida o‘quvchilarning kreativ yondashuvini rivojlantirish jarayonining mazmun mohiyatini to‘laqonli tushunish uchun dastlab “Kreativlik”, “Kreativ fikrlash”, “Kreativ yondashuv” kabi tushunchalarning ma’nosini anglab olish talab etiladi.
Slayd 4
Kreativlik
Kreativlik (ing. “create” – yaratish, “creative” yaratuvchi, ijodkor) – insonning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyat ma’nosini ifodalaydi.
Slayd 5
Texnologiya fani darslarida o‘quvchilarning kreativ yondashuvini rivojlantirish va ularni kasb faoliyatiga tayyorlashda buyumlarning chizmasini chizishda tasvirlarni yetarli darajada tanlash masalasiga alohida e’tibor berishni taqozo etadi. Ma’lumki, ishlab chiqarish sharoitida tayyorlangan buyumlar ularning chizmalari bo‘yicha nazorat qilinadi. Detalning xomashyo holatidan uning tayyor mahsulot darajasiga qadar bosib o‘tgan yo‘lida chizma va detallar yonma-yon beriladi. Ammo kuzatishlar maktablarda bu soha chetlab o‘tilayotganini ko‘rsatmoqda.
Slayd 6
Hatto o‘qitish amaliyotiga bag‘ishlangan uslubiy tavsiyalarda ham bu masalalar to‘laqonli yoritilmaganligini ko‘rish mumkin. Shu sababli texnologiya fani darslarida mahsulotlar tayyorlashga oid amaliy mashg‘ulotlarni bajarishda va buyumlarni loyihalashda o‘quvchilar qiyinchilikka uchramoqda. Bu muammoni hal etish uchun o‘qituvchilar mashg‘ulotlarni tizimli ishlab chiqishi, amaliy mashg‘ulotlarda texnologik hujjatlardan, texnologik xaritalardan va chizmalardan o‘rinli foydalanishlari lozim. Bu esa, o‘quvchilarni texnologik hujjatlar bilan ishlash, chizmalarni o‘qish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantiradi hamda kreativ fikrlashga zamin yaratadi.
Slayd 7
1. Aniq belgilangan va qat’iy nazoratdan farq qiladigan to‘liq bo‘lmagan holatlar;
2. Kelgusi faoliyat uchun strategiya va vositalarni yaratish va ishlab chiqish;
3. Mas’uliyat va mustaqillikni rag‘batlantirish;
4. Mustaqil ishlanmalar umumlashmalar, kuzatuvlarga e’tibor berish.
Slayd 8
Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchisining kreativligi, bu uning qat’iy chegaralangan yoki sust chegaralangan sharoitlarda har xil haqiqiy g‘oyalarni izlab topish layoqatidir. Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchisining kreativ bo‘lishi uchun kishi ko‘proq kreativ insonlar bilan muloqot qilishi va hamisha izlanishda bo‘lishi lozim. Har qanday ko‘nikmani shakllantirish mumkin bo‘lganday, kreativ fikrlash qobiliyati yoki ko‘nikmasini ham rivojlantirish mumkin. Buning uchun bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilari doimo o‘z ustida tinimsiz ishlar olib borish shu bilan birgalikda kreativ insonlar bilan yaqindan suhbatlar olib borish kreativlik qobiliyatlarini o‘zida shakllantirish kerak.
Slayd 9
Bu bo‘lajak texnologiya fani o’qituvchilari uchun juda muhim bo‘lib, kreativlik ustida ishlash bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilariga noodatiy tarzda fikrlashga yordam beradi. Biroq bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini ruhlantirish va kreativ bo‘lishga undash o‘qituvchining qay darajada malakali ekanligiga bog‘liq. Shuning uchun ham bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini ijodkorlik ruhida tarbiyalash muhim masalalardan biri sanaladi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda pedagog alohida o‘rin tutadi. Bu jarayonda “pedagogning roli auditoriyada kreativlik muhitini yaratishdan iborat. Vaholanki, pedagog guruhda bo‘lajak o‘qituvchilar o‘zini erkin seza oladigan va o‘z fikrlari, g‘oyalari bilan bo‘lisha oladigan muhit yaratishi lozim.
Slayd 10
Har bir bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchisi ijodkor bo‘lishi va har bir dars davomida ham ijodkor bo‘lishi kerak. Kreativlik bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar va kreativlik nazariyachilarining ishlari bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kreativlik ko‘nikmasini shakllantirishda qo‘llanma sifatida xizmat qiladi. Bu auditoriyadagi muhit, bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini fikrlash tarzining shakllanishi, o‘qituvchining yondashuv va strategiyalari elementlarini o‘z ichiga oladi.
Slayd 11
Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini, zehni o‘tkirlikni tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi.
Boshqa har qanday sifat kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi. U muayyan bosqichlarda izchil shakllantirib va rivojlantirilib boriladi.
Slayd 12
Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarida kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:
1) ular tomonidan ko‘p savollar berilishini rag‘batlantirish va bu odatni qo‘llab quvvatlash;
2) bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini mustaqilligini rag‘batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish;
3) bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilari tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish;
4) bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining qiziqishlariga e‘tibor qaratish.
Slayd 13
Xorijiy pedagoglar, xususan, Patti Drapeauning fikricha, bir shaxsning ayniqsa o‘qituvchining kreativligi boshqalarni ijodiy jarayonini tashkil etishga ruhlantiradi. Shaxsning ijodiy fikrlashi va kreativligini rivojlantirishga yordam beradigan quyidagi shart-sharoitlar mavjud, ijodiy qobiliyatlar va ijodiy ishtiyoqining mavjudligi. Shu bilan birga, agar bu uchta omil bir-biriga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, ijodiy qobiliyatlarning yuqori darajadagi namoyon bo‘lishi mumkin.
Slayd 14
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonini tashkil qilishning yo‘nalishlariTashkiliy
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy fazilatlari faqat umumiy ta’limning barcha darajalarida samarali tashkil etilgan pedagogik jarayonda shakllanishi mumkin. Bunga o‘qitishning turli xil tashkiliy shakllari, vositalari, pedagogik jarayonning samarali usullaridan foydalanishga yordam beradi.
Slayd 15
Mazmunli
Uchinchi yo‘nalish ta’lim subyektini (kreativlikni o‘rgatish) yaxlit idrok etishni va uni ijtimoiy muhitining tarkibiy qismi sifatida ko‘rib chiqishni o‘z ichiga oladi, unda u bir vaqtning o‘zida ijodkorlik, kreativlik, mehnat, shuningdek, ko‘p bosqichli ta’lim muhitining obyekti va subyekti sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Ikkinchi yo‘nalish boshlang‘ich ta’lim sharoitida o‘quv jarayonining mazmunli yaxlitligini aks ettiradi. Shunda, texnologiyani (mehnatni) o‘rgatish, barcha o‘quv fanlarini o‘qitish kabi, ilmiy, uslubiy, amaliy munosabatlarda yaxlit tizimni aks ettirishi mumkin.
Shaxsiy
Slayd 16
“Kreativlik otasi” nomi bilan mashhur Pol Torrans to‘rtta kreativlik ko‘nikmasini aniqlagan. Bular quyidagilar:
Ravonlik.
Moslashuvchanlik.
Yaratuvchanlik.
O‘ziga xoslik.
.
Slayd 17
Ko‘plab g‘oyalarni o‘ylab topish ko‘nikmasi ko‘p degan so‘zga asoslanadi.
Turli g‘oyalarni o‘ylab topish ko‘nikmasini o‘zgartirish degan so‘zga asoslanadi.
Boshqalarga o‘xshamagan, ajralib turuvchi g‘oyani o‘ylab topish ko‘nikmasi noyob degan so‘zga asoslanadi.
G‘oyalarni kengaytirish
Ko‘nikmasini qo‘shish
degan so‘zga asoslanadi.
Ravonlik
O‘ziga xoslik
Moslashuvchanlik
Yaratuvchanlik
Slayd 18
Texnologiya darslarida pedagoglardan kreativlik qobiliyatini rivojlantirishda:
Ajoyib g‘oyalarni o‘ylab topish (o‘ziga xoslik);
Ularni kengaytirish (ishlab chiqish);
Boshqa g‘oyalar bilan solishtirish va ulardagi bog‘liqlikni topish (moslashuvchanlik) kabi ko‘nikmalar, mazkur ko‘nikmalar bir-biri bilan kesishadi.
Slayd 19
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning shaxsiy va intellektual rivojlanishi uchun juda muhimdir. Kreativlik, yangi g‘oyalar yaratish, muammolarni hal qilish va keng ko‘lamda fikrlashni anglatadi. Bu qobiliyatni rivojlantirish uchun bir necha usullar mavjud:
1. O‘yin va turli faoliyatlar orqali o‘rganish:
O‘quvchilarga turli xil o‘yinlar va interaktiv faoliyatlarini taqdim etish, ular kreativ fikrlashga yordam beradi. Masalan, mantiqiy yoki ijodiy masalalar, tabiatdan ilhomlanish va boshqa faoliyatlar.
Slayd 20
2. Ijobiy muhit yaratish:
O‘quvchilarni o‘z fikrlarini erkin ifoda etishga, xatolarni qabul qilishga va yangi fikrlarni sinab ko‘rishga rag‘batlantirish kerak. Bu muhitda ular o‘zlarini erkin his qiladilar va ijodkorlikni rivojlantirishga ishtiyoq topadilar.
3. San’at va musiqa:
O‘quvchilarni san’at va musiqaga qiziqtirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Rasm chizish, qo‘l mehnati ishlari va musiqiy asarlar yaratish ularning fikrlash tarzini kengaytiradi.
Slayd 21
4. Muammolarni hal qilish:
O‘quvchilarga kundalik hayotdagi kichik muammolarni hal qilishni taklif qilish, ularni ijodiy tarzda fikrlashga undaydi. Masalan, biror vaziyatni yaxshilash yoki biror narsani yangicha tarzda bajarishni o‘rgatish.
5. O‘qish va hikoyalar yaratish:
O‘quvchilarga qisqa hikoyalar yozishni yoki o‘qishni taklif qilish, ularning tasavvurini va ijodkorlikni rivojlantiradi. Hikoya yaratishda yangi personajlar va voqealar yaratishga rag‘batlantirish ham foydalidir.
Slayd 22
6. Guruhlarda ishlash:
Ijodiy fikrlarni almashish va birgalikda ishlash o‘quvchilarning kreativliklarini oshiradi. Ular turli fikrlarni birlashtirib, yangi, noyob g‘oyalarni yaratishadi.
Shu tarzda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning o‘rganish jarayoniga faol ishtirok etishiga, yangi fikrlash tarzini shakllantirishga yordam beradi.
Slayd 23
Texnologiya darslarida kreativlik – o‘quvchilarni yangi g‘oyalar yaratishga, mavjud materiallarni yangi tarzda ishlatishga va texnologiyalardan innovatsion usulda foydalanishga undashni anglatadi. Texnologiya darslari kreativlikni rivojlantirish uchun juda qulay maydon bo‘lib, o‘quvchilarga turli xil qurilmalar, materiallar va dasturlar bilan ishlash imkoniyatini beradi. Bunda quyidagi usullarni qo‘llash mumkin:
1. Loyiha ishlari orqali ijodiy yondashuvni rivojlantirish.
O‘quvchilarga texnologiya darslarida kichik loyihalar yaratishni taklif qilish, ularning kreativ fikrlashini rivojlantiradi. Masalan:
Elektron qurilmalar yaratish (rasmlar chizish, elektron apparatlar yasash);
Robototexnika yoki dasturlash asosida loyihalar yaratish;
3D modellash va chop etish.
Slayd 24
2. Yangi materiallar bilan ishlash.
O‘quvchilarga turli xil materiallar va texnologiyalarni o‘rganishga imkon berish, ularning kreativ fikrlashini rivojlantiradi. Masalan, plastmassa, yog‘och, metall va boshqa materiallar bilan ishlash orqali ular yangi qurilmalar yaratishni o‘rganadilar.
3. Texnologiyalarni hayotiy vaziyatlarga qo‘llash.
O‘quvchilarga texnologiyaning kundalik hayotdagi qo‘llanishini ko‘rsatish, masalan, aqlli uy texnologiyalari, ekologik toza texnologiyalar yoki tibbiyotdagi yangiliklar haqida gaplashish, ularda yangi g‘oyalar yaratishga ilhom beradi.
Slayd 25
4. Muammolarni hal qilish va innovatsion yechimlar yaratish.
Texnologiya darslarida o‘quvchilarga turli muammolarni hal qilishni taklif etish, masalan, atrof-muhitni saqlash, quvvat tejash yoki transport tizimlarini takomillashtirish, ularni kreativ va innovatsion yechimlarni ishlab chiqishga undaydi.
5. Dasturlash va kodlash
Dasturlash texnologiyalari, masalan, Scratch yoki Python kabi tillar, o‘quvchilarga o‘z g‘oyalarini dasturga aylantirish imkoniyatini beradi. Dasturlash orqali o‘quvchilar o‘zlarini kreativ tarzda ifodalashni o‘rganadilar.
Slayd 26
6. San’at va texnologiyaning integratsiyasi
Texnologiya darslarida san’at va kreativlikni birlashtirish, masalan, 3D rasm chizish yoki videomontaj qilish orqali o‘quvchilar ijodiy ishlarga jalb qilinadi.
7. Interaktiv dasturlar va ilovalar yaratish.
O‘quvchilarga o‘zlarining interaktiv ilovalarini yaratishni o‘rgatish, ularni kreativ fikrlashga undaydi. Buning uchun o‘quvchilar mobil ilovalar yoki veb-saytlar yaratishni o‘rganishlari mumkin.
Slayd 27
8. Guruhli va hamkorlikda ishlash.
O‘quvchilarni jamoada ishlashga jalb qilish, kreativ fikrlarni almashish va birgalikda yechimlar topish imkonini yaratadi. Bu orqali ular o‘zlarining ijodiy salohiyatlarini to‘liq namoyish etishadi.
9. Texnologik yangiliklardan foydalanish.
O‘quvchilarga zamonaviy texnologiyalarni, masalan, virtual haqiqat (VR), 3D modellashtirish, robototexnika, sun’iy intellekt kabi sohalarda ishlashni o‘rgatish, ularni yangi texnologiyalar bilan tanishtirish va ularning kreativ fikrlashini rivojlantirishga yordam beradi.
Slayd 28
Texnologiya darslari o‘quvchilarga kreativlikni rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyatlarni taqdim etadi. Bu darslar nafaqat texnik bilimlarni berish, balki o‘quvchilarning innovatsion fikrlash va problemalarni yangi usulda hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Kreativlikni rivojlantirish orqali o‘quvchilar yangi imkoniyatlar yaratish va kelajakdagi texnologik muammolarni hal qilishga tayyor bo‘ladilar.
Slayd 29
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 30
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.