Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi predmeti maqsad vazifalari

4000 so'm


Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi predmeti maqsad vazifalari

 

 

Slayd 1

Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi predmeti maqsad vazifalari

Slayd 2

Reja:
“Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi» tushunchasi
Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi fanining maqsad va vazifalari

Slayd 3

“Men doimo ta’lim, ta’lim, muallim, muallim, deb ta’kidlashim bejiz emas. Chunki ta’limni rivojlantirmasdan turib yuksak taraqqiyotga erisha olmaymiz. Har qanday muammoning yechimi ham, ertangi kunimizni hal qiluvchi omil ham, shubhasiz, ta’limdir».
Sh.M.Mirziyoyеv.

Slayd 4

2024 Yili mamlakatimizda:
72 Ta yangi maktab qurildi,
279 tasi kapital ta’mirdan chiqarildi,
514 ta maktab esa rekonstruksiya qilindi
30 mingdan ortiq kompyuter xarid qilindi
500 nafar ingliz tili mutaxassislari xorijdan maxsus taklif etildi

Slayd 5

Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni boshlang’ich ta’lim, tarbiya va uni o’qitish asoslari bo’yicha bo’lajak o’qituvchilarga nazariy bilim, ko’nikma hamda malaka berishdan iborat.

Slayd 6

Boshlang’ich sinf o’quvchilarining tahliliy va kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish;
boshlang’ich ta’limni ilg’or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish;
boshlang’ich ta’lim samaradorligiga erishish

Slayd 7

Matematika va tabiiy fan o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan kasbiy rivojlanish, Singapurlik taʼlim ekspertlari ilmiy jarayon ko‘nikmalari, so‘rovga asoslangan taʼlim (Sat) hamda uning tarkibiy qismlaridan biri bo’lgan 5E modeli bo’yicha ma’lumotlar beriladi.
Shuningdek, Ilmiy tadqiqotning 5E modelidagi- Jalb qilish- Tadqiq qilish- Tushuntirish- Ishlab chiqishBaholash bo‘yicha tushunchalar beriladi.

Slayd 8

Boshlang’ich ta’lim tushunchasi quyidagilarni qamrab oladi:
Inson va jamiyat qadriyatlariga asosan 7-11 yoshli o’quvchilarga bilim berish;
boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qitish va tarbiyalash jarayoni;
boshlang’ich ta’limni samarasiga erishish;
boshlang’ich ta’limni yaxlit tizim sifatida qabul qilish

Slayd 9

Boshlang’ich ta’limda tarbiya tushunchasi quyidagilarni ifodalaydi:
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga insoniyatning tarbiyaga oid tajribasini uzatish;
boshlang’ich sinf o’quvchilarini madaniyat va qadriyatlar olamiga olib kirish;
boshlang’ich sinf o’quvchilari shaxsini rivojlantirish;
boshlang’ich ta’lim o’quvchilarini hayotning murakkab vaziyatlari va holatlariga tayyorlash

Slayd 10

Boshlang’ich ta’limda o’qitish tushunchasining mazmuni quyidagilardan iborat:
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga bilim, hayotiy tajriba, faoliyat ko’nikmasi berish va ularning tafakkurini shakllantirish;
boshlang’ich sinf o’quvchilarining bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish;
boshlang’ich sinf o’quvchilarining xotira, diqqat va fikr yuritish ko’nikmasini shakllantirish;
boshlang’ich sinf o’quvchilarining qiziqish, layoqat va qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirish.

Slayd 11

Boshlang’ich sinf o’quvchilari quyidagilarga amal qilishi shart:
O’qishi, ya’ni boshlang’ich sinf o’quvchilari aniq ma’lumotlarni va topshiriqlarni o’qituvchi yordamida sinfdoshlari bilan birgalikda yoki mustaqil ravishda o’zlashtirishi;
kuzatish, qiyoslash va fikrlash ko’nikmalarini egallashi;
o’z fikri va qarashlarini ifodalay olishi kerak.

Slayd 12

Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi fanining asosiy maqsadi talabalarda boshlang’ich ta’limni davlat ta’lim standartlari va davlat talablari asosida tashkil etish asoslari bo’yicha kasbiy bilim, ko’nikma, malaka va kompetentsiyani rivojlantirish

Slayd 13

Pedagogika ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o’rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g’oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o’rganadi.

Slayd 14

Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi fanining vazifalari:
Ma’naviy va axloqiy-talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o’rganish
Shaxsni har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash
Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda, rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi tajribasini o’rganish asosida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish
Ta’lim muassasalari hamda, ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash

Slayd 15

5. Ilg’or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish.
Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar hamda ta’lim- tarbiya usullari bilan qurollantirish
Ta’lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo’nalishlari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o’rganish
O’qitish hamda tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish
Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish

Slayd 16

Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi fanining predmeti
Bt tarbiya jarayonining zamonaviy qonuniyatlari
Bt tarbiya jarayonining mazmuni
Bt tarbiyaning usullari vositalari
Dunyoning moddiy- ma’naviy rivojida shaxs kamoloti uyg’unligi

Slayd 17

Pedagogika fanining tarmoqlari:
Umumiy pedagogika (insonga, shaxsga ta’lim tarbiya, ma’lumot berish shakli, mazmuni, usullari va ularni shakllantirishning, tarbiyalashning umumiy qonuniyatlarini tadqiq qiladi va amaliyotda qo’llashga o’rgatadi);
Yoshlar pedagogikasi (turli yoshdagi kishilarga ta’lim tarbiya berish, shaxsni shakllantirishning o’ziga xos tomonlarini o’rganadi);
Maktab pedagogikasi (maktab yoshdagi o’quvchilar ta’lim-tarbiya sohasining o’ziga xos tomonlarini o’rganadi);
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi (maktabgacha yoshdagi bolalarni o’qitish, tarbiyalashning o’ziga xos tomonlarini o’rganadi);
Pedagogika tarixi (turli tarixiy davrlarda maktablar ta’lim tarbiyasi, pedagogik g’oyalarning mazmuni, rivojlanish masalalarini o’rganadi);
Metodika (ta’limning umumiy qonuniyatlarini muayyan predmetlardan (ya’ni ona tili, o’qish, tabiiy fan, matematika, tarbiya, jismoniy tarbiya) dars berishda qo’llashning o’ziga xos xususiyatlarini, usullarini tadqiq qiluvchi sohasi);

Slayd 18

Oila pedagogikasi (oila muhiti, a’zolari, sharoiti, ta’lim-tarbiyasining umumiy masalalarini o’rganadi);
Kasb pedagogikasi (ishlab chiqarish), (turli kasblarning o’rganishning umumiy masalalarini o’rganadi);
Qiyosiy pedagogika (G’oyalarni taqqoslab xulosa chiqarish masalalari);
Xalq pedagogikasi (muayyan xalqning ta’lim-tarbiyasi, maktabi, ijtimoiy turmush tarzi, madaniyati, ma’naviyati, axloq-odobi singarilarni o’rganadi);
Ijtimoiy pedagogika (barcha yoshdagi fuqarolarni tarbiyalashning zama’naviy imkoniyatlari, vositalari va manbalarini);
Mehnat pedagogikasi; tarbiyaning muhim turi, shaxsni shakllantirishning zarur shartlaridan biri boʻlgan pedagogik jarayon
Maxsus pedagogika. Jismoniy va ruhiy rivojlanishda nuqsoni boʻlgan bolalarni tarbiyalash va oʻqitish haqidagi fan (Surdopedagogika- eshitish qobiliyati zaif, Tiflopedagogika- ko’rish qobiliyati zaif , Oligofrenopedagogika- aqliy tomondan zaif, Logopediya-og’ir nutq nuqsonlarni o’rganish.)
Tibbiyot pedagogikasi;
Harbiy pedagogika;
Rahbarlik pedagogikasi;

Slayd 19

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 20

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi predmeti maqsad vazifalari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar