Bolalarni tabiat bilan tanishtirish maqsad vazifalari
4000 so'm

Slayd 1
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning maqsad vazifalari.
Slayd 2
Reja:
Kirish
Tabiatning inson hayotidagi roli
Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va texnalogiyalari fanining asoschilari
Markaziy Osiyo mutafakkirlarining tabiat va uning muhofazasiga doir fikrlar tarixidan
Slayd 3
Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama kamol toptirish va tarbiyalashning eng samarali usullaridan biri bu tabiat bilan tanishtirishdir. Tabiat — bolani ma’naviy boyitishning bitmas-tuganmas manbaidir. Bolalar doimo u yoki bu shaklda tabiat bilan aloqada bo‘ladilar. Ularni yamyashil o‘tloqlar, anvoyi gullar, kapalaklar, qo‘ng‘izlar, qushlar, hayvonlar, suzib yurgan bulutlar, pag‘a-pag‘a yog‘ayotgan qor uchqunlari, jilg‘a va ko‘lmaklar o‘ziga jalb qiladi. O‘simlik hamda hayvonotlarning xilma-xil olami bolalarda tabiatga nisbatan jonli qiziqish va havas uyg‘otadi, ularni faoliyatga undaydi. Tabiat bilan muloqotda bo‘lish bolalarda atrof-olam haqida realistik bilim, jonli mavjudotga insoniy munosabatda bo‘lishni shakllantirishga yordam beradi. Bolani tabiat bilan tanishtirish, uni tabiatni tushunishga o‘rgatish, tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni tarbiyalash maktabgacha ta’lim muassasalarining eng muhim vazifasidir.
Slayd 4
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida tabiatga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni tarkib toptirishga katta e’tibor beriladi. Bolalar tabiat haqida juda bo‘lmaganda ilk bilimlarni egallab olib, o‘simliklarni o‘stirish, hayvonlarni parvarish qilishning oddiy usullarini o‘rganib, tabiatni kuzatish, uning go‘zalliklarini ko‘ra olishni bilib olgan taqdirdagina ularda tabiatga nisbatan mehr-muhabbat va g‘amxo‘rlik munosabatida bo‘lishni tarbiyalash imkoniyati tug‘iladi. Bolalarda tabiatga jonajon o‘lka, ona- Vatanga muhabbat xuddi mana shu asosda shakllanadi.
Slayd 5
Shunga ko‘ra, maktabgacha ta’lim muassasalarida murg‘ak qalblarga ta’lim-tarbiya berayotgan tarbiyachilarning oldilarida eng 6 muhim vazifalaridan biri ham bolalarning tabiat go‘zalliklarini ko‘ra bilishi, uni sevishi, tabiatda yuz beradigan voqea-hodisalar haqida to‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lishi, qolaversa, tabiat yaratgan boyliklardan oqilona foydalanish ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘lmog‘I lozim. Bu borada» Tabiat bilan tanistirish nazariyasi va texnologiyalari»fanining maqsadi – bo‘lajak bakalavrlarni maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida bolalarni tabiat bilan tanishtirishning ilmiy, nazariy, metodik asoslari, tabiat bilan tanishtirishda turli ish shakllari va metodlardan foydalanish haqidagi tasavvurlarini hosil qilish, tabiat haqidagi fan va uning metodikasiga oid tushunchalar, darsni tashkil etish, tabiat haqidagi bilimlarni bolalarga etkazib berishda pedagogik texnologiyalar orqali yondashish yo‘llari, maktabgacha ta’lim muassasalarida ana shu ixtisoslikka mos yetuk,barkamol pedagogik kadrlarni tarbiyalashdan iborat. .
Slayd 6
“Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va texnologiyalari» fanining vazifalari esa:
-talabalarga bolalarni tabiat bilan tanishtirishning mazmuni, maqsad va vaifalari, metodlari;
-tabiat bilan tanishtirish ishlarini tashkil etish va bu sohada ilmiy-nazariy tushunchalarni hosil qilish,tafakkurlarini kengaytirish;
-turli metodlarni qo‘llash , zamonaviy va innovatsion texnologiyaga asoslangan mashg‘ulotlarni loyihalashtirish, ularni tashkil etish metodikasi bilan qurollantirish; Fanga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish kabi metodik vazifalarlarni to’g’ri belgilashdan iboratdir.
2Tabiat, inson va jamiyat haqida tushuncha Tabiat — bitmas-tuganmas xazinadir. O‘simliklar dunyosi, hayvonot olami yosh qalbning to‘g‘ri o‘sib shakllanishida, tabiatda bo‘ladigan voqeahodisalarning sir-asrorini o‘rganib voyaga yetishida katta manba bo‘lib xizmat qiladi. Tabiatdagi narsalar ikki qismdan: jonsiz va jonli tabiatdan iboratdir. Jonsiz tabiatga yer, quyosh, yulduzlar, suv, havo, toshlar, tuproq, jonli tabiatga esa o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, odamlar kiradi. Jonsiz tabiat deyilishiga sabab ular oziqlanmaydi, o‘smaydi, ko‘paymaydi, rivojlanmaydi. Masalan, toshni olsak, unga suv ham, havo ham kerak emas.
Slayd 7
Jonli tabiatga kiruvchilar esa oziqlanadilar, nafas oladilar, o‘sadilar va ko‘payadilar. Jonli tabiat vakillari o‘simlik, havo, suv, yorug‘lik, issiqlik va ozuqa bo‘lmasa yashay olmaydi. Jonli tabiatdagi barcha mavjudotlardan eng qudratlisi insondir. Inson fikrlaydi, mehnat qiladi, turli kashfiyotlar ixtiro qiladi. Tabiat insonni ma’naviy boyitishning bitmas -tuganmas manbaidir. Tabiat bilan inson o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlashda ekologik ta’lim-tarbiyaning roli nihoyatda katta. 7 Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshiriladigan uzluksiz ekologik ta’lim va tarbiya insonning tabiatiga, qolaversa, o‘ziga nisbatan yangi munosabatlarning shakllanishini taqozo etadi. Bu o‘z navbatida barkamol insonning shakllanishida poydevor bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Tabiatga nisbatan muhabbat uyg‘otish ona – Vatanga, uning tabiat yodgorliklari, tarixiy obidalari,osori-atiqalari xalqimizning an’analariga hurmat ruhida tarbiylashga, yuksak ma’naviyatli shaxsning shakllanishiga olib keladi.
Slayd 8
Biosfera yerda hayot paydo bo‘lgandan boshlab, uzoq tarixiy davrlar davomida rivojlanib kelmoqda. Yerning tirik 5 organizmlar va biogen cho‘kindi tog‘ jinslari tarqalgan qismini rus olimi akademik V.I. Vernadskiy biosfera (yunoncha — «bios» — hayot, «sfera» — shar) deb nomlagan. Biosfera sayyoramizning «hayot qobig‘i» hisoblanib, tirik organizmlarning o‘zaro chambarchas aloqa, munosabatlaridan iborat murakkab ekosistemalar majmuini tashkil etadi. V.I. Vernadskiy tushunchasiga ko‘ra, hozirgi vaqtda biosferaning tarkibiga faqatgina yerning qobig‘ida tarqalgan tirik organizmlar kirib qolmay, balki qadimgi davrlarda organizmlar ishtirokida hosil bo‘lgan litosfera qismi ham kiradi. Shuning uchun ham biosfera, neobiosfera va polebiosfera kabi tarkibiy qismlarga ajratiladi. Biosfera murakkab harakatdagi tizim ekan, unda moddalar almashinuvi natijasida energiyaning qabul qilinishi, to‘planishi va o‘tkazilishi kabi jarayonlar boradi.
Slayd 9
Biosfera funksional nuqtai nazardan bir necha qatlamlardan tashkil topgan. Biosfera yer sharidagi eng yirik ekotizim bo‘lib, u quyi darajalardagi kichik tizimlarga bo‘linib ketadi. Bular quruqlik va suv havzalari, okeanlar, metosferaning yuqori qatlami, atmosferaning quyi qatlamlari, bundan tashqari quruqlikda evolyutsion-tarixiy tizimlar sifatida biogeografik tabiiy mintaqalar, biomlar, landshaft zonalar, ayrim landshaftlar va hokazolarga ajraladi. Biosferaga katta doiradagi biotik moddalarning aylanishi xarakterlidir. Biosfera tushunchasi fanga 1875-yilda avstraliyalik zoolog E.Zyuss tomonidan kiritilgan. Biosfera haqidagi ta’limot esa akademik V.I. Vernadskiy tomonidan yaratilgan. Sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar yig‘indisini V.I. Vernadskiy «tirik modda» deb atadi.
Slayd 10
«Tirik modda»ning eng muhim xususiyatlari uning umumiy vazni, kimyoviy tarkibi va energiyasi hisoblanadi. Biosferaning ikkinchi tarkibiy qismi «o‘lik modda» bo‘lib, V.I. Vernadskiyning aytishi bo‘yicha tirik organizmlar qatnashadigan biosferadagi moddalar yig‘indisidan hosil bo‘ladi. Biosferada «oraliq moddalar» ham mavjud bo‘lib, ular o‘lik va tirik moddalarning birgalikdagi faoliyatidan hosil bo‘ladi. Ekologiya. Bugungi kunda ekologiya fani tushunchasi har bir kishining ongiga singib bormoqda. Deyarli har kuni gazeta sahifalarida, radio va 8 oynaijahon ko‘rsatuvlarida hozirgi sharoitdagi ekologik muammolar hamda ularni hal etish borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar haqida ma’lumotlar beriladi.
Slayd 11
Mamlakatimizning kelajagi bo‘lgan yoshlarimiz o‘z murabbiylarini nomini zo‘r ehtirom, chuqur minnatdorchilik bilan tilga oladilar buning uchun har bir o‘qituvchi O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonunida ko‘rsatilganidek, yuksak kasbiy tayorgarligi va yuqori ahloqiy fazilat egasi bo‘lishlari darkor. Ekologiya tushunchasi yunoncha so‘z bo‘lib, «eko» — uy, makon «logos»- » ta’limot» degan ma’noni bildiradi. Tabiiy uyimizni o‘rganish deganda, albatta, undagi barcha tirik organizmlar va jarayonlarni o‘rganish, ya’ni ushbu u yoki maskanni hayot uchun yaroqli holda saqlash kabi masalalar tushunilishi kerak. Ekologiya fani ham biologiya, geografiya fanlari singari mustaqil fan hisoblanadi.
Slayd 12
U tirik organizmlarning yashash sharoiti va ularni o‘zi yashab turgan muhit bilan o‘zaro murakkab munosabatlari hamda shu asosda vujudga keladigan qonuniyatlarni o‘rganadi. Ekologiya tushunchasi fanga birinchi bo‘lib 1866- yilda nemis biologi E. Gekkel tomonidan kiritilgan. Populatsiyalar, turlar, biotsenozlar, biogeotsenozlar va biosfera kabi tushunchalar ekologiya fanining manbai hisoblanadi. Shuning uchun umumiy ekologiya to‘rt bo‘limga bo‘lib o‘rganiladi:
autekologiya
populatsiyalar ekologiyasi
sinekologiya
biosfera
Slayd 13
Autekologiya («autos» — yunoncha so‘z bo‘lib, «o‘zi» degan ma’noni bildiradi) ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan o‘zaro munosabatini, ularning qanday muhitga ko‘proq va uzviy moslashganligini o‘rganadi.
Populatsiyalar ekologiyasi («papulason» — fransuzcha so‘z bo‘lib, «aholi» degan ma’noni bildiradi) populatsiyalar tuzilmasi va dinamikasini, ma’lum sharoitda turli organizmlar sonining o‘zgarish (biomassa dinamikasi) sabablarini tekshiradi.
Sinekologiya («sin» — yunoncha so‘z bo‘lib, uning ma’- nosi «birlikda» demakdir) biogeotsenozlarning tuzilishi va xossalarini, ayrim o‘simlik va hayvon turlarini o‘zaro aloqasini hamda ularni tashqi muhit bilan munosabatini o‘rganadi.
Biosfera. Ekotizimlarning tadqiq qilishning rivojlanishi biosfera haqidagi ta’limotni vujudga keltiradi. Bugungi kunga kelib ekologiya fani aniq 9 biologik fanlar tizimidan chiqib, atrof-muhitga zamonaviy fan va texnika taraqqiyotining ta’siri natijasida o‘ta kengayib ketdi.
Slayd 14
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 15
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TARBIYA DARSLARINI INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA TASHKIL ETISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TALIMDA TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA MOHIYATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ECO TOURISM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA TAYANCH VA FANGA DOIR XUSUSIY KOMPETENSIYALARNI TARKIB TOPTIRISH YO‘LLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
PEDAGOGIK FIKRLARNING ILK MANBALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ALGEBRAIK MATERIALLARNI O‘RGATISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DIKTANT VA UNING TURLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
CURRENT ISSUES IN AMERICAN EDUCATION SYSTEM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DEZOKSIRIBONUKLEN KISLOTA VA RIBONUKLEN KISLOTALARNING TUZILISHI VA FUNKSIYASI MAVZUSINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASINING ASOSIY RIVOJLANISH DAVRLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 45 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BRITISH AND AMERICAN EDUCATION SYSTEMS mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Ingliz tili darsi uchun mavzu, misollar va asosiy tushunchalar jamlangan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Ingliz tili














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.