Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning asosiy yo‘nalishlari
5000 so'm

=== Taqdimot: Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning asosiy yo‘nalishlari .pptx ===
=== Slayd 1 ===
Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning asosiyyo‘nalishlari
=== Slayd 2 ===
Reja:
01
02
03
Bolaning maktab ta’limiga tayyorligi tushunchasi va aqliy tayyorligi.
Bolalarning maktabda o‘qishga jismoniy tayyorgarligi.
Bolaning maktabda o‘qishga axloqiy-irodaviy tayyorligi.
=== Slayd 3 ===
Maktabga aqliy tayyorlikning muhim tarkibiy qismi maktabga o‘qishga kirayotgan bolada atrof, dunyo haqida yetarlicha keng bilish boyligining mavjud bo‘lishidir. Bilimlarning bu fondi o‘qituvchi o‘z ishini tashkil etishda tayanadigan zarur asos hisoblanadi. Maktabga aqliy tayyorligida bolalar egallagan bilimlarning sifati ahamiyatlidir.
=== Slayd 4 ===
Bilimlar sifatining ko‘rsatkichi birinchi navbatda ularni bolalar tomonidan ongli egallaganligi;
tasavvurlarining aniq va tabaqalashtirilganligi;
oddiy tushunchalar mazmuni va hajmining to‘liqligi;
o‘zlariga tushunarli o‘quv va amaliy vazifalarni hal etishda bilimlarni mustaqil qo‘llay olish qobiliyatlari;
muntazamliklik, ya’ni maktabgacha ta’lim yoshidagilarning narsa va hodisalar o‘rtasidagi tushunarli, muhim aloqa hamda munosabatlarni aks ettira bilish qobiliyatidir.
=== Slayd 5 ===
Bola maktabga aqliy tayyorgarligining tarkibiy qismi bola bilish faoliyatini muayyan darajada rivojlangan bo‘lishidir. Bu o‘rinda,
birinchidan, bilish jarayonining o‘sib boruvchi ixtiyoriyligi, materialni ma’no jihatdan ixtiyoriy eslab qolish va takror ifodalash, narsa va hodisalarni rejali idrok etish, qo‘yilgan bilish va amaliy masalalarni maqsadga muvofiq hal etish qobiliyati va shu kabilar;
ikkinchidan, bilish jarayonlari sifatini oshirish: sezgilarning aniqligi, idrokning to‘liq va tabaqalashtirilganligi, eslab qolish va takror ifodalashning tez va aniqligi;
uchinchidan, bolada atrof-dunyoga bilish munosabatlari, bilimlarni egallash va maktabda o‘qishga intilishning mavjudligi muhim ahamiyat kasb etadi.
=== Slayd 6 ===
Maktabgacha ta’lim tashkilotining bolalarni aqliy tarbiyalashga oid olib borayotgan muntazam, maqsadga muvofiq ish sharoitlarida bolalarda (faoliyat) tafakkur faoliyatida narsalarning ko‘p tomonlama tahlil qilish qobiliyati, ijtimoiy tarkib topgan sensor etalonlardan fan hamda hodisalar xususiyat va sifatlarini tadqiq qilishda foydalana bilish narsa va hodisalardagi asosiy aloqa, bog‘liqlik, belgilarni aniqlash asosida oddiy umumlashtirishlar qilish qobiliyati, o‘xshashlik va farqlanuvchi belgilarni izchil ajratish asosida narsalarni qiyoslashni amalga oshirish ko‘nikmasi tarkib toptiriladi.
=== Slayd 7 ===
Nutqning qanchalik yuqori darajada rivojlangan bo‘lishi bola maktabga aqliy tayyorgarligining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Tovushni aniq talaffuz qilish, lug‘atning boyligi,o‘z fikrini mantiqiy va grammatik to‘g‘ri bayon qila bilish, madaniy nutq muomalasi – bularning barchasi maktabda muvaffaqiyatli o‘qishning zaruriy sharti hisoblanadi.
Bolalar muntazam ta’lim sharoitlarida maktabgacha bolalik oxiriga kelib, o‘quv faoliyatining asosiy tarkibiy qismlarini: tushunarli o‘quv vazifasini qabul qilish, tarbiyachining ko‘rsatmalarini tushunish va aniq bajarishni ishni kattalar tomonidan ko‘rsatilgan usullaridan foydalanib bajarib bir natijaga erishish kabi ko‘nikmalarni egallab olishlari kerak.
=== Slayd 8 ===
Shunday qilib, maktabdagi o‘qishga aqliy tayyorlik bolalarni aqliy va nutqiy rivojlantirishning o‘zaro bog‘langan tarkibiy qismlardan tarkib topadi. Bilish faoliyati, bilish qiziqishlari, bola tafakkuri usullari, atrof dunyo haqidagi anglangan tizimlashtirilgan tasavvurlar hamda elementlar tasavvurlar, nutq va
Elementar o‘quv faoliyati umumiy darajasining birligi bolalarda maktabdagi o‘quv materialini egallashga aqliy tayyorlikni vujudga keltiradi.
=== Slayd 9 ===
Bolaning maktabda o‘qishga jismoniy tayyorligi o‘qishning muvaffaqiyatli bo‘lishida katta ahamiyatga egadir. Maktabga chiqish munosabati bilan bola turmush tarzining qayta qurilishi, kun tartibining o‘zgarishi, jiddiy o‘quv mehnati, darslarning davomiyligi undan sezilarli jismoniy zo‘r berishni talab qiladi.
=== Slayd 10 ===
Maktabga jismoniy tayyorlik ko‘pgina tarkibiy qismlardan tashkil topadi. Bu, birinchi navbatda, bola salomatligining yaxshi bo‘lishi, organizmning chiniqqanligi, ma’lum darajada chidamliligi va ish qobiliyati, kasalliklarga qarshilik ko‘rsata olishidir. Bolalarni maktabga tayyorlashda barmoq mayda mushaklarining rivojlanishi alohida o‘rin egallaydiki, bu yozuvni muvaffaqiyatli egallashning zaruriy shartidir.
=== Slayd 11 ===
Maktabga jismoniy tayyorlik, shuningdek, bola tomonidan madaniy gigiyenik malakalarni egallanishini, ularda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishidagini tarbiyalashni nazarda tutadi. Jismoniy tayyorlik bolada maktabga yetuklikni shakllantirishning zarur tarkibiy qismi hisoblanadi.
=== Slayd 12 ===
Bularga:
partada anchagina uzoq muddat o‘tirish uchun zarur bo‘ladigan tormozlanish qobiliyatining rivojlanganligi;
harakatlarni yaxshi boshqarish, jumladan, yozish va rasm solishga aloqador grafik vazifalarni bajarishda zarur bo‘ladigan barmoqlarning mayda harakatlari;
ijobiy va tormozlanishiga xos shartli aloqalarni nisbatan tez hosil qilish hamda mustahkamlash, shuningdek, ikkinchi signal tizimning yetarlicha rivojlanganligi kiradi. Bolalarni tekshirish ularni maktabda olti yoshdan o‘qishlari mumkinligini aniqlash imkonini beradi. Bolalarning maktabga jismoniy tayyorliklarini tekshirish natijasi ko‘pchilik bolalarda uning asosiy ko‘rsatkichlari me’yor atrofida ekanligini va hatto undan ilgarilashini ko‘rsatdi.
=== Slayd 13 ===
Bolalarning maktabga jismoniy tayyorliklarini tekshirish natijasi ko‘pchilik bolalarda uning asosiy ko‘rsatkichlari me’yor atrofida ekanligini va hatto undan ilgarilashini ko‘rsatdi. Kun tartibi, chiniqtiruvchi muolajalar, muntazam jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, xilma-xil harakatli o‘yinlar va jismoniy mashqlar, faol harakat rejimi bolalarning maktabda o‘qishga jismoniy tayyorligini ta’minlashning zaruriy shartlari hisoblanadi.
=== Slayd 14 ===
6-7 yoshli bolaning maktab ta’limiga tayyorligini aniqlashda maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchilar asosiy shart hisoblanmish – bolaning maktabga tayyorligi maktabgacha va maktab davridagi hayot tarzi hamda faoliyati uchun ko‘prik vazifasini o‘tashini, oila yoki maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’lim-tarbiya sharoitlarida maktab ta’limiga ozorsiz o‘tkazishni ta’minlash zarurligini hisobga olishlari lozim. Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqishi va munosabatlarida anchayin jiddiy o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun bolani yoki uydayoq maktab ta’limiga tayyorlash, uni uncha qiyin bo‘lmagan bilim, tushuncha, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo‘ladi.
=== Slayd 15 ===
Jismoniy tayyorgarlik bolaning sog‘lomligi, harakat ko‘nikmalari va sifati, qo‘l mushaklari va ko‘rish-motor muvofiqligi rivojlanganligi bilan izohlanadi. Shaxsiy tayyorligi, atrof-muhitga, kattalarga, tengdoshlariga, o‘simliklar dunyosiga, tabiiy hodisalarga, shaxsiy madaniyatni shakllanganligini nazarda tutadi. Aqliy tayyorgarlik bola obrazli va mantiqiy fikrlashi, tasavvurning, odamiylikning, bilimga qiziqishning, mustaqilligining, o‘zini-o‘zi nazorat qilishga, hamda o‘quv faoliyatini kuzatish, eshitish, eslab qolish, solishtirish kabi asosiy turlarini bilishni o‘z ichiga oladi. Bolaning maktabda ta’lim olishi samarasi uning ona tilini bilishiga va nutqni qanchalik rivojlanganligiga ko‘proq bog‘liq bo‘ladi.
=== Slayd 16 ===
Chunki butun o‘quv faoliyati shularga, ya’ni nutqiy mantiqiy rivoji, bolaning kattalarning yordamisiz mustaqil fikrlashi, til rivojlanganligi yutuqlarida erkin foydalana olishi, hikoya qilish, mulohaza yuritish, o‘z tasavvurini izohlay olish, tushunarli qilib bayon etish kabi omillar asosiga ko‘riladi.
=== Slayd 17 ===
Maktabga umumiy tayyorgarlik bolaning maktabga borish vaqtiga kelib aqliy, ma’naviy, estetik va jismoniy rivojlanishda erishgan shunday darajasidirki, u bolaning maktab ta’limining yangi sharoitlariga va o‘quv materialining ongli egallashga faol kirib borishlari uchun zarur asosni yaratadi.
Umumiy tayyorgarlik bola maktab ta’limiga o‘tish davriga kelib erishadigan psixik rivojlanishning muayyan darajasi bilan ifodalanadi.
=== Slayd 18 ===
Maktab ta’limiga psixologik tayyorgarlik bolaning o‘qishga intilishi o‘quvchi bo‘lish ishtirokida bilish faoliyati va tafakkur operatsiyalarining yetarlicha yuqori darajasi bolaning o‘quv faoliyati elementlarini egallashi iroda va ijtimoiy rivojlanishning muayyan darajasida namoyon bo‘lishda asoslangan tayyorlikni uz ichiga oladi. Bolani maktabga psixologik tayyorgarligining barcha komponentlari bolani sinf jamoasiga olib kirish maktabda o‘quv materialini ongni faol egallash keng doiradagi maktabga oid majburiyatlarni bajarishni qamrab oladi.
=== Slayd 19 ===
Bolani maktabga maxsus ravishda tayyorligi maktabda o‘qishga umumiy psixologik tayyorligiga qo‘shimchadir. U bolada matematika va ona tili kabi o‘quv fanlarini o‘rganish uchun zarur bo‘lgan maxsus bilim, ko‘nikma va malakalarning mavjudligiga ko‘ra aniqlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarda eng oddiy matematika tasavvurlarini tarkib toptirish, nutqni o‘stirish hamda savodni egallashga tayyorlanish yuzasidan o‘tkaziladigan jadal ish bolalarni maktabda o‘qishga maxsus tayyorlashning zarur darajasini ta’minlaydi.
=== Slayd 20 ===
Bolaning maktabda (o‘qishga axloqiy-irodaviy tayyorgarlik) umumiy tayyorligi mazmunida bir necha o‘zaro bog‘langan jihatlar mavjud bo‘lib, ulardan muhimlari ma’naviy, irodaviy, aqliy, jismoniy tayyorgarlikdir. Maktabda o‘qishga axloqiy-irodaviy tayyorlik bolaning maktabgacha bolalik oxiriga kelib axloqiy xatti-harakat, iroda, axloqiy hissiyotlar va ong rivojida unga yangi ijtimoiy nuqtayi-nazarni faol egallashiga hamda o‘zining o‘qituvchi va sinfdoshlari bilan o‘zaro munosabatlarini axloqiy asosda ko‘rishga imkon beradigan darajaga erishishida ifodalanadi. Axloqiy irodaviy tayyorlik katta maktabgacha ta’lim yoshidagi bola shaxsiy xulq-atvori rivojining muayyan darajasida namoyon bo‘ladi.
=== Slayd 21 ===
Maktabga qatnaydigan bola yangi turmush tarziga kishilar bilan o‘zaro munosabatning yangi tizimiga, faol aqliy faoliyatga tayyorlangan bo‘lishi darkor. U yangi jiddiy majburiyatlarni uddalashi uchun jismoniy rivojlanishda muayyan darajaga erishgan bo‘lishi kerak.
=== Slayd 22 ===
Bo‘lajak o‘quvchi xulq-atvordagi ixtiyoriylikning rivojlanish asosini maktabgacha ta’lim yoshi oxiriga kelib tarkib topadigan sabablar, o‘zaro bo‘ysunuvchilar tashkil qiladi. Maktabga axloqiy-irodaviy tayyorlikning tarkib topishida, shuningdek katta maktabgacha ta’lim yoshidagi bola shaxsiy xulq atvoridagi mustaqillik uyushganlik va intizomlilik kabi xususiyatlar ahamiyatlidir. Mustaqillik bilan uzviy bog‘langan xulq-atvor qoidalarini bajarish, yangi sharoitlarda harakatning to‘g‘ri odatiy usullaridan foydalanish, yordam berishga tayyorlik qobiliyatidir.
=== Slayd 23 ===
Nihoyat, maxsus tayyorgarlik bolani savodxonlikka o‘rgatish va uning maktabning 1-sinf o‘quv dasturi materialini yetarli darajada egallash haqidagi tushunchasini shakllantirishni nazarda tutadi. Maktabgacha ta’lim bolaning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Bola ta’limning keyingi bosqichlarida, shuningdek, butun hayoti davomida rivojlanib boradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim va tarbiya jarayonining maqsadi bolaning tayanch kompetensiyalari va rivojlanish sohalarining kompetensiyalarini shakllantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish va bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlashdir.
=== Slayd 24 ===
Ilk qadam davlat o‘quv dasturi kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan. Bu maktabgacha ta’lim va tarbiya jarayonida bolalar faoliyatining turli-tuman turlarida shakllanadigan kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning asosiy yo‘nalishlarida albatta bolaning kompetensiyalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Kompetensiya – bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir.
Kompetentli bola o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini muayyan vaziyatda safarbar qilishi va qo‘llashi, o‘z maqsadiga erishishi va rivojlanishning har bir bosqichida yoshiga mos keladigan vazifalarni hal qilishi mumkin.
=== Slayd 25 ===
Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning tayanch kompetensiyalari
● Kommunikativ.
● Ijtimoiy.
● Shaxsiy (“Men” konsepsiyasini qurish).
● Bilish.
Mazkur kompetensiyalar bolalarning o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini davom ettirishlari, o‘rganishdan zavqlanishlari va o‘rganganlarini baham ko‘rishlari, kashfiyotlarini boshqalar bilan bo‘lishishlarida yordam beradi.
=== Slayd 26 ===
Kommunikativ kompetensiya – atrofdagi odamlar bilan o‘zaro munosabatlarning konstruktiv usullari va vositalariga ega bo‘lishni taqozo qiladi; muloqot qilish va yuzaga kelgan o‘yin, bilish, maishiy va ijodiy vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish qobiliyati. Bu kompetensiyaga nutqning rivojlanishi ham kiradi. Nutq bolaning kognitiv va ijtimoiy rivojlanishi hamda dunyoni bilishi uchun zarur vositadir. Mazmunga boy va rag‘batlantiruvchi ta’lim muhitida bolalar og‘zaki va yozma muloqot ko‘nikmalarini rivojlantiradilar, bu ularga o‘zlariga ishonishga, boshqalar bilan munosabatlarni o‘rnatishga, dunyo haqidagi tushunchalarini shakllantirishga, mashg‘ulotlarda ishtirok etishga va loyiha ishlarini jamoa bo‘lib bajarishga yordam namoyon etishlari mumkin.
=== Slayd 27 ===
Bolalar kattalar va boshqa bolalar tomonidan tushunilishlari uchun o‘zlarini namoyon etishlari mumkin. Ular aytilganlarni tushunish uchun tinglaydilar va kuzatadilar; savol va topshiriqlarni eshitadilar va shunga mos javob berishadi. Ular nutqni, ayniqsa o‘qish va yozishni o‘z ichiga olgan mashg‘ulotlarga ijobiy qarashadi. Ular nutqning turli shakl va funksiyalarini biladilar, ulardan foydalanadilar va kerak bo‘lganda ularni turli xil muloqot holatlarida moslashtiradilar.
=== Slayd 28 ===
Ijtimoiy kompetensiya – bu bolaning belgilangan tartib va odob-axloq qoidalariga rioya qilgan holda tengdoshlari va kattalar bilan birgalikda ishlash qobiliyati. Bolalar boshqalarni hurmat qilishni va ularning aytganlarini hisobga olishni o‘rganadilar. Guruhlarda samarali ishlash uchun zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalariga amal qiladilar. Muammoli vaziyatlarda ular yoshi va individual rivojlanish xususiyatlariga mos ravishda ularni hal qilish harakatlarini amalga oshiradilar.
=== Slayd 29 ===
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv bir qismi sifatida ko‘radilar va o‘z huquq hamda majburiyatlari borligini tushunadilar. Ular individual farqlarga ochiq. Bolalar boshqalar bilan uyg‘unlikda yashashlari mumkin. Ular turli insonlar bilan muloqot qilishadi va atrofdagilarning madaniy jihatdan xilma-xilligini tan oladilar, ularga yordam beradilar va qo‘llab-quvvatlay oladilar.
=== Slayd 30 ===
Shaxsiy kompetensiya (“Men” konsepsiyasini yaratish). Shaxsiy kompetensiyani rivojlantirish orqali bola maktabgacha yoshda shakllanadigan va butun hayoti davomida takomillashib boradigan bir qator xususiyatlarni namoyish etadi. Bu kompetensiya bolaning o‘z-o‘ziga g‘amxo‘rlik qilish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish qobiliyatini hamda kundalik hayotini boshqarish va barqaror sog‘lom turmush tarzini amalda qo‘llash mahoratini o‘z ichiga oladi. Bolalar hayotdagi o‘z o‘rnini biladilar, o‘zlarining, shuningdek, boshqalarning farovonligi haqida g‘amxo‘rlik qilishga o‘rganadilar.
=== Slayd 31 ===
Bola mustaqil va u o‘ziga ishonadi. O‘zining kuchli va zaif tomonlarini biladi, ularni bartaraf etish ustida ishlay boshlaydi. U o‘zining boshqalardan farqli tomonlarini tushunadi. O‘z g‘oyalarini ilgari suradi va targ‘ib qila oladi; o‘zi uchun qaror qabul qilishni o‘rganadi.U qanday tanlashni biladi, o‘z oldiga maqsadlar qo‘yadi. O‘z harakatlari uchun tashabbus va mas’uliyatni namoyon qiladi. O‘zining yaxshi ko‘rgan narsasi, qiziqishlari, his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashadi. O‘sib borayotgan jismoniy, kognitiv, hissiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondiradi.
=== Slayd 32 ===
Ular o‘zlarining kashfiyotlari bilan o‘rtoqlashadilar va asta-sekin mustaqil, o‘z-o‘zini boshqaradigan, tahlil qila oladigan va ijodkor shaxsga aylanadilar. Bolalar muammoni hal qilishga e’tibor qaratishlari, muammolarni hal qilish strategiyalarini ishlab chiqishlari va atrofdagi dunyoni tushunish va tushuntirish uchun maqsadlar qo‘yishda kognitiv qobiliyatlarini ishga solishlari mumkin. Bolalar o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini davom ettirishlari, o‘rganishdan zavqlanishlari va o‘rganganlarini baham ko‘rishlari, kashfiyotlarini boshqalar bilan bo‘lishishlari mumkin.
=== Slayd 33 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.