Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash
4000 so'm

Slayd 1
Maktab ta’limiga bolalalrni tayyorlash
Slayd 2
Reja:
Kirish
Bolalalrni maktab ta’limiga tayyorligi tushunchasi.
Bolalalrni maktab ta’limiga psixologik tayyorlash
Bolalalrni maktab ta’limiga tayyorlashda pedagogning roli
Xulosa
Slayd 3
Maktabgacha ta’lim bosqichi uzluksiz ta’limning eng muhim, mas’uliyatli, bola tarbiyasi va ta’lim olishi poydevori, asoslari shakllanadigan bosqichidir. Maktabgacha ta’limning asosiy vazifalari bolalarni xalqning boy milliy, madaniy, tarixiy me’rosi va ma’naviy- axloqiy an’analari ruhida tarbiyalash, bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yosjdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o’qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o’zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog’ligini ta’minlashdan iborat. Bu bosqichda bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash masalasi eng dolzarb masalalardan sanaladi.
Slayd 4
1. Bolalarni nutqini rivojlantirish.
Bolalarni rivojlantirish va maktab ta’limiga tayyorlash bosqichlari. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar, asosan, maktab ta’limiga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida va oilada tayyorlanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablari sog‘lom va yetuk, maktabga, o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirib borishdan iboratdir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni rivojlantirish va maktab ta’limiga tayyorlash 3 bosqichda amalga oshiriladi.
Jismonan rivojlantirish
Ma’nan rivojlantirish
Slayd 5
Bolaning maktab ta’limiga tayyorligi tushunchasi.
O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda, otaonalarning mustaqil ta’lim berishi orqali yoki doimiy faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb qilinmagan bolalar uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarda, maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Bu yerda ular haftada 2-3 marta shug‘ullanishadi. Ota-onalarga maktabgacha ta’lim shaklini tanlash huquqi beriladi.
Slayd 6
6-7 Yoshli bolaning maktab ta’limiga tayyorligini aniqlashda maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchilar asosiy shart hisoblanmish – bolaning maktabga tayyorligi maktabgacha va maktab davridagi hayot tarzi hamda faoliyati uchun ko‘prik vazifasini utashini, oila yoki maktabgacha ta’lim tashkilotdagi ta’lim-tarbiya sharoitlarida maktab ta’limiga ozorsiz o‘tkazishni ta’minlash zarurligini hisobga olishlari lozim. Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga utishi hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqishi va munosabatlarida anchayin jiddiy o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun bolani yoki uydayok maktab ta’limiga tayyorlash, uni uncha qiyin bo‘lmagan bilim, tushuncha, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo‘ladi.
Slayd 7
3. Bolalalrni maktab ta’limiga psixologik tayyorlash.
Maktabga borish bolalarning hayotida juda katta voqеadir. Maktab hayoti bolalarga yangi bir dunyoni ochib bеradi, maktab davrida bolalarning siyosiy faoliyati o’zgardi. U endi bolalarning asosiy faoliyatlari, asosiy vazifasi va ijtimoiy burchi o’qish bo’lib qoladi. 6- 7 Yoshli bolalar uchun yangi faoliyat bulgan o’qish ulardan yangi sifat, yangi xususiyatlarga ega bo’lishlarini talab etadi. O’qish faoliyati uchun bolalardan barqaror diqqat, utkir zеxn, mustakillik ishchanlik va batartiblik xislatlari bulishi kеrak. Bolalarning maktablarga tishlari bilan yuzaga kеladigan anna shunday jiddiy uzgarishlarni nazarda tutib, ularni maktabdagi yangi har tamonlama tayyorlash kеrak.
Slayd 8
Shu narsa diqqatga sazovorki, hamma bog’chalardagi maktab yoshiga to’lgan bolalar maktabdagi o’qishga bab-baravar tayyor bo’lavеrmaydilar. Ayrim bolalar maktabga borgach, yangi sharoitga tеz kirishib kеta olmaydilar. Ularda o’qish uchun qandaydir bir xususiyat yеtishmayotgandеk ko’rinadi.
Yetti yoshga to’lish davri go’daklikning tugalishi davriga to’g’ri kеladi. Xuddi ana shu davrdan boshlab bolalarda o’z-o’zini anglash tarkib topa boshlaydi. Bolalarda 6-7 yoshdan boshlab shaxsiy ong tarkib topa boshlaydi. Shunday hollarda kurinadiki, bolalar o’zlari yashab turgan ijtimoiy muhitdan o’z o’rinlarini bеlgilashga, kattalar bilan yanada yaqinrok, yanada to’laroq munosabatlar sistеmasini o’rgatishga intiladilar.
Slayd 9
Bolalarning maktabga o’tishlari bilan yuzaga kеladigan ana shunday jiddiy o’zgarishlarni nazarda tutib, ularni maktabga yangi har tamonlama tayyorlash kеrak. Shunday qilib bolalarning maktabdagi o’qishga tayyorligi shaxsning ijtimoiy yеtuklik bosqichiga bola o’z-o’zidan ko’tarilmaydi. Uni bu bosqichga bog’chadagi va oiladagi butun ta’lim tarbiya ishi ko’taradi.
Yetti yoshli bolalarning xis-tuygulari ancha o’sadi. Hayrixohlik, rahmdillik, o’rtoqlik kabi xis-tuygular mustahkamlana boshlaydi. Yetti yoshga tulib, maktabga chiqqan bolalarning psixik jihatdan bundan kеyingi o’sishi maktabda oilada olib boriladigan ta’lim tarbiya ishi jarayonida amalga oshiriladi.
Slayd 10
Bola maktab ta’limiga avval psixologik jihatdan tayyorlanadi. Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzok muddatli va shartli barkaror bo’ladi. Bola diqqatning xususiyatlari roli va suyujеti o’yinlarda, rasm chizish va qurish yasash mashgulotlarida, loy hamda plastindan o’yinchoqlar tayyorlashda, o’zgalar nutqini idrok qilish va tushunishda, matеmatik amallarni yеchishda, hikoya tinglash va tuzishda ko’rinadi. Bola o’z diqqatini muayyan ob’еktga to’plashga intiladi. Shuningdеk, ta’lim uchun psixik o’sish darajasidan tashqari, bola turmushi va faoliyatining tafovutlari, sharoitlari, o’ziga xosligi, uning sihat-salomatligi, usuliy jihatdan tayyorgarligi, oddiy muvofiqdir.
Slayd 11
Bolalalrni maktab ta’limiga tayyorlashda pedagogning roli
Bolalalrni maktab ta’limiga tayyorlashda pedagog bolaning shaxsiga hurmat ko‘rsatadi va ta’lim va tarbiya jarayonini dastur tamoyillariga muvofiq tashkil qiladi. Pedagog fasilitator sifatida bolalarga ta’lim va tarbiya berishda o‘z bilimi, ko‘nikma va resurslaridan foydalanadi.
Pedagog bolalalrni maktab ta’limiga tayyorlashda ta’lim va tarbiya jarayonini rejalashtiradi, bolaning har tomonlama rivojlanishiga va uning salohiyatini ochishga hissa qo‘shadigan rivojlantiruvchi muhitni yaratadi. Buning uchun pedagog bolaning rivojlanish xususiyatlarini biladi, uning his-tuyg‘ularini tushunadi, har bir bolaning ehtiyojlari va qiziqishlarini aniqlaydi va hisobga oladi.
Slayd 12
Pedagog guruhda shunday inklyuziv muhit yaratadiki, unda har bir bola o‘zini ardoqli, qobiliyatli va ta’lim jarayoniga jalb qilingandek his qilishi kerak. Bolalalrni maktab ta’limiga tayyorlashda pedagog bolaning mustaqil harakat qilish, natijalarga erishish va yutuqlarni amalga oshirish hamda ulardan zavqlanish qobiliyatini rivojlantirishga hissa qo‘shadi. Pedagog, shuningdek, bolalarda zarurat bo‘lganida, har bir bola tarbiyachidan yordam va dalda olishi mumkinligiga ishonch hissining paydo bo‘lishiga yordam beradi
Slayd 13
Bolalalrni maktab ta’limiga tayyorlashda pedagog doimiy ravishda kasbiy kompetentligini takomillashtirish uchun o‘z kasbiy faoliyatini hujjatlashtiradi, tahlil qiladi va baholaydi.
Pedagog bolaning, ota-onalarning va mahalliy jamoatchilik vakillarining fikri va tajribasini hurmat qiladi va o‘z ishini teng sheriklik asosida quradi.
Slayd 14
Bolalar muntazam ta’lim sharoitlarida maktabgacha bolalik oxiriga kelib, o’quv faoliyatining asosiy tarkibiy qismlarini: tushunarli o’quv vazifasini qabul qilish, tarbiyachi-pedagogning ko’rsatmalarini tushunish va aniq bajarishni, ishni kattalar tomonidan ko’rsatilgan usullaridan foydalanib bajarib bir natijaga erishish, o’z faoliyati, xulq- atvori, topshiriqlarni bajarish sifati ustidan nazorat qilish ko’nikmasini, o’zining va boshqa bolalarning ishlariga tanqidiy baho berish qobiliyatini, egallab olishlari kerak.
Slayd 15
Nazorat savollari.
Bolalalrni maktab ta’limiga tayyorligi tushunchasi haqida ma’lumot bering.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni rivojlantirish va maktab ta’limiga tayyorlash necha bosqichda amalga oshiriladi va ular qaysilar?
Bolalalrni maktab ta’limiga psixologik tayyorlash deganda nimani tushundingiz?
Bolalalrni maktab ta’limiga tayyorlashda pedagogning roli qanday?
Slayd 16
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 17
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
DIZARTRIYANI BARTARAF ETISHDA KORREKSION PEDAGOGIK ISH TIZIMI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
O‘QISH DARSLARIDA QO‘LLANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
AN’ANAVIY, RIVOJLANTIRUVCHI VA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ENG QADIMGI DAVRLARDAN XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA JAHON PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
CURRENT ISSUES IN AMERICAN EDUCATION SYSTEM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
TURKISTONDA ILM FAN TARAQQIYOTI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASINING ASOSIY RIVOJLANISH DAVRLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 45 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
PEDAGOGIK FIKRLARNING ILK MANBALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYA O‘QITUVCHISI FOYDALANADIGAN LOKAL TEXNOLOGIYALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 10 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
BRITISH AND AMERICAN EDUCATION SYSTEMS mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Ingliz tili darsi uchun mavzu, misollar va asosiy tushunchalar jamlangan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Ingliz tili
PEDAGOGIKA SHAXS TARBIYASI VA RIVOJLANISH TO‘G‘RISIDAGI FAN ILMIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim











Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.