- Savatga boshqa "ACCURACY AND CORRECTING MISTAKES" qo'sha olmaysiz. Ko'rish

Slayd 1
BIOSFERA VA UNING TARKIBI
Slayd 2
Reja:
01
Biosfera haqida Vernadskiy ta’limoti.
02
Biosferadagi moddalarning xossasi va funksiyalari.
03
Biosferada moddalarning aylanishi.
04
Noosfera tushunchasi.
Slayd 3
Biosfera haqida Vernadskiy ta’limoti
Rus olimi V.I.Vernadskiy birinchi bo‘lib sayyoramizdagi barcha tirik organizmlarning olamshumul ahamiyatini ochib berdi. Olimning fikricha tirik organizmlar Yer yuzasini o‘zgartirishda eng kuchli omil hisoblanib, tog‘ jinslari, suv, atmosfera qismlari hayot ta’sirida o‘zgarib turadi va u biosfera (yunoncha “bios” – hayot, “sfera” – shar) deb ataladi.
Slayd 4
Biosfera Yer sharidagi eng yirik ekotizim deb qaralib, u ayrim ekotizimlarning yig‘indisidan tashkil topgan.
Atmosferaning quyi qatlamlari 10 km gacha hozirgi vaqtda tirik organizmlar tarqalgan.Litosfera (quruqlik)da hozirgi vaqtda tirik organizmlar tarqalgan chegara 5-6 km gacha, hisoblanadi.
Gidrosfera (suv havzalari)da hozirgi vaqtda tirik organizmlar tarqalgan chegara 17 km.
Slayd 5
V.I.Vernadskiy sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar yig‘indisini “tirik modda” deb atab, biosferaning eng muhim tarkibiy qismi ekanligini ta’kidlaydi.
Tirik moddaning umumiy vazni kimyoviy tarkibi va energiyasi kabi xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Biosferaning umumiy vazni 3.1024 g, shundan tirik moddaning vazni 1,8 – 2,5.1018 g. ga teng.
Slayd 6
Iqlim
01
Biosferaning ikkinchi tarkibiy qismi – o‘lik moddalar
Atmosfera
02
Tog‘ jinslari
03
Slayd 7
V.I. Vernadskiy ta’limoti bo‘yicha
V.I.Vernadskiy ta’limoti bo‘yicha o‘lik modda hosil bo‘lishida tirik organizmlar qatnashmaydigan biosferadagi moddalar yig‘indisi kiradi.
Biosferada oraliq moddalar ham ajratilib, ular o‘lik va tirik moddalarning birgalikdagi faoliyatidan hosil bo‘ladi. Tirik organizmlar oraliq moddalar hosil bo‘lishida yetakchi o‘rinni egallaydi.
Oraliq moddalar Yerdagi tirik moddaning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan tuproq, yemirilgan tog‘ jinslari va barcha tabiiy suvlardir. Bulardan tashqari biogen moddalar ham mavjud. Ular tirik organizmlarning hayoti davomida hosil bo‘ladi va o‘zgarishlarga uchraydi.
Slayd 8
Biosferaning tirik moddasi katta energiya zaxirasiga ega.
01
Biosferadagi moddalarning xossasi va funksiyalari
Tirik va o‘lik moddalar o‘rtasidagi keskin farq ularda boradigan kimyoviy reaksiyalar tezligidadir.
02
Tirik moddaning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, undagi oqsillar, fermentlar va boshqa kimyoviy birikmalar faqat tirik organizmlarda barqaror bo‘ladi.
03
Slayd 9
Biosferada har qanday moddaning erkin harakati va ma’lum darajada o‘z-o‘zini idora etishi umumiy xususiyat hisoblanadi.
04
Tirik modda o‘lik moddaga nisbatan morfologik va kimyoviy xilma-xilligi jihatidan ajralib turadi.
05
Tirik modda biosferada ayrim organizmlar sifatida namoyon bo‘lib, ularning o‘lchami ham juda xilma-xil.
06
Slayd 10
Tirik moddaning asosiy biogeokimyoviy xususiyatlari quyidagilar:
Slayd 11
1. Energetik xususiyati
Fotosintez jarayoni orqali quyosh energiyasini to‘plash va uni keyinchalik biosferaning ayrim tarkibiy qismlarga taqsimlanishi. Biosferada quyosh energiyasining to‘planishi tufayli unda hayotning barcha ko‘rinishlari mavjuddir.
Slayd 12
2. Gazlar hosil qilish va ularning harakatini amalga oshirish xususiyati
Gazlarning aylanib yurishi, o‘zgarishi orqali biosferaning gaz tarkibini ta’minlaydi. Sayyoramizdagi asosiy gazlar biogen yo‘l bilan kelib chiqqan. Tirik modda faoliyati natijasida azot, kislorod, karbonat angidrid gazi, vodorod sulfid, metan va boshqa gazlar hosil bo‘lgan.
Slayd 13
3. Biogen moddalarni to‘plash xususiyati
Tirik modda tarkibida engil elementlarning atomlari (H, C, N, O, Na, Mg, AI, Si, S, CI, K, Ca) ko‘p miqdorda uchraydi. Ushbu elementlarning miqdori tirik organizmlar ta’sirida tashqi muhitga nisbatan yuz va ming barobar ortiq to‘planadi. Ana shu xususiyat tufayli biosferaning kimyoviy tarkibi xilma-xil ekanligi hamda o‘lik moddalardan keskin farq qilishi namoyon bo‘ladi.
Slayd 14
4. Oksidlanish-qaytarilish xususiyati
Ma’lum moddalar (atomlari o‘zgaruvchan darajadagi oksidlanish xususiyatiga ega bo‘lgan) doimiy ravishda kimyoviy o‘zgarishlardan iborat bo‘lib, bunda Yer yuzasida biogen moddalarning oksidlanish-qaytarilish jarayonlari ustunlik qiladi.
Slayd 15
5. Parchalanish xususiyati
Tirik organizmlarning nobud bo‘lishidan keyin parchalanish, ya’ni organik moddalarning minerallashish jarayoni sodir bo‘ladi. Natijada biosferada biogen va oraliq moddalar hosil bo‘ladi.
Slayd 16
6. Muhit hosil qilish xususiyati
Organizmlarning hayot faoliyati natijasida muhitning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarini o‘zgartirishdan iborat bo‘lib, V.I.Vernadskiy “Organizmlar tashqi muhit bilan bog‘langan, shuning uchun u tashqi muhitga nafaqat moslashib qolmay, balki unga moslashgan”, deb yozgan yedi.
Slayd 17
Moddalarning Yerning tortish kuchiga qarshi gorizontal yo‘nalishda tashib yurilishi.
7. Transport xususiyati
Slayd 18
Biosferada moddalarning aylanishi
Biosferada kimyoviy elementlar tirik organizmlarning faoliyati natijasida aylanib turadi. Kimyoviy elementlarning biosferaning bir tarkibiy qismidan ikkinchisiga o‘tishi shu bilan birga dastlabki holatga qaytishi biosferada moddalarning aylanishi deyiladi.
Slayd 19
Energiyaning aylanishi moddalarning aylanishi bilan chambarchas bog‘liq. Moddalarning kichik doirada (biologik) va katta (geologik) doirada aylanishlari kuzatiladi biologik doirada aylanish organizmlar o‘rtasida, quruqlikda tuproq bilan organizm o‘rtasida, gidrosferada esa organizm bilan suv o‘rtasida sodir bo‘ladi.
Slayd 20
Noosfera tushunchasi
Insoniyat jamiyati o‘zining barcha xususiyatlari
bilan birga Yer yuzidagi hayot rivojlanishi (biogenez)ning navbatdagi bosqichidir. U eng kuchli tabiiy omil sifatida nafaqat sayyoramiz, balki kosmik fazoni ham o‘zgartirib yubormoqda.
Slayd 21
Noosferaning lug‘aviy ma’nosi “fikrlovchi qobiq” demakdir. V.I.Vernadskiy fikricha noosfera biosferaning qonuniy rivojlanishi natijasida kelib chiqadigan bosqich bo‘lib, inson bilan tabiat o‘rtasidagi o‘zaro ongli aloqa munosabatlarini o‘z ichiga oladi.
Slayd 22
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 23
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.