BIOSFERA

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
BIOSFERA
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
1. Tabiatda moddalarning aylanishi.
2. Suvning tabiatda aylanishi.
3. Azotning tabiatda aylanishi.
4. Uglerodning tabiatda aylanishi.
5. Biosferadagi global muammolar.
=== Taqdimot 3 ===
“Biosfera” yangi atama bo‘lib, fanda XIX asrdan shakllana boshlandi. V.I.Vernadskiy ta’rificha, biosfera insoniyat yashaydigan muhit bo‘lib, uning hayotiy jarayonlari shu muhitda kechadi va rivojlanadi. Inson xatti-harakatlari, ayniqsa, nafas olish orqali qayerda yashashidan qat’iy nazar shahardami yoki olis qishloqdami, shu muhit-tabiat bilan doimiy bog‘langan bo‘ladi.
Biosfera  haqida tushuncha
=== Taqdimot 4 ===
Biosfera (grekcha bios-hayot, sphaira-shar, qobiq) yerning murakkab tashqi qobig‘i bo‘lib, unda barcha tirik organizmlarning yashashi uchun qulay sharoit mavjud. Biosfera-tabiatning tirik organizmlar yashashi uchun qulay muhit yaratish imkoniga ega bo‘lgan ulkan inshoot. Barcha tirik organizmlar kabi, biz ham bu ulkan inshootda o‘z faoliyatimizni o‘taymiz.
=== Taqdimot 5 ===
Biosferada inson uchun zarur narsalarning hammasi mavjud. Ular u yoki bu tarzda tabiatda uchraydi. Shu bilan birga inson tabiatga o‘z ta’sirini ijobiy yoki salbiy ravishda bildiradi. “Biosfera” atamasi fanga avstriyalik geolog Eduard tomonidan 1875-yilda kiritildi. Uning fikricha, biosfera yupqa qobiq bo‘lib, yerni o‘rab turadi. U davrda fanning bu yo‘nalishi mutlaqo shakllanmagan edi.
=== Taqdimot 6 ===
XX asrga kelib, fanda, insonlar hayotida biosferaning ahamiyati shunchalik oshib ketdiki, natijada tabiatshunoslikda yangi ilmiy yo‘nalish-biosfera haqida ta’limot yaratildi va juda tezlik bilan rivojlandi. Bu yo‘nalishga buyuk  olimi V.I.Vernadskiy asos soldi. Aslida bu vaqtgacha “biosfera” ham biosferani anglatadigan “hayot maydoni”, “tabiatning ko‘rinishi”, “yerning tirik qoplami” yoki boshqa atamalar bilan izohlangan.
=== Taqdimot 7 ===
Dastlabki paytlarda “biosfera” atamasi orqali sayyoramizda yashovchi tirik organizmlarning o‘zaro bog‘liqligi va yashashi tushunilgan, ayrim vaqtlardagina ularning geografik, geologik  kosmik jarayonlar bilan bog‘liqligi haqida fikr yuritilgan.
=== Taqdimot 8 ===
Hatto “biosfera” atamasining asoschisi E.Zyuss ushbu atama muomalaga kiritilganidan 30 yil o‘tgach, yozilgan “Yerning yuzi” nomi kitobida (1909-yil) biosferaning qayta ta’sir kuchini sezmagan, uni ma’lum vaqtda, ma’lum sharoitda yerdagi hayot kechiradigan organizmlarning birligi deb izohlagan. Yer va uni o‘rab turgan tashqi muhit quyosh tizimining bir qonuniyat asosida rivojlanishi mahsuli hisoblanadi.
=== Taqdimot 9 ===
Yer o‘zining rivojlanishi va hayotiy jarayonlari, uchun quyoshdan elektromagnit nurlari ko‘rinishida energiya olib turadi. Quyoshning harorati yerdagi iqlimni hosil qiladi va barcha geologik jarayonlarning borishi uchun asos bo‘lib qoladi. Yerning tubidan juda katta miqdorda harorat chiqadi.Tabiiy resurslar miqdori cheklangan. Sayyoramizning tuzilishi bir xil emas, u ichki va tashqi qobiqlar bilan o‘ralgan, ichki qobig‘i geosfera bo‘lib u ham o‘z navbatida ikkiga- yadro va mantiyaga bo‘linadi, tashqi qobig‘i esa, litosfera, gidrosfera, atmosfera.
=== Taqdimot 10 ===
Bularning hammasi yerning murakkab, birlashgan qobig‘i-biosferani tashkil qiladi. Buyuk olim J.B.Lamark (1744-1829 yillarda) yer po‘stining shakllanishi va rivojlanishida tirik organizmlarning o‘rni juda katta ekanligini ko‘rsatgan. Olimning ta’rificha, yer yuzasidagi va uning po‘stlog‘ini tashkil qiluvchi barcha narsalar tirik organizmlarning uzluksiz harakati tufayli hosil bo‘lgan. Biosfera haqidagi ma’lumotlar botanika, tuproqshunoslik, o‘simliklar geografiyasi va boshqa biologik va geografik fanlarning rivoji bilan shakllanib bordi.
=== Taqdimot 11 ===
Biosferani tushunish va uni bilish ekologiya fani yuzaga kelishi bilan to‘ldirildi, chunki ekologiya tirik organizmlarning tashqi muhit bilan bog‘ligini o‘rganadigan fan hisoblanadi. Biosfera tabiatning aniq tizimi bo‘lib, uning borligi energiya va moddalar aylanishi tirik organizmlar ishtirokida kechishini ko‘rsatadi.
=== Taqdimot 12 ===
Biosfera Yerning o‘ziga xos qobig‘i bo‘lib, barcha tirik organizmlarni bir-biriga bog‘liq holda saqlaydi va ular sayyorada moddalar bilan uzluksiz modda almashinuvini olib boradi. Biosfera eng katta ekosistemaning asosi hisoblanadi, abiotik va biotik qismlarga bo‘linadi. Abiotik qism quyidagilar:
-tuproq va uning pastki qatlamlaridagi jinslar yoki tirik organizmlar bo‘lib, ular bu tuproq jinslaridagi fizik muhitda modda almashinuviga ega bo‘ladi;
-atmosfera havosi mavjud bo‘lgan yuqori qatlamlar bu yerda hayot borligini anglatadi.
=== Taqdimot 13 ===
Biotik qism. Bu qism tirik organizmlardan tashkil topib, organizmlar o‘zlarining barcha faoliyatlarini shu yerda davom ettiradilar, ularsiz hayotning o‘zi bo‘lmaydi: ular hayotning hayotbaxsh (biogen) atomlaridir. Tirik organizmlar bu atomlarni o‘zlarining nafas olish, oziqlanish, ko‘payish va biosferaning hamma qismlarda modda almashinish davrida ishlab chiqaradi. Biosferada atomning biogen migratsiyasi asosida ikki biokimyoviy prinsip mavjud. Ular quyidagilardir:
-hayotning hamma joyida hamma vaqt paydo bo‘lish imkoniga ega bo‘lish; -biogen migratsiya yordamida tirik organizmlarning yashashi uchun sharoit yaratib berish.
=== Taqdimot 14 ===
Biosfera qobig‘i uch qatlamdan atmosfera, gidrosfera, litosferadan iborat. Atmosfera uning kislorod va azotdan iborat gaz qobig‘i bor. Shuningdek, kam miqdorda karbonat angidrid (0,03%), ozon va boshqa gazlar mavjud. Atmosferaning holati, yer yuzasidagi hamda suvli muhitdagi fizik, kimyoviy va biologik jarayonlarga katta ta’sir qiladi. Biologik jarayonlarning borishi, organizmlarning nafas olishi va o‘lik organik  moddalarning minerallashishi uchun kislorod hamda karbonat angidrid zarur bo‘ladi. Nafas olish va fotosintez jarayonlarida ozon qatlamlarni yer yuzasini ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi
=== Taqdimot 15 ===
Azot, karbonat angidrid va suv bug‘i vulqonlarning harakati natijasi, kislorod fotosintez mahsulidir. Atmosfera bir necha qatlamga ega.Troposfera – eng pastki qatlam, yerga tutashgan qism (9-17 km.). Bu qatlam atmosferadagi 80 foiz gaz va suv bug‘ini o‘zida saqlab turadi. Stratosfera .Mezosfera.Termosfera (ionosfera) Noosfera-bu qatlamda “tirik narsa” mutlaqo yo‘q. Gidrosfera-yerning suv qobig‘idir. Suv tez harakatlanish hamda yerga singish, hamma joyda o‘ziga xos holda bo‘lishi, o‘ziga chetdan boshqa molekulalarni biriktirib olish imkoniga ega.
=== Taqdimot 16 ===
Karbonat angidrid atmosferaga qaraganda suvda 60 marta ko‘p. Gidrosfera Litosferaning shakllanish davridan boshlab yer yuziga juda katta miqdorda suv bug‘i chiqargan. Litosfera-yerning tashqi qattiq qobig‘i bo‘lib, cho‘kma va magmatik jinslardan iborat. Yer po‘sti deb, yerning ustki qattiq qatlamiga aytiladi. Litosferaning yuza qismi-tirik organizmilar yashashi uchun qulay sharoit mavjud qismiga tuproq deyiladi.
=== Taqdimot 17 ===
Sug‘orishning tejamkor zamonaviy texnika va texnologiyalarini qo‘llash;
Suvdan foydalanish samaradorligini oshiruvchi tajribalarni qo‘llab quvvatlash;
SIU faoliyatini rivojlantirish;
Yer resurslaridan samarali va oqilona foydalanish;
Sug‘oriladigan  yerlarning meliorativ holatini  yaxshilash va uning unumdorligini oshirish.
Yer va suv resurslaridan samarali foydalanish
=== Taqdimot 18 ===
=== Taqdimot 19 ===
Organizmlarning chirigan qismi gumusga yoki tuproqning unumdor qatlamga aylanadi. Tuproqning tarkibiy qismini minerallar, organik moddalar, tirik organizmlar, suv va gazlar tashkil qiladi. Litosferada ko‘p uchraydigan kimyoviy elementlarga  AI, Fe, Ca, Mg, Na, K lar kiradi. Tirik organizmlar yerning ustki qatlamida asosan 3-5 metr joylashadi, ayrim o‘simliklarning ildizlari 35-40 m chuqurlikkacha kirib boradi. Tuproq tarkibidagi mineral moddalar tog‘ jinslarining nurashidan hosil bo‘lsa, organik moddalar tirik organizmlarning hayot mahsulidir.
=== Taqdimot 20 ===
Dunyo misolida olib qarasak biosfera chegarasi juda kichik va tor bo‘lib qoladi, ammo tirik organizmlar biosferada juda xilma-xil joylashgan. Atmosferaning yuqori qatlamlari va gidrosfera chuqurliklarida ular juda kam. Hayotiy jarayonlar asosan yer yuzida, tuproqda va suvning yuqori qatlamida boradi.
=== Taqdimot 21 ===
Yer yuzida 2 mlrd.dan ortiq aholi toshko‘mirdan foydalanadi. ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 80 %ni an’anaviy uglevodorod xomashyosi asosida ishlab chiqariladi. Tabiiy boyliklarning 80% i 20 % aholi tomonidan iste’mol qilinadi.
=== Taqdimot 22 ===
O‘simliklarning biomassasi juda ko‘p bo‘lib, ularning massasi 99,2 foizni tashkil qilsa, hayvonlar va mikroorganizmlar massasi 0,8 foiz. Suvli muhit yoki okeanlarda bu nisbat teskari: okeanlarda o‘simliklar ulushi 6,3 foiz, hayvon va mikroorganizmlar ulushi 93,7 foiz. Yerdagi biomassaga nisbatan juda kam yoki 0,13 foiz. Tirik organizmlarning tarqalgan turlariga nisbatan olib qarasak, ma’lum bo‘ldiki, biomassaning 99 foizi 21 tur, hayvonlar biomassasining 96 foizi umurtqasizlar, 14 foizi umurtqalilar va shuning o‘ndan bir qismi sut emizuvchilar biomassasidir. Jami tirik organizmlar massasi butun biosfera massasiga nisbatan 0,25 foizni tashkil qiladi.
=== Taqdimot 23 ===
Biosferada tirik moddalar bilan birga nisbiy moddalar ham mavjud. Tog‘ va tuproq jinslariga kiruvchi bu moddalar massasi juda ko‘p. Biosferadagi modda va energiya modda almashinuvi uchun tirik organizmlar ularni, o‘zlarini o‘rab turgan muhitdan oladi.
=== Taqdimot 24 ===
Tirik materiyaning bir qismi qayta tug‘iladi, qayta tiklanadi va chirib, yo‘q bo‘ladi. Bu holatlar o‘rtasida ham hamisha muvozanat saqlanib turadi. Har yili biosferadagi o‘simlik va hayvonlarning ko‘payishi natijasida 10 foizga yaqin biomassa qo‘shiladi. V.LVernadskiy nazariyasining mohiyati shundaki, u tirik moddalarning ahamiyatini hamisha tan oladi va ular sayyoraning qiyofasini o‘zgartiradi, deb e’tirof etadi. Tirik organizmlarning ahamiyati geologik davrda juda katta bo‘lgan. Shuning uchun Vernadskiy aytadiki, yer kurrasida doimiy harakat qiluvchi kimyoviy kuchlar yo‘q, ammo tirik organizmlarning harakatini olib qarasak, ular juda katta kuchdir.
=== Taqdimot 25 ===
Demak, ular biz yashayotgan zaminga go‘zallik baxsh etishga qodir katta kuchdir. V.I.Vernadskiy ta’limotining ikkinchi nuqtayi nazariga ko‘ra, biosferaning tashkillanishida, tirik va tirik bo‘lmagan organizmlar o‘rtasidagi muhitga moslashish jarayonida tashkillanib boradi. “Organizm, – deb yozadi V.I.Vernadskiy, – hamma vaqt-muhit bilan bog‘liq, aslida u muhitga moslashmaydi, balki muhitning o‘zi organizmga moslashadi”. Bunday bog‘lanish mahsulini ko‘p sonli madaniy o‘simliklar va uy hayvonlarining yangi turlari hosil bo‘lganidan ko‘rishimiz mumkin.
=== Taqdimot 26 ===
Hosil bo‘lgan bunday yangi turlar yashab ketishi uchun insonning yordami kerak, aks holda ular yovvoyilashib yoki yo‘qolib ketadi. Shu boisdan ham Vernadskiy tirik moddalarning geokimyoviy jarayonlarini hayvonlar, o‘simliklar va madaniy ongli inson bilan bir butun bog‘lanishda, deb ta’riflaydi. Olimning fikricha oldinlari ikki omilga tirik tana va uning hayot faoliyati mahsuldorligiga e’tibor berishmagan.
Molekulaning chap-o‘ng asimmetriya va hayot, bir tomondan organik moddalarning optik aktivligini fransuz olimi Lui Pastyer ochdi.
=== Taqdimot 27 ===
Biosferada energiya beruvchi tirik organizmlarning hissasi va tirik bo‘lmagan moddalarga ta’siri mutlaqo baholanmagan edi. Chunki biosfera tarkibiga faqat tirik moddalar emas, balki tirik bo‘lmagan turli tanalar ham kiradi. V.I.Vernadskiy ularni (atmosfera, tog‘ jinslari, minerallar), shuningdek, barcha tirik va nisbiy jinslardan hosil bo‘lgan moddalarni nisbiy, deb hisoblaydi. Tirik moddalar biosferaning hal qiluvchi qo‘shilmasi bo‘lgani bilan ular aslida faqatgina biosferada yashashi va rivojlanishi mumkin. Shuning uchun ham V.I.Vernadskiy e’tirof etganidek, tirik organizmlar biosferaning barcha vazifalarini bajaradi hamda material va energetik tomondan bog‘liq bo‘lib, katta geologik kuchga ega.
=== Taqdimot 28 ===
Biosferaning boshlang‘ich paydo bo‘lish asosi va undagi biogeokimyoviy jarayonlar sayyoramizning astronomik holatidan kelib chiqadi. Bu holat dastlab quyoshdan qancha uzoqda joylashish masofasi, ekliptikaning yer o‘qiga egilishi bilan ifodalanadi. Yerning joylashish kengligi sayyoradagi iqlimni belgilaydi. Yer esa, o‘z navbatida, o‘zida yashovchi barcha tirik organizmlarning hayot-faoliyatini belgilaydi. quyosh biosferadagi asosiy energiya manbai bo‘lib, sayyoramizdagi barcha geologik, kimyoviy va biologik jarayonlarning harakatlantiruvchisi hisoblanadi. Quyoshning biosferadagi ahamiyatini energiyaning saqlanish va aylanish qonuni asoschilaridan biri bo‘lgan Yulius Maer (1814-1878-yillar) shunday ifodalaydi: Hayot-bu quyosh nurining hosilasidir.
=== Taqdimot 29 ===
Tirik organizmlardagi o‘zgarish hayotiy jarayonlar notirik jinslarda tez boradi. Shuning uchun ham tirik organizmlardagi o‘zgarish butun tarixiy davrni o‘z ichiga olsa, notirlk jinslarda bu jarayon geologik davr bilan o‘lchanadi. Geologik davrning bir sekundi tarixiy davrning yuz ming yiliga teng.
Geologik davr jarayonida tirik moddalarning quvvati va notirik jinslarga ta’siri oshib boradi. Bu ta’sirni V.I.Vernadskiy shunday ifodalaydi: “Tirik moddalarning uzluksiz biogen atomlari notirik jinslarga ta’sir qiladi lekin o‘z navbatida ular ham tirik moddalarga ta’sirlini o‘tkazadi”.
=== Taqdimot 30 ===
Shunday qilib, xulosa qilib aytadigan bo‘lsak. I.Vernadskiyning noosfera yoki aql-idrok haqidagi tushunchasi biosfera nazariyasining gultoji bo‘lib qoldi. Olimning biosfera haqidagi tushunchasi tirik va notirik tabiatdagi o‘zaro bog‘liqlik va o‘zaro ta’sirni o‘rgatadi. Bizning davrimizda bu nazariya tabiatdan va bizni o‘rab turgan tabiiy muhitdan unumli foydalanish imkonini beradi.
=== Taqdimot 31 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“BIOSFERA” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar