BIOLOGIYANI O‘QITISHDA TAYANCH VA FANGA DOIR XUSUSIY KOMPETENSIYALARNI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA TAYANCH VA FANGA DOIR XUSUSIY KOMPETENSIYALARNI TARKIB TOPTIRISH YO‘LLARI
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
1. O‘quv fanini o‘rganishning bosqichlari.
2. Tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalar.
3. O‘quv fanining maqsad va vazifalari.
4. Umumta’lim fanlarini o‘rganishning mazmuni.
=== Taqdimot 3 ===
Ta’limi muassasalarida biologiya o‘quv fanini o‘rganish bosqichlari
Tabiiy obyektlarni taniydi (hujayra, o‘simlik, hayvon, zamburug‘ va bakteriyalar, odam organizmi, tirik organizmlarning tuzilish darajalari), ularning tuzilishidagi o‘ziga xosliklarni anglaydi, biologik jarayonlar modda va energiya almashinuvi, oziqlanish, nafas olish, ayirish, ta’sirlanish, o‘sish, rivojlanish, ko‘payish, hayotiy jarayonlarning boshqarilishi mohiyatini yorita oladi, qiyoslaydi, umumiy va farqli jihatlarini aniqlay oladi.
A1
=== Taqdimot 4 ===
A1+
Tirik organizmlarning xilma-xilligini biladi, ularga xos belgilarni tasavvur qila oladi, organizmlarga xos belgilarni qiyoslay oladi, umumiy va farqli jihatlarini tushuntirib bera oladi.
Ta’limi muassasalarida biologiya o‘quv fanini o‘rganish bosqichlari
=== Taqdimot 5 ===
Atamalar, xususiy va umumbiologik tushunchalar, biologik qonunlarning mazmun-mohiyatini biladi va tasniflay oladi, mavzular yuzasidan vujudga kelgan muammolarini anglay oladi, muammoni hal etish maqsadida g‘oyalarni ilgari sura oladi, o‘z fikrini bayon eta oladi va asoslaydi, tushunchalarni tahlil qila oladi, umumlashtirib, muammoni hal etish yuzasidan xulosalar chiqara oladi.
A2 Biologiya fanini o‘rganishning tayanch darajasi
=== Taqdimot 6 ===
V1 Biologiya fanni o‘rganishning umumiy darajasi
Biologiya fanidagi kashfiyotlarning ahamiyati, tirik tabiatning qonuniyatlari, biologik xilma-xillik haqida, atamalar, xususiy va umumbiologik tushunchalar, qonunlar, nazariyalar, gipotezalarning mazmun-mohiyatini tushunadi, o‘z fikrini bayon eta oladi va asoslaydi, tushunchalarni tahlil qiladi, umumlashtiradi, xulosalar chiqara oladi.
=== Taqdimot 7 ===
V1+ Biologiya fanini o‘rganishning kuchaytirilgan umumiy darajasi
Tirik tabiatning qonuniyatlari, biologik xilma-xillik, xususiy va umumbiologik tushunchalar, biologik qonuniyatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirib bera oladi va biologiyadan olgan bilimlarini hayotda qo‘llay oladi.
=== Taqdimot 8 ===
Kompetensiya
Fan bo‘yicha egallagan nazariy bilim ko‘nikmalarni, amaliy ko‘nikma va malakalarni kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanib, amaliyotda qo‘llay olishdir.
=== Taqdimot 9 ===
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim
O‘quvchilarda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’limdir.
Kompetensiyaga ega bo‘lish shunchaki bilim, ko‘nikmalarni egallab olishnigina anglatmasdan kishining shu bilimlarni hayotda aniq maqsadlar asosida qo‘llay olishini bildiradi.
=== Taqdimot 10 ===
Tayanch kompetensiyalar
Kommunikativ kompetensiya.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi.
Shaxs sifatida o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi.
Umummadaniy kompetensiyasi.
Matematik savodxonlik, Fan texnika yangiliklardan xabardor bo‘lish kompetensiyasi.
=== Taqdimot 11 ===
Kommunikatov kompetensiyasi
O‘zaro muloqot kirishish.
Fikrni og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish.
Turliziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqara olish.
=== Taqdimot 12 ===
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi
Axborot manbalaridan foydalana olish;
Axborotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, uzatish, saqlash;
Ma’lumotlar bazasini yarata olish.
=== Taqdimot 13 ===
ljtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
Jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish;
O‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, unga rioya qilish;
Fuqarolik munosabatlarida muomala, iqtisodiy, huquqiy madaniyatga ega bo‘lish.
=== Taqdimot 14 ===
Shaxs sifatida o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
O‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy rivojlantirish, intellektual kamolotga intilish;
O‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish;
Kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish.
=== Taqdimot 15 ===
Biologiyani o‘qitishda o‘quvchilarda shakllantiriladigan arxiv tayanch kompetensiyalar
Kommunikativ kompetensiya jamiyatda o‘zaro muloqotga kirishish, o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, ijtimoiy moslashuvchanlik, hamkorlikda ishlay olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, saqlash, ulardan samarali foydalana olish, ularning xavfsizligini ta’minlash.
=== Taqdimot 16 ===
O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi.
Umuminsoniy qadriyatlar asosiga qurilgan fazilatlarga ega bo‘lish, doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish.
Ijtimoiy-emotsional va fuqarolik kompetensiyasi.
Jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish, ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish.
=== Taqdimot 17 ===
Kommunikativ kompetensiya.
O‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqiy to‘g‘ri javob bera oladi.
Tayanch kompetensiyalar.
Biologik obyektlarni tanish, ularda boradigan jarayonlarni tushunish va izohlash kompetensiyasi.
Biologik obyektlarda boradigan jarayonlarni kuzatish, tajribalar o‘tkazish va xulosa qilish kompetensiyasi.
Sog‘lom turmush tarzi va ekologik kompetensiya.
=== Taqdimot 18 ===
Kompetensiya tarkib toptirish usullari va shaxs hayotidagi ahamiyatiga ko‘ra darajalarga ajratiladi
Faqat biologiya o‘quv fani orqali tarkib toptiriladigan kompetensiyalar xususiy kompetensiyalar deyiladi.
O‘quvchi shaxsining umumiy rivojlanishiga zamin tayyor- laydigan kompetensiyalar tayanch kompetensiya
Biologiya fanidan o‘quvchining kompetensiyasi – biologiya fani bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanish va amaliyotda qo‘llay olish qobiliyatidir.
=== Taqdimot 19 ===
Biologiya o‘qituvchisi o‘quvchilarda yuqorida qayd etilgan tayanch kompetensiyalarni tarkib toptirish maqsadida o‘quv fani mazmunini
tahlil etishi, o‘qitishning barcha shakllari:
– Dars;
– Darsdan tashqari ishlar;
– Ekskursiyalar;
– Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda olib boriladigan ishlarni tizim va bir-biriga uzviy ravishda amalga oshirishni loyihalashi lozim.
=== Taqdimot 20 ===
Biologiyani o‘qitishda o‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiyalar
Ilmiy savodxonlik kompetensiyasi:
bilish, tanish, farqlash tushunish, izohlash, talqin qilish taqqoslash, tahlil qilish.
Amaliy kompetensiya:
qo‘llash loyihalashtirish, modellashtirish, tatbiq qilish baholash, tahliliy-tanqidiy fikr bildirish, xulosa chiqarish.
=== Taqdimot 21 ===
Biologiya darslarida gul formulasi asosida gulning tuzilishini izohlash, modelini sharhlash, gul diagrammasini chizish, iqtisodiy foyda keltiradigan biologik masalalardan foydalanish tavsiya etiladi. Yuqorida qayd etilgan fikrlar biologiyani o‘qitishda o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni tarkib toptirishga zamin tayyorlaydi.
=== Taqdimot 22 ===
O‘quvchilarda matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasini tarkib toptirishda biologiya o‘qituvchisi o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida hisoblashga doir biologik masalalar, nostandart o‘quv topshiriqlari bilan ishlashni yo‘lga qo‘yishi lozim.
=== Taqdimot 23 ===
Xulosa qilib aytganda, o‘quvchilar kompetentligining shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda ta’lim-tarbiya jarayoniga innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish orqali ta’lim samaradorligini oshirish, shaxsning ta’lim markazida bo‘lishini va yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta’minlash bugungi biologik ta’lim-tarbiya jarayonining ustuvor vazifasi bo‘lib qolmoqda.
=== Taqdimot 24 ===
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kompetensiyaviy yondashuv asosida biologiya o’qitish metodikasini takomillashtirish orqali o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalar, jumladan, kommunikativ, axborot bilan ishlay olish, shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi, umummadaniy kompetensiyalar, biologik tushunchalar va savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyalarini tarkib toptirish vazifasi yuklatilgan.
=== Taqdimot 25 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“BIOLOGIYANI O‘QITISHDA TAYANCH VA FANGA DOIR XUSUSIY KOMPETENSIYALARNI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar