Biologiya sitologiya genetika masala mashqlar xususiyatlari

4000 so'm


Biologiya sitologiya genetika masala mashqlar xususiyatlari

 

 

Slayd 1

Biologiya (sitologiya va genetika asoslari) ni o’qitishda foydalaniladigan masala va mashqlarning o’ziga xos xususiyatlari.

Slayd 2

Darsning maqsadi: Biologiya (sitologiya va genetika asoslari) yuzasidan chuqur bilimga ega bo‘lib masala va mashqlar yechishni o‘rganish.
Darsning jihozi: uslubiy qo‘llanmalar, hujayra va uning organoidlari tasvirlangan rasmlar, plakatlar, multimediya va elektron darsliklar, kodoskop, kompyuter, proyektor, mikroskop, preporaval yig‘ma, doimiy mikroprepeparatlar.
Asosiy ma’lumotlar.
Umumiy oʼrta taʼlim maktablarida biologik taʼlimni yakunlovchi «Biologiya» (Sitologiya va genetika asoslari) oʼquv fanini oʼqitishda foydalaniladigan masala va mashqlarning mazmuni oʼquv fanining mazmunidan kelib chiqadi.

Slayd 3

Mazkur oʼquv fanini oʼqitishda oʼquvchilarning oʼzlashtirgan bilimlariga qoʼyilgan asosiy talablarda bilimlar bilan bir qatorda quyidagi koʼnikmalarni egallashi lozimligi belgilangan:
“Biologiya» (Sitologiya va genetika asoslari) oʼquv fani mazmun jihatdan «Organik olamning turli-tumanligi», «Sitologiya asoslari», «Hayotiy jarayonlarning kimyoviy asoslari», «Organizmlarning koʼpayishi va individual rivojlanishi», «Genetika asoslari», «Seleksiya asoslari» kabi boʼlimlarni oʼz ichiga oladi.

Slayd 4

Oʼqituvchi har boʼlimning didaktik maqsadlari, mazmuni, oʼquvchilar bilimiga qoʼyilgan talablarni eʼtiborga olgan holda masala va mashqlar tuzishi va ulardan oʼz oʼrnida foydalanish koʼnikmasini egallagan boʼlishi lozim.
Oʼqituvchi biologiya darslarida masala va mashqlar tuzish va ulardan oʼz oʼrnida foydalanish koʼnikmasini egallashi uchun, avvalo biologik fanlarni ilmiy-nazariy asoslarini chuqur oʼzlashtirgan, masalaning izohi va shartini anglagan holda masala yecha olishi va ularga monand holda masala tuza olishni bilishi kerak.

Slayd 5

Mustaqil bajarish uchun masala va mashqlar.
1-Masala. Bug’doy o’simligida donining rangi polimer genlar ta’siriga bog’liq. Genotipida 4 ta dominant gen kelishi donni rangini qizil bo’lishini 3 ta dominant kelishi och qizilni, 2 ta dominant gen kelishi pushti, 1 ta dominant gen kelishi och pushti, faqat resessiv genlar kelishi oq bo’lishini ta’minlaydi. Fenotip jihatdan o’xshash, genotip jihatdan har xil bo’lgan o’simliklar chatishtirilganda F1 dagi organizmlarning 455 ta doni qizil bo’ldi. F1da 3 xil fenotip guruh hosil bo’lgan. F1 dagi genotipi ota-onaga o’xshash o’simliklar sonini toping?
2-Masala. II qon guruhli, polidaktilya bilan kasallangan ayol, III qon guruhli polidaktilya bilan kasallangan erkakka turmushga chiqqan. Er-xotinni onallari I qon guruhli va normal barmoqqa ega. Ushbu oilada tug’ilgan IV qon guruhli polidaktilya bilan kasallangan farzandlarni, III qon guruhli polidaktiliya bilan kasallangan farzandlarga nisbati qanday?

Slayd 6

3-Masala. Tovuqlarda tojning shakli ikki juft komplamentar genlarga bo’g’liq. Bir xil genotipli yong’oqsimon tojli tovuqlar o’zaro chatishtirildi. F1 da 256 ta nasl olindi. Ulardan nechtasi yong’oqsimon, gulsimon, no’xatsimon va oddiy tojli bo’ladi?
4-Masala. Makkajo’xori maysalarining yashil bo’lishi sariqlikdan, xira bo’lishi yaltiroq bo’lishligi ustidan dominantlik qiladi va bu genlar bitta xromasomada joylashgan bo’lib birikkan holda irsiylanadi. Digeterozigotali o’simlik sariq, yaltiroq formasi bilan chatishtirilganda F1 da 1200 ta o’simlik olindi F1 dagi organizmlarning 106 tasi sariq, xira, 110 tasi esa yashil, yaltiroqni tashkil qiladi. Birikish foizini toping?

Slayd 7

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 8

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Biologiya sitologiya genetika masala mashqlar xususiyatlari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar