- Savatga boshqa "ILK O‘SPIRINLIK DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
Bastakor To‘xtasin Jalilov hayoti va ijodiy faoliyati
5000 so'm

=== Taqdimot: Bastakor To‘xtasin Jalilov hayoti va ijodiy faoliyati.pptx ===
=== Slayd 1 ===
Bastakor To‘xtasin Jalilov hayoti va ijodiy faoliyati
=== Slayd 2 ===
Reja:
1. Bastakor To‘xtasin Jalilovning kompozitorning yoshlik va talabalik yillari.
2. Bastakor To‘xtasin Jalilovning qo‘shiq ijodi.
3. Bastakor To‘xtasin Jalilov bastalagan musiqa dramalar.
4. Bastakor To‘xtasin Jalilovning opera san’atiga qo‘shgan hissasi.
=== Slayd 3 ===
Biz tashvishlar bilan bo‘lib, maqom eshitmay qo‘ydik. Ashula bilan seni ishingda 10 baravar baraka bo‘ladi. Madaniyat bilan seni o‘sha korxonangda 10 baravar yangi-yangi rejalarga kirishadi. Odamning chehrasida mehr paydo bo‘ladi
SH.M.Mirziyoyev
=== Slayd 4 ===
Yoshlik va talabalik yillari
Toʻxtasin Jalilov 1895-yili Andijon shahrining Soyguzar mahallasida dunyoga kelgan. Yoshligida oʻzbek milliy musiqa asboblaridan dutor, tanbur, gʻijjak va doiralarni chalgan. Kuy saboqlarini sozandalardan Orif Toshmatov, Mahmudjon Usmonov, Moʻminjon Jabborovdan olgan. Toʻxtasin Jalilov Oʻzbekistondagi mashhur sanʼatkorlardan Abbos Bakirov, Asad Ismatov, Soyib Xoʻjayev, Xadicha Aminova, Lutfixonim Sarimsoqova kabi hech qanday sanʼat dargohini tamomlamagan. Oʻzining tugʻma isteʼdodi bilan oʻzbek xalqi bastakoriga aylangan.
=== Slayd 5 ===
San’atga bo‘lgan qiziqishi
U tanbur, dutor, gʻijjak, chang kabi oʻzbek milliy cholgʻu asboblarini yigʻib, yuz kishidan iborat milliy orkestr tashkil qilgan. Toʻxtasin Jalilov orkestr uchun “Otmagay tong”, “Ey quyosh” hamda Sobir Abdulla sheʼri uchun “Toʻylar muborak” qoʻshiqlarini bastalagan. Toʻxtasin Jalilov yaratgan 200 dan oshiq kuy va qoʻshiqlar hozirgacha yangrab kelmoqda
1919-yili Andijon teatriga asos solingan va uning asoschilaridan biri Toʻxtasin Jalilov boʻlgan. Toʻxtasin Jalilov ushbu teatrda 15 yil davomida badiiy rahbar va bosh dirijyor sifatida ishlagan. Toʻxtasin Jalilov 1918-1920-yillarda tashviqot brigadasida xonanda va sozanda boʻlib faoliyat yuritgan. 1923-1926-yillarda milliy musiqa toʻgaragida, 1919-1929-yillarda Andijon musiqali drama teatrida faoliyat yuritgan. Toʻxtasin Jalilov 1930-yillarda milliy orkestr tuzgan.
=== Slayd 6 ===
Ijodiy faoliyatning boshlanishi
Toshkentda Oʻzbek musiqali drama teatri tashkil qilinganida 1934-yili Toʻxtasin Jalilov ishga taklif qilinadi. Jalilov ushbu teatrda musiqa rahbari, badiiy rahbar va bosh dirijyor sifatida ishlagan. 1937-1940-yillarda Oʻzbek davlat filarmoniyasining ashula va raqs ansamblida, 1940-1952-yillarda Muqimiy teatrida badiiy rahbar boʻlgan va 1965-1966-yillarda musiqa rahbari sifatida xizmat qilgan. Toʻxtasin Jalilov 1927-1929-yillarda F. Zafariyning “Halima”, K. Yashinning “O‘rtoqlar”, S. Abdullaning “Oyxon”, 1935-yilda K. Yashin va M. Muhamedovning “Gulsara” pyesalariga, oʻzbek sanʼati dekadasi (Moskva, 1937-yil)da koʻrsatilgan “Sayil” va “Kolxoz toʻyi” tomoshalariga oʻzbek musiqa merosi namunalarini moslashtirgan va mustaqil musiqa nomerlari yaratgan.
=== Slayd 7 ===
Musiqali drammalari
“Tohir va Zuhra” (S. Abdulla librettosi, 1940-yil), “Nurxon” (K. Yashin, 1942-yil) kabi asarlari musiqali drama janrining yuksak namunalariga aylangan. A. S. Pushkinning “Ruslan va Lyudmila” dostonidagi “Bagʻishlov” matniga Jalilov yaratgan romans bastakorlik ijodiyotidagi kamyob asardir. Ikkinchi jahon urushi yillarida T. Sodiqov, M. Burhonov va boshqa kompozitorlar hamda bastakor N. Hasanov bilan birgalikda “Oʻzbekiston qilichi” (1942-yil 29-aprel) konsert-spektakliga musiqa yaratgan.
=== Slayd 8 ===
Milliy mumtoz musiqalari
Oʻzbek mumtoz shoirlaridan Navoiy, Furqat (“Bahor ayyomida”), Muqimiy (“Gulistonim mening”) va boshqa gʻazallariga bastalagan ashulalari, “Signal” (xalq soʻzi), “Dovruq” (K. Ahmadiy sheʼri), “Aziz Vatanim” (Habibiy), “Kokiling”
(S. Zunnunova), “Yalla” va “O‘ynasin” (Uygʻun) kabi qoʻshiqlari ommaviylashib ketgan.
=== Slayd 9 ===
Ijodiy safarlari
Toʻxtasin Jalilov 1925—1927-yillarda Oʻzbek konsert-etnografik ansamblining Qozon, Moskva, Leningrad, Boku shaharlari boʻylab va chet el (Parij, Berlin)da bergan konsertlarida faol qatnashgan. 1942-yili Eronga gastrolga borgan konsert brigadasining oʻzbek gruppasiga rahbarlik qilgan. S. Kalonov, K. Jabborov, F. Toshmatov,
M. Mirzayev, D. Zokirov va boshqalar Toʻxtasin Jalilovning shogirdi boʻlgan.
=== Slayd 10 ===
San’at fidokori
O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor, sozanda To‘xtasin Jalilov XX asr o‘zbek musiqasi tarixida katta o‘rin egalladi. Benazir mahorat bilan ajoyib qo‘shiq, lirik ashula va raqs kuylar, qirqqa yaqin musiqali drama va komediya, “Tohir va Zuhra” (B. Brovsin bilan hamkorlikda) nomli opera yaratib, respublikamizda mazkur janrlarning taraqqiy etishiga ulkan hissa qo‘shdi. Ustoz ijodiy izlandi, tinmay mehnat qildi, ko‘p qirrali ijodiy, rahbarlik va jamoatchilik faoliyati bilan musiqa san’atida chuqur iz qoldirdi. Shuni aytish joizki, u yetishtirgan yuzlab shogirdlar ham O‘zbekiston musiqa san’atining ravnaqi yo‘lida faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Bu ulug‘ insonni san’atkor ahli va xalqimiz hurmat qilib “Usta”, deb e’zozladi.
=== Slayd 11 ===
To‘xtasin Jalilov Yusufjon changchi boshchiligidagi san’atkorlar bilan xalq sayillarida, qishloq va shahardagi to‘y marosimlarda qatnasha boshladi. Musiqiy meros sirlarini qunt bilan ustoz va do‘stlaridan o‘rgandi. “Tashviqot aravasi” ansambli jamoasida Yoqubjon changchi, Ashurali Oxun dutorchi, Gʻazat Oxun g‘ijjakchi, Zokir eshon doirachi, Orifjon dutorchi, Hayit Oxun tanburchi, Rustam mehtar surnaychi, Ismat karnaychi, Sayfi qayroqchi, Berkinboy Fayziyev, Dehqonboy hofizlar bor edi. Mazkur jamoani avval Orif Toshmatov (Orif garmon), so‘ng T. Jalilovlar boshqardilar.
=== Slayd 12 ===
1923-yili Moskvada o‘tkazilgan hunarmandlar ko‘rgazmasi konsert dasturida T. Jalilov ham qatnashdi. 1925-yildan Hamza tuzgan Farg‘ona teatr truppasida ishladi, keyingi yili mashhur san’atkor M. Qoriyoqubov Samarqandda tashkil etgan O‘zbek davlat etnografik ansambliga taklif qilindi. 1927-yili ansambl bilan Moskva, Leningrad, Boku, Qozon va Ufa shaharlarida o‘tkazilgan gastrol konsertlarida bo‘ldi. 1928-yil Andijondagi O‘zbek davlat musiqali drama teatriga musiqa rahbari vazifasiga taklif qilindi.
=== Slayd 13 ===
T. Jalilov O‘zbek davlat musiqali teatrining musiqa rahbari etib tayinlandi. Gʻ. Zafariyning “Halima”, K. Yashinning “O‘rtoqlar” pyesalari hamda konsert dasturi ustida ijodiy ish olib bordi. Mazkur spektakllar musiqasini qayta ishladi. Toʻxtasin Jalilov 1935-yilda Londonda oʻtkazilgan Xalq raqslari jahon festivalida ishtirok etib, Oltin medalga sazovor boʻlgan. 1937-yili Moskva shahrida oʻtkazilgan ilk Oʻzbekiston dekadasida Toʻxtasin Jalilov oʻzining milliy orkestri bilan qatnashib, dekada soʻnggida “Oʻzbekiston xalq artisti” unvon bilan taqdirlangan. 1966-yil 11-mayda Toshkent shahrida vafot etdi. 1967-yili oʻzbek davlat filarmoniyasining oʻzbek xalq cholgʻu asboblari orkestriga Toʻxtasin Jalilov nomi berilgan.
=== Slayd 14 ===
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning yangilanayotgan O‘zbekistonda yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga qaratilgan da’vati bugungi kunda yuksak e’tirofga molikdir. Buyuk ajdodlarimizning musiqiy merosi, tarixiyligi va asrlar osha, milliy tarbiya vositasi sifatidagi o‘rni beqiyos manbadir. Bu borada Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Mahmud Qoshg‘ariy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa allomalarimizning ta’lim-tarbiya borasidagi manbalari, ilg‘or g‘oyalari, bugungi kunda ham XX–XXI asr avlodlari uchun dasturulamalidir.
Ustozlar ardog‘i
=== Slayd 15 ===
Ajdodlar me’rosi
Milliy musiqa merosimizning buyuk asoschilaridan Forobiy musiqani insonlar o‘rtasidagi inoq va birodarlikning el va yurt uchun g‘oyat zarur omillardan biri ekanligini qayd qiladi va kishilar o‘rtasida osoyishtalik bo‘lishini qat’iy turib himoya qiladi. U o‘z asarlarida musiqani insonga orom beruvchi, inson hissiyot va tuyg‘ularini uyg‘otuvchi va inson tafakkurini rivojlantiruvchi kuchga ega ekanligini ta’kidlagan.
=== Slayd 16 ===
Islohotlar
Davlatimiz rahbarining 5 ta muhim tashabbusi asosida bo‘lajak musiqa madaniyati o‘qituvchilarini musiqa vositasida tarbiyalash, har bir o‘zbek ziyolisini o‘z ishiga mas’uliyat va izlanishga undaydi. Masalan:
Ustoz va shogirdlik jarayonini uzluksiz tashkil etishda, jo‘rnavoz bilan ijro malakalarini muntazam oshirib borish;
Milliy kuy qo‘shiqlarning mazmun va mohiyatini teran anglashda ajdodlar merosini qunt bilan o‘rganish.
=== Slayd 17 ===
Rivojlanish
Bunday ishlash talablari, har bir bo‘lajak musiqa madaniyati o‘qituvchilarini, o‘z bilim va saviyasini, ichki va tashqi ma’naviyatini, madaniyati hamda tajribasini davr talabi asosida kun sayin mukammal bilimli, o‘zbek ziyolisi sifatidagi shaxs darajasiga yetaklaydi. Musiqa san’ati turlari bo‘yicha keyingi yillarda, o‘zbek estrada yo‘nalishi, an’anaviy ijrochilikda yaratilgan va yaratilayotgan asarlarni, o‘zbek xalq hamda mumtoz kuy va qo‘shiqlarni tarixiy va zamonaviy ruhda mukammal o‘rganishga e’tibor kuchaymoqda.
=== Slayd 18 ===
Musiqali drama atamasi
Milliy musiqali dramalarda yaratilgan asarlarni o‘rganishdan avval “Musiqali drama” haqida ma’lumotga e’tiborni qaratish joizdir. Dastlabki davrda Italiyada opera shu nom bilan atalgan. XVI–XVII asrlarda boshqa mamlakatlarda ham operaning paydo bo‘lishi tufayli XIX asrga kelib, musiqali drama atamasi o‘rniga “opera” deb atalgan. Musiqali dramada cholg‘u va vokal musiqasi asosiy o‘rin egallagan dramatik asardir. Bunday janr uzoq davrlardan beri Hindiston, so‘ngra Xitoy musiqa teatrlarida rivojlanib kelgan. XX asrda musiqali drama janri Markaziy Osiyo, ayniqsa, O‘zbekistonda keng tarqalgan. O‘zbekistonda musiqali drama teatri 1929-yili tuzilib, u 1939-yili opera teatriga aylangani va o‘sha yili Muqimiy nomidagi O‘zbek Davlat teatri tashkil qilingan.
=== Slayd 19 ===
Atoqli bastakor, sozanda, O‘zbekiston xalq artisti To‘xtasin Jalilov XX asr o‘zbek musiqasi tarixida katta o‘rin egallagan benazir mahorat sohibi, ajoyib qo‘shiqlar, lirik ashula va raqs kuylarining muallifidir. Bundan tashqari qirqqa yaqin musiqali dramalarni hamkorlikda yaratgan. “Tohir va Zuhra” (B. Brovetsin bilan hamkorlikda) musiqali dramasini yaratib, respublikada mazkur janrlarning taraqqiy etishiga ulkan hissa qo‘shdi.
Musiqiy dramalari
=== Slayd 20 ===
“Nurxon” musiqali dramasi
“Nurxon” musiqali dramasidagi Nurxon va Haydar duetidagi milliy ruh, duetdagi ma’no va mazmun, milliy ma’naviyat va o‘zbekona odob-axloq, hayo, ibo, andisha, kiyinish va muomala madaniyati, sadoqat va vafodorlik ahliga munosiblik, bugungi yoshlarga ham ibratli munosabatlarni o‘rganishda, ichki va tashqi madaniyatni, ma’naviyatni yaratishda o‘ziga xos qat’iyatlilikni ko‘rish mumkin. Ushbu musiqali dramadagi Nurxon va Haydar ariyalari hamda duetlarini ijro etish har bir ijrochidan katta mahorat, mukammal bilim, ijro malakalarini rivojlantirishda sabr-toqat, muntazam mehnatni talab etadigan kasbiy salohiyatni taqozo etadi.
=== Slayd 21 ===
Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilariga o‘z kasbiga yanada e’tiborli bo‘lishlari uchun ularga, o‘z ovoz turi va imkoniyatiga qarab ijro talablarini asta-sekinlik bilan kuchaytirib borish lozim. Bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda, albatta, ovozning turlari va imkoniyatlari hisobga olingan holda sekin-astalik bilan rivojlanish jarayoni amalga oshiriladi.
Shuni unutmaslik kerakki, xonanda ijro mahoratini uzluksiz ravishda ilmiy-ijodiy tarzda takomillashtirishni, ijrochilik talablariga qat’iy amal qilishni, o‘z ustida tinimsiz ishlashi davr talabidir. Pirovard natijada, boy tajribaga ega, teran salohiyatli shaxslarning tarkib topishiga mustahkam zamin yaratiladi.
=== Slayd 22 ===
Tarbiyaviy ahamiyat
Musiqali dramalardagi qo‘shiqlar, ariya va duetlar milliy ruhda yaratilganligi bilan qadrlidir. Asarlar kompozitorlar tomonidan har xil mavzuda, har xil murakkablikda yaratilishi mumkin. Ammo xonanda asarning ruhiy-hissiy jarayonini, mazmun va g‘oyasini, ichki kechinmalarini, aniq dramatizmini, shaxs tuyg‘ularini idrok etishi, tasavvur, tafakkurda to‘g‘ri yechimini, ovoz imkoniyatlari vositasida yaratishi muhim kasbiy mahoratni talab etadi.
=== Slayd 23 ===
Xulosa
Musiqali dramalardagi qo‘shiqlar, ariya va duetlar milliy ruhda yaratilganligi bilan qadrlidir. Asarlar kompozitorlar tomonidan har xil mavzuda, har xil murakkablikda yaratilishi mumkin. Ammo xonanda asarning ruhiy-hissiy jarayonini, mazmun va g‘oyasini, ichki kechinmalarini, aniq dramatizmini, shaxs tuyg‘ularini idrok etishi, tasavvur, tafakkurda to‘g‘ri yechimini, ovoz imkoniyatlari vositasida yaratishi muhim kasbiy mahoratni talab etadi.
=== Slayd 24 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.