Badiiy tasvir va ifoda vositalari
8000 so'm

Slayd 1
Badiiy tasvir va ifoda vositalari
Slayd 2
Tasvir va ifoda vositalari haqida umumiy tushuncha.
Tildan foydalanishda normadan "og'ish" tushunchasi va uning turlari
Leksik sathdagi normadan og'ish: "so'z tanlash" asosida tasviriylik va ifodaviylikni kuchaytirish.
Trop(ko'chim) semantik sathdagi normadan og'ish sifatida.
Tropning asosiy turlari.
Tayanch tushunchalar:
Badiiy tasvir va ifoda normadan og'ish, so'z tanlash, ko'chim(trop), metafora, metonimiya, sinekdoxa, kinoya, ramz(simvol), majoz(allegoriya).
Reja:
Slayd 3
Badiiy tilning eng muhim spetsifik xususiyatlari sifatida obrazlilik va emotsionallikni ko'rsatdik. Badiiy asarda tasvirlanayotgan narsani jonli tasvirlash, his-tuyg'u va kechinmalarni yorqin ifodalashga xizmat qiluvchi vositalarni umumlashtirib "badiiy tasvir va ifoda vositalari" deb ataladi. Avvalgi faslda aytilganidek, badiiy tasvir va ifoda vositalari badiiy tilning belgilovchi xususiyati emas, balki belgilovchi xususiyat bo'lmish obrazlilik(tasviriylik) va emotsionallikni kuchaytiruvchi unsurlardir. Aytish kerakki, bu tushuncha adabiyotshunoslikda "poetik vositalar", "sintaktik figuralar", "stilistik figuralar" kabi nomlar bilan ham yuritiladi. Shuni ham yodda tutish lozimki, bu vositalarning bunisi tasvir, bunisi ifoda vositasi deyishlik ham nomaqbul, chunki badiiy adabiyot so'z vositasida tasvirlaydi va shu tasvir orqali ifodalaydi. Ya'ni, ko'p hollarda bitta vositaning o'zi ham tasvir, ham ifodaga xizmat qiladi. Faqat lirik asarlarda qo'llaniluvchi ayrim vositalar (mas., tovush takrorlari) borki, ular asosan ifodaviylikni kuchaytirish vazifasini bajaradi.
Slayd 4
Badiiy til umumxalq tili bazasida yuzaga keladi, dedik. Yozuvchi umumxalq tilidan foydalanar ekan, umumodatlangan normadan og'adi (ya'ni, til unsurlarini odatdagidan o'zga shakl, ma'no, tartib, munosabat va sh.k.larda qo'llaydi) va shu "og'ish"dan ma'lum badiiyestetik maqsadni ko'zda tutadi. Bu xil og'ishlar tilning turli sathlarida — fonetik, leksik, morfologik, semantik, sintaktik sathlarda kuzatilishi mumkin. Badiiy tasvir va ifoda vositalari ijodkorning muayyan badiiyestetik maqsadga erishish uchun umumodatlangan normadan og'ishi natijasida yuzaga keladi, ular tasvirning jonli va to'laqonli bo'lishiga, ifodaviylikning kuchayishiga xizmat qiladi. Fonetik sathdagi normadan og'ish muayyan badiiy-estetik maqsadni ko'zlagan holda so'zlardagi nutq tovushlarining odatdagidan cho'zib, orttirib yoki tushirib talaffuz etilishi, bir tovush o'rnida boshqasining talaffuz qilinishi kabi shakllarda kuzatiladi..
Slayd 5
Aruz she’rning vazni (o‘lchovi) haqida, ikkinchisi qofiya tuzilishi, ahamiyati, unsurlariga ko‘ra turlari to‘g‘risidagi bo‘lsa, oxirgisi ilmi badi’ deb ham ataladi. Ilmi badi’ arabcha birikma bo‘lib, chiroyli so‘zlash, nodir, ajoyib ifoda ilmi degani. Badiiy tasvir vositalarining she’r badiiyatini ta’minlashdagi o‘rnini tushunish uchun Atoyi g‘azallariga murojaat qilamiz:
• Jamoling vasfini qildim chamanda,Qizardi gul uyottin anjumanda.
Slayd 6
1. Tildan foydalanishda «umumodatlangan normadan og'ish» tushunchasiga izoh bering. Har qanday normadan og'ish badiiyat fakti bo'la oladimi? «Og'ish» badiiyat faktiga aylanishining sharti nima?
2. Leksik sathdagi «og'ish» turlarini sanang. Ularning har birini misollar yordamida tushuntiring.
3. Semantik sathdagi «og'ish»lar deganda nimani tushunasiz? Ko'chimlar badiiy bo'yoqdorligi, ta'sirdorligi jihatidan qanday darajalanadi?
4. «Xususiy muallif ko'chimlari» tushunchasiga izoh bering. Metaforaning matn ichidagi ma'no diapazoni qay yo'sin kengayadi? Buni misollar yordamida tushuntirib bering. Ma'no ko'lami keng ko'chimlarga misollar topib, ularni daftaringizga ko'chiring.
5. «Ramz», «majoz» atamalarining qo'llanilishidagi turlichalik nimalarda ko'rinadi? Mavjud lug'at va qo'llanmalarda ularning qanday qo'llanganligiga diqqat qiling, ularga berilgan ta'riflarni daftaringizga ko'chiring.
Savol va topshiriqlar:
Slayd 7
E'tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 8
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.