Badiiy asarda shakl va mazmun birligi
8000 so'm

Slayd 1
Badiiy asarda shakl va mazmun
Slayd 2
Shakl va mazmun tushunchalari.
Badiiy asarda shakl va mazmun birligi.
Shakl va mazmunning o'zaro muvofiqligi — badiiyatning muhim sharti.
Tayanch tushunchalar:
Shakl badiiy, asar shakli, badiiy asar mazmuni, mazmunning shaklni belgilashi, shaklning nisbiy mustaqilligi, shaklning konservativligi, mazmunning originallikka intilishi, shakl va mazmun unsurlari, tasnifi, mazmun, problema, mavzu, tendensiya, badiiy g'oya, salmoqdorlik, haqqoniylik, universallik, originallik.
Reja:
Slayd 3
Voqelikda mavjud narsalarning bari o'zining tashqi ko'rinishi (shakli) va shu shakl orqali anglashilayotgan mohiyatiga (mazmun) ega. Shu bois ham "shakl" va "mazmun" kategoriyalari umumfalsafiy xarakterga ega bo'lib, ular voqelikni (narsani) idrok qilishda muhim ahamiyatga molik ilmiy abstraksiyalar sanaladi. Abstraksiya deyishimizning boisi shuki, shakl va mazmun qabilidagi bo'linish shartli, negaki ular — yaxlit bir narsada har vaqt birlikda mavjud bo'lgan va bir-birini taqozo etadigan ikki tomon. Zero, shakl narsaning biz bevosita ko'rib turgan, his qilayotgan tomoni bo'lsa, ayni shu shakl bizga o'sha narsaning nima ekanligini — mazmun-mohiyatini anglatadi. Masalan, qarshimizda stul turgan bo'lsa, biz uning shaklini ko'rib "stul", ya'ni, "o'tirish uchun mo'ljallangan moslama" deb aytamiz. Stulga xos bo'lgan tashqi ko'rinish uning shakli bo'lsa, mazmuni shu shakl ifodalayotgan "o'tirish uchun mo'ljallangan moslama" ekanligidir. Ko'ramizki, shakl mazmunni ifodalaydi, mazmun muayyan shakldagina reallashadi, mavjud bo'la oladi.
Slayd 4
Aytaylik, o'sha stulning shaklini parokanda qilsak — qismlarga ajratib yuborsak, shaklning yo'qolishi bilan mazmun ham yo'qoladi, zero, endi narsaning o'zi ham mavjud emas. Demak, mazmun muayyan shakldagina yashaydi, shaklsiz mazmun bo'lmaganidek, mazmunsiz shakl ham mavjud emas. Shakl va mazmun munosabati haqida so'z borganda, mazmunning yetakchiligi, uning shaklni belgilash xususiyati haqida aytiladi. Darhaqiqat, ikkilamchi tabiatga (inson tomonidan yaratilgan narsalarga) nazar solinsa, buni yaqqol ko'rish mumkin bo'ladi. Misol uchun yana o'sha stulni olaylik. Yuqorida ko'rganimiz "o'tirish uchun mo'ljallangan moslama" degan mazmun yasalajak buyumning parametrlarini belgilaydi: balandligi, kengligi, suyanchiqqa ega bo'lishi, o'tirg'ichning old tomoni biroz ko'tarilgan bo'lishi va h. Ya'ni, bu o'rinda shaklning mazmunga muvofiq bo'lishi talab qilinadi. Tasavvur qilingki, usta stulning oyoqlarini bir yarim metrdan qilib yasadi va natijada o'tirg'ich kishining yelkasi barobar turibdi; yoki o'tirg'ichning kattaligi shapaloqdek bo'lsin. Albatta, har ikki holda ham shaklning mazmunga nomuvofiqligi yuzaga keladi va buyum o'zining qimmatini yo'qotadi.
Slayd 5
1. Nima uchun «badiiy asar shakli», «badiiy asar mazmuni» tushunchalari shartli, atigi ilmiy abstraksiyalar deb hisoblanadi?
2. Shakl va mazmunning o'zaro munosabatida mazmunning yetakchiligi, uning belgilovchiligi nimalarda ko'rinadi? Shaklning konservativligi, mazmunning originallikka intilishi deganda nimani tushunasiz?
3. Shaklning mazmunga, mazmunning shaklga o'tishini konkret misollar yordamida tushuntirib bering.
4. Badiiy asar tahlilida ko'proq shaklga e'tibor beriladimi yo mazmungami?
5. Badiiy asarning shakl va mazmun komponentlarini tasnif qilishdagi turlichalik nimadan deb o'ylaysiz? Mavjud tasniflar sizning fikringiz qanday? 6. Badiiy asar mazmuni obyektiv va subyektiv ibtidolardan tarkib topadi deyilganda nima nazarda tutiladi? Buni konkret asar misolida tushuntirib berishga harakat qiling.
7. «Tema» so'zining ikki xil ma'noda ishlatilishini aytib, biz har ikki ma'noni ikkita so'z bilan atadik. Bu xil qarashga sizning munosabatingiz qanday? Bu qarashni boshqa darslik va qo'llanmalardagi izoh bilan qiyoslang. Ulardan qay birini to'g'riroq deb bilsangiz, shunisini asoslab, rivojlantirishga harakat qiling.
8. Badiiy asar mazmunining aktual va tub estetik qatlami deganda nimani tushunamiz? Buni biron bir asar misolida tushuntirib bering.
9. Badiiy asar mazmuniga ijodkor dunyoqarashining ta'sir etmasligi mumkinmi? Masalan, ijodkor voqealarni mutlaqo xolis tasvirlayotgan, ularga munosabatini ifodalamayotgan bo'lsa, mazmunda subyektiv ibtido bo'ladimi?
10. Badiiy asar mazmunining eng muhim xususiyatlari qaysilar? Ularni qanday tushunasiz? Bu xususiyatlar qanday izohlanadi?
Savol va topshiriqlar:
Slayd 6
E'tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 7
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Badiiy adabiyotda milliylik va umuminsoniylik mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.