Badiiy asar tahlili+

8000 so'm


Badiiy asar tahlili+

 

 

Slayd 1

Badiiy asar tahlili
Ming quyosh shu’lasi
Xolid Xusayniy asari bo’yich

Slayd 2

BAJARDI:
INGLIZ FILOLOGIYASI 1-KURS 109-GURUH TALABASI USMONOVA ZILOLA ASQAR QIZI

Slayd 3

1.Muallifning qisqacha biografiyasi
Holid Husayniy 1965-yilda Qobulda afg’on diplomati oilasida tug’ilgan. 1980-yilda uning oilasi AQShga ko’chadi. Shu yerda u tibbiyot fakultetiga o’qishga kiradi. Husayniy 2001-yilgacha 36 yoshida Afg’onistonga qaytib kelmagan va u yerda “o’z mamlakatida sayyoh kabi” yashab yurgan. O’zining intervyulari vaqtida u o’zini aybdor sifatida his qilib kelishini qayta-qayta takrorlaydi. Uning ilk romani “Shamollar ortidan yugurib” AQShda yangi asrning bestseller asariga aylandi. Mazkur asar dunyoning qirqdan ortiq tillarida o’n million nusxada nashr qilingan. Bu kitob asosida Gollivud ijodkorlari film ham ijro etilgan.

Slayd 4

2.Asar nomi: Ming quyosh shu’lasi
Asar janri: Roman
Muallifning
ijodiy metodi: Realizm

Slayd 5

3.Asarning tematik tasnifi:
Asar tarixiy va avtobiografik asar hisoblanadi. Asardagi ko’plab voqealar yozuvchi o’z ko’rgan kechirganlariga asoslangan.

Slayd 6

4.Asar mavzusi :
Asar Afg’onistondagi tinch hayotini buzgan g’alayonlarning qurboniga aylangan ikki ayol haqida . Muhabbat, urush, tinchlik, do’stlik, ota va bola munosabatlari barchasi bir asarda mohirlik bilan keltirilgan.

Slayd 7

Slayd 8

5.Asarning asosiy g’oyasi:
Asarda Afg’onistonning urush oqibatidagi ayanchli ahvoli ko’rsatilgan .Asarning g’oyasi: urush dahshatlarini ochibgina qolmay balki tinchlik insonlar uchun ulug’ ne’mat ekanligini,uning parokanda qilinishi qanchalar qimmatga tushishi mumkinligini doimo yodimizga solib turishdir.

Slayd 9

6.Asar sarlavhasi haqidagi fikringiz:
Asar aynan ming quyosh shu’lasi deb nomlanishining asosiy sababi shundaki , buyuk ozarbayjon shoiri Tabriziy Ming quyoshning shu’lasi Qobulda doimo porlaydi deb aytgan .Asardagi aksariyat voqealar Qobulda aks etgani tufayli yozuvchi shu sarlavhani qo’yadi.

Slayd 10

Asar sarlavhasi

Slayd 11

7.Asarning lingvistik tahlili:
Frazeologizmlar:
• Boshim oqqan tarafga, qay go’rdan keldi, jizzaki bo’lib qolmoq, ko’ngli ochiq ,erib ketmoq, juftakni rostlamoq,ko’zdan yo’qolmoq, hafsalasi pir bo’lmoq.

Slayd 12

Kasb hunarga oid so’zlar:
Qo’g’irchoqboz, oshpaz,haydovchi, amaldor,usta,shifokor,xumcha , chinni, bilakuzuk, zebigardon, munchoq,soat, kursi.

Slayd 13

Slayd 14

Toponimlar:
Afg’oniston
Hirot,Qobul,Karah,Far,Eron
Amerika
Kaliforniya
Peshovar,Pokiston
Kashmir,Qandahor

Slayd 15

8.Asardagi milliy kalorit:
Asarda 1974 yilda ramazon oyining kuzga to’’ri kelishi,yangi oy ko’rinishi bilan shahardagi hayot butunlay o’zgarib qolganligini ,ramazon oyining qanchalik osuda o’tishi aytib o’tilgan.”Bayramda hamma bir biriga shirinlik ulashar , hayit bilan tabriklar edi.”

Slayd 16

9.Asardagi tugun:
Asardagi tugun bu ikki ayolning badbaxt bir kimsaning qo’liga tushib qilganidir. Laylo ham Maryam ham Rashiddan qutulishini , ozod erkin hayotga chiqishni hohlashardi

Slayd 17

10.Badiiy asardagi konflikt turi:
Inson va inson
Maryam va Rashid
Maryam va ota
Inson va jamiyat
Maryam va Afg’oniston
Laylo va Afg’oniston

Slayd 18

11.Asar kulminatsiyasi
Asarning kulminatsiyasi Rashidning Tariqni o’ldi deb yolg’on gapirgani, va Maryamni do’pposlashidan boshlanadi.Rashidning o’lasi qilib urishi Maryamni va qamab qo’yishi ularning sabrini tugatadi.

Slayd 19

12.Asardagi yechim
Asarda Maryam va Laylo va nihoyat qochib zolim qo’lidan qutulishadi . Laylo Tariq bilan baxtli hayot kechira boshlaydi.
Maryam esa yerdan topa olmagan baxtini samodan topishga umid qilib ko’z yumadi.

Slayd 20

13.Asarda mavjud folklor namunalari:
“Raftem ba mozori sharif Mulla Muhammadjon”- (Mulla Muhammadhjon qo’shig’idan parcha)
Chulg’onur har tomi behad mohitob anvorida,
Ming quyoshning shulasi porlaydi har devorida.(Tabriziy)

Slayd 21

14.Asardagi eng yaxshi afarizm yoki falsafiy mushohadalar:
1.“O’lim -haq”
2.”Biror bir afg’on yo’qki urush uning taqdiriga soya solmagan bo’lsa”.
3.”Sen kim bo’lishni istasang albatta bo’la olasan”.
4.”Turmush qochmaydi vaqtida bilim olish kerak”.
5.”Bu urush bir kun tugaydi sen shunda Vatanga kerak bo’lasan”

Slayd 22

15. Asardan olgan taassurotlaringiz:
Asar juda ham maromida yozilgan . Shunchalik ta’sirliki ko’zda yoshsiz o’qib bo’lmaydi. Vaqt o’tgani ham bilinmay , voqealar rivojini bilishga shoshilasan. Asar menga shukr qilishni tinch hayotning qadriga yetishni o’rgatdi. Biz yarim tunda ham bemalol ko’chada aylanib yurganimizda , afg’onistonda bolalarning hatto kunduzi ham ko’chaga chiqa olamsligini ko’rsatdi. Haqiqiy asar. Achchiq hayot. Shirin visol…

Slayd 23

16.Ven diagrammasi:
Maryam
sodda, unchalik ham chiroyli bo’lmagan,baxtsiz,
mehribon
Laylo
Chiroyli, sodda , ona,
Samimiy,
mehribon
Umumiy jihatlari
Mehribon
Sodda
Baxtsiz
Xo’rlangan

Slayd 24

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 25

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Badiiy asar tahlili+” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar